Mavzu: pul nazariyalar
Muomala vositasi funktsiyasi
Download 65.36 Kb.
|
PUL NAZARIYALAR 1
Muomala vositasi funktsiyasi. Muomala vositasi funktsiyasida pul yordamida tovar o’zining pul qiymatiga ayirbosh kilinadi. Bu funktsiyani bajarish uchun naqd pul bo’lishi lozim. Bu funktsiya yordamida tovarlarni bir-biriga ayirboshlash-barter usuliga chek kuyiladi. Tarixiy tarakkiyot ko’rsatadiki, jamiyat rivojlanishining ilk bosqichlarida barter kilishlar mehnat mahsulini ayirbosh qilishining yagona yuli bo’lgan. Barterning noqulayligi shundan iborat bo’lganki, A tovar egasi, B tovarni sotib olish uchun, nafaqat B tovar ishlab chiqaruvchini, balki B tovar egasiga zarur bo’lgan tovarni ham topa olishi kerak edi. Bu juda qiyin jarayon bo’lib, yuzlab tovarlarni muomalaga jalb kilgan holda ko’zlagan maqsadga erishish mumkin bo’lgan. Oltinning pul sifatida ishlatila boshlashi natajasida barter usuli tovar ayirboshlashning usuli sifati o’z ahamiyatini yo’qotdi. Lekin, uni ta’kidlash kerakki, barter usuli hozirgi kunda ham ba’zi hollarda jahon amaliyotida qo’lllanilib kelmokda.
Tovar defitsita, inflyatsiya sur’atlarining oshib ketishi, mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barkarorlikning yo’qligi sharoitida barter bo’yicha tovarlar harakatini amalga oshirish tomonlar uchun qulay hisoblanadi. Pulning muomala vositasi funktsiyasida tovar qo’ldan qo’lga o’tadi va muomaladan chetlashadi, ya’ni iste’molchi egaligiga o’tadi. Pul va tovarning harakati (T-P-T) qisqa vaqt ichida tugallanadi. Qiymatning doimo bir shakldan ikkinchi shaklga (tovar-pul va pul-tovar) o’tib turishi pulning muomala vositasi funktsiyasining asosini tashkil qiladi.Shuning uchun ham bu funktsiyani bajarishda naqd pul bo’lishi, u barkaror, sifati yuqori bo’lishi kerak. O’zbekistonda muomala vositasi funktsiyasini Markaziy bank tomonidan chiqarilgan qog’oz pullar va metall tangalar bajaradi. Muomalaga chiqariladigan naqd pullar miqdori savdo-sotiq hajmiga, ish haqi to’lashning vaqtiga, aholining bankdan qarzgaga mablag’lar olish imkoniyatiga va boshqalar omillarga bog’liq. Savdo-sotiq hajmining ko’pligi va ish haqining tez-tez to’lab turilishi muomalaga ko’p pul chiqarish zarurligidan, aholining bankdan ko’prok kredit olish imkoniyatiga ega ekanligi kamroq muomala vositasi kerak ekanligidan dalolat beradi. Shuni aytish kerakki, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, natural xo’jalik, kichik korxona, fermer xo’jaliklarining ko’payishi muomala vositasiga bo’lgan talabni kamaytiradi. Pulning muomala vositasi sifatida ishlatilishi muomala harajatlarining barter harajatlariga nisbatan ancha past bo’lishini ta’minlaydi. Pulning muomala vositasi funktsiyasi uning boshqa funktsiyalaridan o’zining ma’lum xususiyatlari bilan ajralib turadi. Muomala vositasi funktsiyasining xususiyatdari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: bu funktsiyani real, naqd pullar bajaradi; tovar va pul bir-biriga karma karshi, bir traektoriyaga harakat qiladi; tovar va pul harakati bir vaqt da yuzaga keladi; tovar sotuvchi va tovar sotib oluvchi o’rtasidagi munosabat tugallanadi va tomonlar tovarga yoki pulga ega buladilar; pul muomala vositasi bo’lishi uchun avvalom bor qiymat o’lchovi bo’lishi kerak. Download 65.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling