Mavzu: poliolit davri xususiyatlari
SO‘NGGI PALEOLIT DAVRI VA UNING YODGORLIKLARI
Download 233.99 Kb.
|
Kurs ish mavzu tojikiston hududagi ilk manzilgohlar-fayllar.org
1.3 SO‘NGGI PALEOLIT DAVRI VA UNING YODGORLIKLARI
Ilmiy adabiyotlarda so‘nggi paleolit davri yuqori paleolit davri tushunchasi bilan ham ishlatiladi. Bu davr mil.avv. 40— 12 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Keyingi yillarda 0 ‘zbekiston arxeologiyasining yutuqlariga ko‘ra, bu davr mil.avv. 100-12 ming yilliklar bilan belgilanmoqda. So‘nggi paleolit davrida ibtidoiy odamlar qon-qarindoshlik aloqalari asosida birlashgan jamoa bo‘lib yashay boshlaganlar, ya’ni ibtidoiy urug‘chilik jamoasi davri boshlangan. Urug'ni boshqaruv ayollar qoMida boMgan, chunki ular uy yumushi bilan band boMganliklari sababli oilani boshqarish zimmasida boMgan, erkaklar esa, doimo ovda boMganlar. Bunday davr tarixda matriarxat, ya’ni onalar hukmronligi davri deb ataladi. So'nggi paleolit davrida hozirgi zamon odami qiyofasiga o‘xshash-kromanon odami yashagan. Kromanon odami suyak qoldiqlari dastlab Fransiyaning Kromanon makonidan topilgani uchun shunday nom olgan. Olimlar bu davr odamini homo sapiens-aql-idrokli odam deb ham ataydilar. So'nggi paleolit davri yodgorliklari 0 ‘zbekiston hududida o‘rta paleolitga nisbatan kam topilgan. Bunga asosiy sabab, muzliklar eriy boshlagach, odamlar vodiy va daryo bo‘ylarida chayla, ertoMa va yarim ertoMalarda yashay boshlaganlar. Chayla va yarim ertoMalar vaqt oMishi bilan shamol, yomgMr, insonlar tomonidan erlarning o‘zlashtirilishi natijasida yo‘q boMib ketgan. ErtoMalami topish esa, qiyin. Shu sababli so‘nggi paleolit davri makonlarining ko‘pchiligi tasodifiy ravishda topilgan. So‘nggi paleolit davri odamlari xo‘jaligining asosini ovchilik tashkil etgan. Asosan bug‘u, yovvoyi ot, sirtlon, arhar, qulon, tuya kabi yirik hayvonlar ovlangan. Daraxt mevalari, don va ildiz mevali o‘simliklarni ham ovqat sifatida ishlatganlar. Baliqchilikning ham dastlabki kurtaklari paydo boMgan. Tosh qurollari ishlash uslubi o'zgargan. Yorma texnika usuli ilk bosqichda keng qoMlanilgan boMsa, keyingi bosqichlarda retushlash usuli ixtiro qilingan. Bu qurollar turini ko‘paytiribgina qolmay, ularning mayda, ya’ni ixchamlashtirishga olib kelgan. Retushlash deganda chaqmoqtosh qurolni suyakdan yasalgan ingichka va uzun tayoq bilan bir necha ming marta urib yupqa tosh paraqalar uchirib, kerakli shaklga keltirish tushuniladi. Bu usul juda murakkab boMib, salgina ehtiyotsizlik qilinsa, qurol sinib ketgan. Retushlangan nukleuslar to‘g‘ri pichoqsimon shaklga kirgan va yupqalashgan. Tosh pichoqlar paydo bo‘lgan. Bu davrda eng muhim mehnat qurollari tosh kesgich va tosh qirg‘ich boMgan. Tosh kesgich qattiq materiallami ishlashda foydalanilgan. Tosh qirgMch uzunchoq parrakcha boMib, bir uchi yoysimon tig1 boMgan, muste davridagi qirgMchdan ancha farq qilgan, undan yumshoq materiallami ishlashda foydalanganlar. Asosiy ov quroli chaqmoqtoshdan yasalgan nayza boMgan. Ajdodlarimiz yog‘och va hayvon suyaklaridan ham ko‘plab qurollar yasaganlar. Suyakdan garpunlar, nayzalar, nayza otqichlar, shuningdek, terini tikish uchun ignalar va bigizlar yasashgan. Suyakdan qurollar yasash yuqori paleolit davrining so‘ngi bosqichlarida ko‘paygan. Bu bosqich jahon arxeologiyasida Madlen bosqichi deb (20 ming— 13 ming yil oldin) ajratiladi. So‘nggi paleolit davrida qarindosh urug‘chilik munosabatlarining tartibga solinishi natijasida kishilaming jismoniy va aqliy rivojlanishida o‘zgarishlar yuz berdi. Insonlaming tashqi ko'rinishida o‘zgarish yuz berishi bilan birga ularning tabiiy -geografik sharoitga moslashishi natijasida irqlar vujudga keldi - evropoid, mongoloid, negroid. Evropoid irqi fanda kromanon odami nomini olgan. 0 ‘zbekistonning ham Samarqand makonidan kromanon odamning qoldiqlari topilgan. So‘nggi paleolit davrida yuz bergan muhim o‘zgarishlardan yana biri, bu san’atning kashf etilishidir. San’atning vujudga kelishi o‘sha davr odamlarining diniy qarashlari bilan bogMiq boMsa-da, ular qoldirgan ona haykalchalari va qoya tosh suratlari o‘sha davr ijtimoiy hayoti haqida bizga ko‘p ma’lumotlar beradi. O‘rta Osiyoning ko‘pchilik joyidan qoyatosh suratlari topilgan. 3 Download 233.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling