Mavzu: Psixika haqida tushuncha. ʻ Reja


Download 24.08 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi24.08 Kb.
#1633926
Bog'liq
MAVZU


MAVZU: Psixika haqida tushuncha.

ʻ Reja:

1. Psixologiya haqida umumiy tushuncha.


2. Psixologiya fanining ta’rifi va psixika haqida tushuncha.
3. Psixik qonuniyatlar: psixik jarayonlar ,psixik xususiyatlar ,psixik holatlar, psixik hodisalar va ularning mazmuni.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyot



Barcha fanlar kabi psixologiya fanining ham o‘ziga xos predmeti bor. Masalan, fizika fani harakatdagi materiyaning fizik xossalarini, kimyo fani kimyoviy xossalarni, biologiya biologik xossalarni o‘rganadi. Psixologiya o‘rganadigan hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash murakkabroqdir. Bu hodisalarni tushunish psixologiya fanini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan odamning dunyoqarashi va qiziqishiga bog‘liqdir. Psixologiya insoniyatga tanish bo‘lgan eng murakkab ilm haqidagi fandir. Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib psixika deb ta’rif berishadi. Psixika – bu inson ruhiyatining shunday holati-ki u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Psixologiyaning vazifalari boshqa fan vazifalaridan ancha murakkabroq, chunki psixologiyada bilishning obyekti va subyekti o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘ladi.Har bir odam tevarak-atrofdagi narsalarni sezish va idrok qi lish qobiliyatiga ega. Odam osmonning moviyligini, daraxt ba rg larining yashilligini ko‘radi, ko‘cha tomondan quloqqa chalinuv chi har xil tovushlarni eshitadi, ba’zi narsalarning sovuqligini, boshqalarining issiqligini sezadi. Odam o‘ylaydi va gaplashadi, ya’ni u tafakkur hamda nutqqa egadir. Biz ilgari bo‘lib o‘tgan narsa va hodisalarni xotira va xayol tufayli esda saqlaymiz va kelajak haqida orzu qilamiz. Bizning sezgilarimiz, idrokimiz, xoti ramiz, tafakkurimiz, nutqimiz, xayolimiz psixik jarayonlardeb ataladi. Ko‘pgina voqealar odamni to‘lqinlantiradi, quvontiradi yoki uning g‘azabini qo‘zg‘atadi, ya’ni odamda ma’lum his-tuyg‘ular uyg‘otadi. Odam nimagadir intiladi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish yo‘lida sabot va matonat ko‘rsatadi, irodasini ishga soladi. Ba’zi hollarda psixik jarayonlar ancha murakkab va barqaror ko‘rinishga ega bo‘ladi, ularning aktivligi kuchaygan yoki susaygan holda namoyon bo‘ladi, ma’lum kechinmalarni maydonga keltiradi. Bularpsixik holatlar deb ataladi. Bunga darsga o‘quvchining diqqat-e’tiborlilik yoki parishonlik holati, odamlarda sodir bo‘lib turuvchi quvnoqlik yoki achchiqlanish va shu kabi psixik holatlar misol bo‘la oladi. Har bir odam boshqalardan o‘zining ayrim shaxsiy barqaror xususiyatlari, ma’lum darajadagi barqaror psixik sifatlari bilan ajralib turadi. Ba’zi odamlarda qiziqishlar kuchli bo‘lsa, boshqa bir odam ulkan qobiliyatlari (matematika yoki musiqaga) bilan undan farq qiladi. Ba’zi bir odam qiziqqonroq bo‘ladi, bunday odamni jo‘shqin temperamentli odam deyiladi, boshqa odam haqida og‘ir, vazmin, yaxshi xarakterli odam deb o‘ylaymiz va hokazo. Qobiliyatlar, temperament, xarakter odamning psixik xususiyatlaridir. Psixik jarayonlar, psixik holatlar va psixik xususiyatlar birbiri bilan o‘zaro bog‘liq hodisalar bo‘lib, ularning barchasi birgalikda psixika hisoblanadi. Psixologiya fani psixik jarayonlar, holatlar va shaxs xususiyatlarini faqat tasvirlabgina qolmay balki ularning yuzaga kelish sabablarini ham tushuntiradi. Psixika nima? Olamning taraqqiyoti tarixida psixika va ong bo‘lmagan davr ham bo‘lgan. Jonsiz tabiat va o‘simliklar dun yosi hech qanday psixik hayotga ega bo‘lmagan, chunki ular da se zish, fikrlash va his qilish qobiliyati yo‘q edi. Psixika moddiy olam taraqqiyotining eng yuqori bosqichida – tirik mavjudoеlar, hayvonlar va odamlar paydo bo‘lgan bosqichida vujudga kelgan. Evolutsion taraqqiyot davomida psixikaning maxsus organlari – nerv sistemasi, keyinroq esa psixikaning oliy bo‘limi – miya tarkib topgan. Yuksak taraqqiyot darajasiga erishgan hayvonlar va odamda psixikaning taraqqiyoti bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan. Psixik jarayonlar, holatlar va xususiyatlar o‘zgarmas hodisalar emas, ular odamning hayoti va faoliyati davomida rivojlanadi hamda o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarishlar tabiat va jamiyatdagi barcha o‘zgarishlar singari muayyan qonunlarga bo‘ysunadi. Tashqi olam, tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar odamga ta’sir ko‘rsatadi. Obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalar odam ning sezgi a’zolariga, nerv sistemasiga ta’sir etar ekan, ular miyada aks ettiriladi. Psixik jarayonlar – sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol – mana shular aks ettirish shakllaridir. Odamning obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalarni aks ettirishi shu voqelikni bilishi demakdir. Tashqi muhitning miyaga ta’siri orqali narsalarning shakli, rangi, hajmi kabilarni bilib oladi. Voqelikni aks ettirish jarayoni natijasida odamning sezgilari, uning intilishlari, ish-ha rakatlari, odam shaxsining sifatlari, ehtiyoji, qiziqish va havaslari, qobiliyatlari va xarakteri vujudga keladi, uning turmush tajribasi hosil bo‘ladi. Demak, barcha psixik jarayonlar, barcha aks ettirish jarayonlari odam bilan tashqi olamning bir-biriga aktiv ta’siri tufayli yuzaga keladi. Odam psixikasini ijtimoiy hayot sharoitlari belgilaydi. Odam amaliy faoliyatda, ya’ni o‘yin, ta’lim, mehnat jarayonida aks ettirishning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirib boradi va shu yo‘sinda obyektiv haqiqatni bilishga erishadi.Odamning aks ettiruvchanlik faoliyati obyektiv va subyektiv birlikdan iboratdir.Birinchidan, aks ettirish o‘z mazmuni jihatidan obyektiv, chunki bu tashqi olam to‘g‘risida odamga to‘g‘ri tasavvur va bilimlar beradi. Ikkinchidan, aks ettirish nerv-fiziologik jarayondan iborat bo‘lib, odam faoliyatining xilma-xil ko‘rinishida ifodalanadi.Aks ettirishning subyektiv tomoni shundan iboratki, konkret odam o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxsni aks ettiradi. Shaxsning aks ettirishi uning oldiga qo‘ygan maqsadi va vazifasiga bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchidan odam atrofdagi voqelikni bilib borar ekan narsa va hodisalarga nisbatan ma’lum munosabatini ifodalaydi. Shuning uchun ham obyektiv olamdagi narsalarni miyamizda aks etishi obyektiv olamning subyektiv obrazi bo‘lib qoladi.Biz psixikaning falsafiy mohiyatidan tashqari uning aks ettirish mexanizmlarini ham bilishimiz kerak bo‘ladi. Buning uchun psixikaning nerv-fiziologik asoslaridan xabardor bo‘lishimiz lo zim. Rus fiziologi I.M. Sechenov o‘zining «Bosh miya ref lekslari» (1863) nomli kitobida psixik hodisalar inson kelmasligini, nerv sistemasining ref lekslarini aks ettirish bosh miya faoliyatining natijasi ekanligini ko‘rsatib berdi. Demak, odam organizmidagi boshqa hamma funksiyalar kabi tabiiy hodisa ekanligini, biron-bir sababsiz yuzaga tevarak-atrofda-gi voqelikni faoliyat jarayo nida, tabiatga va odamlarga ta’sir ko‘rsatish jarayonida bilib boradi. Ana shu jarayonda odamda sezgi va idrok sodir bo‘ladi, bular odamning sezgi organlari orqali miyasiga ta’sir ko‘rsatib, ongida aks etgan narsa va hodisalarning (yoki ulardagi ayrim xususiyat larning) obrazlaridir. Psixik aks ettirish obyektiv olamning subyektiv obrazi, voqelikning miyadagi aksidir. Odam psixikasini, odam psixik faoliyatining qonuniyatla rini, uning kelib chiqish mexanizmlarini o‘rganuvchi fan psixologiya deb ataladi. Kundalik turmush va ilmiy psixologiya. Har qanday fan negizida ma’lum darajada odamlarning turmushi va amaliy tajribasi o‘z aksini topadi. Har qanday shaxs kundalik turmushning o‘ziga xos psixologik bilimlarini egallagan bo‘lib, o‘z saviyasi, salohi yati bilan turlicha kamolot ko‘rsatkichiga egadir, hatto uning turmush tajribasi va bilimlari ilmiy psixologik bilimlardan ustunroq bo‘lishi mumkin (masalan: «Qari bilganni pari bilmas»). Kundalik muloqot davomida boshqa odamlarni kuzatib borgan kishilarning o‘zaro birgalikda harakat qi-lishga ehtiyoji, ularni tashqi xulq-atvor ortida yashirinib yotgan psixik jarayonlarni farqlay bilishga majbur qilgan. Maqsadlar, mayllar, u yoki bu voqeadan ta’sirlanish zamirida esa xarakteriga xos asosiy belgilar tushunilgan. Shuning uchun ham psixik holatlar, jarayonlar, xususiyatlar ilmiy predmetga aylanishidan ancha ilgari kishilarda bir-birlari to‘g‘risida sodda psi xologik bilimlar to‘plana boshlagan. Bu bilimlar avloddan avlodga o‘tgan holda tilda, xalq ijodiyoti yod gorliklarida, san’at asarlarida o‘z ifodasini topa bordi. Jumladan, maqol va matallarda, «O‘n marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal», «Odat – kishining ikkinchi tabiati» va hokazolar. Kishi ning shaxsiy hayot tajribasi ham unga psixika haqida muayyan tasavvur bera oladi; biron-bir matnni qaytadan o‘qib chiqish kishi xotirasida yaxshiroq saqlanib qolishiga yordam berishini, garchi «Takrorlash – ilmning onasi» degan maqol unga ta nish bo‘lmasa ham, o‘z shaxsiy tajribasidan bilib oladi. Masalan, bola o‘z talabini qondirish istagida o‘z yaqinlariga turli uslubda ta’sir o‘tkazadi, ya’ni katta yoshdagilarning individual-psixologik xususiyatlarini o‘zi anglamagan holda hisobga olib ish tutadi. Demak, kundalik turmushning psixologik bilimlari farosatlilik, sezgirlik, topqirlik intuitiv tarzda namoyon bo‘ladi.Ilmiy psixologiya ma’lum metodlar, vositalar, operatsiyalar yordamida ma’lumotlar to‘plash va ularni umumlashtirishga intiladi. Izlanayotgan obyektning xususiyati, holati, munosabati, bog‘lanishi kabilarni aks ettiruvchi ilmiy tushunchalar, ta’riflar, qonuniyatlar yordamida psixologik mexanizmlarni kashf qiladi. Insonning ichki imkoniyati, iste’dodi, ishchanligi, qobiliyati, xa rakteri yuzasidan umumiy xulosalar chiqariladi. Bu ning natijasida shaxs psixikasini aniqlash, bashorat qilish, ayrim nuqsonlarni tuzatish, noxush kechinmalarning oldini olish imkoniyati tug‘iladi.
Birinchi usulda dastlabki ma'ruzalardan boshlaboq psixologiya predmetini bugungi kun fikrlar talqiniga ko'ra, fikrlar harakati tarixini batafsil ochib berish kerak bo'ladi. Ikkinchida esa — psixologiya qaysi savollar doirasini o'rganishini qisqacha aytib masalani chuqur tahlil qilishni keyingi darslarga qoldiriladi. Bu ikkinchi usul qisqaligiga qaramay metodika uchun umuman mos emas. Agarda har qanday mavzuni o'rganishda, qandaydir tarzda psixologiya predmeti haqidagi fikrlar tarixi to'g'risida to'xtalishiga to'g'ri kelishini hisobga olsak, bu niyatni amalda qo'llash imkoni bo'lmaydl
Bu faqatgina psixologiya tarixini mustaqil o'quv fani sifatida, umumiy^psixologiya haqidagi tushuncha bo'yicha o'rganilgandagina mumkin bo'ladi. Agarda yosh davrlar, pedagogik psixologiya, tibbiyot yoki yuridik psixologiya o'rganilayotgan bo'lsa, unda xuddi shu kabi ushbu aniq fanni predmetini ochib ko'rsatish talab etiladi. Bunda ham ana shu ikki uslubdan foydalanish mumkin, shu bilan birga metodik qiyinchilikka duch kelinadi.
Shuning uchun, metodikaning birinchi usuli ancha to'g'ri, turli davrlarda bo'lgan psixologiya predmetiga hamma asosiy qarashlar bilan talabalarni darhol tanishtirib chiqish orqali qaysi qarashlar u yoki bu davrlarda asosiy ustun bo'lganligini o'qituvchi ma'ruza paytlarida tushuntirishi lozim.
Izlash faoliyati (P.Ya.Galperin). Yilda psixologiya, ruhiyat /ˈsaɪkmen/ ning jami inson ongi, ongli va behush.[1] Karl Yung, shuningdek, ushbu ta'rifga odamdagi shaxsiy va jamoaviy elementlarning o'zaro to'qnashuvi va keskinligini kiritdi.[2]
Psixologiya - bu psixikani ilmiy yoki ob'ektiv o'rganish. Ushbu so'z uzoq vaqt davomida ishlatilgan psixologiya va falsafa, qadimgi davrlardan boshlangan va inson tabiatini ilmiy nuqtai nazardan anglash uchun asosiy tushunchalardan birini ifodalaydi. Inglizcha so'z jon ba'zan sinonim sifatida ishlatiladi, ayniqsa eski matnlarda. Etimologiya
Yunoncha so'zning asosiy ma'nosi ψυχή (ruhiyat) "hayot" edi, garchi qo'llab-quvvatlanmasa ham,[4] ba'zilari buni fe'ldan kelib chiqqan deb da'vo qildilar (psixologik, "zarba berish").[5] Olingan ma'nolarga "ongli shaxs" yoki "ruhiyat" ma'nosida "ruh", "ruh", "arvoh" va pirovardida "o'zlik" kiradi.[6]
Psixika g'oyasi falsafasida asosiy o'rinni egallaydi Aflotun. Olimlar bu atamani Platonik kontseptsiyalashtirishni "jon" deb tarjima qilishadi, chunki u uni o'lmas deb hisoblagan.[7] Uning ichida Fedo, Aflotun bor Suqrot qalbning o'lmasligi va ruh tanadan ajralib ketganidan keyin o'limdan keyingi hayot uchun to'rtta dalillarni keltiring.[8] Aflotunning Suqrotning ta'kidlashicha, o'limdan keyin Psixika donolikka erishishi va tajribani boshdan kechirishi mumkin Platon shakllari chunki badan unga to'sqinlik qilmaydi.[9]

Yunon faylasufi Aristotel nufuzli deb yozgan ruhiyatiga oid traktat, yunoncha deb nomlangan Πεrὶ Ψυχῆς (Peri Psyches), in Lotin De Anima va ingliz tilida Ruhda. Ushbu asarida u ma'lum funktsiyalarni tushuntirish uchun ruh tushunchasidan foydalangan.[10] Chunki uning uchun - ruh harakatdir, unga tana harakati uchun tushuntirish printsipi kerak.[10] Aristotelning "uchta jon (ruhiyat)" (o'simlik, hayvon va aql-idrok) haqidagi nazariyasi 19-asrgacha psixologiya sohasida hukmronlik qiladi. Aristoteldan oldin bir qator yunon yozuvlarida bu atama ishlatilgan ruhiyat kamroq aniq ma'noda.[11] Kechki antik davrda, Galenik tibbiyot uchta "ruh" g'oyasini ishlab chiqdi (pnevma ) Aristotelning uchta ruhiga mos keladi. The pneuma psikikon aqlli qalbga to'g'ri keldi. Qolgan ikkita pnevma pnevma fizikasi va pneuma zotikon.


Atama ruhiyat edi Lotinlashtirilgan ga anima, ishlatiladigan asosiy atamalardan biriga aylandi o'rta asr psixologiyasi. Anima an'anaviy ravishda ingliz tilida "jon" deb tarjima qilingan bo'lar edi, ammo zamonaviy foydalanishda "psixika" atamasi afzalroqdir.[12]
Kabi 19-asr psixologlari Frants Brentano psixikaning kontseptsiyasini yanada sub'ektiv yo'nalishda ishlab chiqdi.

Yilda psixoanaliz va boshqa shakllari chuqur psixologiya, psixika ta'sir qiluvchi shaxsdagi kuchlarni anglatadi deb o'yladi, xulq-atvor va shaxsiyat.[13]

Xulosa

Psixika moddiy olam taraqqiyotining eng yuqori bosqichida – tirik mavjudoеlar, hayvonlar va odamlar paydo bo‘lgan bosqichida vujudga kelgan. Evolutsion taraqqiyot davomida psixikaning maxsus organlari – nerv sistemasi, keyinroq esa psixikaning oliy bo‘limi – miya tarkib topgan. Yuksak taraqqiyot darajasiga erishgan hayvonlar va odamda psixikaning taraqqiyoti bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan. Psixik jarayonlar, holatlar va xususiyatlar o‘zgarmas hodisalar emas, ular odamning hayoti va faoliyati davomida rivojlanadi hamda o‘zgarib boradi.



Foydalanilgan adabiyotlar

Jung, KG (1968). Psixologiya va alkimyo, To'plam asarlar, 12-jild, Princeton, NJ Princeton University Press. ISBN 0-691-01831-6 OCLC 219856.

Jung, KG (1971). Psixologik turlari, To'plangan asarlar, 6-jild, Princeton, NJ: Princeton University Press. ISBN 0-691-01813-8.

Rid, Edvard S., Ruhdan aqlga: psixologiyaning paydo bo'lishi, Erasmus Darvindan Uilyam Jeymsgacha, Yel universiteti matbuoti, 1998 y. ISBN 0-300-07581-2



Rohde, Ervin, Psixika: Ruhlar kulti va yunonlar orasida o'lmaslikka ishonish, London: Routledge & Kegan Pol, 1925; Routledge tomonidan qayta nashr etilgan, 2000 yil. ISBN 0-415-22563-9
Download 24.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling