Mavzu: psixodiagnostika metodlari
Download 64.36 Kb.
|
psixodiagnostika metodlari
L.F.Burlachuk
So`rovnovalar – savol va mulohazalar tarzida berilgan topshiriqlarga tekshiriluvchidan ma`lumot olishga qaratilgan psixodiagnostik metodikalar guruhidir. Psixologlar Bodalev A.A., Stolin V.V. bo`yicha psixodiagnostik metodikalarni quyidagicha tasniflash mumkin. A.1-guruhga shunday metodikalarni kiritish mumkinki, bunda berilgan topshiriqlarga tog`ri javob berilishi talab qilinadi yoki berilgan topshiriqda to`g`ri javobning o`zi mavjud emas. Birinchi turdagi metodlarga misol qilib intellekt testlari, maxsus qobiliyatlar testlari, ba`zi shaxs xislatlarini aniqlash testlarini olish mumkin (Raven testi, MATT). Ikkinchi turdagi diagnostic metodikalar shunday topshiriqlardan iborat bo`ladiki, bunda javobning to`g`riligi emas, balki u yoki bu javobning yo`nalishi aniqlanadi (masalan, R,Kettelning 16 PF testi). 2-guruhga verbal va noverbal psixodiagnostik metodikalar kiradi. Verbal metodlar sinaluvchining nutqiy faolligini talab etadi. Noverbal metodlar noverbal qobiliyatlar, ya`ni pertceptiv, motor (harakat) sohalariga oid topshiriqlarni bajarishga asoslangan ( anketa, so`rovnoma, interv`yu – verbal metodlar). 3-guruh metodikalar tasnifi quidagicha: Ob`ektiv testlar – topshiriqning to`g`ri bajarilishi ko`zda tutiladi. Standartlashtirilgan testlar – sinaluvchining verbal qobiliyatlaridan foydalaniladi. Bunda uning tafakkuri, xayoli, xotirasiga murojaat qilinadi. Ular o`z navbatida quidagi metodlarga bo`linadi: test-so`rovnomalar – bir qancha savol yoki mulohazalardan tuziladi. Bir neccha turdagi muqobil javoblar taklif etiladi va ulardan birini tanlash talab etiladi; ochiq so`rovnomalar – bunda standart javoblar berilmaydi, tekshiriluvchi o`z hohishiga ko`ra javob qaytaradi. Ihtiyoriy javoblar standart kategoriyalarga kiritilishi orqali qayta ishlanadi va standartlashtiriladi. B.Maqsadiga ko`ra metodikalarning quidagi turlari farqlanadi: 1. Saralash yoki tanlash (qoldirish yoki yo`q). 2.Taqsimlash ( sinaluvchilarni bitta mezon bo`yicha yo`naltirish). 3.Tasniflash (sinaluvchilarni turli guruhlarga bir qancha mezonlar bo`yicha yo`naltirish). V.Ma`nosi bo`yicha: 1.Intellekt testlari. 2.Qobiliyatlarni aniqlash testlari. 3.Muvaffaqiyatga erishishni aniqlash testlari. 4.Shaxs xislatlarini aniqlash testlari. Download 64.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling