Mavzu: Psixologiya fani xaqida tushuncha va uning rivojlanish tarixi. 610-17 Murodjon Yusupov Reja: - 1. Psixologiya fanining predmeti va vazifalari haqida tushuncha.
- 2. Psixologiya fanining rivojlanish tarixi.
- 3. Boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Psixologiya (qad.yunon — «ruh, qalb, ong, xarakter» va λόγος — «ta’limot») — odam va odamlardan iborat guruhlarning psixikasi va psixik faoliyatining funktsiyasi, rivojlanishi va yuzaga kelishi qonuniyatlarini o’rganadigan fan. Psixologiya tushunchasi murakkab bo’lib, u o’zida gumanitar va tabiiy fanlar yondashuvlarini birlashtiradi. - Psixologiya (qad.yunon — «ruh, qalb, ong, xarakter» va λόγος — «ta’limot») — odam va odamlardan iborat guruhlarning psixikasi va psixik faoliyatining funktsiyasi, rivojlanishi va yuzaga kelishi qonuniyatlarini o’rganadigan fan. Psixologiya tushunchasi murakkab bo’lib, u o’zida gumanitar va tabiiy fanlar yondashuvlarini birlashtiradi.
Psixologiya fani inson shaxsi, uning ichki dunyosi haqidagi bilimlarning murakkab sohasidir.Psixologiya har kimga o‘z tajribasidan ma’lum bo‘lgan sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, his-tuyg‘u vainsonning qobiliyati, iste’dodi, tempera-menti, xarakteriga xos ruhiy hodisalar haqidagi bilimlarni o‘zichiga olgan sohadir. - Psixologiya fani inson shaxsi, uning ichki dunyosi haqidagi bilimlarning murakkab sohasidir.Psixologiya har kimga o‘z tajribasidan ma’lum bo‘lgan sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, his-tuyg‘u vainsonning qobiliyati, iste’dodi, tempera-menti, xarakteriga xos ruhiy hodisalar haqidagi bilimlarni o‘zichiga olgan sohadir.
Psixologiya fani quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: - Fundamental psixologiya
- Amaliy psixologiya
- Amaliyotli psixologiya
Fundamental psixologiya - Ruhiy faoliyatning qonunlari, dalillar va mexanizmlarni aniqlaydi;
Amaliy psixologiya - fundamental psixologiya ma’lumotlariga tayanib o’rganadi;
Amaliyotli psixologiya - psixologik bilimlarni amaliyotda qo’llash bilan shug’ullanadi.
Psixologiyaning predmetini xar birimizning tashqi olamni va o‘z-o‘zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar,xodisalar,xolatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi.Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib,psixikadir,deb ta’rif bergan.Psixika bu inson ruxiyatining shunday holatiki,u tashqi olamni(ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni,ya’ni bilishimiz,anglashimizni ta’minlaydi. - Psixologiyaning predmetini xar birimizning tashqi olamni va o‘z-o‘zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar,xodisalar,xolatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi.Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib,psixikadir,deb ta’rif bergan.Psixika bu inson ruxiyatining shunday holatiki,u tashqi olamni(ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni,ya’ni bilishimiz,anglashimizni ta’minlaydi.
Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari negizida rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya ekanligini bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida talqin qilganlar. Ularning gʻoyalari Platonning jon abadiyligi toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qaramaqarshi qoʻyilgan. Aristotel "Jon toʻgʻrisida"gi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqdi - Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari negizida rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya ekanligini bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida talqin qilganlar. Ularning gʻoyalari Platonning jon abadiyligi toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qaramaqarshi qoʻyilgan. Aristotel "Jon toʻgʻrisida"gi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqdi
Psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi Falsafa - XIX asrning o’rtalarida psixologiya mustaqil fanga aylandi. Ammo falsafadan ajralib chiqgan bo’lsada, u bilan yaqin bog’liqligi saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda falsafa bilan birgalikda o’rganilayotgan ilmiy muammolar mavjud. Ushbu muammolarga shaxs tushunchalari, hayot maqsadlari, mafkura, siyosiy qarashlar, axloqiy qadriyatlar va boshqalar kiradi.Psixologiya gipotezalarni tekshirish uchun eksperimental usullardan foydalanadi. Biroq, eksperiment usullar bilan hal etilmaydigan masalalar ham mavjud. Bunday hollarda psixologlar falsafaga murojaat qilishlari mumkin. Falsafiy-psixologik muammolar orasida inson ongining mohiyati va kelib chiqishi, inson fikrlashining yuksak shakllari tabiati, jamiyatning insonga va insonning jamiyatdagi ta’siri kabilar mavjud.
SOTSIOLOGIYA - Psixologiya ijtimoiy fanlar bilan chambarchas bog’liq. U sotsiologiya bilan ko’plab o’xshashliklarga ega. Sotsiologiya ijtimoiy psixologiyadan shaxsni va inson munosabatlarini o’rganish usullarini oladi. Psixologiya ilmiy ma’lumot to’plashning an’anaviy ravishda sotsiologik deb hisoblanadigan tadqiqot va so’rovlar kabi usullaridan keng foydalanadi. Psixologiya va sotsiologiya bir-biridan oladigan turli konsepsiyalar mavjud. Psixologlar va sotsiologlar milliy psixologiya, siyosat psixologiyasi, sotsializatsiya va ijtimoiy o’rnatmalar muammolarini birgalikda hal qiladilar.
Tarix - Tarixiy fanlar ham psixologiya uchun muhimdir. Psixologiyada tarixiy usuldan foydalanish psixik fenomenlarning elementar shakldan murakkab shakllarga filo- va ontogenetik rivojlanishini o’rganishdan iborat. Tarix va psixologiya yaqinligining asosi — zamonaviy inson insoniyat taraqqiyotining mahsuli ekanligi tushunchasidir. Psixologik hodisalarning tarixiy rivojlanishi masalalari ham evolyutsion psixologiya tomonidan o’rganiladi.
BIOLOGIK FANLAR - Psixologiya biologik ilmlar, jumladan, tibbiyot bilan chambarchas bog’liq. Psixologiyada ushbu fanlarning yutuqlaridan foydalanish psixologik hodisalar va ruhiy jarayonlar fiziologik jihatdan belgilanishiga asoslanadi.Ruhiy va somatik salomatlikning o’zaro bir-biriga ta’siri haqida aniq ma’lumotlar mavjud. Ruhiy holat fiziologik holatga ta’sir ko’rsatadi. Psixikaning o’ziga xos xususiyatlari muayyan kasalliklarning rivojlanishiga hissa qo’shishi mumkin (masalan, psixosomatik).
Do'stlaringiz bilan baham: |