Mavzu: psixologiya fani predmeti maqsadi va vazifalari reja: Psixologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 108.49 Kb.
bet1/31
Sana12.03.2023
Hajmi108.49 Kb.
#1264565
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Психология фанига оид материаллар


MAVZU: PSIXOLOGIYA FANI PREDMETI MAQSADI VA VAZIFALARI
REJA:
1.Psixologiya fanining predmeti va vazifalari.
2.Psixologiya fanining taraqqiyot tarixi va rivojlanish bosqichi.
3.O’zbekistonda psixologiya fanining rivojlanish tarixi.

  • Psixologiyani fan sifatida o’rganish bilan uning qanday fan ekanligi, xususiyatlari va nimalarni o’rganishi haqida bilimlarga erishiladi. Psixologik bilim va malakalarni o’zlashtirish atrofdagi odamlarni va ular bilan muloqot amaliyotida, munosabatlarda, o’zaro hamkorlik faoliyatida bilish uchun; ularning fikri,maqsadi kechinmalari, qiziqish va qobilyatlari, ehtiyoj va motivlari va h.k. larini bilish va qo’llash uchun zarurdir. Psixologik bilim va malakalar insonlarning kelajakdagi kasbiy faoliyati, oilaviy hayoti, bolalar tarbiyasi uchun muhimdir.

  • Biz har qanday fanni 2 ta asosiy guruhlarga bo’lishimiz mumkin. Positiv fanlar va Normativ fanlar. Fizik va hayotiy fanlar positiv fanlar deb atalishiga qaramasdan, logika, falsafa va etika kabi fanlar tabiiy fanlar kategoriyasiga kiradi.

  • Psixologiya hech qanday shubhasiz Positiv fanlar guruhiga kiradi. Psixologiyaning vazifalari quyidagilar;

  • -psixik hodisalarning mohiyatini va ularning qonuniyatlarini anglashni o’rganish;

  • -ularni boshqarishni o’rganish;

  • -amaliy xizmatning nazariy asosi bo’lib xizmat qilish.

  • Inson xulq sayyora harakat ta’siri ostida bo’lishi kerak edi, uning taqdiri, natijasidir deb hisoblaydi. Biz har qanday bir vaqtda sayyoralar pozotsiyasi, biz aytish mumkin uning munajjimlar bashorati qadrlamaydigan, inson xulqi oldindan bilar edi, agar sayyoralar o’rni tashqari, jinlar, ruhlar, arvohlar va boshqa g’ayritabiiy kuchlar ham inson faoliyati o’zgarishlar uchun mas’ul edi.

  • Psixologiya-ruhni o’rganadigan fan. Qalbni mavjudligi tufayli har doim hayotdagi tushunarsiz hodisalarni tushintirib berishga harakat qilinib kelingan.

  • Boshlang’ich tushunchalar animistic xarakterga ega bo’lgan, ya’ni har bir jism o’z ruhi bilan ajralib turgan deb tushinilgan. Jonlilikda hodisalarning va harakatlarning sabablari ko’rib kelingan. Aristotel barchaa organik jarayonlarda psixologiya tushunchasini kiritgan, shuningdek o’simlik hayvonot va ongli mavjudotlarni belgilab chiqqan.

  • Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushintirilgan. Onning o’zi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar “animizm” deb ataladi. Animizim so’zi –anima “jon” degan manoni anglatadi. Jon o’z mohiyatiga ko’ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan ta’kidlangan.

  • Psixologiyani fan sifatidaa yurtimizda rivojlanish tarixiga e’tibor beradigan bolsak shuni ta’kidlash kerakki, u so’nggi o’n yilliklar mobaynida shakllanmoqda, xolos. Lekin tarixan, umuman psixologiyaning O’zbekiston xududida shakllanishini hal qilinsa, uning diniy-falsafiy olimlar va qarashlar tizimida o’ziga xos tarzda shakllanib borganini ko’rish mumkin. Masalan, eramizning II-III asrlarida rivoj topgan manixizim yoki mazdakizm va boshqalar o’z diniy qarashlari tizimida ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy adolat va shaxsning o’ziga xosligi kabi g’oyalarni keng tashviqot qilganlar. Lekin tarix bizdan shuni darak beradiki, yaxlit, sistematik umuman bo’lmagan.

  • Psixologiya fanini rivojlantirishda judayam kata ro’l o’ynagan psixologlar quyidagilar: B.Ananyev, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, L.Vigotskiy, R.S.Nemov va boshqalar, shuningdek keyinchalik O’zbekistonda ham yirik olimlar yetishib chiqadi. Ular jumlasiga M.G.Davlatshin, E.G’.G’oziyev, M.Vohidov, V.A.Tokareva. Va boshqalarni kiritish mumkin. Yuqorida nomlari tilga olingan olimlar o’zlarining g’oyalari va milliy mafkuralar bilan yoshlarda tafakkur sifatlaridan mustaqillik , tanqidiylik kabilarni shakllantirishga e’tibor bermoqdalar. O’zbekistonda psixologlar oldida juda muhim tadqiqot mavzulari mavjudki, ularda hozirgi mustaqillik sharoitida shaxs va turli ijtimoiy guruhlar psixologiyasida ro’y berayotgan o’zgarishlar, turli yosh, xulq atvorini ilmiy boshqarish asoslari ishlab chiqilishi lozim.

  • Psixologiya fani oldiga hayot va turmush tomonidan yangi-yangi vazifalar qo‘yila boshladi. Bu yangi vazifalar, birinchidan, respublikamzda yuzaga kelgan yangi ijtimoiy muhit, mustaqillik sharoiti tufayli bo‘lsa, ikkinchidan, mamlakatimiz xalqlari ongidagi sifatiy o‘zgarishlar istiqlol mafkurasi tufayli sodir bo‘ldi. Bu ikki hol insoniyat tarixida yangi mazmundagi o‘zaro munosabatlarni va yangicha faoliyat formalarini vujudga keltirdi.

  • Psixologiya fanining boshqa fan sohalaridan farqli tomoni shundan iborat uning amaliy-tadbiqiy jihatlari mavjud bo‘lib, ijtimoiy turmushning barcha javhalarida bevosita qatnashadi, muayyan darajada ta’sir o‘tkazadi. Psixologiya boshqa fanlardan farqli o‘laroq o‘z tadbiqiy ma’lumotlari natijalarining ko‘p qira ko‘p yoqlama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va mutlaqo boshqa sifat ko‘rsatikichiga ega. Ayniqsa bu borada o‘zini o‘zi boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun u tabiatni o‘rganish ilmidan tafovutlanib o‘zining psixik jarayonlari, funksiyalari, holatlari, xissiyoti, irodasi, xarakteri, temperamenti kabilarni boshqarishda o‘z aksini topadi. Inson o‘zini anglab borib, o‘z insoniy hislatlari, xususiyati, sifati xulqini o‘zartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar 

Download 108.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling