Mavzu: pul o‘tkazmalari va ularning ishchi kuchi eksport qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri reja: Kirish


Download 74.98 Kb.
bet7/11
Sana14.11.2023
Hajmi74.98 Kb.
#1771907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu pul o‘tkazmalari va ularning ishchi kuchi eksport qiluvch-fayllar.org

Birinchi yoʻl – bu mamlakatda koʻplab yangi ish oʻrinlarini yaratish va oʻtish davri qiyinchiliklari hamda tizimli oʻzgarishlar oqibatida barcha ishdan boʻshaganlarni yangidan yaratilgan ish oʻrinlariga joylashtirish. Muammoning yechimi sifatida davlat iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlaridayoq kichik va xususiy tadirkorlikka keng yoʻl ochib berish, unga imtiyozlar berish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishning tezkor choralarini koʻrish siyosatini tutdi. Lekin, endigina mustaqillikka erishgan va oʻtish davri inqirozini boshidan kechirayotgan mamlakatda ishsizlik muammosini uzil-kesil hal etishda davlatning moliyaviy imkoniyatlari benihoya cheklangan edi. Boz ustiga xalqimizda tadbirkorlik bilan shugʻullanish va uning hisobidan daromad topish tajribasi hali shakllanmagan edi.
Ikkinchi yoʻl – aholiga boshqa mamlakatlarga chiqib, tirikchilik qilishlari, oilasini boqish uchun imkoniyat yaratib berish, aniqrogʻi mehnat migratsiyasiga yoʻl ochib berishdan iborat edi. Respublikamiz uchun bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida ana shunday mashaqqatli va beqaror vaziyatda ishsiz qolganlarning bir qismi, aniqrogʻi nomigagina bandlikda boʻlib, maosh olib yurganlar yoki ishdan boʻshab, ishsizlar toifasiga mansub boʻlganlar mana shu ikkinchi yoʻlni tanlashga majbur boʻlishdi.
Mehnat migratsiyasining kelib chiqish sabablari qanchalik murakkab, uning ildizlari qanchalik chuqur boʻlmasin, davlatimizning, xalqimizning, qolaversa har birimizning unga nisbatan munosabatimiz, uning kelajagiga nisbatan aniq strategiyamiz shakllanmogʻi lozim. Mehnat migrantlari yana qancha vaqt begona yurtlarda muhojirlikda yashab, oila tebratishi kerak degan hayotiy savolga aniq javob mana shu strategiyada oʻz aksini topmogʻi lozim.
Mehnat miratsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonlariga taʼsiri. Bizningcha, mehnat migratsiyasini ‒ Oʻzbekiston uchun iqtisodiy jihatdan zararli, mamlakat ravnaqi yoʻlidagi eng katta toʻsiqlardan biri sifatida baholash lozim. Maʼnaviy jihatdan esa boy tarixga, ibratli anʼanalarga, xalqlar oʻrtasida oʻziga xos obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan xalqimizning shon-shuhrati va shaʼniga tamoman mos kelmaydigan voqelik sifatida qarash lozim. Shu sababli mehnat migratsiyasida yurganlarni oʻz yurtiga qaytarishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqib, ularni amaliyotga joriy qilish maqsadga muvofiq. Nazrimizda, ushbu strategiyani amalga oshirish juda ogʻir jarayon boʻlib, katta safarbarlikni va albatta uzoq vaqtni talab qiladi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida mehnat migratsiyasining keng quloch yoyishini mamlakatda favqulodda yuz bergan ogʻir vaziyat, nochor holat, ilojsizlikdan koʻra koʻrilgan tezkor iloj sifatida qabul qilish mumkin. Lekin keyingi oʻtgan davrdan bugunggacha butun bir avlod tugʻilib voyaga yetdi. Agar davlatni mustaqillikning dastlabki benihoya ogʻir, mashaqqatli yillarida va favqulodda vaziyatlarda iqtisodiy nochor aholi qatlamlariga yordam koʻrsatishdan koʻra mehnat migratsiyasi uchun eshiklarini keng ochib berganlikda ayblashga haqli boʻlmasakda, oradan shuncha yillar oʻtib, mehnat migratsiyasi muammosini hanuzgacha hal etmaganlikda, hozirgi kunda ham son-sanoqsiz yurtdoshlarimiz begona yurtlarda ish izlab yurganligi sabablarini bartaraf eta olmaganlikda ayblashga tom maʼnoda haqlimiz.
Oʻzbekistonda hamon davom etayotgan ushbu voqelikning eng katta aybdorlaridan biri olimlar, ayniqsa iqtisodiy soha ilmi ahlidir. Aynan ular iqtisodiy jabhaning bepoyon kengliklarida Oʻzbekiston uchun eng katta samara berishga qodir tayanch nuqtalari-yu “oʻsish qutb"lari”ni izlab topishlari, mamlakatni taraqqiyotning ravon yoʻliga olib chiqishda xalqimizga, davlatimizga yaqindan yordam berishlari, yangi iqtisodiy jarayonlarning haqiqiy tashabbuskori va harakatga keltiruvchi lokomotivi boʻlmoqlari shart. Albatta, jamiyat iqtisodchi olimlarning maslahatlariga, ilmiy gʻoyalariga ehtiyoj sezmagan, oʻz fikrini erkin bayon etish imkoniyatidan mahrum boʻlgan oʻtgan davr muammolar uchun zamonamiz olimlarni ayblash adolat tamoyillariga mos kelmaydi. Lekin hozirgi oshkoralik davrida, oʻz gʻoyalarini va ilmiy taklif hamda tavsiyalarini erkin bayon qilishga barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan zamonda olimlarimizga nima xalaqit berayapti, degan savol tugʻiladi?
Bizning nazarimizda, mehnat migratsiyasi muammosini hal etishning ikkita asosiy yoʻli bor. Birinchisi – mehnat migratsiyasini Oʻzbekiston mehnat bozoridagi ishchi kuchi taklifi va unga boʻlgan talab oʻrtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish, mehnat migrantlari ishlab topgan daromad hisobidan milliy iqtisodiyotga qoʻshimcha madad berish vositasi sifatida qarash siyosatini davom ettirish. Bu mamlakatda bandlik muammosini hal etishning eng oson va kamchiqim yoʻli.

Download 74.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling