Mavzu: Pnevmatik ijro mexanizmlari Reja; Avtomatlashtirishning pnevmatik texnik vositalarini tadqiq etish
Download 14.88 Kb.
|
Mavzu Pnevmatik ijro mexanizmlari Reja; Avtomatlashtirishning p
Bu yerda Shis, Shaq va Ssh lar IM shtokining mos ravishda hisoblash, haqiqiqy va shartli ko`chishlari, mm.
IM shtok yo`lini aniq o`lchash imkoniyati bo`lmaganda IM kallagidagi bosimni kirishga beradi, ko`rsatkichni tekshirilayotgan nuqtaga o`rnatadi va namunaviy manometrda buyruqli bosim o`lchab chiqiladi. Tekshirilayotgan nuqtada bosimning hisoblash qiymati quyidagicha ; Phis=[(0.08* Shis)/ Ssh]+0.02 Masalan, nuqta uchun 25% bo`lsa Phis=0.08*0.25+0.02=0.04Mpa U holda, asosiy hatolik,% da γ=(Phis-Phaq)*100/0.08 Bu yerda Phis va Phaqlar bosimning hisoblash va haqiqiy qiymatlari, MPa. Shtok yo`lining 40, 75 va 100% ga mos shartli yo`l qiymatlarida asosiy hatolik qiymatini bosim oshgan va pasaygan paytda ketma-ket aniqlaydi. Variatsiya(unchalik katta bo`lmagan hatoliklar) shartli yo`lga buyruq-signalining bitta va boshqa qiymatida shtokning to`g`ri va teskari yo`li haqiqiy qiymatlari o`rtasidagi eng katta farq nisbati kabi aniqlanadi. B=(S'haq-S''haq)*100/Ssh Bu yerda S'haq, S''haq va Sshlar mos ravishda shtok yo`lining haqiqiy to`g`ri, haqiqiy teskari va shartli qiymatlari, mm yoki B=(P'haq-P''haq)*100/0.08 bu P'haq, P''haq – bosimning to`g`ri va teskari haqiqiy qiymatlari, MPa. Asosiy hatolik va variatsiya qiymati 1.5;2.5;4.0 aniqlik sinflari klapanlariga mos keluvchi 1.5;2.5 va 4% ga teng ruhsat etilgan asosiy hatolikdan oshmasligi shart. Agar hatolik va variatsiya ruhsat etilgan qiymatlaridan yuqori bo`lsa, salnik(tirqishlarni bеrkitib turuvchi dеtal, qoplama)ning qisilishini kamaytirishni imkoniyat boricha tekshiradi, shtokning mexanik shikastlanishi(qiyshayishi,gadur-budurligi, qirilgan joyi)ni tekshiradi va bartaraf qiladi. Sezgirlikning boshlanish holati buyruq signali to`liq diapazonining 20, 50 va 80% qiymatida kuchaytirishda qanday bo`lsa, kamaytirishda ham shunday aniqlanadi. Sezgirlikning boshlanish holatini aniqlash uchun Pkni shtokning tegish momentigacha ravon oshiradi(kamaytiradi) va manometrda o’lchash o`tkizadi. Buyruq signalining hisoblash qiymati va shtokning tegish momenti orasidagi nisbat va foizlarda ifodalangan buyruq signalining o`zgarish diapazoni sezgirlikning boshlanish holatini beradi. Sezgirlikning boshlanish holati 1.5;2.5;4.0 aniqlik sinfi mexanizmlari uchun 0.4; 0.6 va 1% dan oshmasligi shart. IMni tekshirib bo`lgandan so`ng rostlovchi organ shtoki uzunligini sozlash kerak. Buning uchun kirishga “НЗ” tip klapanlari uchun 0.02MPa (normal yopish) va “НО” klapanlari uchun 0.1MPa(normal ochish) bosim ostida havo yuboriladi. Bunday bosimlarda shtokka qo`yilgan qo`lni sezishni turtki orqali aniqlash uchun zatvor uyaga zich kirgazilishi shart. Yopilish momenti IM va rostlash organi shtokining biriktiruvchi muftasi bilan rostlanadi. Download 14.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling