Mavzu: Psixolog konsultant tomonidan mijozdagi xavotirni konsultatsiya qilish. Qo‘rquv va fobiyalarni konsultatsiya qilish


Qo‘rquv va stressni yengishda nima yordam beradi? Psixologdan maslahatlar


Download 132.49 Kb.
bet2/4
Sana20.11.2023
Hajmi132.49 Kb.
#1788538
1   2   3   4
Bog'liq
7-mavzu Psixolog konsultant tomonidan mijozdagi xavotirni konsu-fayllar.org

Qo‘rquv va stressni yengishda nima yordam beradi? Psixologdan maslahatlar
Bugungi pandemiya sharoitida ko‘pchilikda stress, xavotir yoki qo‘rquv kabi salbiy holatlar kuzatilayotgan bo‘lishi tabiiy. Ularga psixologik yordam ko‘rsatish hozirgi vaziyatda juda dolzarb. Psixologik mazmunga ko‘ra, pandemiya sharoitidagi bezovtalik odamlarda vaziyatni yanada qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham jurnalist Humoyun Omonov O‘zbekiston Milliy universiteti Psixologiya kafedrasi psixolog-mutaxassislarining amaliy tavsiyalari bilan tanishtirishga jazm etdi. Marhamat psixologiya fanlari doktori Dilbar Muhamedova va katta o‘qituvchi Bobur Abdullayevlarning foydali maslahatlari bilan tanishing:
Ishonchli manbalarni o’qing!
Avvalo, kasallik haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Respublikamiz sog‘liqni saqlash idoralarining ishonchli manbalariga tayanish juda muhimdir. Siz u orqali JSSTning «COVID-19» haqidagi savollari va javoblarini o‘rganishingiz yoki koronavirus infeksiyasining qanday tarqalishi, uni yengib o‘tishning tibbiy choralari haqida aniq ma’lumotlar olishingiz mumkin. Agar siz yangiliklarni o‘qiyotganingizda o‘zingizda vahima qo‘zg‘alishini his qilsangiz va xavotirlik hissi sizda oshsa, internetda o‘tirishdan vaqtingizni cheklang. Vahimali fikrlar bilan yolg‘iz qolmaslik uchun, siz yangiliklarni o‘qishingiz uchun kuniga 30 minut vaqt ajratishingiz foydalidir, albatta kunning birinchi yarmida o‘qing. Keyin, qanday ma’lumotni tarqatayotganingizga ham e’tibor bering. Tasdiqlanmagan ma’lumotni vahimaga tushmasdan o‘chirib tashlang.


Vayronkor muzokaralarda qatnashmang!
Turli xil salbiy fikrlarga ega bo‘lgan odamlar bilan bahslashish uchun kuch sarflamaslikka harakat qiling. Hozirgi paytda o‘z hissiy holatingiz qanday ekanligiga, munozaraga kirishganingiz uchun ishonchli manbangiz bor yo‘qligiga katta e’tibor bering. O‘zingizni va atrofingizni bezovtalik hissi bilan baholamang, o‘zingizga va boshqalarga nisbatan nohaq munosabatlardan tiyiling.

Download 132.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling