Mavzu: Pul sektorida beqarorlik omillari Reja


Moliyaviy sektorga sarmoya kiritish


Download 22.19 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi22.19 Kb.
#1574611
1   2   3   4
Bog'liq
Olimjonov N16 makroiqtisodiyot

Moliyaviy sektorga sarmoya kiritish
Iqtisodchilar ko'pincha iqtisodiyotning umumiy sog'lig'ini moliya sektorining sog'lig'i bilan bog'laydilar. Agar moliyaviy kompaniyalar zaif bo'lsa, bu oddiy iste'molchiga zarar etkazadi. Moliyaviy kompaniyalar korxonalar uchun kreditlar, uy egalariga ipoteka kreditlari va iste'molchilarga sug'urta xizmatlari ko'rsatadilar. Agar ushbu faoliyat cheklangan bo'lsa, bu kichik biznesda ham, ko'chmas mulkda ham o'sishni to'xtatadi.

Moliyaviy aktsiyalar portfelga egalik qilish uchun juda mashhur investitsiyalardir. Sektordagi aksariyat kompaniyalar dividendlar chiqaradi va ularning moliyaviy sog'lig'ining umumiy kuchiga qarab baholanadi. 2007-2008 yillardagi moliyaviy inqiroz paytida moliyaviy sektor eng ko'p zarar ko'rgan sohalardan biri bo'lib, Lehman Brothers singari kompaniyalar bankrotlik to'g'risida ariza bilan murojaat qilishgan. Davlat tomonidan tartibga solish va tarkibiy tuzilmalar kirib kelganidan so'ng, moliya sektori ancha kuchaydi.


2.Pul qadrsizlanishi.
Inflatsiya pul qadrsizlanishini bildiradi. Inflatsiya
har yili rivojlangan davlatlarda oʻrtacha 7 % tashkil etadi. Barcha iqtisodiy aloqalar inflyatsiyani hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Jahon boʻylab inflatsiya darajasi (2019). Inflatsiya (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish), pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi. Inflatsiya birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar narxining koʻtarilishi koʻrinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi. Tovar ishlab chiqarishning toʻlov qobiliyatiga ega talab oʻsishidan ortda qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning koʻpayib ketishi, byudjet kamomadlarini qoplash uchun qoʻshimcha pul emissiyasi, investitsiyalarnm emissiya hisobidan moliyalashtirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib keti-shidan hadiksirab tovarlarni keragidan ortiq harid etish, mamlakatga qadrsizlangan chet el valyutasining koʻplab kirib kelishi va boshqa omillar Inflatsiya ni yuzaga keltiradi Inflatsiya jarayoni narxlarning oʻsishi, yalpi talabning yalpi taklifdan oshib ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir.
" Inflatsiya." termini dastlab 1861—65 yillarda Shim. Amerikada, soʻngra Fransiya va Germaniyada qoʻllanilgan. Tovarpul muvozanatiga koʻra, pul massasi (M) pul miqdori (t)ning pul oboroti tezligi (V)ra koʻpaytmasi boʻlib, bu tovar massasi (T)ga, yaʼni bir tovar narxining (R) tovarlar miqdori (Q)ra koʻpaytmasiga teng boʻlishi kerak. Bunda M=T yoki mV=PQ tengligi hosil boʻladi. Agar pul koʻpayib ketsa M>T, yaʼni pulning bir qismi ortiqcha boʻladi. Agar pul miqdori oʻzgarmaganda tovar miqdori qisqarib ketsa TInflatsiya.ning ochiq va yashirin (bostirma) turlari mavjud. Ochiq Inflatsiya erkin narxlar amal qiluvchi bozorlarda kuzatiladi. Narxlarning notekis oʻsishi bozor mexanizmini buzadi, lekin uni yoʻqotmaydi. Iqtisodiyot bozor oʻzgarishlariga oʻz aks taʼsirini koʻrsa-taveradi va turli bozorlar muvozanat yoʻnalishiga oʻzi moslashadi.
Yashirin Inflatsiya sharoitida vaziyat boshqacha boʻlib, davlat narxlar oshishidan xavotirga tushib, bunga qarshi kurashga kiradi, daromad va narxlar ustidan, ularni muayyan darajada muzlatgan holda yalpi maʼmuriy nazorat oʻrna-gadi. Yashirin Inflatsiya bozorning oʻz-oʻzini tartibga solish mexanizmini izdan chiqaradi. Muzlatilgan narxlar ishlab chiqarish xa-rajatlari yuqori boʻlgan sohalarga kapital yotqizishdan manfaatdorlikni yoʻqqa chiqaradi. Shu sababli bu sohadan kapitalning qrldiqlari ham chi-qib ketishga harakat qiladi va tovarlar taqchilligiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotida taqchillik narxlarning koʻtarilishiga sabab boʻladi.
Ochiq Inflatsiya ning quyidagi shakllari mavjud: talab Inflatsiyasi, harajatlar Inflatsiya si, tuzilmaviy Inflatsiya va boshqa Inflatsiya ning bu turlari bozorning oʻzi tomonidan yaratiladi.
Pul-kredit sektorining sharhi (Monetary Survey) – bu butun bank tizimining to„plangan balansi bo„lib, PDBning birlashtirilgan balansi va pul-kredit boshqaruv organlari balansidan iborat. Shunga ko„ra, pul-kredit sharhining aktivlari va passivlari butun bank tizimining aktiv va majburiyatlaridir. Pul-kredit sektori balansi pul-kredit sektorida mavjud aktivlarni (sof xorijiy aktivlar va sof ichki aktivlar) va passivlarni (keng pullar) ishlatilishini ko„rsatadi. Pul-kredit tizimi faoliyati – bu nomoliyaviy institutlarning moliyaviy institutlarga bo„lgan talablari majmuidir.
Pul-kredit sektori sharhining asosiy vazifalaridan biri – butun bank tizimidagi pul va kredit ko„rsatkichlarining o„sish sur‟ati bo„yicha ma‟lumotlarni o„z vaqtida yetkazishdir, bu esa boshqaruv organlariga ushbu ko„rsatkichlar o„sish sur‟ati ustidan doimiy nazorat o„rnatish va o„tkazilayotgan pul-kredit siyosatga tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi.


Download 22.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling