Mavzu: Psixologik xizmatning rivojlanish tarixi Reja


Download 84.46 Kb.
bet3/5
Sana20.11.2023
Hajmi84.46 Kb.
#1789545
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 mavzu

Kelajak yo’nalishi har bir bola individualligini rivojlantirishga, jamiyatda yaratuvchanlik hayotiga psixologik tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan. Psixolog pedagogik jamoa faoliyatiga har bir o’quvchi shaxsi garmonik rivojlanish imkoniyatlari haqida asosiy psixologik g’oyani olib kiradi. Ikki yo’nalish ham bir-biri bilan bog’liq. Kollejlardagi va akademik liseylardagi psixologik xizmat o’rta maxsus ta’limining zaruriy tarkibiy qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi kollej va akademik lisey ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o’quvchida hayotga ijodiy munosabat va individual xususiyatlarning taraqqiyotini ta’minlaganligini psixologik xizmat to’g’ri tashkil etilgan deyish mumkin. Psixolog o’zining inson xulq-atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari haqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o’quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o’zaro munosabat xususiyatlariga, o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga bog’liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta’minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo’lishi mumkin bo’lgan sabablarini psixologik-pedagogik korreksiya qilish yo’llarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat maktabda o’quv tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi. Psixologik xizmatning asosiy vazifasi - tadqiqot ishlari, amaliy ishlar va tashviqot ishlaridan iborat 3 ta vazifadan tashkil topadi.
Ilmiy tadqiqot vazifalari - o’quvchilar shaxsini shakllantirishning muhim muammolarini, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini o’quvchilar bilan o’qituvchilar, maktab psixologlari, maktab psixologlar bilan o’qituvchilar o’rtasidagi o’zaro ta’sirni hamda maktab psixologining etikasini o’z ichiga oladi.
Amaliy vazifalar - psixologik tadqiqot natijalarini amalda psixologik xizmat ishida qo’llab, bolalarning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlash, o’quvchilarning o’qish faoliyatini osonlashtirish, o’quvchi shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o’quvchilarning qobiliyat va moyilliklarini aniqlash, rivojlantirish, talabalar bilan hunarga, kasbga oid suhbat, maslahat ishlarini olib borish, turli xildagi «qiyin» bolalar bilan ish olib borish kabi asosiy vazifani hal qilishdan iboratdir.

Download 84.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling