Mavzu: poliolit davri xususiyatlari
USTRUSHONA VOHASI O`TROQ VA KO`CHMANCHI XALQLAR O`RTASIDAGI MODDIY MADANIY VA IJTIMOIY ALOQALARNI BOG`LOVCHI MAKON
Download 233.99 Kb.
|
Kurs ish mavzu tojikiston hududagi ilk manzilgohlar-fayllar.org
2.2. USTRUSHONA VOHASI O`TROQ VA KO`CHMANCHI XALQLAR O`RTASIDAGI MODDIY MADANIY VA IJTIMOIY ALOQALARNI BOG`LOVCHI MAKON.
O`rta asrlar O`rta Osiyoning ikki xil madaniyati turmush tarziga mansub o`troq dehqon va chorvador ko`chmanchi xalqlarning moddiy madaniy xususiyatlarini yanada yaqinlashuvi, etnik jihatdan aralashuvning kuchayganligi ijtimoiy-iqtisodiy jabxalarda o`zaro tasir doirasini kengaygani bilan xarakterlanadi. Aslida bu jarayonlarning boshlang`ich nuqtasi biz o`rganayotgan davrdan ancha ilgari eramizdan avvalgi ming yillikning oxirgi asrida Sirdaryoning quyi va o`rta oqimi xavzasida vujudga kelgan o`ziga xos cho`l madaniyati muqaddimasi bilan bog`liqdir. Keyingi davrlarda O`rta Osiyoning o`troq vohalariga kuchli tasir ko`rsatgan bu madaniyatni P.M. Lenina geografik jihatdan uch qisimga ajratadi. 1. quyi Sirdaryoning chap sohilida, uning eski o`zaki Kuvandaryo havzasida joylashgan Jeti Osor madaniyat o`chog`i 2. Jeti –Osorning janubi sharqida Sirdaryoning chap qirg`og`ida joylashgan. Qoratog`ning shimoliy tizimlari bilan chegaralangan. O`troq Qoratog` madaniyati o`chog`i. 3. Toshkent vohasi Angren chirchiq Keled xavzasidan Qurama tog`I tizmalarigacha shimoli sharqdan Pekem, Chotqol yuqori talasgacha bo`lgan katta bir hududiy lirpikda tashkil topgan Qovunchi madaniyati o`chog`i. Uning takidlashicha ushbu 3ta madaniyat o`chog`I qayd etilgan kulopik mahsulotlari umumiy jihatlari bo`yicha bir-biridan farq qilmaydi. Buning asosiy sababi, Sirdaryo bo`yi va uni havzasidagi cho`l dasht mavzelarini fizik-geografik xususiyatlari birligi, buning oqibatida yuzaga kelgan xo`jalik yuritish xayot tarzining o`xshahsligidir. Muallif, “Qovunchi” va “O`troq Qoratog`” madaniyati rivojini uchdavriy bosqichga bo`ladi. Birinchi –yangi eraning boshidan III asrning oxiri yokiIV asr boshigacha ikkinchi eramizning IV-V asrlari; uchinchi –eramizning VI asridan VIII asri boshigacha bo`lgan davrlar Qovunchi madaniyatining uchinchi bosqichi uchun Sug`dning Toshkent vohasiga ko`rsatgan moddiy manaviy aks tasiri xarakterlidir.Sug`dning bu tasiri memorchilikni bazi bir tarkibiy qisimlarida terrakota qolip bilan tushiriladigan naqshlar va oz darajada qo`pollik maxsulotlarida (metall idishlarga taqlid qilib yasalgan kosagul va ekalogiyalardan tashqari) o`z ifodasini topadi. P.M. Pevinaning izoh berishicha Jeti Osor madaniyati o`z shakillanishi va rivojlanishida asosan ikki bosqichni eramizning I-III asrlari bilan, ikkinchi bosqichi IV-VIIIasrlar bilan davrlanadi. Jeti Osor birinchi bosqichda O`rta Sirdaryo bo`yi madaniyatini kuchli tasirini ostida qoladi.ikkinchi bosqichda esa aksincha o`rta Sirdaryo bo`yi madaniyati Jeti –Osor madaniyati tyasirinio`zida sinab ko`rdi. Bu jarayonni muallif jeti osorliklarni Sirdaryoni yuqori oqimi tomon siljigani Toshkent vohasi qo`pollik maxsulotlarida yangi shakilli idishlarni dafn inshoatlarida xar xillikni paydo bo`lishi bilan bog`laydi. Uning fikricha bu aholi qatlami o`troqlashgan va qovunchi madaniyatiga mansub xalqlar bilan aralashib, qo`shilib ketgan. Aynan ushbu masala bo`yicha fikr bildirgan M.I. Filanovich O`rta Sirdaryo bo`yi moddiy-madaniyatdagi sifat o`zgarishlari Jeti-Osor tarkibiy qismlaridan avvalroq paydo bo`lganini takidlab, bu voqelik Sirdaryo regioni tarixi saxnasida paydo bo`lgan xioniy kidoriy eftaliy qabilalar bilan bog`liq ehtimoli borligini aytadi. A.Askarov va B. Axmedovlarning fikricha bu davrda O`rta Osiyo xalqlarining etnik shakillanishiga ham muhim chizgilar qilindi. Tarixiy manbalarga ko`ra shimoli sharqdan Yuechjlarning janubi f`arbga yurishi Inson baktriya davlatini ag`darilishida muhim ro`l o`ynagan bo`lsa ko`chmanchilarning katta bir qabila ittifoqi O`rta Osiyoning shimoli qismlari negizidan yarim o`troq va yarim ko`chmanchi kang davlatini barpo etishda (bu milloddan avvalgi III-II asrlar) ishtirok etishgan. Mualiflarning takidlaganlaridek O`rta Osiyo ikki daryo oralig`I irqi) dastlab Sirdaryoning o`rta xavzasi rayonlarida yani Toshkent vohasi va Janubiy Qozog`istonda aniq bir antropologik tip bo`lib tarkib topgan paytda shu mavzelarda “Qovunchi madaniyati” shakillangan. Bu madaniyatning ijodkorlari Kang davlati aholisi kangarlar bo`lsa ajab emas. Chunki turkiy zabon xalqlarning Movarounnahr va Xorazmning ichki hududlariga yoyilishi ana shu madaniyat izlari bilan bog`liqligi kuzatilmoqda. Ma`lumki, yangi eraning III-IV asrlarida cho`l xalqlarining “buyuk ko`chish davri” boshlanadi. Vabuning natijasida O`rta Osiyoning katta hududiy birliklariga yangi aholi turkumlari kirib kelgan va ommaviy tarzda o`troqlashgan. Shuningdek, bu danrda Szin sulolaviy yilnomasining xabariga ko`ra Kangiy o`z markaziy qarorgohini Sirdayo sohiliudan janubga Sug`dga ko`chirgan “buyuk ko`chish” Kangiy qarorgohi joyini janubga o`zgartirilishi vaqti tarix sanasida kidariy xioniy eftaliylarni shaydo bo`lgan vaqt bilan hamda O`rta Sirdaryo xalqlari madaniyatini qo`shni regionallarga tasirdoirasini kuchayganligi bilan dearli bir vaqtda sodir bo`lgan.jarayonlardir. bu esa mazkurelat va qabilalarni etnik tarkibi qon qardoshlik urug`doshlik iplari bilan bog`langanligi ehtimoli borligini bildiradi. Darhaqiqat, arxealogik materiallarni taxlili ham milodiy II-III asrlardan boshlab “Qovunchi madaniyati “ning tasiri dastlab chegaradosh Ustrushona va Farg`ona vodiysiga keyinroq Sug`dning markaziy rayonlariga tarqalganligini ko`rsatadi. MilodiyIV-V asrlarda esa “Qovunchi madaniyati”ga tegishli moddiy madaniy namunalari Buxoro vohasida Qashqadaryoda xatto Surxandaryo yodgorliklarida ko`plab uchraydi. IV-V asrlarda Buxoro vohasining shimoli g`arbiy mavzeylarida bu o`lkaning qadimgi an`anaviy madaniy merosidan tubdab farq qiluvchi “ Qonunchi madaniyati”ga o`xshash yangi arxealogik madaniyat tarkib topdi. Bu arxealogiyada “Qizilkir madaniyati “nomi bilan qayd etildi9. Ushbu tarixiy jarayonlar biz tadqiq etasyotgan Sangzor vodiysida bu davrlarda qanday kechdi? Malumki, xo`jaligi va turmush tarzi Sangzor suv manbai asosidagi o`troq dehqonchilikka asoslangan Ustrushonaning shimolig`arbiy sarhadlarini tasarrufiga olgan Jizzax vohasining geografik o`rni chorvador xalqlar bilan eng yaqin kontakt mavzeini talqin qiladi. Muhim o`troq xayot bir muncha keng qaror topgan keyingi davrlarda ham Xasr mualiflari bu hududlarni “chegara manzeyi” deb atashgani bejiz emas. Darhaqiqat, vodiyni shimol, shimoli-g`arb va sharq tomondan cho`l dunyosi vaqiflari ko`chmanchi kabilar janubdan Molguzar, g`arbdan Nurota tizmalari o`rab turganini xisobga olsak, Jizzax vohasi ko`chmanchilar uchun eng qulay, beminnat aloqa makoni bo`lib xizmat qilishi mumkin edi. Arxealogik tadqiqotlarni ko`rsatishicha chunxalik bu imkoniyatdan to`la darajada foydalangan. Shuningdek Jizzax vohasi qadimdan Sug`d uchun muhim xarbiy strategik ahamiyatga ega bo`lgan sharqiy darvoza vazifasini o`tagan. Vohani usahbu xususiyatlarini to`la anglagan Ya Gulamov haqli ravishda etirof etganidek “shosh va Frg`ona “ cho`plaridan So`g`dga talonchilik yurishlarini amalga oshirgan ko`chmanchilar faqat 2yo`l orqali Jizzax Ilono`tti darasi bilan Zarafshon vohasiga Jizzax Nurota orqali Buxoro va Karmanaga chiqishgan. Biz o`tkazgan arxealogik qidiruv natijalariga ko`ra Jizzax vohasi orqali yana bir yo`l mavjud bo`lgan. Bu yo`l Ravot qishlog`I Kolguzar tog`I kichik darasi orqali o`tgan va tog`ning sharqiy yon bag`ir vohasini uning g`arbiy yon bag`ir vohasini (Sangzorni o`rta oqimi) bilan bog`lagan. Takidlashimiz joizki, mazkur yo`l bilan Ravotsoy vaKo`rpasoy xavzalarida ko`chmanchilarga tegishli mozorqo`g`onlar qayd qilindi. Biz yuqorida tilga olgan “Qizilkir madaniyati” sohiblari O`rta Sirdaryo bo`yida Jizzaax orqali o`tadigan yo`l Jizzax Nurota Buxoro yo`nalishida tarqalgan degan fikrdamiz. Shuningdek, Jizzax vohasining shimoli-g`arbiy sarqadlari orqali o`tgan, rivojlangan o`rta asrlarda juda serqatnov bo`lib, Buxoroni Nurota orqali Toshkent va o`tror bilan bog`lagan tranzit karvon yo`li negizida ham ilk o`rta asr yodgorliklari yotadi. Bu yo`lni tadqiq qilgan N.B. Namsiyeva fikricha o`rta aesrlarda Nurota tog`ining shimoliy va bag`ri bo`ylab o`tgan yo`l Tuzkon yo`li atrofida keskin shimoli sharqqa burilishi va masofani ancha qisqartirgan holda sirdaryo sohiliga chiqqan. Muallif tomonidan tuzilganyodgorliklar xaritasi Dunyotepa Qoratepa kabi ilk o`rta asr obidalari bizni shunday fikrlashimizga turtki beradi. Demak mutaxasislar tomonidan to`la etirof etilgan ko`chmanchilarning So`g`dga tasiri avvalo Jizzax vohasi orqali amalga oshirilgan. Qizilkir moddiy madaniyatini asosiy xususiyatlarini belgilovchi burama shohli qo`chqor xaykalchalari quvursimon tana ustiga o`rnatilgan kosa shaklidagi isiriqdonlar bizni ixtiyorimizdagi shimoli –g`arbiy Ustrushonaning shu xildagi ashyolari bilan aynan muqoyasaviy va davriy taxlilga kirishadi. Bu omil Jizzax Qizilkir madaniyatlarini bir manbadab turtki olganini va bir davrda tarqaganini yorqin nishionasidir. Tadqiqotlarimizga ko`ra ko`chmanchi cho`l madaniyatini Jizzax vohasiga tasiri umumiy aloqa mezonlari va moddiy madaniy almashuvlarni davriy jihatdan ikki bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqich eramizning IV-VI asrlari bilan belgilansada uning negizida ancha qadimgi o`ziga xos maxaliy madaniyat asoslari yotadi. Havos va Zomin yodgorliklarida qayd etilgan arxaik va ilk antiq davr qatlamlari. Qaliyatepa strategrafiyasi bergan eramizdan avvalgi II-I asr materilllari bizni shunday mushohada qilishga undaydi. Lekin, ushbu tadqiqotlar taxliliga ko`ra shimoli-g`arbiy Ustrushona aholisi O`rta Osiyo xalqlarining barcha tarixiy voqeligi jarayonlarida qatnashgan va unga daxldor bo`lgan. Bunga shimoli – g`arbiy Ustrushona tarixi moddiy- madaniyati rivoji bosqichlari bilan O`rta Osiyoning boshqa madaniy mintaqalari madaniyati bosqichlari o`rtasidagi davriy xamoxanglik va munoisiblik xususiyatlari shohidlik beradi. Aleksandr Makedonskiy boshchiligidagi yunon bosqichlariga munosib qarshilik ko`rsatgan Ustrushonaliklar tarixning keyingi bosqichlaridagi Yunon –Bakteriya Kushon davlatlari tarkibidan chetda qoldi. Bu ham Ustrushonani xususan keyingi davrlar madanoyati uchun ma`lum manodagi o`ziga xoslikni saqlab qolgan. Eramizning III –IV asrlarida bevosita va bilvosita cho`l madaniyati aholisini kutib olgan shimoli –g`arbiy Ustrushonaliklar ehtimol o`rta osiyo xalqlarining IV-VI asrlardagi turli harakat ko`chishlarida ishtirok etishgan. Bu jarayonlarning barchasi Sangzor vodiysida o`troq dehqonlar va ko`chmanchi chorvadorlkarning chambarchas bog`liqligi asosida muayyan o`ziga xos madaniyat namunasi vujudga keldi: bu o`rinda shimoli-g`arbiy Ustrushona madaniyati ahvoli ushbu davrdagi Farg`ona vodiysi moddiy- madaniyatiga juda o`xshab ketadi. N.G.Gorbunova takidlaganidek, Farg`onada dehqonlar vca chorvadorlar qorishuvidan xosil bo`lgan o`ziga xos madaniyat yuzaga kelgan. Buning oqibatida vodiyda ilk o`rta asrlargacha savdoda pul muammosi san`atda qo`pol sanamlardan tashqari, devoriy suratlar, haykallar o`ymakorlik namunalari ham mavjud bo`lmagan. Bu voha O`rta Osiyoning rivojlangano`troq dehqonchilik mintaqalaridan ko`ra Sirdaryo bo`yining dehqon –chorvador xalqlari madaniyatiga yaqin turadi. Download 233.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling