Mavzu: Prоgnоzlashtirish jarayoni va undagi muammоlar. Mundarij a


Makroiqtisodiy agentlar va bozorlar.6


Download 195.84 Kb.
bet4/12
Sana13.05.2023
Hajmi195.84 Kb.
#1457959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Pragnozlash jarayoni va undagi muammolar

Makroiqtisodiy agentlar va bozorlar.6
Model tashqarisida belgilanuvchi tashqi (ekzogen) o‘zgaruvchan
ko‘rsatkichlar
qatoriga esa hukumatning fiskal (soliq-budjet) va
Markaziy Bankning pul-kredit siyosati instrumentlarini – davlat
xarajatlaridagi o‘zgarishlar, soliqlar va pul massasi kabilarni kiritishimiz
mumkin bo‘ladi.
Iqtisodiy muammolarni hal etishda modellarning turli xil usullar
orqali yechimlar topa olish imkoniyatiga ega ekanligi makroiqtisodiy
siyosat
ning muqobilligi va egiluvchanligini ta’minlaydi. Makroiqtisodiy
modellardan foydalanish fiskal (soliq - budjet), monetar (pul - kredit),
valuta va tashqi savdo siyosat dastaklarini muvofiqlashtirishni
optimallashtirish hamda hukumat va Markaziy Bankning iqtisodiyotni
davriy tebranishini boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlarini samarali olib
borish imkoniyatini yaratib beradi.


1.3 Makroiqtisodiy tahlilda ekonometrik modellardan foydalanish.

Ekonometrika iqtisodiyot va matematika fanlari tomonidan erishilgan nazariy yutuqlarni amaliy faoliyatda qo‘llash asosida shakllangan fandir.


Iqtisodiyotning talablariga mos ravishda matematik usullar
rivojlangan bo‘lsa, matematika kirib borgan soha o‘z masala va
muammolariga aniq va to‘g‘ri javob olgan hamda rivojlangan.7
Ekonometrik modellar yordamida quyidagilarni amalga oshiriladi:

  • ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va ularning o‘zaro bog‘lanishining
    miqdoriy tomonlarini o‘rganish;

  • biznes-rejalarni ilmiy asoslash va ularning bajarilishini ob’ektiv
    baholash;

  • iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va
    ularning ta’sirini miqdoriy baholash;

  • xo‘jalikning rivojlanish tendensiyalari va proporsiyalarini ochib
    berish, foydalanilmagan ichki imkoniyatlar va zahiralarni aniqlash;

  • ilmiy asoslangan prognozlarni ishlab chiqish;

  • milliy iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalari asosiy
    ko‘rsatkichlarining istiqboldagi holatini aniqlash va baholash;

  • ilg‘or tajribalardan foydalanish va optimal boshqarish qarorlarini
    qabul qilish.

Iqtisodiy jarayonlarini o‘rganish alohida xo‘jalik elementlari, faktlar,
hodisa va holatlarni kuzatishdan boshlanadi va ular birgalikda xo‘jalik
jarayonini, xo‘jalik faoliyati mazmunini u yoki bu boshqarish tizimida
ifodalaydi.8
Ekonometrik tenglamalar tizimi uch xilga bo‘linadi:

  1. tizimga bir-biri bilan bog‘lanmagan tenglamalar kiradi. Har biri
    alohida yechilib, umumiy iqtisodiy-matematik modelning bir qismi bo‘lib
    qoladi;

  2. tizimga bir-biri bilan bog‘langan statistik xususiyatga ega bo‘lgan
    tenglamalar kiradi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotga ishchilar soni va asosiy fondlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘z navbatida, ishchilar soni aholi soni bilan va asosiy fondlar miqdori kapital qo‘yilmalar bilan bog‘langan. Buning natijasida ekonometrik tenglamalar tizimi quyidagi ko‘rinishda yozilishi mumkin:9




Bu yerda:

  • Y – asosiy ko’rsatkich;

  • RRR – ishchilar soni;

  • OPF – asosiy fondlar hajmi;

  • L – aholi soni;

  • KK – kapital qo’yilmalar.

  1. tizimga dinamik xususiyatga ega bo‘lgan tenglamalar kiradi. Bu
    tizimga kiradigan tenglamalar faqatgina har biri vaqt davrida bog‘lanish
    borligini aniqlamasdan, ilgari bo‘lgan omillararo bog‘lanish borligini ham
    tahlil qilish mumkin.


Download 195.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling