Mavzu: Personal boshqaruvini samarali tashkil etish. Kirish I bob. Personal boshqarish mazmuni, mohiyati va nazariy asoslari


Download 103.24 Kb.
bet10/10
Sana21.06.2023
Hajmi103.24 Kb.
#1644735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
personalni boshqarish

Birinchi bob bo’yicha xulosa
Ishning birinchi bobida korxona faoliyatida personal tizimi boshqarish va personalini boshqarishda rahbar usullari va ulardan oqilona foydalanish, korxonalarda personal tizimi va rahbarlik uslublarini takomillashtirishda iqtisodiy usullarni qo‘llash zaruriyati haqida fikrlar bayon etilgan. Korxonada rahbar va personalni boshqarish vazifalari o‘zaro aloqador bo‘lib, personalni boshqarishning asosiy maqsadi korxona personalini shakllantirish, rivojlantirish va uning salohiyatidan eng samarali ravishda foydalanishdan iboratdir. Boshqarish usullarini qo‘llash natijasida ob‘ektiv iqtisodiy qonunlarning talabi va ularning amaliyotda ko‘rinishi amalga oshiriladi. Shuning uchun ham boshqarish usuli ana shu qonunlarning amal qilish mexanizmi rolini bajaradi. Menejment usullari boshqarish faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Menejment usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o‘rinni egallaganligi sababli, personalga qo‘llashning ahamiyatli tomoni shundaki, xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ularning manfaatli bo‘lishini ta‘minlovchi iqtisodiy sharoit yaratilishidir.
Korxonalarda personal tizimini va rahbarlik uslublarini takomillashtirishda iqtisodiy usullar orqali boshqarish mehnatni moddiy va ma‘naviy rag‘batlantirish tizimini yaratish – ish haqi, lavozim maoshlari turli shakllar va tizimlardan foydalanishni, mukofotlash tizimlarini ishlab chiqish va hokazolarni nazarda tutadi. Mehnatni rag‘batlantirishni tashkil qilish mehnat faoliyatida yuksak shaxsiy va jamoa ko‘rsatkichlariga erishish maqsadida ish vaqtidan oqilona foydalanishga, ilg‘or ish usullari va metodlarini o‘zlashtirishga, ish joylarini yaxshiroq tashkil etishga, ishda zaruriy aniqlik va uyushqoqlikni ta‘minlashga har bir xodimni qiziqtirishga qaratilishi lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarida personal tizimini va rahbar uslublarini takomillashtirsh usullarning qo‘llanilishi mehnat unumdorligini oshishida muhim ahamiyat kasb etmoqda va o‘zining ijobiy samaralarini bermoqda

1 2 Кибанов A.Я. Основы управления персоналом. Учебник. – M: INFRA-M, 2010 – 137

2 Q.X. Abduraxmonov, Sh.R. Xolmo‘minov, N.Q.Zokirova. Darslik. Personalni boshqarish. – T.: O‘qituvchi, 2008. 12 b

3 Стаут Л.У. Управление персоналом. Настольная книга менеджера. / Стаут Л.У., пер. с англ. - М.: ООО «Издательство «Добрая книга», 2007. – 336-337 с


Download 103.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling