Mavzu: Psixalogiya tarixi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Download 6 Kb.
|
Psixalogiya tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oz ichiga qamrab oladi
- Psixalogiya fanining sohalari
Mavzu: Psixalogiya tarixi fanining predmeti, maqsad va vazifalari.Reja: 1. Psixologiya tarixi fani haqida. 2. Turli davrlarda psixologik bilimlarning shakllanishi va uni davrlashtirish masalasi. 3. Psixologiya mustaqil fan sifatida. Psixologiya qanday fan?
O'z ichiga qamrab oladi: Psixalogiya fani haqida ta'riflar:
Psixalogiya fanining sohalari:
Ilmiy jihatdan psixologiya tarixi fani, psixologiya fanining predmet va vazifalaridan farqli ravishda, miya mahsullarini emas, balki psixologik fikrlarning paydo bo‘lishi hamda rivojlanishi, ilmiy tadqiqotchilarning turli davrlardagi faoliyati, psixologiyaning fan sifatida tan olishini kabilarni o‘rganadi. Bir tarafdan inson ruhiy olamini dastlab psixika, so‘ng ong, oxir-oqibat xulq-atvor sifatida tahlil etishdir. Asrlar mobaynida ruh, ong, xulq haqidagi tasavvurlar yuzaga kelgan va bir-biri bilan o‘rin almashib kelgan. Psixologiya tarixi ana shu o‘rin almashish manzarasini ifodalab beradi. Bizningcha, haqiqiy ilmiy psixologiya XIX-asr oxiri, XX-asr boshlarida tan olingan bo‘lsa-da, antik davr va mumtoz qarashlar fan tarixi uchun ilk metodologik manbalar sanalishi ehtimoldan holi emas. Chunki nemis psixologi V.Vundtning psixologiya tarixida amalga oshirgan tajribalari shunchaki falsafiy g‘oya emas, aksincha sof psixologik eksperimental tadqiqot edi. Bu tadqiqot psixologiya fanining amaliy jihatdan tan olinishi hamda keyingi tadqiqotlar uchun zaruriyatning ortishiga xizmat qildi. Hozirga kelib psixologiya fani ham metodologik jihatdan, ham metodik jihatdan etuk fan sifatida jamiyatdagi fanlar tizimida o‘z o‘rniga egadir. Olib borilayotgan amaliy tadqiqotlar, fan yutuqlari ba’zi mumtoz nazariy qarashlarni inkor etib, uning zamonaviy tahlilini amalga oshirmoqda. Psixologiya fani ilmiy jihatdan tubdan yangilanmoqda. Shunday ekan, psixologiya fani tarixini bilish har bir bo‘lg‘usi psixolog, sportchi psixologlar shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida faoliyat olib boruvchi psixolog o‘qituvchilar uchun ilmiylikning nazariy sharti sanaladi, u haqda bilmay turib psixologiya fani haqida fikr–mulohaza yuritish, ta’lim berish, shaxs haqida tadqiqotlar olib borish ehtimoldan holi sanadi. Download 6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling