Mavzu: Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar
Download 41.53 Kb.
|
1-Amaliy mashg\'ulot
Ibtidoiy jamoa tuzumida tarbiya
Ibtidoiy jamiyat insoniyat tarixining dastlabki davri bo’lib, mazkur davrda yozma manbalarning saqlanib qolmaganligi ushbu davrda tarbiyaning amalga oshirilishini arxeologik manbalarga asoslangan holda tahlil etishni talab etadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi ikki davrga bo’linadi: 1) ibtidoiy to’da; 2) o’rug’chilik jamoasi.
Insoniyat faoliyatining asosiy turi sifatida tarbiyaning yuzaga kelishi mil.av. 40-35 ming yilliklarda zamonaviy qiyofadagi odamlar (“homo sa¬piens”- “ongli odam”)ning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida mehnat tarbiyasi yetakchi o’rin tutgan. Ana shu asosga ko’ra mehnat bilan bog’liqlikda kishilar uch guruhga bo’lingan: 1) bolalar va o’smirlar; 2) ijtimoiy hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar; 3) keksalar. Co’nggi paleolitda insoniyat o’z taraqqiyotida yana bir bosqich yuqori ko’tarildi. Odamlar ilk to’da tarzida yashamay qo’ydilar va qarindosh-urug’chilik jamoalariga bo’lindilar. Jamiyatda juft oilalar paydo bo’ldi, ular ayrim urug’larni birlashtirib, urug’ jamoasini tashkil etdilar. Odamlar g’orlardan tashqari erto’la va chaylasimon uylarda ham yashashga o’rgandilar. Juft oilalarning paydo bo’lishi haqida kichik uy-joylarning tarqalishi darak beradi. O’sha zamon jamoasida ona-ayolning ijtimoiy o’rni baland bo’lib, urug’ uning nomi bilan boshlangan. Ayollar uy, o’choq va muqaddas olovning egasi sifatida uy xo’jaligida hamda bolalarni tarbiyalash jarayonida, o’choqda o’tni saqlashda, ovqat pishirishda, ro’zg’or buyumlarini, mehnat qurollarini qo’riqlash, uy-boshpanani asrash paytida muhim vazifalarni bajarganlar. Mezolit davrida O’zbekistonda qoyatosh suratlari kashf etilgan. Ularning ba’zisi rang berib cheqilgan, ba’zilari o’yib ishlangan. Surxondaryo viloyatidagi Zarautsoy qoya tasvirlari mezolit davriga oid. Ular qadimgi odamning fikru o’ylari, atrof-muhit haqidagi tasavvuri, qanday hayvonlarni ovlagani, qaysi mehnat va ov qurollarini qo’llagani haqida fikr yuritish imkonini beradi. Neolit davrida ona urug’i matriarxat o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga o’tadi. Urug’ jamoalari kattalashadi va ularni bir joyda boqish amri mahol bo’lib qoladi. Oqibatda urug’ jamoasidan mayda guruhlar – kichik oilalar ajralib chiqa boshlaydi. O’rta Osiyo hududida bronza davri miloddan avvalgi 3-mingyillik o’rtalaridan boshlanadi va miloddan avvalgi 2-mingyillikka kelib o’z rivojining yuksak darajasiga etadi. Patriarxat urug’chilikka o’tish patriarxal oilaning vujudga kelishiga olib keladi. Sunday oila bir-biriga qarindosh ota urug’i bo’yicha yuritiladigan bir necha avlodlardan iborat bo’ladi. Insoniyat faoliyatining asosiy turi sifatida tarbiyaning yuzaga kelishi mil.av. 40-35 ming yilliklarda zamonaviy qiyofadagi odamlar (“homo sa¬piens”- “ongli odam”)ning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida mehnat tarbiyasi yetakchi o’rin tutgan. Ana shu asosga ko’ra mehnat bilan bog’liqlikda kishilar uch guruhga bo’lingan: 1) bolalar va o’smirlar; 2) ijtimoiy hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar; 3) keksalar. Co’nggi paleolitda insoniyat o’z taraqqiyotida yana bir bosqich yuqori ko’tarildi. Odamlar ilk to’da tarzida yashamay qo’ydilar va qarindosh-urug’chilik jamoalariga bo’lindilar. Jamiyatda juft oilalar paydo bo’ldi, ular ayrim urug’larni birlashtirib, urug’ jamoasini tashkil etdilar. Odamlar g’orlardan tashqari erto’la va chaylasimon uylarda ham yashashga o’rgandilar. Juft oilalarning paydo bo’lishi haqida kichik uy-joylarning tarqalishi darak beradi. O’sha zamon jamoasida ona-ayolning ijtimoiy o’rni baland bo’lib, urug’ uning nomi bilan boshlangan. Ayollar uy, o’choq va muqaddas olovning egasi sifatida uy xo’jaligida hamda bolalarni tarbiyalash jarayonida, o’choqda o’tni saqlashda, ovqat pishirishda, ro’zg’or buyumlarini, mehnat qurollarini qo’riqlash, uy-boshpanani asrash paytida muhim vazifalarni bajarganlar. Mezolit davrida O’zbekistonda qoyatosh suratlari kashf etilgan. Ularning ba’zisi rang berib cheqilgan, ba’zilari o’yib ishlangan. Surxondaryo viloyatidagi Zarautsoy qoya tasvirlari mezolit davriga oid. Ular qadimgi odamning fikru o’ylari, atrof-muhit haqidagi tasavvuri, qanday hayvonlarni ovlagani, qaysi mehnat va ov qurollarini qo’llagani haqida fikr yuritish imkonini beradi. Neolit davrida ona urug’i matriarxat o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga o’tadi. Urug’ jamoalari kattalashadi va ularni bir joyda boqish amri mahol bo’lib qoladi. Oqibatda urug’ jamoasidan mayda guruhlar – kichik oilalar ajralib chiqa boshlaydi. O’rta Osiyo hududida bronza davri miloddan avvalgi 3-mingyillik o’rtalaridan boshlanadi va miloddan avvalgi 2-mingyillikka kelib o’z rivojining yuksak darajasiga etadi. Patriarxat urug’chilikka o’tish patriarxal oilaning vujudga kelishiga olib keladi. Sunday oila bir-biriga qarindosh ota urug’i bo’yicha yuritiladigan bir necha avlodlardan iborat bo’ladi. Xalq pedagogikasi – empirik bilimlar sohasi sifatida Xalq pedagogikasi xalq ommasi orasida hukmronlik qiluvchi tarbiyaning maqsadi va vazifalariga bo’lgan qarashlarni ifodalovchi amaliy pedagogik bilimlar va tajribasining sohasidir. Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari deganda xalq tarbiya tajribasidan joy olgan empirik pedagogik bilimlar, ma’lumotlar, malakalar va ko’nikmalarning zamonaviy maktab va oila tarbiyaviy sistemasida bolalar va o’quvchi-yoshlarni tarbiyalash maqsad va vazifalarini hal etish uchun zarurligi(qulay shart-sharoiat yaratishi) tushuniladi. Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari deganda xalq ommasining yoshlarga bilimlar va amaliy ko’nikmalar berish, ularni ijodiy ishlash uslublari bilan qurollantirish, dunyoqarashlarini o’stirish va axloqiy nafosat g’oyalarini egallashlarida qo’llab kelgan empirik pedagogik tajribasini zamonaviy milliy maktab o’qitash jarayonida qo’llash uchun qulayligi tushuniladi. Masalan, milliy amaliy san’atga o’rgatishning xalq orasida tarkib topgan uslubiyotini xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari doirasiga kiritish mumkin. Xususan, ganch va yog’och o’ymakorligi, zardo’zlik, musiqa asboblari yasash, kulolchilik va boshqa ko’plab amaliy can’at turlarini egallashning xalq ustalari va chevarlari tomonidan tajribada yaratilgan o’z usullari, uslub va vositalari mavjud. Ulardan milliy maktabdagi mehnat ta’limi darslarlda yoki to’garak mashg’ulotlarida o’quvchilarga bilimlar va amaliy ko’nikmalar berishda foydalanish mumkin. O’zbek xalq poetik ijodida bolalarni oilada va bola yashab turgan muhitda insoniy fazilatlarni tarbiyalashning juda uzoq zamonlardan beri davom etib kelayotgan o’ziga xos xilma-xil metod va vositalari mavjud ekanligi ko’rinadi. Yuqorida aytib o’tilganidek, xalq ijodi ham shu orqali xalq pedagogikasida qo’llaniladigan: tushuntirish, namuna ko’rsatish, odatlantirish (o’rganish, mashq qildirish), iltimos qilish, tilak-istak bildirish, yolvorish-iltijo qilish, maslahat berish, ko’ndirish, undash, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, olqish (oq yo’l tilash), taqiq qilish, ta’na (gina, o’pka) qilish, mashara - mazax qilish, majbur qilish, tanbeh berish, koyish, qarg’ash, qo’rqitish, uzr so’rash, ont - qasam ichirish, la’natlash, so’kish, urish, kaltaklash metodlari bo’lsada, yoshlarning insoniy fazilatlarini tarbiyalashda asosan: o’git-nasihat, ibrat ko’rsatish, ma’qullash va maqtash, alqash, mukofotlash, qoralash - qarg’ish, jismoniy jazo berish kabi metodlardan foydalanilgani ko’zga tashlanadi. Download 41.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling