Mavzu: Pedagogik muloqotda psixologik bog’lanish va shaxslararo mojaro. Pedagogik va boshqaruv muloqoti. Shaxsning o’z-o’zini tarbiyalashida pedagogik muloqotchanlikning ahamiyati


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana23.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1795062
  1   2
Bog'liq
3-Maruza Muloqot va mojaro



Mavzu: Pedagogik muloqotda psixologik
bog’lanish va shaxslararo mojaro. Pedagogik va
boshqaruv muloqoti. Shaxsning o’z-o’zini
tarbiyalashida pedagogik muloqotchanlikning
ahamiyati
Fan o’qituvchisi: Pedagogika va filologiya kafedrasi o’qituvchisi N.B.Djabbarova



1. Pedagogik muloqotda psixologik
bog’lanish va shaxslararo mojaro.

2. Shaxslararo birgalikda harakat va
do’stona munosabatlar.

3. Kishining kishi tomonidan idrok qilinishi.

4. Muloqotda teskari aloqa va muloqot
treningi.
Reja:


Bog’lanish
(lotincha,―
yaqinlashish
)-muloqotga
kirishuvchilar
o’rtasida
ikki
tomonlama
aloqa
bo’lishini taqozo etadi. Bunga erishish va uni
ko’ngildagidek
rivojlantirish
sharti
munosabatga
kirishuvchi shaxslarning o’zaro bir-birlariga xizmati,
ishonchidan iboratdir.
Pedagogik o’quv tarbiya jaraonida o’quvchilar
bilan aloqa bog’larkan, ulardan o’qituvchi rolining o’zi
taqozo etadigan darajada izzat – ikrom kutadi.
Agar pedagog o’z tarbiyalanuvchilariga nisbatan
ishonch va hurmat bilan munosabatda bo’lsa, u har
qancha qattiqqo’l va talabchan bo’lgan taqdirda xam,
uning eng arzimas tanbehlari ta’sirli bo’ladi.
Talaba o’qituvchining so’zlarida o’ziga nisbatan
hurmat- e’tiborni sezmasa, juda asosli va mantiqan
to’g’ri pand -nasihatlarni ko’pincha loqayd qoldirishi
mumkin.


Munosabatdagi ma’naviy anglashilmovchilik-
bu aytilgan talabning, iltimosning, buyruqning
ma’nosi muloqot bog’lashgan sheriklar uchun
muvofiq emasligidir. Bu xol ularning o’zaro
hamjihatligi vabirgalikdaharakat qilishi
uchunto’sqinlik tug’diradi.
Agar pedagog talabalar psixologiyasini yaxshi
bilsa, uni e’tiborga olsa, talabaning qiziqishlarini va
e’tiqodini,
yoshiga
xos
xususiyatlarini,
ilgari
egallagan tajribasini inobatga olsa, uning istiqboli
va qiyinchiliklari bilan xisoblashgan holda ish
tutadigan bo’lsa, ma’naviy anglashilmovchiliklarni
bartaraf etish mumkin.


Kishining kishi tomonidan idrok qilinishi
Muloqotning
perseptiv
tomoni
kishining
kishi
tomonidan idrok qilish
, tushunish va unga baho berishdir.
Boshqa kishilarni tushunib olish bilan kishi suhbatdosh bilan
bo’ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini aniqroq belgilab oladi.
Muloqot ishtirokchilari o’z ongida bir-birlarining ichki
dunyosini qayta tiklashga, his-tuyg’ularini, xulq-atvorining
sabablarini fahmlab yetishga harakat qiladi.
Shaxs boshqa odamlarning faqat tashqi qiyofasi,
ularning fe’l atvori va hatti-harakatlari, ular qo’llanadigan
kommunikativ vositalargina bevosita in’om etilgan va ana shu
ma’lumotlarga tayangan holda o’zi bilan muloqotga kirishgan
odamlarning kimligini tushunib yetish, ularning qobiliyatlari,
niyatlari kabilar haqida xulosa chiqara olish uchun muayyan
ishni bajarishga to’g’ri keladi.


Odamlar o’zaro birgalikda harakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o’zining o’rniga
qo’yib ko’rishga uringan holda uning ichki holati, niyatlari, o’y-fikrlari, mayllari va his-
tuyg’ulari haqida tahmin qiladilar.
Masalan, avgust oyi kunlaridan birida univrersitet qoshida hayajonlangan
holda kitobni varaqlayotgan abituriyentlarni uchratib qolgan talaba o’zining
abituriyentlik davrini eslaydi, ularning ruhiy holatini hayolan o’z boshidan kechira
boshlaydi.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling