Mavzu: pul aylanishi va uning tarkibiy qismlari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
Sana15.09.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1679085
Bog'liq
Pul va banklar2



MUSTAQIL ISH
FAN: PUL VA BANKLAR
MAVZU: PUL AYLANISHI VA UNING TARKIBIY QISMLARI
Bajardi: Suyunov D
Tekshirdi: Umarova L
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


Reja
:
·
Pul aylanishi, uning mohiyati va tarkibiy qimlari
·
Naqd pul aylanishi va uning xususiyatlari
·
Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati va ahamiyati
·
Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tashkil etilishi va tamoyillari
·
Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari
·
Naqd pulsiz hisob – kitoblarda plastik kartochkalardan foydalanish
Tayanch iboralar
Pulning naqd pullik va naqd pulsiz aylanishi. Pul aylanishini ayrim
belgilari bo’yicha guruhlanishi. Monetar va fiskal siyosat. Naqd pul
aylanishi subyektlari. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati va
ahamiyati. Naqd pulsiz hisob – kitoblarni tashkil etilishi. Naqd pulsiz
hisob – kitoblarning unsurlari. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tamoyillari.
Naqd pulsiz hisob – kitoblarning to’lov topshiriqnoma, to’lov talabnoma,
akkreditiv, inkasso topshiriqnoma, hisob – kitob cheki, memorial order
shakllari. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning plastik – kartochka shakli.
Plastik kartochkalarni ayrim belgilari bo’yicha guruhlanishi. Hisob – kitob
va to’lov intizomi ustidan nazorat va u bo’yicha qullaniladigan choralar.


Pul aylanishi, uning mohiyati va tarkibiy qismlari
Pul aylanishi – bu naqd pullik va naqd pulsizlik olib boriladigan hisob –
kitoblarning yiђindisidir. Pul aylanishi asosan ikki belgiga:
1.
Jami ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish
2.
Pulni funksiyalariga ko’ra tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin
Jami ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni bilan boђliq holda pul
aylanishi: tovarlarni ishlab chiqarish va sotish, kapital qurilish bilan
boђliq aylanishga, hamda tovar va ularning xarakati bilan boђliq
bo’lmagan aylanishga bo’linadi.
Tovar ishlab chiqarish va sotish jarayonidagi pul aylanishiga ishlab
chiqarishga tegishli ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, mahsulotni
sotish, tegishli tashkilotlar bilan hisob – kitoblar olib borish kiradi,
ikkinchisiga kapital qurilish va ta’minlash sohasidagi hisob – kitoblar
kiradi. Tovar va ularni xarakati bilan boђliq bo’lmagan aylanishga milliy
daromadni taqsimlash va kayta taqsimlash bilan boђliq to’lovlar va boshqa
tovar xarakati bilan boђliq bo’lmagan to’lovlar kiradi.
Pul funksiyalariga va to’lov turiga ko’ra pul aylanishi naqd pullik
va naqd pulsiz aylanishga bo’linadi.
Umuman pul aylanishi quyidagi belgilari bo’yicha guruhlanadi:
1.
Pullik munosabatlarning turiga ko’ra:
a)
Tovar – moddiy qiymatlarni ayriboshlash jarayonidagi pul ayla-nishi
b)
Tovar xarakteriga ega bo’lmagan hisob – kitoblardagi pul aylanishi
2.
To’lov usuliga ko’ra:


a)
Naqd pullik
b)
Naqd pulsiz
3.
Pul munosabatlari ishtirokchilarining xududiy joylashishiga ko’ra:
Xududlararo pul aylanishi
4.
Pulni to’lov jarayonidagi ishtirokiga ko’ra:
a)
Aktiv pul aylanishi – to’lov jarayonida bevosita ishtirok etayotgan pul
massasi
b)
Passiv pul aylanishi – ma’lum davr ichida, vaqtincha muomilada
ishtirok etmayotgan pul massasi (jamђarmadagi, hisob – varaqlardagi
bo’sh pul mablaђlari).
Pul aylanishi holatini tartibga solish bo’yicha xukumat organlari tegishli
tartibda monetar va fiskal siyosatini olib boradi.
Monetar siyosat – mamlakatda pul massasi va pul bozorini tartibga
solishdir. Monetar siyosatning bosh ђoyasi – iqtisodiy o’sishni bozor
mexanizmi ta’minlaydi. Bu mexanizmning asosiy vositasi pul. Davlat
yalpi talabga muomiladagi pul miqdorini tartibga solish bilan ta’sir etishi
kerak. Bunga ko’ra muomiladagi pul miqdori = Yalpi milliy mahsulot
Monetar siyosat: xarakatdagi pul miqdorini belgilash, uni
qat’iy nazorat qilish; tijorat banklari faoliyatini ko’zatib borish: kredit
emissiyasini bajarib borish; davlat oltin – valyuta zaxirasini yaratish va
foydalanishni ko’zda tutadi.
Davlat xarajatlari va soliqqa tortish bo’yicha chora – tadbirlar ko’rish
orqali mamlakatdagi ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni yechishga
qaratilgan siyosat fiskal siyosat deyiladi.
Fiskal siyosatning asosiy vazifasi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish
uchun davlat pul fondlarini markazlashgan tarzda tashkil etish va ishlatish


orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash.
Fiskal siyosat avtomatik va diskresion siyosatga bo’linadi. Avtomatik
deganda xukumat tomonidan qo’shimcha chora – tabirlar belgilamay
mavjud
iqtisodiy
mexanizm
orqali
iqtisodiy
o’zgarishlarga
moslashuvchan siyosat tushuniladi. Soliq to’zilmalarini iqtisodiy
kon’yuktura o’zgarishiga boђliqligi va boshqalar.
Diskresion (lotincha dissrecio – o’z qaroriga qarab amal qiluvchi) siyosat
davlat tomonidan yalpi milliy mahsulotning real xajmiga, bandlik, iflyasiya
va iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatish maqsadida davlat tomonidan aniq
chora – tadbirlarni belgilash tushuniladi. Doimiy amal qiluvchi qonunlar,
qoidalar, me’yorlarga kushimcha ravishda yoki ularni o’zgartirish bo’yicha
tezkor
tarzda majburiy chora – tadbirlar ko’riladi (soliq reformasi va boshqalar).
Umuman olganda fiskal siyosat ijtimoiy ximoya usullarini, byudjet
daromadlari va xarajatlarini rejalashtirish, iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini
oshirish siyosati, narx – navoni pasaytirishga ta’sir ko’rsatish kabi chora
– tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Ma’lumki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bosqichlari pullik
munosabatlar orqali amalga oshadi. Ishlab chiqarish uchun zarur
bo’lgan resurslarni sotib olish, ularni ishlab chiqarish jarayonida
foydalanish va yetishtirilgan mahsulotlarni sotish jarayoni odatda
korxona va tashkilotlar o’rtasida olib boriladigan pullik munosabatlarga
boђliq.
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar o’rtasidagi va xo’jaliklarni
o’z xodimlari bilan bo’ladigan hisob – kitob munosabatlari naqd
pullik va naqd pulsiz shaklda olib boriladi.


Naqd pullik hisob – kitoblarga kelganda naqd pulning xarakati
bankdan boshlanadi. Naqd pul bankdan chikkach korxona va tashkilotlar
kassasi orqali axoli kuliga utadi. Oldi – sotdi va to’lov xarakatlari
bajarilgach u yana bankga kaytadi.
Mamlakatimizda naqd pul qullaniladigan pul aylanishi asosan
quyidagi subyektlar o’rtasida bo’ladi.
1. Davlat va korxona, tashkilotlar, muassasalar o’rtasida (ish
xaqi, tovar sotib olish, xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar va
boshqalar)
2. Davlat va axoli o’rtasida (pensiya, nafaqa, byudjetga soliq to’lovlari va
boshqalar)
3. Kredit tizimi va aholi o’rtasida (qarz olish, uni qaytarish, pulni
jamђarmaga qo’yish va olish, yutuqlarni olish va boshqalar)
4. Korxona, tashkilot va muassasalar o’rtasida cheklangan holdagi
naqd pul bo’yicha hisob – kitoblar, chunki ular o’rtasidagi hisob – kitoblar
asosan naqd pulsiz amalga oshiriladi.
Pulning naqd aylanishi – bu naqd pul yordamida amalga oshiriladigan
to’lovlar yiђindisidir. Bu aylanish pul o’zining to’lov va muomila vositasi
funksiyalarini bajarishi bilan boђliq.
Naqd pullar muomila vositasi sifatida aholi bilan korxona,
tashkilotlar o’rtasida hamda aholi o’rtasidagi tovarlar sotib olinganda va
sotishda qullaniladi.
Pul to’lov vositasi sifatida ish xaqi, nafaqalar, mukofotlar, yakka
tartibdagi kurilish va boshqa maqsadlarga beriladigan kreditlar, suђurta
to’lov va qoplamalarini amalga oshirishda
Undan tashqari naqd pulning aylanishi:


-
kommunal va maishiy xizmatlar uchun to’lovlarda
-
soliq va boshqa yiђimlar to’lovida
-
«O’zbekiston pochtasi» xizmatlari bo’yicha to’lovlarda
-
Temir yul, xavo yuli va mahalliy transportga to’lovlarda
-
savdoda tovarlarni sotishda
-
Šuyilmalarni quyish va olishda
- mehnat xaqi, pensiya va nafakalar to’lovini amalga oshirishda va
boshqa xolatlarda amalga oshiriladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, pulni naqd va naqd pulsiz aylanishi bir – biri
bilan o’zviy boђliq, chunki pul naqd pul aylanishidan naqd pulsiz
aylanishga va aksincha aylanib doimiy xarakatda bo’lib, umumiy pul
aylanishini ta’minlaydi.
Korxona,
tashkilot
va
muassasalarning
banklardagi
hisob
raqamlaridagi pul mablaђlari quyidagi xollarda naqd pulga aylanadi:
-
Ishchi, xizmatchilarga ish xaqi berishda
-
Ko’rsatilgan xizmat va ishlar uchun naqd pul to’lovida
-
Pensiya, nafaqa, har xil mukofotlar, suђurta qoplamasi to’lovida
-
Aholidan qishloq xo’jalik mahsulotlari sotib olinganda
-
Davlat zayomlari va lotoreya biletlari bo’yicha to’lovlarda
-
Aholi banklardan o’z jamђarmalarini talab qilganda va
boshqa hollarda O’z navbatida naqd pullar quyidagi


hollarda naqd pulsiz aylanishga tushadi:
-
Uy– joy va kommunal xizmatlar uchun to’lovlarda
-
Ќar xil soliq va yigimlar, boj va jarimalar to’lovlarida
-
Aloqa tashkilotlariga to’lovlarda
Davlat zayomlari, lotoreya va boshqa uyinlardan tushumlar orqali
-
Aholini yakka tartibdagi banklar bilan qurilish va boshqa kredit
munosabatlari bo’yicha to’lovlarda
-
Bolalar muassasalaridan foydalanish bo’yicha to’lovlarda
-
Dam olish uylari va boshqa soђlomlashtirish muassasalaridan
foydalanish bo’yicha to’lovlarda va boshqa hollarda
Pulning naqd pullik aylanishga o’tish jarayoni pul muomilasi uchun
xatarliroq ekanligi tufayli Markaziy bank tomonidan u qattiq nazorat
qilinadi.
Markaziy bank tomonidan nazoratni oshirilishi tufayli 1996 – 2002
yillarda naqd pullarni bank kassalariga qaytishi 80 – 93 foiz oraliђida
bo’lgan bo’lsa, 2005 yilda u 96,3 foizga yetdi.
Naqd pullik munosabatlarning xususiyatlari yana shundaki, bir pul
belgisi bir necha marta to’lovlarni amalga oshirishda ishtirok etadi.
Muomilada bo’lgan naqd pul massasi ma’lum bir davrda (oy, chorak,
yillarda o’zgarmas bo’lib turgan holda naqd pul aylanishi pulni aylanish
tezligiga ko’ra muomiladagi naqd pul miqdoridan bir necha marta ko’p
bo’lishi mumkin va aksincha.
Pul aylanishida to’lov aylanishi bilan naqd pulsiz aylanishlar o’rtasidagi


farqni bilish lozim. To’lov aylanishi deb pulning to’lov vositasi sifatida
xarakati tufayli vujudga kelgan pul aylanishiga aytiladi. Naqd pulsiz
aylanish to’lov aylanishining tarkibiy qismi bo’lib naqd pulsiz aylanish va
naqd pul aylanishining pulning to’lov vositasi funksiyasi tufayli yuzaga
keluvchi qismi
hisoblanadi.
3.
Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati va ahamiyati
Mamlakatimizda pul aylanishining asosiy qismi naqd pulsiz hisob – kitoblarga
to’ђri keladi.
Naqd pulsiz hisob – kitoblar deganda korxona va tashkilotlar tomonidan
tovar ayirboshlash, xizmatlar ko’rsatish va tovarsiz operasiyalar bo’yicha
bir – biriga bo’lgan talab va majburiyatlarini naqd pul ishlatmasdan pul
mablaђlarini schyotdan – schyotga o’tkazish orqali amalga oshirilishi
tushuniladi.
Mamlakat iqtisodi rivojlanib borgan sari pul oborotida naqd pulsiz hisob
– kitoblarning ulushi ortib boradi.
Shu asosda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
tomonidan 1998 yil 27 – iyunda №60 son bilan tasdiklangan
«O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar
to’ђrisida» Nizom qabul qilingan va unga 2002 yilni 12 yanvarida ayrim
o’zgartirishlar kiritilgan.
Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi,
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar va bank faoliyati
to’ђrisidagi, O’zbekiston Respublikasi korxonalari to’ђrisidagi Šonunlari
va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston xududida
naqd pulsiz hisob – kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy


xujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va Respublika makonida hisob –
kitoblarni o’zluksiz bajarilishini ta’minlashga muljallangan.
Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati quyidagilar bilan belgilanadi:
1.
Yalpi ichki mahsulot va milliy daromad xajmining ortib borishi;
2.
Tovar aylanishi hajmini o’sishi;
3.
Xo’jalik subyektlari o’rtasida hisob – kitob munosabatlarining oshishi;
4.
Bank kreditining ayirboshlash jarayonidagi rolini o’sishi;
5.
Iqtisodiy alokalarni rivojlantirishda va hisob – kitoblarda elektron
hisoblash texnikasidan, kompyuterlardan keng ko’lamda samarali
foydalanishni oshishi;
6.
Naqd pulning kuprok miqdorda oldi – sotdi bilan shuђullanuvchi
ishbilarmonlar qo’liga o’tib ketganligi;
7.
Pulning
davlat
gaznasidan
chiqib
yana
qaytib
kelishi
jarayonlarida uzilishlarning paydo bo’lishi;
8.
Davlatning naqd pul yetishmasligi muammosiga duch kelishi va boshqalar
Naqd bo’lmagan pul xarakati xajmining doimiy o’sib borishi xalq
xo’jaligida muhim ahamiyatga ega va u quyidagilar bilan belgilanadi:
1.
Xo’jalik subyektlarining naqd pulga bo’lgan ehtiyoji keskin qisqaradi;
2.
O’zaro hisob – kitoblarni amalga oshirish jarayonidagi muomila xarajatlari
tejaladi;
3.
Muomiladagi pul mablaђlarining xavfsizligi kamayadi;
4.
Hisob – kitoblarni banklar orqali amalga oshirilishi ularning
xuquqiy jihatdan qonuniyligini ta’minlaydi.
5.
Xo’jalik hisob varaђiga pul mablaђlarining kelib tushishi, ular yaratgan


mahsulot yoki kursatgan xizmatlarnig ijtimoiy tan olinishi ta’minlanadi;
6.
Xo’jaliklar o’rtasidagi aloqalarni mustaxkamlaydi, tovar – pul
mablaђlari xarakatini tezlashtiradi;
7.
Naqd pulga bo’lgan talabni va shu bilan birga qoђoz pullar emissiyasi
va ularni saqlash bilan boђliq xarajatlarni kamaytiradi;
8.
Hisob – kitoblarni banklar orqali o’tishi lozim bo’lgan soliqlar
miqdorini to’ђri aniqlash bo’yicha nazoratni ta’minlaydi;
9.
Muomilada naqd pul miqdorini kamayishi uning inflyasiya darajasini
pasaytiradi va boshqalar Naqd pulsiz hisob – kitob tashkil etilishi va
tamoyillariNaqd pulsiz hisob – kitoblarni tashkil etish va amalga oshirishni
banklar olib boradi. Maxsus banklar xalk xujaligi tarmoklari korxonalariga
hisob – kitob xizmatini kursatadi. Markaziy bank bu hisob – kitoblarni
yuritish bo’yicha tartib qoidalarni ishlab chiqadi.
Naqd pulsiz hisob – kitoblar quyidagi unsurlarni o’z ichiga oladi:
1.
Naqd pulsiz hisob – kitoblarni olib borish va amalga oshirishning
asosiy tamoyillari;
2.
Hisob – kitob shakllari;
3.
Hisob – kitob xujjatlari;
4.
To’lov turi;
5.
To’lov navbati va manbalari;
6.
Hisob – kitob qatnashchilari;
7.
Hisob

kitob
qatnashchilarining
xuquq
va
majburiyatlari va boshqalar Naqd pulsiz hisob – kitoblar


quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
1. Korxona va tashkilotlar o’z pul mablaђlarini (qarzga
olganlarini ham) banklarda saqlashi zarur;
2.
Barcha naqd pulsiz hisob – kitoblarni bank orqali o’tishi;
3. Xo’jalik subyektlari hisob – kitoblar shakllarini erkin tanlashlari va
uni shartnoma orqali mustahkamlab qo’yishlari.
4. Xo’jalik subyektlarining hisob – kitoblar bo’yicha shartnomaviy
munosabatlariga bankni aralashmasligi;
5. Tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlar to’lovchining roziligi bilan amalga
oshirilishi;
6.
To’lovlar
xo’jalik
subyektlarining
hisob
varaqasidagi
mablaђlari hisobidan, ba’zida
(agar korxona kredit olishi mumkin bo’lsa) bank krediti hisobidan
amalga oshirilish.
7. Mol yetkazib beruvchining hisob varaђiga pul mablaђlarini
o’tkazish mazkur
mablaђlarning mol sotib oluvchining hisob varagidan chiqarilgandan
keyin amalga oshiriladi;
8. To’lovchi tegishli xuquqga ega bo’lsa to’lovni qisman va tulik rad etishi.
Xo’jalik subyektlari pul mablaђlarini saqlash va hisob – kitoblar
olib borish, kassa operasiyalarini amalga oshirish uchun tegishli
bank bo’linmalarida o’zlarining hisob varaqlarini ochadi.
Byudjet hisob varaqlari byudjet kassasini ijro etish operasiyalarini
bajarish, to’lovlarning tushumi va xarajatlarni aks etirish uchun ochiladi.


Ssuda hisob varaqlari ma’lum tartibda rasmiylashtiriladigan ssudalar
(kreditlar) bo’yicha ochiladi.
1997 yildan hisob – kitob va joriy hisob varaqlari urniga depozit
hisobvaraqlari, ya’ni talab kilib olinadigan depozit hisob varaqlari joriy
etilgan. Depozit – bank muassasalarida saklash uchun quyilgan pul
mablaђlari yoki qimmatli qoђozlar ma’nosini bildiradi.
5.
Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari
Hisob – kitoblar shakli deganda xuquqiy me’yorlarda ko’zda
tutilgan hisoblashuv xujjatlarining turi va xujjat aylanishi tartibi bilan farq
qiladigan mablaђlarni naqd pulsiz utkazish shartlari tushuniladi.
Hisob - kitob operasiyalari banklar tomonidan korxona uchun
ochilgan hisob varaqlaridan mijoz bilan hisob – kitob xizmati
kursatish yuzasidan to’zilgan shartnomaga
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 1998 yil
27 iyundagi 60 – sonli
«O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to’ђrisida
Nizom»ga asosan xo’jalik yurituvchi subyektlar o’rtasidagi naqd pulsiz
hisob – kitoblar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi


-
to’lov
topshiriqnoma
-
to’lov talabnoma
-
akkreditivga ariza
-
inkasso
topshiriqnoma
-
hisob

kitob
cheki
-
memorial order
-
№0505411002;
-
№0505411001;
-
№0505411009;
-
№0505411013;
-
№0505411005;
-
№0505411008;
-
plastik kartochkalar bilan hisoblashish
Korxonalar o’ziga qo’lay bo’lgan hisob – kitob shaklini erkin tanlashi
mumkin. Hisob – kitoblarning qaysi shaklini qo’llash mumkinligini,
to’lovning to’lash tartibi, to’lovchi bilan mablaђ oluvchi o’rtasida
to’ziladigan shartnomada kursatiladi.
Yukoridagi shakllar bo’yicha qullaniladigan xujjatlar Markaziy
bankning quyidagi talablari va andozalariga mos kelishi lozim:
-
hisob-kitob xujjatining raqami;
-
xujjat to’ldirilgan sana, oy, yil;
-
to’lovchining nomi;
-
to’lovchining hisob varaq raqami;
-
soliq to’lovchisining identifikasiya raqami (chek va akkreditivlarda
kursatilmaydi);
-
to’lovchi bank nomi;
-
to’lovchi bank kodi;
-
oluvchining nomi;


-
oluvchining hisob raqami;
-
oluvchi bank nomi;
-
oluvchi bank kodi;
-
to’lov so’mmasi miqdori (yozuvda ham ko’rsatiladi);
-
to’lovning maksadi (cheklarda ko’rsatilmaydi);
Bulardan
tashqari
hisob-kitob
cheklarida
qo’shimcha
ravishda
quyidagilar kursatiladi;
-
chekning seriyasi va raqami;
-
jismoniy shaxs pasportining seriyasi va raqami;
-
chekning oxirgi amal qilish sanasi
Shu kabi akkreditiv bo’yicha arizada quyidagilar kushimcha
ravishda kursatiladi;
-amal qilish mudatti;
-
akkreditiv ochilayotgan shartnoma raqami va sanasi;
-
buyurtma raqami;
-
buyurtma sanasi;
-
tovar yoki xizmatning nomi;
-
akkreditiv bo’yicha to’lovni amalga oshirishda asos
bo’lgan xujjatning turi;
-qo’shimcha shartlar
Xujjatlar imzo quyish xuquqiga ega bo’lgan mansabdor
shaxslarning o’z qo’li bilan qo’ygan imzosi va korxona muxri mavjud
bo’lganda qabul qilinadi.
Xujjatlarni buyash, chizish va tozalashga yul quyilmaydi.


Naqd pulsiz hisob – kitob shakllarining muhim turlaridan biri
to’lov topshiriqnoma hisoblanadi.
To’lov topshiriqnoma mijoz o’z hisobvaraђidan unga xizmat
kursatuvchi
bankka
ma’lum
bir
so’mmani
boshqa
mijozning
hisobvaraђiga o’tkazish to’ђrisidagi topshiriђidir.
Topshiriqnomalar bilan tovarlar, ish, xizmatlar va boshqa
to’lovlar bo’yicha hisob – kitoblar amalga oshiriladi.
O’zbekiston
Pochta
va
telekommunikasiya
agentligi
orqali
(pensiyalar, alimentlar va boshqalar) mablaђlarni oluvchilarga to’lov
topshiriqnomalari bilan junatishda ilova qilinishi lozim bo’lgan barcha
xujjatlar (junatmalar ro’yxati, ma’lumotnomalar va boshqalar) mijozlar
tomonidan bevosita O’zbekiston Pochta va telekommunikasiya agentligi
korxonalariga taqdim etiladi.
Topshiriqnomalar bank tomonidan to’lovchi hisob varaђida
mablaђlar bo’lgandagina
(agar shartnoma va boshqa me’yoriy xujjatlarda boshqalar ko’zda
tutilgan bo’lmasa) qabul qilinadi.
To’lov topshiriqnomalari bankga to’lovchi va oluvchiga bitta bank
xizmat qilsa 3 nusxada
(bank uchun, to’lovni oluvchi va to’lovchiga) taqdim etiladi, agar har xil
banklar xizmat qilsa 4 nusxada to’ziladi.
Elektron to’lovlar tizimi orqali olingan elektron to’lov topshiriqnoma
mablaђlarni oluvchi bankda 2 nusxada qabul qilinadi:
-
bir nusxasi bankning kunlik xujjatlariga tikiladi.
- ikkinchi nusxasi mablaglar oluvchining shaxsiy hisob varagidan
olingan kuchirmaga ilova qilinadi.
To’lov topshiriqnomaning sanasi uni bankka takdim etilgan sana bilan


bir xil bo’lishi kerak, ular mos kelmagan xolda to’lov topshiriqnoma ijro
uchun qabul qilinmaydi (byudjetga va byudjetdan tashqari fondlar bo’yicha
fondlar bo’yicha to’lovlar bundan mustanosno).
To’lov talabnomalar bilan hisob-kitoblar
To’lov talabnoma – bu mablag oluvchining begilangan so’mmani
to’lovchi tomonidan bank orqali to’lashi to’ђrisidagi talabini o’z ichiga
olgan hisob – kitob xujjatidir.
Talabnomalar
yuklab
junatilgan
tovarlar,
bajarilgan
ishlar,
kursatilgan xizmatlar, shuningdek tomonlar shartnomasida ko’zda
tutilgan boshqa to’lovlar uchun quyilishi mumkin.
Talabnomalar tomonlar o’rtasida to’zilgan shartnomaga asosan
akseptli va akseptsiz bo’lishi mumkin.
Bank tomonidan to’lovchilarga talabnomalarni quyidagi akseptlash
tartibi va muddati belgilangan:
- Bir xudud ichida joylashgan mijozlar uchun – talabnomalarni
banka kelib tushgan kunidan tashqari 3 ish kunida
- Boshqa xududlarda joylashgan mijozlar uchun talabnomalar
bankka kelib tushgan kunidan tashqari 5 ish kunida
- To’lovchining asosli iltimosiga ko’ra 10 ish kunigacha
Belgilangan muddatda korxona yozma ravishda akseptlashni rad
etmasa talabnoma akseptlangan hisoblanadi.
To’lovchining
hisobvaraђida
mablaђlar
yetarli
bo’lmaganda
talabnoma to’lovini bank qisman amalga oshiradi. Šolgan so’mmadagi
talabnoma 2 – kartotekaga joylashtiriladi, bunda talabnomaning orqa
tomonida to’langan so’mma yozib ko’rsatiladi.
Talabnoma akseptlashdan qisman bosh tortganda to’lovchi


tomonidan akseptlangan so’mma bo’yicha to’lovlar amalga oshriladi,
mablaglar
bo’lmaganda
esa
2–kartotekaga
joylashtiriladi.
Talabnomaning dastlabki so’mmasi aylanaga olinadi va yoniga
to’lovchi akseptlagan talabnoma so’mmasi quyiladi. Bunda bank
to’lovchi tomonidan akseptlashni qisman rad qilganligi to’ђrisida
mablaђlar oluvchining bankiga yozma ravishda xabar berishi shart.
Akseptsiz tulanadigan to’lov talabnomalari to’lovchilarning
hisob varaqlaridan mablaglarni akseptsiz hisobdan chiqarishda
quyidagi xollarda amalga oshiriladi.
a) Elektr va issiklik energiyasi uchun hisob – kitoblarda. Bu xolda
talabnoma ajratilgan elektr va issiqlik energiyasi uchun mahsulot yetkazib
beruvchi tomonidan bevosita iste’molchiga xizmat kursatuvchi bankka
quyiladi.
b)
Šarzdor tomonidan talabnoma da’vo so’mmasi tan olinganligi
xakida javob xatining asl nusxasi ilova qilinganda
c)
Šonunchilikda to’ђridan – to’ђri ko’zda tutilgan boshqa xollarda
Ulchov asboblari kursatkichlari va amaldagi tariflar asosida yozilgan elektr
va issiqlik energiyasi uchun hisob – kitoblarda «To’lov maqsadi»
grafasida «Ulchov asboblari ko’rsatkichlari» yoki
«tarif asosida» degan yozuv kursatiladi.
Talabnomaning yukori burchagiga «Akseptsiz» degan so’z yoziladi
yoki yozuv yozilgan muxr qo’yiladi. Bank ilova qilingan xujjatlarning
talabnomada ko’rsatilgan rekvizitlariga mosligini tekshiradi.
To’lovchining bankida amaliyot (operasiyaon) kuni davomida kelib
tushgan akseptsiz
to’lanadigan talabnomalar shu kunning o’zidayoq to’lanadi. Yuqorida


ta’kidlanganidek, agar to’lovchining hisob varaђida mablaђlar mavjud
yoki yetarli bo’lmasa talabnomaning
to’lanmagan
so’mmasi
ikkinchi
kartotekadagi
hisobvaraqlarga
joylashtiriladi.
Akkreditivlar bilan hisob-kitoblar
Akkeditiv – mijozning topshirigiga ko’ra shartnoma bo’yicha uning
kontragenti foydasiga berilayotgan bankning shartli pul majburiyatidir.
Unga ko’ra akkreditiv ochgan bank (bank imitent) uning kontragenti -
mablaglarni oluvchi foydasiga to’lovni amalga oshirish yoki boshqa bankka
bu turdagi to’lovni bajarish uchun vakolat berish majburiyatini mablaђlar
oluvchi tomonidan xujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda
tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda oladi.
Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin:
-
qoplangan (deponentlangan);
-
qoplanmagan (kafolatlangan).
Akkreditivlar bank tomonidan ko’zda tutilmagan xolatlarning
alohida hisob varaqlarida va 22602 – «Mijozlarning akkredtivlar bo’yicha
depozitlar» hisob varaђida hisobga olinadi. Ќar bir mablaђlarni oluvchi
uchun unga xizmat kursatuvchi bankda akkreditivlar bo’yicha alohida
depozit hisob varaqlari ochiladi.
Šoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda, bank emitent
uni ochish vaqtida mijozning o’z mablaђlarini yoki unga berilgan kreditni
bank – emitentning majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga
ijrochi bank ixtiyoriga utkazishi shart.
Šoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda bank – emitent ijrochi
bankka akkreditivning butun so’mmasini bank – emitentning ijrochi


bankida yuritilayotgan hisob varagidan kuchirish xuquqini beradi.
Šoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va
chaqirib olinmaydigan bo’lishi mumkin.
Chaqirib olinuvchi akkreditiv bank – emitent tomonidan mablaђlarni
oluvchi bilan
oldindan xabardor qilmagan holda o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi
mumkin. Akkreditivlarni chaqirib
olish
bank
emitent
zimmasiga
mablaђlarni oluvchi oldida biron – bir majburiyat yuklamaydi. To’lovchi
chaqirib olinadigan akkreditivning shartlarini o’zgartirishi va bekor qilinishi
to’ђrisidagi barcha kursatmalarni mablaђlar oluvchiga faqat bank – emitent
orqali berishi mumkin, ushbu bank mablaђlarni oluvchini banki (ijrochi bank) ni,
u esa mablaђ oluvchini xabardor qiladi.
Agar ijrochi bank operasiyalarni bajarish paytigacha akkretivning
o’zgartirilganligi yoki u bekor qilinganligi haqida bildirishnoma olmagan
bo’lsa u chaqirib olinadigan akkreditiv bo’yicha to’lovni yoki boshqa
operasiyalarni amalga oshirishi shart.
Mablaђlar oluvchining roziligisiz, uni foydasiga ochilgan chaqirib
olinmaydigan akkreditiv o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
Ijrochi
bank

emitent
bilan
shartnoma
asosida
chaqirib
olinmaydigan akkreditivni tasdiqlashi mumkin. Bunday holda chaqirib
olinmaydigan akkretiv tasdiqlangan akrreditiv bo’ladi.
Tasdiklangan akkreditiv bo’lganda ijrochi bank bank – emitentni
akkreditiv shartlariga muvofiq to’lovni amalga oshirish majburiyatlari
bo’yicha o’z zimmasiga qo’shimcha ravishda majburiyatlar oladi.
Tasdiqlangan akkreditiv ijrochi bankning roziligisiz o’zgartirilish


yoki bekor qilinishi mumkin emas.
To’lovchi akkreditiv shakldagi hisob – kitoblarda bankka akkreditivga
ariza taqdim etadi.
Akkreditivga arizada akkreditlar bo’yicha mablaђlarni olish uchun
mablaђlarni oluvchi taqdim etishi lozim bo’lgan akkreditiv shartlari
ruyxati to’liq bo’lmasa tasdiqlovchi xujjatlarning aniq tasnifi va ularni
rasmiylashtirishga doir talablar mavjud bo’lmasa, banklar akkreditiv uchun
arizani to’lovchiga qaytarib berish va akkreditiv hisob varaqlarini
ochmasligi kerak.
Akkreditivga ariza bank – emitentga ikki nusxada taqdim etiladi:
- birinchi nusxasi to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bankning kunlik
xujjatlariga tikiladi.
- ikkinchi nusxasi mablaђlar to’lovchining shaxsiy hisob varaђidan
olingan ko’chirmaga ilova qilinadi.
Mablaђlar oluvchining bankida akkreditiv quyidagi xollarda yopiladi:
a) Akkreditiv muddati tamom bo’lgach
b) Mablaђlar oluvchining akkreditivning amal qilish muddati tamom
bo’lgunicha undan foydalanishdan voz kechishi haqidagi yozma arizasiga
ko’ra, agarda bu akkreditiv shartlarida kursatilgan bo’lsa
v) To’lovchining akkreditivni to’liq yoki qisman chaqirib olish haqidagi
yozma talabiga ko’ra, agar bu akkreditiv shartlarida ko’zda tutilgan bo’lsa,
akkreditiv bank – emitentdan xabar yetib kelgan kuni yopiladi yoki
kamayadi, lekin 22602 – «Mijozlarning akkreditivlar bo’yicha depozitlari»
balans hisob varaђidagi qoldiq so’mmadan ko’p bo’lmagan xolda.
Ijrochi bank akkreditiv yopilganligi to’ђrisida bank emitentga


xabar
beradi. Foydalanilmagan so’mma to’lovchining bankiga
mablaђlar qaysi hisob varaqdan deponent qilingan bo’lsa shu hisob
varaqga utkaziladi.
Hisoblashuvlarning akkreditiv shaklini ustunligi mablag oluvchi
uchun ishonchli, uning shartlari oddiy;
Kamchiligi – to’lovchining puli shu davrga muomiladan chiqadi,
mahsulot junatuvchi bankida kutadi.
Inkasso topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblar
Inkasso topshiriqnomasi – mablaђlar oluvchining hisob varaђiga
to’lovchining hisob varaђidan so’zsiz tartibda mablaђlarni hisobdan
chiqarish to’ђrisidagi bankka topshirigini anglatadi.
Inkasso topshiriqnomalarini quyidagilar taqdim qilishi mumkin:
- Soliq idoralari – soliqlar va davlat byudjetiga boshqa majburiy
to’lovlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi byudjetidan tashqari
pensiya
jamgarmasiga
majburiy
to’lovlarga
oid
to’lovlar
va
boqimandalarni undirib olishda
- O’zavtodor konserni organlari – Respublika yo’l fondiga muddati
o’tib ketgan to’lovlar bo’yicha mablaђlar undirishda
- Bojxona organlari – o’z muddatida to’lanmagan bojxona
to’lovlari va jarimalarni unidirishda
-
Sud ijrochilari va undiruvchilar - ijro xujjatlari bo’yicha pul mablaђlarini
undirishda
-
Šonunchilikka muvofiq boshqa
organlar
Ijro
xujjatlari
deb
quyidagilar tan olinadi.
a)
Sudlar tamonidan berilgan ijro varaqalari


b)
Sud buyruqlari
c)
Alimentlar to’lash to’ђrisidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar.
d)
Natariuslarning ijro ustxatlari.
d)
Mehnat nizolari bo’yicha komissiya qarorlari asosida beriladigan
guvoxnomalar
ye) Ma’muriy buyruqbozlik to’ђrisidagi ishlarni ko’rib chiqish
vakolatiga ega organlar.
(mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar
j)
Sud ijrochilarining qarorlari
z)
Qonunchilikda ko’zda tutilgan xollarda boshqa organlarning xujjatlari
Bank tomonidan ijro xujjatlari asosan quyilgan hisob varaqlaridan
pul mablaђlarini undirish uchun inkasso topshiriqnomalarini faqat ijro
xujjatining asl nusxasi yoki uni dublikati ilova qilingan holda qabul
qilinadi.
Xujjatlarning
nusxalari
bo’yicha
to’lovchilarning
hisob
varaqlaridan mablaђlarni hisobdan chiqarish taqiqlanadi.
Inkasso topshiriqnomasi banka quyidagi tartibda taqdim etiladi:
1. agar to’lovchi va mablaђlar oluvchiga bitta bank xizmat ko’rsatsa
– turt nusxada. Bunda topshiriqnomaning dastlabki uch nusxalari bankda
ijro uchun koldiriladi, turtinchi nusxa xujjatlarni qabul qilish sanasi
kursatilgan xolda buxgalter tomonidan imzolanib va bankni unga
biriktirilgan shtampi bilan tasdiqlanib mablaђlarni oluvchiga qaytariladi.
2. Bir xudud ichida hisob – kitoblar yuritishda inkasso
topshiriqnomasi bevosita to’lovchining bankiga uch nusxada
taqdim qilinadi.
3. Bir xudud ichida, xududlararo hisob – kitoblarda to’langan hamda
elektron tizimi orqali olingan elektron inkasso topshiriqnomasi mablaђlar


oluvchining bankida ikki nusxada
chiqariladi.
To’lovchining
hisob
varaђida
mablaђlar
bo’lmaganda
inkasso
topshiriqnomasi 2 – kartotekada joylashtiriladi va qonunchilikda
o’rnatilgan tartib navbatida to’lanadi.
Bank aybi bilan inkasso topshiriqnomalari ijro qilinmagan yoki noto’ђri
ijro qilingan xollarda amaldagi qonunchilik asosida va hajmda bank
javobgar hisoblanadi.
Cheklar bilan hisob – kitoblar
Hisob – kitob cheki – bu mijozning xizmat kursatuvchi bankka chek
beruvchining hisob
varaђidan chek qabul qiluvchining hisob varaђiga ma’lum miqdordagi
mablaђlarni utkazib berish uchun bankning maxsus blankasida bankka
bergan topshiriђidir.
Chek blankalari tijorat banklari buyurtmasiga ko’ra ularning faoliyati
uchun yetarli bo’lgan miqdorda Markaziy bank qoshidagi «Davlat belgisi»
(Gosznak) korxonasida belgilangan shaklda
tayyorlanadi. Bunda chek raqami va seriyasi, bank – emitentning nomi va
firma belgisi tipografiya usulida yoziladi.
Hisob – kitob cheklari fakat tovarlar, ish va xizmatlar uchun xo’jalik
subyektlari va jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar
o’rtasidagi naqd pulsiz hisob – kitoblarda qullaniladi.
Hisob-kitob
chekining
maksimal
so’mmasini
O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki o’rnatadi, minimal so’mmani esa tijorat
banklari tamonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Bank chek berganda jismoniy shaxsning arizasiga asosan chek
so’mmasiga 200206 -


«Jismoniy shaxslarning talab kilib olinguncha saklanadigan depozitlari»
balans hisobvaragiga aloxida ikkilamchi hisobvaragi ochadi va to’lovlarni
shu hisob varaqdan amalga oshiradi.
Chek omonat kuyuvchi jismoniy shaxsning depozit hisob
varaqlarida saklanayotgan mablaglar hisobiga yoki topshirilgan naqd
pul hisobiga beriladi.
Chek ikki qismdan: hisob-kitob cheki va milk (koreshok) dan iborat.
Milk hisob – kitob chekida kursatilgan so’mmalarni tasdiqlash uchun
belgilangan nazorat raqamlarini o’z ichiga oladi. Chekning amal qilish
muddati tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Agar chek amal qilish muddatida bankka taqdim qilinmagan bo’lsa,
chek so’mmasi
29842 – «Xarakatsiz depozit majburiyatlari» balans hisob varaђida
hisobga olinadi. Chek egasi amal qilish muddati tugagan chek bilan
bankka murojoat qilgan taqdirda bank qarshiliksiz chek egasining pasporti
yoki unga tenglashtirilgan xujjat asosida chekni qabul qiladi va to’lab
beradi.
Chekni berishda tegishli rekvizitlar to’ldirilgach bankni mas’ul xodimi
hisob-kitob chekiga imzo quyadi va hisob-kitob cheki milkini nazorat
raqamlari joylashgan qismi bo’yicha qirqib ajratadi va muxr bilan
tasdiqlaydi.
Hisob-kitob chekini olganligi haqida milkga imzo quyiladi. Alohida
daftarga hisob-kitob chekining seriyasi va raqamini, chek nomiga
yozilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi va chek so’mmasi
yozib quyiladi.
Kassir bankning mas’ul bajaruvchisidan barcha zururiy xujjatlarni
olgach ularni tekshiradi va imzolaydi, hisob-kitob chekini oluvchidan chek


beriladigan so’mmada naqd pullarni va chek omonat daftarchasini
topshiradi, chek milkini amaliyot kuni oxirida bank kassiri chek milkining
ma’sul bajaruvchiga topshiradi.
Agar hisob-kitob cheki varaђini to’ldirishda xatoga yo’l qo’yilsa
unda ushbu varaq bo’zilgan deb hisoblanadi va uning o’rniga yangi
chek varaђi to’ldiriladi.
Hisob-kitob chekini qabul qilish vakolotiga ega bo’lgan tashkilot
xodimi mahsulot to’lovi uchun hisob-kitob chekini qabul kilaniyotgan
hisob-kitob cheki belgilangan namunadagi balankada tuldirilganligi,
uchirib to’zatishlari yo’qligi, nazorat raqamlari chekda yozilgan
so’mmaga muvofiqligi, chek muddati o’tmaganligi, unda bank bo’limi
muxrining aniq izi va imzolar mavjudligini tekshiradi. Shundan so’ng
shaxsiyatini tasdiqlovchi pasportini kursatadi.1
Tekshiruvdan sung chek mahsulot uchun to’lovga qabul qilinadi va
tashkilot xodimi hisob – kitob chekining teskari tomoniga tashkilotning
shtampini va mansabdor shaxsning imzosini kuyadi.
Agar sotilayotgan tovar, ish yoki ko’rsatilgan xizmatning qiymati
hisob – kitob cheki
so’mmasidan past bo’lsa, u xolda chekni qabul qiluvchi tashkilot ushbu
chek so’mmasining 25 foizidan oshmagan miqdorda qiymat kaytimini
naqd pulda beradi.
Tovar, ish va xizmatlar to’lovi uchun qabul qilingan cheklar, cheklarni
qabul qiluvchi tashkilotlar tomonidan ularga xizmat kursatuvchi bank
muassasalariga pul tushumi bilan birga inkassator orqali belgilangan
tartibda topshiriladi.
Bank tomonidan qabul kilingan cheklar quyidagi tartibda tulanadi:


a) chek beruvchi va chek qabul qiluvchiga bitta bankda xizmat
kursatilganda chek so’mmasi chekni qabul qiluvchi tashkilotning hisob
varagi kreditiga va «inkasso kilingan pul tushumlari va cheklar»
hisobvaragi orqali chek beruvchining hisob varagi debetiga utkaziladi.
Chekni asl nusxasi bankning kunlik xujjatlariga tikiladi.
b) chek beruvchi va chek qabul qiluvchiga turli banklar xizmat kursatsa:
- chek qabul qiluvchining banki chekda kursatilgan so’mma
miqdoridagi mablaђlarni qabul qilgan va chekga asosan chek qabul
qiluvchini hisob varagiga kiritadi.
- tijorat banklarning elektron hisob – kitob cheklari elektron
tizimi orqali chek beruvchining bankiga junatiladi. Chekning asl
nusxasi bankning kunlik xujjatlariga tikiladi.
- chek beruvchining bankida chek so’mmasi olingan elektron hisob
varaq chek asosida dasturiy yul bilan avtomatlashtirilgan tarzda chek
beruvchining ikkilamchi hisobvaraђidan hisobdan chiqariladi.
Foydalanilmagan chek bankka taqdim qilinganda bank xodimi:
- taqdim etilayotgan chekning xaqiqiyligini va uning egasini chekni
olishda asos bo’lgan xujjat bo’yicha tekshirib ishonch xosil qiladi.
- chekni yuz tomonida quyidagi mazmunda ustxat yoziladi.
- chekni bankning bosh buxgalteriga beradi, tasdiqlovchi xujjat esa egasiga
qaytariladi.
Chek yo’qotilgan taqdirda bank yo’qotilgan chek bo’yicha
mablaђlarni hisobdan chiqarishga javob bermaydi.
Chek shaklidan foydalanishni ustunliklari quyidagilar:
-
hisoblashuvni tez bo’lishi;
-
hisob - kitobni kafolatlanganligi;


-
debitorlik qarzlarni kamayishi;
-
mablaђlar aylanishi tezlashuvi.
Chek shaklning kamchiliklari quyidagilar:
-
cheklarni yirik hisob – kitoblarga rasmiylashtirilmasligi;
-
ularni rasmiylashtirishdagi murakkabliklar;
-
chek orqali tovarlarni nominal qiymatida sotib olib
Hisob – kitoblarning memorial order shakli bank to’lovchi sifatida
qatnashganda qullanilib memorial orderlar bank raxbari va bosh
baxgalteri imzosi bilan tasdiqlanadi, qolgan hollarda esa memorial order
bosh buxgalter va ushbu bank hisobvaraђini yurituvchi buxgalterning
imzosi bilan tasdiqlanadi.
Memorial – orderlar bilan bajariladigan operasiyalarning qonuniy
bajarilishi bank raxbari va bosh buxgalterga yuklatiladi.
Fuqarolarning yozma topshiriqlari bo’yicha tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirishlari bilan boђliq bo’lmagan pul mablaђlarini naqd pulsiz
o’tkazishni amalga oshirish uchun banklar memorial orderlardan
foydalanishlari mumkin. Bu xolda to’lov amalga oshirilgandan keyin
topshiriqnoma memorial order bilan birga bankning kunlik xujjatlariga
tikiladi.
6.
Naqd pulsiz hisob – kitoblarda plastik kartochkalardan foydalanish
Plastik kartochkalar tegishli bankda kartochka egasining hisob
varagi mavjudligini tasdiklovchi va naqd pulsiz tovarlar, ishlar yoki
xizmatlarni sotib olish xuquqini beruvchi, shaxsi


belgilangan, bank tomonidan chiqarilgan to’lov vositasini o’zida ifoda etadi.
Plastik kartochkalar jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va yakka
tartibdagi tadbirkorlar bir tomondan, mahsulotni sotuvchi, ish bajaruvchi
yoki xizmat kursatuvchi yuridik shaxslar yoki yakka
tartibdagi
tadbirkorlar ikkinchi tomondan, o’rtasida bo’ladigan naqd pulsiz hisob –
kitoblarda, shuningdek naqd pul berish punktlari (terminal) va
bankomatlardan naqd pul olishda qullaniladi.
Plastik kartochkalar bo’yicha xizmat ko’rsatish shartnoma
asosida amalga oshirilib, shartnoma quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-
tomonlarning nomlari
-
shartnoma mavzusi
-
tomonlarning xuquq va majburiyatlari
-
tomonlarning javobgarligi
-
hisob – kitoblarni utkazish shartlari
-
shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari
-
nizolarni hal qilish tartibi
-
tomonlarning yuridik manzili
Plastik kartochkalar quyidagi belgilari bo’yicha guruhlanadi:
1.
Aloqadorligi bo’yicha


a)
shaxsiy – bu jismoniy shaxsga beriladigan plastik kartochkalar
b)
oilaviy – bu shaxsiy kartochka egasining ishonchnomasi asosida
oilada foydalanuvchiga beriladigan plastik kartochka
c)
korparativ – bu yuridik shaxslarga xizmat kursatish uchun
mo’ljallangan plastik kartochka bo’lib ulardan ish xaqi va ijtimoiy
ahamiyatga ega bo’lgan boshqa to’lovlarni, shuningdek naqd pullarni
to’lashda foydalanish takiklanadi.
2.
Bajaradigan vazifalariga ko’ra:
a). Debet – kartochkasidan foydalanish uning egasiga emitent bilan mijoz
o’rtasida
to’zilgan
shartnoma
shartlariga
muvofiq
o’zining
kartochkasidagi pul mablaglaridan tovarlar, ishlar, xizmatlar haqini
to’lash yoki naqd pul mablaglarini olishda (korparativ kartochkalardan
tashqari)
b). Kredit – kartochkasidan foydalanish uning egasiga, emitent bilan
to’zilgan shatnoma shartlariga muvofik emitent tomonidan tovarlar,
ishlar, xizmatlar xakini tulash yoki pul
mablaђlarini olish uchun (korporativ kartochkalardan tashqari) berilgan
kredit liniyasi miqdorida operasiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.
v). Elektron xamyon – jismoniy shaxslarning kartochkasi bo’lib undan
foydalanish uning egasiga plastik kartochkadagi koldik mablaglar
doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlarga xaq to’lash yoki pul mablaђlarini
olishga imkon beradi.
Plastik kartochkalarni tegishli shaxslarga biriktirishda quyidagi rekvizitlar
bo’lishi shart:


-
identifikasiya belgilari (kartani raqami, seriyasi va boshqalar)
-
bank – emitentning kodi
-
hisobvaraq raqami va kartochka egasining familiyasi, ismi, otasining ismi
(tashkilotning nomi)
-
kartochkaning amal qilish muddati
Plastik kartochkalardan foydalanib operasiyalarni amalga oshirishda
to’zilgan xujjatlar rekvizitlari plastik kartochkalar rekvizitlari bilan
kartochka egalarining bank hisob varaqlari, shuningdek korxona
identifikatorlari, naqd pul berish punklari, bankomatlar va tashkilotlarning
bank hisob varaqlari kartasidagi muvofiqlikni belgilashga imkon beruvchi
tomonlar o’rtasida kelishib olingan belgilarni o’z ichiga olishi kerak.
Kartochkalar bo’yicha banklararo hisob – kitoblar texnologiyasi quyidagi
variantlari ko’zda tutadi:
a). Hisob – kitoblarni amaldagi elektron to’lovlar tizimi orqali yalpi
hisob – kitob asosida utkazish
b). Hisob - kitoblarni hisob – kitob qatnashchilari tomonidan tashkil
etilgan jarayon markazlaridan kun davomida utkazilib yakuniy
majburiyatlar hisoblangan holda tijorat banklarining vakillik hisob –
varaqlaridan yakuniy hisob – kitoblar so’mmasini o’tkazish.
Jarayon markazlari orqali hisob – kitoblarni utkazish quyidagi tartibda amalga
oshiriladi:
a) kun davomida kartochkalar bo’yicha barcha tranzaksiyalar, hisob –
kitoblar qatnashchilari tomonidan tasdiklangan tartibda jarayon markazi
orqali utkaziladi va hisob – kitoblarda qatnashuvchi xar bir bank uchun
alohida ochilgan shaxsiy hisob varaqlarda aks ettiriladi.


b) hisob – kitoblar qatnashchilari kelishuviga asosan hisob – kitoblar
bo’yicha yakuniy so’mmalar (majburiyatlar) tijorat banklarining Markaziy
bankning hisob – kitoblar markazida ochilgan vakillik hisob varaqlari
orqali shartnomada kayd etilgan davriylikda utkaziladi
v) banklar jarayon markazida olingan ma’lumotlarga asosan
kartochkalardan foydalanilgan xolda amalga oshirilgan operasiyalar
bo’yicha mablaђlarni mijozlarning hisob varaqlariga kiritadilar yoki
chiqaradilar.
2005 yilda tijorat banklari tomonidan chiqarilgan plastik kartochkalarning
umumiy soni 2 mln 99 mingtani va plastik kartochkalar orqali hisob –
kitoblarni amalga oshiruvchi terminallar soni 11 mingtani tashkil etib ular
orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni 143 mlrd so’mni tashkil etdi.
O’zbekiston Respublikasi xududida faoliyat kursatayotgan banklar
hisob – kitob va kredit operasiyalarini bajarish bo’yicha amaldagi
qonunchilik va Markaziy bank tomonidan belgilangan bank operasiyalarini
amalga oshirish qoidalariga asosan javobgardirlar.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’lovlarni o’z vaqtida
o’tkazilishi va tijorat banklarini vakillik hisob varaqlari (tijorat banklarini
Markaziy bankni xududiy bo’linmalarida ochilgan schyotlari) holatini
nazorat qiladi. Bank vakillik hisob varaђida mablaђ yo’qligi sababli
korxonalarning hisob varaqlaridan to’lovlarini o’tkazilishini doimiy ravishda
ushlanib qolishiga yul qo’yuvchi tijorat banklarining bo’linmalariga
nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko’radi.
Shartnoma shartlari bo’zilgan yoki talab darajasida bajarilmagan
hollarda tomonlar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.


Nizomda belgilangan qoidalarga amal kilmaslik yoki sifatsiz
bajarilgan xollarda bank va ularning mijozlari amaldagi qonunchilik va
O’zbekiston
Resupblikasi
Markaziy bankning
me’yoriy xujjatlarida
belgilangan tartibda javob beradilar.
Jumladan, Markaziy bank to’ђrisidagi qonunning «Markaziy bank
tomonidan qullaniladigan chorva va «….. (sanksiya) lar» moddasida –
Agar bank tomonidan amalga oshirilgan operasiya va yo’l quyilgan
kamchiliklar omonatchiga va kreditorlar manfaatiga putur yetkazadigan
bo’lsa:
-
banklar ustav fondi minimal miqdorining bir foizi miqdorida jarima
undirish
-
banklarga ayrim operasiyalarni bajarishdan 1 yilga marxum etish
-
bank operasiyalarini amalga oshirish bo’yicha lisenziyani chiqarib olish
- bank filiallari tomonidan to’lovlarni o’z vaktida amalga
oshirmaganda va vakillik hisobvaraqlari xolatini qoniqarsizligi
uchun markaziy bank filialni shu faoliyatdan olgan foydasini olib
quyish va shuncha miqdorda jarima solish.
O’zbekiston Respublikasining «Banklar va banklar faoliyati»
to’ђrisidagi qonunning 39 –
«Banklarning o’z mijozlari oldidagi javobgarligi» moddasida – «Banklar o’z
mijozlari oldida mablaglarni saqlanishi va boshqa olgan majburiyatlarini
bajarilishi, shu jumladan to’lovlarni bir bankdan ikkinchi bankka o’z
vaqtida o’tishi va ularni korxona va tashkilotlarni schyotlariga o’z vaqtida
yozilishiga erishish uchun javobgar» - deyilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 24 yanvardagi
«To’lov intizomini va o’zaro hisob – kitoblar tizimini mustahkamlash


to’ђrisida»gi farmonida – tijorat banklarining raxbarlari korxona va
tashkilotlar bilan bir qatorda xo’jalik subyektlarining muddati o’tgan
debetorlik va kreditorlik qarzlari paydo bo’lishiga shaxsiy jivobgardirlar»
- deyilgan.
Agar to’lovlar kreditlar hisobiga amalga oshirilgan bo’lsa u bo’yicha
shartnoma
shartlarini
bajarilmasligi
jarima
solinishiga,
foizlarni
oshirilishiga, kredit muddatini qisqartirish kabi choralarga sabab bo’ladi.
Bu choralar yordam bermaganda qarz beruvchi moliyaviy talablarni
xo’jalik sudi orqali amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi
«Banklardagi depozit hisob varaqlaridan naqd pul to’lovlarini uzluksiz
ta’minlash kafolatlari to’ђrisida» gi qarorida «Aholi va xo’jalik yurituvchi
subyektlarga depozit hisob varaqlaridan naqd pullar uzluksiz berilishi tijorat
banklarining chorak, yarim yillik va yillik ish yakunlarini sarhisob qilishda
ular faoliyati samaradorligi va ishonchliligini baholashning eng muhim
mezonlaridan biri deb hisoblansin» - deyilgan.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining ish
yakunlarini ko’rib chiqish vaqtida aholi va xo’jalik yurituvchi subyektlarga
banklarning depozit hisob varaqlaridan naqd pullarni kechiktirmay tulash
borasida urnatilgan tartib bir necha marta (oyiga uch martadan ko’prok)
buzilgan takdirda tijorat banklari xududiy bo’limlari va filiallarining
raxbarlari egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi lozimligi ta’kidlangan.
Shu kabi qarorda «Markaziy bank naqd pul mablaђlari berishni
muntazam kechiktirish xollari mavjud bo’lganida tijorat banklariga
nisbatan qattiq javobgarlik choralari, xatto bank operasiyalarini amalga
oshirish xuquqini beradigan lisenziyani kaytarib olish choralarini
qullasin» - deyilgan.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling