Mavzu: Poydorga tasir etadigan yuklar xisoblash


Download 90.5 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi90.5 Kb.
#1060045

-6.AMALIYOT.
MAVZU: Poydorga tasir etadigan yuklar xisoblash.

Markaziy yuklangan poydevor deb tashqi yuklarning teng ta’sir etuvchisi uning tag sathi og‘irlik markazidan o‘tadigan poydevorlarga aytiladi.


Markaziy yuklangan poydevorlarni loyihalashda quyidagi kompleks tekshirishlarni bajarilishi talab qilinadi:
P≤R; S≤Su; Sabs ≤ Su, abs; ΔS≤ΔSpr
bunda P – poydevorning xususiy og‘irligidan, hamda poydevor tokchasidagi grunt va tashqi yuklardan poydevor ostida hosil bo‘lgan o‘rtacha bosim;
R – zamin gruntining hisobiy qarshiligi QMQ 2.02.01-98 (7) formuladan aniqlanadi;
S – zaminning cho‘kishi;
Su – zami deformatsiyasining chegaraviy qiymati;
Sabs – poydevorning absolyut cho‘kishi;
Su, abs – poydevorning absolyut cho‘kishining chegaraviy qiymati;
ΔS – poydevorning notekis cho‘kishi;
ΔSu – QMQ da belgilangan notekis cho‘kishining chegaraviy qiymati.
Poydevorning cho‘kishini hisoblash uchun uning tag yuzasi o‘lchamlarini bilish talab etiladi.
, (2.7) bunda , (2.8) ; , (2.9)
2.7 ifodaga 2.8 va 2.9 ifodalarni qo‘yib hisoblaymiz
, (2.10)
Bunda:
R0 – poydevor asosining maydoniga aks ta’sir ko‘rsatuvchi grunt bosimining qiymati;
G – poydevor va unga ustki yuk tomonlaridan tushayotgan gruntning og‘irligi;
Q – gruntning yuk ko‘tarish qobiliyati.
, (2.11)
Agar poydevor asosining yuzasi kvadrat shaklida bo‘lsa, ;
m, agar to‘rtburchak shaklida bo‘lsa ; qabul qilingan poydevor uzunligi bo‘ladi.
Poydevor tag sathi o‘lchamlari, gruntning hisobiy qarshiligini QMQ 2.02.01-98 (7) ifoda orqali qayta hisoblaganidan so‘ng qayta aniqlanadi va ushbu shart P  R tekshiriladi. Bu usul ketma-ket yaqinlashish usuli deyiladi. Poydevorning qabul qilingan oxirgi o‘lchamlari poydevorni ikkinchi chegaraviy holat bo‘yicha hisoblagandan keyin aniqlanadi.

3.3. Egilishga ishlaydigan poydevorlarni loyihalash


Bikr poydevorlardan tashqari, egiluvchan poydevorlar ham keng qo‘llaniladi.
Poydevor balandligi uning uzunligiga nisbati 1/3 dan katta bo‘lsa mutloq bikr, kichik bo‘lsa egiluvchan deb hisoblanadi. Bunday poydevorlarga tasmasimon temirbeton yaxlit to‘shama va boshqalar kiradi.
Hozirgi zamonda egiluvchan poydevorlar asosan ikkita usulda hisoblanadi:
1) bino va inshootlarning faqat poydevori ostidan deformatsiyasini hisobga oladigan, mahalliy elastik deformatsiya usuli;
2) faqat yuklangan maydon emas balki, uning tashqarisidagi cho‘kish-larini ham hisobga oladigan umumiy elastik deformatsiya usuli.
Birinchi usul o‘ta cho‘kuvchan siqiluvchan, qatlam qalinligi uncha katta bo‘lmagan gruntlarga poydevorlar barpo etishda, ikkinchisi esa, maydonning o‘lchamlari uncha katta bo‘lmagan va mustahkam gruntlarga poydevorlar barpo etishda qo‘llaniladi.
Agar poydevor o‘lchamlari juda katta va cho‘kmaydigan jinslar er sathiga yaqin joylashgan bo‘lsa, chegaraviy elastik qatlam nazariyasi yaxshi natijalar beradi (H=4ℓ, bunda H – qatlam qalinligi, ℓ – tasmasimon poydevor uzunligining yarmi.)
Vinkler (1867 y.) taklif etgan «Mahalliy elastik deformatsiya» nazariyasi bosim bilan mahalliy deformatsiyaning (Z) to‘g‘ri proporsionalligiga asoslangan:
Py=CzZ (2.22)
Bunda:
Pyreaktiv bosim;
Cz – zaminning elastik siqilish koeffitsienti;
Z – poydevor cho‘kishi.
Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling