Mavzu: Pensiyani hisoblashning o`ziga hos xususiyatlari. Reja


O‘zbekistonda pensiya ta’minoti tizimining shakllanish bosqichlari


Download 19.98 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi19.98 Kb.
#1614600
1   2
Bog'liq
Pensiyani hisoblashning o`ziga hos xususiyatlari.

2.O‘zbekistonda pensiya ta’minoti tizimining shakllanish bosqichlari
Aholining turmush darajasi va farovonligi ko‘rsatkichlari uning hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanganlik xolati hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi orqali namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichlari tizimi o‘z ichiga quyidagi guruhlarni oladi: tug‘ilish va o‘lish darajasi hamda boshqa demografik ko‘rsatkichlar; hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari; oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish darajasi; turar joy sharoitlari; ma’lumot va madaniyat; mehnat qilish va bandlik sharoitlari; aholining daromadlari va xarajatlari; hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari; transport vositalari; dam olishni tashkil etish; ijtimoiy ta’minot. 23 Amaldagi ijtimoiy ta’minot tizimini boshqarishning o‘ta markazlashtirilganligi, jamg‘arma shakllanishida ta’minotning alohida shakllarini ajratish va avtonom tizimda ta’minlashni istisno qiluvchi “umumiy qozon” xarakteri bugungi kunda taqsimlash munosabatlarini detsentralizatsiyalash jarayoni bilan chuqur qarama-qarshilikka duch keldi. Pensiya ta’minoti tizimini isloh etishning asosiy sababi, davlatning pensiyaga oid majburiyatlarni bajarishi uchun moliyaviy resurslarning etishmasligidir va bu muammo aholining keksayib borishiga muvofiq kuchayib, murakkablashib boradi va mamlakatlarda vujudga kelgan iqtisodiy, ijtimoiy va demografik vaziyatlardan kelib chiqqan holda ahamiyat kasb etadi. SHundan kelib chiqib mamlakatlar (uzoq muddatli istiqbolda) pensiya tizimi barqarorligini yaxshilashga yo‘naltirilgan o‘ziga xos siyosat olib boradilar. Pensiya ta’minoti tizimi oldida uchta muhim maqsad turadi: – fuqarolarni keksayganda qashshoqlikdan himoyalash; – mehnat faoliyati tugashi bilan pensiyaga chiqish oldidan to‘lanadigan ish haqiga mutanosib tarzda belgilangan muayyan miqdordagi kafolatlangan daromadni ta’minlash; – kelajakda pensiya tizimi orqali fuqaroni turmush darajasini yaxshilashdan iborat. Bu borada dastlab, “Ijtimoiy muhofaza” atamasi birinchi marta 1935 yilda AQSHning “Ijtimoiy muhofaza to‘g‘risida”gi qonunida ishlatilgan edi. Bu qonun orqli keksalik o‘lim, nogironlik va ishsizlikdan majburiy ta’minotlash instituti faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab berdi. U mazkur qonun mamlakat uchun yangilik bo‘lgan edi. Tez orada bu atama dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida va XMTda keng qo‘llanila boshlandi, chunki u keksalar hamda mehnatga qobiliyatsizlarga yordam berish milliy dasturlari va tizimlarini tashkil etish muammosining mohiyatini sodda va tushunarli tarzda ifodalagan edi. Keyinchalik XMT, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasining ijtimoiy ta’minotlash va ijtimoiy yordam, ishlayotganlarga mehnatga qobiliyatsizlik hollarida eng kam daromadlarni kafolatlash bo‘yicha, 24 shuningdeq mehnat sharoitlari va uni muhofazalash, ish haqi sohasidagi konvensiyalar va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda qabul qilish chog‘ida ushbu tushunchaning doirasi ancha kengaytirildi. XMT ning bu sohadagi “Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari to‘g‘risida” 102- sonli Konvensiya (1952); “Ijtimoiy ta’minot sohasidagi teng huquqlilik to‘g‘risida” 118-sonli Konvensiya (1962); “Keksa mehnatkashlar to‘g‘risida” 162- sonli Konvensiya (1980); “Ijtimoiy ta’minot sohasida huquqlarni saqlash to‘g‘risida” 157-sonli Konvensiya (1982), 167- sonli tavsiyanomalari (1983) va boshqa xalqaro hujjatlar bazasi sifatida o‘rganildi7 . Ijtimoiy himoya masalasi bu faqat davlat va hokimiyat tashkilotlari, ijtimoiy ta’minot va xayriya muassasalarining ishi bo‘lib qolmasligi lozim. “Ijtimoiy” degan so‘zning ko‘pchilikka, jamoathilikka mansub degan ma’noni ifoda etishini inobatga oladigan bo‘lsak, bu o‘ta muhim masala jamiyatimizning, barchamizning burchimizga aylanishi darkor8 . Ijtimoiy jihatdan nochor aholi kategoriyalarini muhofazalash shakllari haqida gap borgan hollarda “ijtimoiy ta’minot” atamasi davlatning ijtimoiy siyosatini ta’riflash uchun keng ishlatiladi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasida ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish va aholining kam ta’minlangan guruhlarini ijtimoiy himoyalashni ta’minlash chora-tadbirlari ko‘riladi, bu iqtisodiy islohotlardan biri davlatning ijtimoiy barqarorligini ta’minlaydi. Bizning Respublikamizda ijtimoiy siyosatning muhim ahamiyatga ega ekanligi faqatgina iqtisodiy va siyosiy vaziyatlargagina bog‘liq emas. Balki, xalqning ma’naviy qoidalariga asoslangan sog‘lom avlodni tarbiyalash, ko‘p bolali oilalarga madad berish, qariyalarga g‘amxo‘rlik qilishdan iboratdir. Shu bois o‘ta muhim ijtimoiy muammolarni hal etishda fuqarolarning o‘zo‘zini boshqarish organlari rolini bundan buyon ham butun choralar bilan amalga oshirish, ularni zurur moddiy vositalar bilan ishonchli darajada mustahkamlash lozim. Davlat ushbu o‘ta muhim ijtimoiy masalani hal etishda fuqarolarning o‘zo‘zini boshqarish organlariga chora-tadbirlar bilan ko‘maklashishi lozim. Respublikamizda amal qilayotgan pensiya ta’minoti tizimi ma’lum tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan bo‘lib, uning rivojlanishini bir necha bosqichga ajratish mumkin. Pensiya ta’minoti rivojlanishining birinchi bosqichi 1917-1956 yillarni qamrab olib, “pensiya” tushunchasining paydo bo‘lishi bilan ta’riflanadi. 1917- 1919 yillarda pensiya ta’minoti yuzasidan ellikdan ortiq dekret qabul qilingan bo‘lib, ularning asosiy g‘oyasi mehnatga qobiliyatsizlarni ijtimoiy jihatdan ta’minlashni jamiyat zimmasiga yuklashdan iborat edi. 1930 yilda “Pensiyalar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar to‘g‘risida”gi Nizom ishlab chiqilgan, 1956 yilda “Davlat pensiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingunga qadar pensiyalar mazkur Nizom asosida to‘lab kelingan. Mazkur Nizomga muvofiq, pensiya bilan ta’minlanish huquqiga faqat mehnatdan jarohatlanish yoki kasb kasalligi tufayli nogiron bo‘lgan shaxslargina ega bo‘lgan. Bu bosqichning xususiyati yagona pensiya ta’minoti tizimining mavjud bo‘lganligidir. Pensiyalar har bir tarmoq uchun belgilangan alohida tartib asosida tayinlandi. Pensiya ta’minotini rivojlanishining ushbu bosqichiga xos muhim jihatlardan biri, ikkinchi jahon urushi davrida pensiyaga oid qonun hujjatlari harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini pensiya ta’minoti haqidagi yangi qaror bilan to‘ldirildi va takomillashtirildiki, ularni tizimning daromad qismida ishtirok etmagan holda, xarajatlar qismidagi ishtiroki, muayyan muammolar va e’tirozlarni keltirib chiqardi. Bu bosqichning muhim xususiyati shundaki, pensiyaga chiqish yoshi erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun 55 yosh qilib belgilandi. Ikkinchi bosqich 1956 yilda qabul qilinib, 1991 yilga qadar amal qilgan “Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi va ilk bor yagona pensiya tizimining shakllanishi bilan xarakterlanadi. Ushbu qonun pensiyalarni tayinlash, hisoblab chiqish va to‘lashning yagona tartibini belgilab berdi.
XULOSA
O‘zbekiston tanlagan islohot yo’li ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan, besh tamoyilga asoslangan va amaliyotga izchil joriy etilayotgan milliy taraqqiyot modeli mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashi sharoitida taraqqiyot modeli xalqimiz farovonligining yanada yuksalishiga xizmat qilmoqda. Ijtimoiy siyosatning kuchi va ahamiyati uning insonga, fuqarolarni himoyalashga insonparvarlarcha qaratilishidan iborat. Bunday siyosatning mohiyati shundaki, davlat butun jamiyatni aniq ishlab chiqilgan, yangi bozor munosabatlariga o‘tishni yumshatadigan ijtimoiy siyosat bilan qamrab olishga harakat qiladi. “Farovonlik kishilar is’temol etadigan ne’matlarning miqdori va sifatini, hayot kechirishning umumiy shart-sharoitlarini qandayligini bildiradi. Farovonlik ko‘rsatkichini faqat iste’mol hajmi bilan cheklanib bo‘lmaydi, chunki bunda jamg‘arish esa kelajakdagi farovonlikni belgilaydi, shu sababdan buni bilvosita ko‘rsatkich sifatida qarash mumkin. Jamg‘armaning ko‘pchiligi topilgan pulning joriy iste’moldan ortib qolganini bildirganidan uni ham farovonlikka xizmat qiladi, deb aytish mumkin. Pensiya jamg‘armalaridagi fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning majburiy va ixtiyoriy jamg‘arma badallari ularni davlatning moliyaviy ishtiroki asosida shakllanuvchi, muayyan jamg‘arma tashkil etgan aholi toifalariga to‘lovlarni amalga oshirish va ijtimoiy himoyalash uchun mo‘ljallangan mustaqil pul jamg armalari sifatida ta’riflash imkonini beradi
Download 19.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling