Tayanch iboralar.
Avtokorrelyatsiya - vaqtli qatorlarning keyingi va oldingi hadlari o`rtasidagi
korrelyatsion bog`lanish hisoblanadi.
Gipoteza - umumiy nazariya dairasidagi ilmiy bashoratni tavsiflaydi.
Makroiqtisodiy prognozlash- iqtisodiy hodisalarni bilishning ilmiy usullariga va iqtisodiy prognostikaning usullari, vositalari va uslublari yig`indisidan foydalanishga asoslangan makroiqtisodiy prognozlarni ishlab chiqish jarayoni hisoblanadi.
Milliy hisoblar tizimi - muayyan davrda real ishlab chiqarish hajmini va barcha
asosiy sektorlar va ishlab chiqarish omillarining mamlakatning umumiy ishlab chiqarishiga qo`shgan hissasini ko`rsatuvchi turli faoliyat turlarini hisobga oluvchi statistika tizimi.
Model so`zi lotincha “modulus” so`zidan kelib chiqib, o`lcham, namuna deb anglatadi.
Nominal ko`rsatkichlar - joriy davr narxlarida o`lchanadigan ko`rsatkichlardir.
Prognoz - kelajakda ob`ektning ehtimol holatlari, muqobil yo`llari va ularni amalga oshirish muddatlari to`g`risida ilmiy asoslangan fikr mulohazalarning miqdori tushuniladi.
Real ko`rsatkichlar - bu bazaviy davr narxlarida o`lchanadigan ko`rsatkichlardir.
Reja - bu bajarilishi shart bo`lgan, bir ma`noli direktiv hujjat.
Moliyaviy operatsiyalar - bu moliyaviy aktivlar va majburiyatlar darajalaridagi
o`zgarishlar (misol uchun, qaytaril-magan ssudaning asosiy summasini to`lash
majburiyatlarning qisqarishini so`zida namoyon etadi).
Real oqimlar - bu tovarlar va xizmatlar bilan amalga oshiriladigan (import,
eksport, yetkazib berish) operatsiyalar mahsuli.
Real sektor - bu tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni
iste`mol qilish amalga oshiriladigan sektor. Real sektorning asosiy sub`ektlari bo`lib uy xo`jaliklari va korxonalar hisoblanadi
Mehnat resurslari balansi - mehnat resurslari mavjudligini hamda ularning iqtisodiyot tarmoqlari va iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha taqsimlanishini tavsiflovchi ko`rsatkichlar tizimi.
Qo`shilgan qiymat - bu oraliq iste`mol qiymati chegirma qilingan ishlab chiqarish yalpi hajmining qiymati.
Iste`mol narxlari indeksi - o`rta darajali iste`molchi tomonidan xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlar reprezentativ savati narxlarining o`sishini o`lchaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |