Mavzu: Po‘lat konstruksiyalar elementlarining birikmalari. Payvand turlari va xarakteristikalari. Reja


Payvandlash usullari haqida qisqacha ma’lumot


Download 0.78 Mb.
bet2/5
Sana27.10.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1725895
1   2   3   4   5
Bog'liq
Po‘lat konstruksiyalar elementlarining birikmalari. Payvand turlari va xarakteristikalari.

Payvandlash usullari haqida qisqacha ma’lumot
Payvandlash yo‘li bilan turli xil profillardan foydalangan holda xilma-xil konstruksiyalarni yaratish mumkin. Payvandlash usullarini asosan ikki guruhga boiish mumkin: biriktirilayotgan detallarni eritib payvandlash va qizdirib bosim bilan payvandlash.
Metallami payvandlash uchun issiqlik quwatining manbai sifatida elektr yoyi yoki gaz alangasidan foydalaniladi. Islilab chiqarish texnologiyasiga ko'ra payvandlashning quyidagi xillari mavjud: qo‘lda payvandlash, yarim avtomatik va avtomatik usullarda payvandlash.
Metallni elektr yoyi yordamida payvandlash XIX asrning oxirida rus muhandislar N.N.Benardos va N.G.Slavyanov tomonidan kashf etilib, butun dunyoga keng tarqaldi. Elektr yoyi yordamida payvandlash quyidagicha amalga oshiriladi. Biriktiriladigan qismlaming uchlariga elektrod yaqinlashtirilganda elektr yoyi mavjud boiib, undan katta miqdordagi issiqlik ajralib chiqadi va bu issiqlik elektrodni eritib, uning qismga ko‘chib o‘tishiga ko‘maklashadi. Qismning elektrodga yaqinlashgan joyi ham suyuqlanib qaynay boshlaydi, natijada qismlar orasidagi bo‘shliq elektrod metalli bilan to‘ladi va qismlar yaxlit elementga aylanadi.
Payvandlash paytida chok metaliga havodan zararli gaz moddalari aralashmasligi uchun elektrodning sirti maxsus himoyalovchi modda bilan qoplangan bo‘ladi. Elektrod suyuqlanganda mazkur moddadan ko‘p miqdorda gaz ajralib chiqib, chok atrofidagi havoning metaliga aralashishiga to'sqinlik qiladi. Bunda tadbir ko'rilmasa, havo tarkibidagi kislorod va azot suyuq metaliga qo‘shilib, chokning sifatini pasaytirib yuboradi.
Qurilishda, ayniqsa, montaj ishlarni bajarishda o‘z universalligi va noqulay boigan joylarda ham payvandlash ishlarni bajarish imkoniyati borligi uchun dastaki usul bilan payvandlash juda keng tarqalgan.
K. a m ch i 1 i g i — asosiy poiatni erish qalinligi kamligi va unumdorlikning pastligi, sababi tokning kuchi kamligida.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling