Mavzu: Polivinil xloriddan sorbent olish.
Qaytar sovutkich va avtomatik aralashtirgich o‘rnatilgan uch og‘izli kolbaga 10 g polivinilxloridning 35 ml dimetilformamiddagi eritmasi solindi va unga 70 oС da qizdirib va aralashtirib turgan holda, 6,1 ml (0,1 mol) monoetanolamin tomchilatib qo‘shildi. So‘ngra harorat 100-110 oC gacha oshirildi va 1-1,5 soat aralashtirilgandan so‘ng qattiq, smolasimon massa hosil bo‘ldi. Hosil bo‘lgan massa chinni kosachaga solinib, quritish shkafida 55-60 oC haroratda 4 soat davomida quritildi. Quritilgan polimer maydalandi va quyi molekulyar moddalardan dastlab KOH ning suvdagi 5 % li eritmasi, keyin esa, fenolftalein indikatori bo‘yicha neytral reaksiya berguncha distillangan suv bilan yuvildi va havoda quritildi. gelsimon sariq-jigar rangli sorbent olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |