Nizomiy nomidagi TDPU
SIRTQI BO'LIM 308-GURUX TALABASI
INOGAMOVA SHAXZODANING
PSIXODIAGNOSTIKA VA EKSPREMENTAL PSIXOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Psixodiognostika fanining pretmeti. Reja: 1. Psixodiognostika nima? 2. Psixodiognostika pretmeti va vazifalari. 3.ilmiy va amaliy psixodiognostikaning asosiy masalalari. 4. Amaliy psixologiya va uning sohalari . 5. Psixodiognostika –professional faoliyatdagi maxsus soha sifatida. 6. Psixodiognostika va differinsial psixologiya.
Asosiy tushuncha va atamalar
Psixodiagnostika; psixologik tashxis qo’yish; ilmiy va amaliy sixodiagnostika;
psixodiagnostik usullar; psixologik bilimlar; psixodiagnostikani tashkillashtirish; amaliy psixologiya; nazariy psixologiya; professional faoliyat; differensial psixologiya
Рsixodiagnostika so’zini asl mohiyati “psixologik tashxis qo’yish” yoki kishining mavjud psixologik holati va xususiyati haqida qaror qabul qilishni anglatadi. Psixodiagnostika – amaliy jihatdan deyarli psixologning barcha faoliyat doiralarida, ya’ni psixologik-pedagogik tadqiqotlarda muallif yoki ishtirokchi sifatida qatnashayotganda, psixologik maslahat hamda psixologik korreksion ishlarni amalga oshirayotgan jarayonda qo’llanadi. Ammo ko’pincha amaliy psixologning ishlarida psixodiagnostika – faoliyatning alohida mustaqil turi sifatida namoyon bo’ladi. Uning maqsadi psixologik tashxis qo’yish, ya’ni kishini mavjud psixologik holatini baholash orqali ifodalanadi. Psixodiagnostikaning nazariy asoslari psixologiya fanining turli jabhalari, jumladan, umumiy, dif-ferensial, tibbiy, yosh davrlari psixologiyasi kabi sohalarga asosla-nadi. Uning metodik usullariga esa, individual-psixologik xususiyatlar-ni o’rganish, olingan natijalarni Shunday qilib, diagnostika yorqin namoyon bo’luvchi individul-psixologik, psixofiziologik xususiyatlar asosida olingan ma’lumotlarni taqqoslash bilan alohida kishi yoki ma’lum shaxslar guruhi borasida xulosa chiqarish demakdir.qayta ishlash va tahlil qilishning aniq yo’l-yo’riqlari kiradi. Psixodiagnostika sohasidagi nazariy metodik ishlarning yo’nalishlari avvalambor psixologik amaliyot talablari asosida belgilanadi. Ushbu talablarga muvofiq usullarning maxsus kompleksi shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |