Mavzu: pirls xalqaro tadqiqotini o‘rganish


Download 168.03 Kb.
bet1/9
Sana12.10.2023
Hajmi168.03 Kb.
#1700782
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-4--MAVZU


MAVZU: PIRLS XALQARO TADQIQOTINI O‘RGANISH
Joriy yilning 15-18-sentyabr kunlari o’quvchilarning o’qish savodxonligini baholash xalqaro dasturi PIRLS tadqiqoti doirasida ma’lumotlar bazalarini boshqarish (Data management) bo’yicha xalqaro onlayn seminar-trening tashkil etildi.
2021-yilda boo’lib o’tadigan PIRLS asosiy tadqiqoti (Data collection)da, maxsus dasturiy vositadan foydalanish bo’yicha AQSHning Boston kollejidagi TIMSS va PIRLS xalqaro o’quv markazi vakillari, IEA tashkilotining Gamburg va Amsterdam shaharlarida joylashgan idoralari bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur seminar-treningda, PIRLS tadqiqotida ishtirok etuvchi 50 dan ortiq mamlakatlarning 150 ga yaqin vakillari ishtirok etdi.
Jumladan, ushbu seminar-treningda Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi vakillari ham qatnashdi.
PIRLS dasturi asosiy tadqiqotiga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha 4 kun davom etgan seminar-treningda sinov hamda so’rovnoma savollarining milliy moslashtirilgan shaklini maxsus DME dasturiy vositasiga joylashtirish, jarayonlarni tashkil etish, tanlab olingan maktablar bilan ishlash, ma’lumotlar va natijalarni tahlil qilish borasida IEA tashkilotining xalqaro ekspertlari Mark Kokl, Kamil Kovolik, Duygu Savashji, Elma Sela va bir qator xalqaro ekspertlarning taqdimotlari tinglandi.
PIRLS tadqiqoti doirasida olinadigan ma’lumotlarning ishonchliligi ta’minlash tadqiqotning eng muhim talablaridan hisoblanadi. Mazkur seminar-treningda asosiy tadqiqotda foydalaniladigan maxsus dasturiy vositalar WinW3s, DME bilan ishlash, uning xususiyatlari va ishlash tartibi boo’yicha ma’lumotlar bazasini boshqarish bo’yicha mas’ul bo’lgan mutaxassislarga atroflicha ma’lumotlar yetkazildi.
Shuningdek, DME dasturining imkoniyatlari, ishlash tartiblari va ma’lumotlar bilan qay tartibda ishlash bo’yicha atroflicha ma’lumotlar berildi. DME dasturi tadqiqot o’tkazilgandan keyin butun jarayonni birlashtiradigan dasturiy vosita hisoblanadi. Ushbu dasturda ishlash uchun kirituvchi (puncher)lar saralab olinishi, dasturiy vositadan foydalanish bo’yicha ularga o’quvlar tashkil etish hamda javoblarni kiritishda yuzaga keladigan xatoliklarni bartaraf etish uchun besh xil avtomatik tekshiruvlar haqida ma’lumotlar berildi.
Ma’lumot uchun: PIRLS dasturini 2001-yildan boshlab amalga oshirish boshlangan boo’lib, IEA tashkilotining 1991-yildagi O’qish savodxonligini o’rganish dasturining mantiqiy davomi hisoblanadi. 2001, 2006, 2011, 2016-yillarda tadqiqotlar o’tkazilgan boo’lib, 2021-yil tadqiqotning beshinchi davriyligi hisoblanadi.
PIRLS dasturida 2021-yilda 70 ga yaqin davlatlar, jumladan O’zbekistonning ham ishtirok etishi kutilmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, 2021-yilda o’tkaziladigan tadqiqotlar 2001-yildan boshlab uzluksiz qatnashib kelayotgan davlatlarning 20 yil davomida erishgan yutuqlarini baholash imkonini beradi.

Berilgan manba belgilangan shaklda va hajmda sharhlanadi.


Badiiy matn. Permyak Yevginiy Andreevich “Tanish izlar’’
Nikitaning bobosi bog’bon. Bo’sh vaqtlarida ov qilishni sevadi. U yaxshi ovchi ham edi. O’rmon sirlarini yaxshi biladi. Nevarasini ham birga olib yurganda, o’rmondagiizlarni ko’rsatardi ko’rsatib turib, shunday deb takidlardi:-Asr yasha , asr o’rgan va bil. Bilim hech qachon ortiqchalik qilmaydi.
Nikita bobosini tinglab, o’zicha o’ylardi: “Barcha keksalar bolalarga aql berishga
usta. Hayvon izlarini bilish menga nima keragi bor, qachonki men mashinist bo’lmoqchiman. Elektr poyezdlarini haydayman”. Nikita faqat poyezdlar haqida o’ylardi. Elektrovozlardagi
har bir bolt, har bir qismni ko’zdan kechirardi. Bolalar ham u bilan poyezdlarni tomosha qilgani borishardi. Bir marta bekatdan qishloqqa to’g’ri yo’ldan o’rmon orqali qaytishga to’g’ri keldi. Ham yaqin, ham kayfiyat a’lo.
Birinchi qor ustidan quvnoq yugurib ketdilar. Qor ustida esa turli xil izlar. Izlar nimaniki ekanligini bolalar bilishmay ustida yugurishadi. Balki tulkini yoki yovvoyi ehkini ko’rib qolisharmidi?!Quyonni ko’rib qolishsa ham ajab emas. Izlar ustida yugura-yugura oxiri adashib qolishdi. Bolalar qo’rqib ketishdi . Kimdir hatto yig’ladi ham.
-Bu sening gaping bilan bo’ldi, Nikitka…Endi o’rmondan qanday chiqib
olamiz?
Axir odam yuradigan yo’lkalar qor bilan qoplandi. Nikita jim, o’zini oqlamadi. Balki biror kishi bu kimsasiz o’rmonda uni “eshitarmi” deb o’ylardi. Birdan Nikita qor ustida izlarni ko’rib qoldi. Bobosi ko’rsatgan ko’p izlardan faqat shu izlarni esda saqlab qolgan edi.



-Ure, bolalar!-qichqirdi Nikita. -Mening izimdan yuringlar. Sizlarni yashash joyiga olib boraman. Bolalar Nikita ko’rsatgan izlar ortidan uzoq yurdilar va yashash manziliga keldilar. O’rmon qo’riqchisining uyiga. Qo’riqchining uyidan qishloqqacha esa qatnov yo’li. Tunda ham adashmaysan.
-Sen bizni qanday izlar orqali olib chiqding ?- so’rashdi bolalar Nikitadan .
-It izlari orqali, -javob berdi u.
-It izlari doim yashash joyiga olib keladi. Chunki it o’rmonda qancha yugurmasin, albatta uyga qaytadi. Buni menga buvam o’rgatganlar. Nikita uyga charchab qaytgan bo’lsada, juda baxtli edi. Bir lahza u bobosini qattiq quchoqlab oldi va qulog’iga nimalardir deb pichirladi. Balki mehribon bobosiga “rahmat” aytgandir.
Tanish izlar” matniga savollar.

  1. Nikitaning bobosi bo’sh vaqtida nimani yoqtirardi?

    1. baliq tutishni

    2. gazeta o’qishni

d. ov qilishni
e. televizor ko’rishni

  1. O’rmonda bobosi Nikitaga nimalarni ko’rsatardi?

    1. hayvonlarni

    2. izlarni

d. daraxtlarni
e. tabiatni

  1. Izlarni ko’rsatib turib, bobosi Nikitaga nimani ta’kidlardi?

  2. Nega Nikita bobosining hayvon izlari haqidagi gaplarini tinglamasdi?

  3. Bolalar bekatda uyga o’rmon orqali kelayotganlarida nima sodir bo’ldi?

    1. ular uxlab qolishdi

    2. ular ovqatlangani o’tirishdi

d. ular adashib qolishdi
e. ular ota-onalariga qo’ng’iroq qilishdi

  1. Bolalarning o’rmondagi qo’rquvi, hayajoni aks ettirilgan gaplarni topib yozing

  2. Bolalar o’rmonda qaysi hayvonlarni uchratishni xohlashdi?

  3. Bolalarni o’rmonga qanday kayfiyat olib kirdi?

    1. qo’rqinchli

    2. xush

d. ezgin
e. hechqanaqa

  1. Nikita bolalarini o’rmondan nimaning izlariga qarab olib chiqdi?

    1. bobosining izlariga qarab

    2. itning izlariga qarab

d. quyon izlariga qarab
e. o’zining izlariga qarab

  1. Itning izlariga qarab, yasash manziliga yetib olish mumkin ekanligiga isbot, dalil keltir

  2. Nikita uyga qaytganida holati qanday edi?

  3. Nima deb o’ylaysiz, Nikita bobosining qulog’iga nimalar deb pichirladi?

  4. Hikoyada Nikitaning qaysi hatti- harakati ushbu hikmatga to’g’ri keladi . “Bilgan ergashtiradi, bilmagan ergashadi”

  5. Hikoya nimaga o’rgatadi?

  1. kattalar nasihatiga quloq tutish

  2. har narsani kuzatib borish

d. noxush vaziyatlarda hayajonlanmaslik
e. minnatdor bo’lish



Download 168.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling