- Proektiv metodikalar klinik yo‘nalishlarga ega bo‘lgan o‘ziga xos, turli – tuman psixodiagnostik vositalar guruhidir. Klinik yo‘nalish deganda bu erda shaxsning anomal holatlarini aniqlash emas, balki xulq – atvorning individual uslubi, nizoli va boshqa xolatlarda affektiv hissiyot hamda kechinmalarni, shaxsning ongsizlik holatlarini aniqlashga qaratilgan metodikalar tushuniladi.
- Proektiv metodikalar tarixi 1904 – 1905 yillarda K.YUng tomonidan yaratilgan so‘zli assotsiatsiyalar testiga borib taqaladi.
- Keyinchalik assotsiativ testning turli variantlari aybdorlik hissini aniqlash (detektor lji M.Vertgayler va A.R. Lauriya), normani patologiyadan ajratish va boshqalar uchun qo‘llanildi. Tugallanmagan hikoya yoki gap testi ham YUngning assotsiativ testidan kelib chiqqan deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |