Mavzu: “Pedagogika fanining paydo bo'lishi va rivojlanishi


Bolalar ijodini o‘rganish metodi


Download 268.5 Kb.
bet9/10
Sana18.06.2023
Hajmi268.5 Kb.
#1585452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Pedagogika fanining paydo bo\'lishi va rivojlanishi

Bolalar ijodini o‘rganish metodi o‘quvchilarning muayyan yo‘nalishlardagi layoqati, qobiliyati, ma’lum fan sohalari bo‘yichaBKM darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Uni qo‘llashda o‘quvchilarning ijodiy ishlari – kundalik, insho, yozma ish, referat va hisobotlari muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Metod ma’lum o‘quvchiga xos bo‘lgan individual imkoniyatni ko‘ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.

Pedagogik kuzatish. Uni qo‘llash jarayonida ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba- avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbya sifatini oshirish, o‘quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.



Pedagogik tajriba (“eksperiment” lotincha – “tajriba qilib ko‘rish”) metodidan muammo echimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘la olishi va ularning samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Pedagogik tajribaning quyidagi turlari mavjud:



Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Matematik statistika tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Muammo holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladi. YAkuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlar olib borishda Styudent, Kыvirlyag, Rokich, V.Bespalko va V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda.

Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. O‘zbekistonninng o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
3. O‘zRning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni // Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
4. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Xalq merosi nashriyoti, 1993.

  1. 5. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi / M.X.Toxtaxodjaeva va boshqalar. Prof. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 1996.



Download 268.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling