Mavzu: pul o‘tkazmalari va ularning ishchi kuchi eksport qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri reja: Kirish


O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil etdi


Download 74.98 Kb.
bet3/11
Sana14.11.2023
Hajmi74.98 Kb.
#1771907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu pul o‘tkazmalari va ularning ishchi kuchi eksport qiluvch-fayllar.org

O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil etdi.
Joriy yilning iyun oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan metodika bo‘yicha respublikaning 101 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. Unda 490 ta fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 4,9 mingta uy xo‘jaliklari hamda 25,9 ming nafar fuqaro qamrab olindi.
Kasb-hunarga o‘qishga jalb etilganlarning asosiy qismi xotin-qizlar (68,4 foiz), yoshlar (54,4 foiz) ulushiga to‘g‘ri keldi.
Kasb-hunarga o‘qitishga jalb etilganlarning 69,9 ming nafari (60,6%) sanoat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida, 23 ming nafari (19,9%) qurilish, 2,4 ming nafari (2,1%) agrotexnologiyalar, 9,2 ming nafari (8,0%) “IT” sohasi kasblari va 10,9 ming nafari (9,4%) “Usta-shogird” an’anasi asosida hunarmandchilik kasblariga yo‘naltirildi.
1-diagramma
Kasb-hunarga o‘qitishga jalb etilganlarning gender ulushi

2-diagramma
Kasb-hunarga o‘qitishga jalb etilganlarning sohalar bo‘yicha tahlili

COVID-19 pandemiyasi davrida koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan karantin chora-tadbirlari mehnat bozoriga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi.


O‘tkazilgan tadqiqot natijalari respublikada ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 13,2 foiz tashkil etganligini ko‘rsatdi.
Bu ko‘rsatkich 2019-yilning shu davrida 9,1 foizga teng bo‘lgan. Ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 944,0 ming kishini tashkil etadi (16-30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida ishsizlik darajasi- 20,1 foiz, ayollar o‘rtasida ishsizlik darajasi esa - 17,4 foiz).
Mehnat resurslari soni 19 084,6 ming kishini tashkil etib, 2019-yilning shu davriga nisbatan 0,6 foizga ko‘paygan bo‘lsa COVID-19 pandemiyasiyaning iqtisodiyot sub'yektlari faoliyatiga salbiy ta’siri natijasida iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizga yoki 671 ming kishiga kamayib, 12 736,7 ming kishini tashkil qildi.
Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarining rasmiy sektorda band bo‘lgan aholi soni 5 581,2 kishini tashkil qilib, o‘tgan yil shu davrga nisbatan 0,2 foizga yoki 12,4 ming kishiga kamaydi.
Bunda koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan ayrim cheklov chora-tadbirlar sababli yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 167,5 ming (46,4 foiz)ga kamayib ketganligi hisobiga yuzaga kelgan bo‘lsa, 131,2 ming ishsizlarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish hisobiga rasmiy bandlar soni keskin kamayish oldi olindi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra respublikadan tashqariga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketganlar soni 2 040 ming kishini tashkil etgan, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 553,2 ming, 2020 yilning 1-chorak yakuniga nisbatan esa 232,1 ming kishiga kamaygan.
Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni (xorijda ishlayotgan mehnat migrantlarini hisobga olmaganda) o‘tgan yilga nisbatan 2,1 foizga yoki 105,3 mingga kamayib, 5 114,6 ming kishini tashkil etmoqda. Bunda asosan vaqtinchalik bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar
(108,4 mingga kamaygan), mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oilaviy korxonalarda va tadbirkorlarda ishlovchilar (87,6 ming), ro‘yxatdan o‘tmasdan va tegishli ruxsatnomasiz faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar (110,6 ming) soni kamaydi.
Shu bilan birga karantin chora-tadbirlari davrida uyda o‘tirgan fuqarolar soni oshganligi hamda fuqarolarning shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan subsidiyalar berish dasturi hajmi keskin ortganligi uchun dehqon va shaxsiy tomorqalarda band bo‘lganlar soni 201,1 mingga ortgan.
Tadbirkorlik sub'yektlari va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat stajini hisobga olish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi berilishi norasmiy sektorda bandlar ulushini kamaytirish imkoniyatini bermoqda.
Respublikada iqtisodiy nofaol aholi soni 2019 yil mos davriga nisbatan 4,5 foizga oshgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tkazilgan tadqiqot davomida tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari karantin chora-tadbirlari davrida vaqtinchalik o‘z faoliyatlarini to‘xtatib turishlarini va cheklovlardan so‘ng qayta tiklash niyatini bildirib, boshqa faoliyat bilan shug‘ullanmaslikni afzal ko‘rayotganligi sababli oshganligini ko‘rsatdi.
2020-yilning yanvar-iyun oylarida, ayniqsa COVID-19 pandemiyasining mehnat bozoriga salbiy ta’sirini yumashatish maqsadida mehnat organlari tomonidan 588,2 ming(30 yoshgacha bo‘lganlar 159,9 ming va ayollar 229,4 ming) ishsiz va band bo‘lmagan aholiga xizmatlar ko‘rsatildi.
Xususan, 501,1 ming nafari doimiy ish o‘rinlariga ishga joylaytirish va jamoat ishlariga jalb qilish orqali bandligi ta’minlandi,
15,0 ming nafar ishsizlar kasb-hunarga o‘qitildi, 27,0 ming nafar ishsiz shaxslarga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan 10,1 mlrd. so‘m ishsizlik nafaqasi to‘lab berildi.
Shuningdek, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga 24,8 ming nafar fuqaro shaxsiy tomorqalarida, 15 ming nafar fuqaro qishloq xo‘jaligi, tikuvchilik va hunarmandchilik kooperativlarida a’zo sifatida biriktirilib, band qilindi, 3 ming nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb etildi, 256 ta ish beruvchiga mehnat organlari yo‘llanmasi bilan ishga olingan 2,3 ming nafar ishsizlarning kasbiy malakasini oshirganligi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ishga olganligi uchun moddiy ko‘mak ajratildi.
2020 yilda respublikamizga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilga nisbatan oshib ketdi.
2020 yilda O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 6,03 milliard dollarni tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 17 million dollarga yoki 0,3 foizga oshdi.
Ta’kidlanishicha, chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 1,2 milliard dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 157 million dollarga yoki 15 foizga oshdi. Natijada xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 4,83 milliard dollarga yetdi.
2020 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi ko‘rsatkichlarining shakllanishiga dunyoda COVID-19 pandemiyasining boshlanishi bilan bog‘liq ichki hamda tashqi bozor holatidagi o‘zgarishlar, tashqi savdo aylanmasining pasayishi, global biznes faoliyatining sekinlashishi va moliyaviy xatarlarning ortishi kabi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Shunga qaramay, joriy qilingan karantin chora-tadbirlari mahalliy xarakter kasb etib, transchegaraviy pul o‘tkazmalarining umumiy hajmiga salbiy ta’siri bo‘yicha xatarlar ro‘yobga chiqmadi va rezidentlarga o‘tkazmalar 2019 yilning mos davri darajasida saqlanib qoldi.



    1. Download 74.98 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling