Mavzu: Pul tizimi: tushunchasi, shakllari va elementlari Reja: Kirish
Download 164.5 Kb.
|
3 Pul tizimi tushunchasi shakllari va elementlari
2. Pul tizimining shakllari.
Pul tizimining asosan 2 shakli mavjud: A. Metallar pullar tizimi: metal pullar tizimining 2 turi mavjud: 1. Bimetallizm-2 valyutaga ya`ni oltinning va kumush tangalar muomalasiga asoslangan pul tizimidir. Lekin kumush konlarining ko`plab topilishi kumush tangalar zarb etish hajmini oshirdi. Natijada kumush tangalar keskin qadrsizlanib ketdi. Oqibatda muomalada bitta oltin tangalar qoldi. 2. Monometalizm- 3 ko`rinishi mavjud: 1. Oltin moneta standarti(oltin tangalar muomalasidir). 2. Oltin quyma standarti(bunda banknotalar ma`lum miqdordagi oltin quymalariga almashtirilgan). 3. Oltin deviz standarti bunda milliy valyutalar oltin qatorida to`lov vositasi sifatida ishlatilgan. Misol: 1944-yilda AQSHning Britton Vuds shahrida bo`lib o`tgan xalqaro konferensiyada AQSH dollari va Buyuk Britaniya funt-sterlingiga xalqaro rezerv valyuta degan maqom berilgan. B. Metal bo`lmagan pullar tizimiga qog’oz va kredit pullarining muomalasiga asoslangan pul tizimi kiradi. Hozirgi zamon pul tizimi faqat kredit pullariga asoslangan pul tizimidir. Hozirgi zamon pul tizimiga xos bo`lgan xususiyatlardan quyidagilardan iborat: 1. Dunyo mamlakatlarida baho masshtabining bekor bo`lganligi 2. Naqdsiz pul aylanmasining rivojlanganligi va naqd pullarga bo`lgan talabning qisqarganligi 3. Markaziy bank tomonidan amaga oshiriladigan monetar siyosatning pul tizimini tartibga solishdagi rolining kuchayganligi Pul tizimi uchta funksiyani bajaradi: Emission funksiya; Tartibga solish funksiyasi – muomaladagi pul massasini tartibga solish bilan bog’liq; Nazorat funksiyasi – bu funksiya pul tizimi doirasida qabul qilingan qonun xujjatlarning talablariga rioya etilishini nazorat qilish bilan bog’liq. Insoniyat hozirga qadar pul tizimining 45 shaklini biladi: Bimetalizm – bu lotincha bis – ikki marta va metallon – metal degan ma`noni anglatadi. Bimetalizm – ikki nodir metaldan pul sifatida foydalanishga asoslangan pul tizimidir. Bu tizim XVI – XVIII asrlarda dunyoning ko`plab mamlakatlarida qo`llanilganpul tizimidir. Bunda asosan oltin va kumushdan yasalgan tangalardan pul sifatida foydalanilgan. Ayrim davlatlarda bronza tangalardan ham foydalanilgan. Bimetalizmning 3 turi mavjud: Parallel valuta tizimi – bunda ddavlat oltin va kumush tangalar o`rtasidagi nisbatni belgilamaydi. Ikkiyoqlama valuta tizimi – bunda davlat oltin va kumush tangalar o`rtasidagi nibatni belgilaydi. Oqsoqlanadigan yoki cho`loq valuta tizimi – bunda oltin tangalar erkin zarb etiladi, kumush tangalar esa yopiq rejmda zarb etiladi. Bimetalizm jiddiy kamchiliklarga ega edi: Ikkita valuta muomalada bo`lganda ikkita qiymat o`lchovi mavjud bo`ladi. Bu esa pulning mohiyatiga ziddir. Oltin va kumushni qazib chiqarishda mehnat unumdorligi o`rtasida kata farq bor. Buning natijasida oltin va kumush tangalarning qiymati o`rtasidagi nisbatni aniqlashda qiyinchiliklar va noaniqliklar yuzaga keldi. Ushbu kamchiliklarning mavjudligi va ko`plab kumush konlarining topilishi natijasida kumush tangalarning ko`payishi bimetalizm pul tizimining barham topishioga olib keldi. Uning o`rniga yagona metal pulga asoslangan monometalizm tizimi paydo bo`ldi. YAgona metal pul sifatida oltin tangalardan foydalanildi. Monometalizm grekcha “monos” - yakka yagona, bitt ava “ metallon” – metal degan so`zlardan kelib chiqqan. Oltinni metal sifatida juda noyob ekanligi va davlatlar o`rtasida notekis taqsimlanganligi, oltin tangalar emirilish xususiyatiga ega ekanligi va Tovar – pul munosabatlarini yuqori darajada rivojlanib ketishi monometalizm pul tizimini barham topishiga sabab bo`ldi. Natijada oltinga almashinadigan qog’oz pullar tizimi paydo bo`ldi. Oltinga almashinadigan qog’oz pullar bunda muomalaga chiqariladigan qog’oz pullar oltin bilan ta`minlanar edi. Milliy pulning oltin bilan ta`minlanishiga baho masshtabi deyiladi. Masalan AQSH da 1934- yilda qabul qilingan aktga ko`ra 1$-0,88gr sof oltinga teng edi. Qog’oz pullarni oltin bilan ta`minlanishi ularni inflatsiyaga uchrash xavfini kamaytirdi. Ammo ushbu tizim tovar – pul munosabatlarini rivojlantirishga to`sqinlik qilib qoldi. AQSH da 8400 tonna oltin zaxira mavjud. Natijada oltinga almashinmaydigan banknotalar tizimi yuzaga keldi. Banknotallar Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqariladigan pullar bo`lib MB ning aktivlari bilan ta`minlanadi. 1976 – 1978 yillarda YAmayka davlatida davlatlararo xalqaro konferensiya bo`lib o`tdi. Konferensiyada oltinni demonitizatsiya qilish to`g’risida qaror qabul qilindi. Bu oltindan xalqaro to`lov vositasi sifatida bekor qilish degan ma`noni anglatadi. Oltindan tezavratsiya maqsadlari uchun foydalanishga ruxsat etildi. Banknotalar emissiyasini oltin bilan ta`minlanmasligi inflatsiya muammosini yuzaga keltirib chiqardi. Ayniqsa harbiy xarajatlarni moliyalashtirish davlat qarzlarini MB kreditlari hisobidan to`lash XX – asrning 70 – yillariga kelib pullarni taklifini o`payishiga olib keldi. Iqtisodchi olimlar o`rtasida pul tizimining tarkibiga oid ya`ni uning elementlari bo`yicha bir-biridan farqlanuvchi fikrlar mavjud. Professor O.I Lavrushin Pul tizimi quyidagi elementlardan tashkil topadi: Pul birligining nomi; Pul aylanmasining tarkibi; Pul aylanmasini tashkil qilish va tartibga solish; Pul massasi va uning tarkibi; Milliy valutaning pariteti. Paritet so`zi bizning tilimizda tenglik degan ma`noni anglatadi. Milliy valutaning pariteti – bu milliy valuta qiymatining xorijiy valuta qiymatiga nisbatidir. Hozirgi davrda milliy valutaning pariteti milliy valuta va xorijiy valutaning xarid qobilyatini taqsimlash yo`li bilan aniqlanadi. Misol: O`zbekistonda so`mning valyuta pariteti AQSH dollariga nisbatan aniqlanadi. Hozirgi davrda 1 valyutaning 2 valyutaga nisbatan pariteti ularning xarid qobiliyatini bir biriga taqqoslash yo`li bilan aniqlanadi. ∑so`m/∑dollar Markaziy banklar valyuta paritetini milliy valyutaning nominal almashuv kursi bilan xarid qobiliyati o`rtasida farq yuzaga keldimi, yo`qmi shuni bilish uchun hisoblaydi. Agar milliy valyutaning nominal kursi sun`iy ravishda yuqori bo`lsa, bu mamlakatda xorijiy valyutalarga bo`lgan qiziqish kuchayadi. Sun`iy deyilganining sababi shuki, kurs valyutaning xarid qobiliyatiga nisbatan baland o`rnatilgan, xorijiy valyutalarga sig’inish fanda fitishizm deyiladi. Milliy valyutaning kursi bilan uning pariteti o`rtasida yuzaga kelgan farqni yo`qotish uchun devalvatsiyadan foydalanadi. F. Milliy valutaning kursi – bu milliy valutaning horijiy valutaga nibati bo`lib u valuta bozorida aniqlanadi. birja kursi shu tariqa aniqlanadi. Zamonaviy pul tizimi quyidagi elementlarni o`z ichiga oladi: pul birligi, valyuta kursini o`rnatish qoidalari, baholar masshtabi, pul ko`rinishlari, emissiya tizimi, davlat yoki kredit apparati. milliy valyuta tizimidir nisbatan mustaqil bo`lsa ham pul tizimining tarkibiy qismi. Pul birligi – qonuniy tarzda o`rnatilgan pul belgisi bo`lib, barcha tovarlar bahosini o`zaro solishtirish va ifodalash uchun xiz-mat qiladi. Ko`pincha pul birligi mayda bo`linuvchi qismlarga ajra-ladi. Ko`pchilik mamlakatlarda o`nlik bo`linish tizimi o`rnatilgan. Masalan, 1:10:100 (AQSH dollari 100 tsentga 1 funt sterling - 100 pensga, 1indoneziya rupiyasi - 100 senga teng va h.k.) Rasman baholar masshtabi o`zining iqtisodiy ma`nosini davlat-monopolistik kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullarni oltin-ga almashinishi to`xtatilgandan so`ng yo`qotdi. 1976-1978 yilda o`tka-zilgan YAmayka valyuta islohoti natijasida oltinning rasmiy narxi va pul birliklarining oltin tarkibi bekor qilindi. Qonuniy to`lov vositasi bo`lgan pul ko`rinishlari - bular asosan bank kredit biletlari, qog’oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan, AQSHda muomalada quyidagi pullar mavjud: 100, 50, 20, 10, 5 va 1 dollar, bank biletlari. Xazina biletlaridan tashqari kumush-mis va mis-nikel tangalar (50,20, 10, 5, 1 tsentli) chiqariladi, Buyuk Britaniyada muomalada 50, 20, 10, 5, 1 f. st. banknotalar: 1 f. st – 50, 10, 5, 2 pennli, 1 va 1/2 pensli tangalar amal qiladi. YAna eski 2 va 1 shilling tangalari yuritiladi, ular yangi 10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosan bank biletlari chiqarilsa, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda ko`p-roq xazina biletlari chiqarish keng tarqalgan. Masalan, Indoneziyada 50, 25, 10, 5, 1 sen qiymatli, Hindistonda – 1 rupiya qiymatli xazina biletlari chiqariladi. Rivojlangan mamlakatlarda bank biletlarining emissiyasi Mar-kaziy banklar tomonidan, xazina biletlari va tangalar qonunda belgilangan emissiya huquqiga asosan xazina muassasalari tomoni-dan chiqariladi. Bu mamlakatlarda pul emissiyasining asosiy kanali – depozit chek emissiyasidir. Mijoz hisob raqamlaridagi depozit-larga muvofiq tarzda to`lov aylanmasini ta`minlaydigan chek mas-sasi ko`paytiriladi. Unda tijorat banklari va boshqa kredit muas-sasalari ishtirok etadi. Pul siyosati kredit siyosati bilan chambarchas bog’liq bo`lgani uchun bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni davlat pul-kredit siyosati bilan tartibga solib turadi. Ko`pgina rivojlangan mamlakatlarda 70–yillardan monetarlashtirish siyosati kiritilgan. Bu siyosatga asosan Markaziy banklar muomaladagi pul massasining o`sishi va kreditlarni tartibga solishda maqsadli mo`ljallarni o`rnatishi lozim. 1975 yildan boshlab Germaniya Markaziy banki (davlat banki) kelasi 12 oyga rejalashtirayotgan muomaladagi pul massasining o`sish yoki qisqarish sur`atlari to`g’risida kongressga hisobot beradi. Rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy pul tizimi quyidagi xususiyatlarga ega. – pul birligining oltin tarkibi, banknotalarini oltin bilan ta`minlash va unga almashishning bekor qilinishi; – oltinga almashinmaydigan, keyinchalik qog’oz pulga aylanadigan, kredit pullarga o`tish; – pulni muomalaga nafaqat xo`jaliklarni banklar tomonidan kreditlash, balki davlat xarajatlarini qoplash uchun chiqarish; – pul muomalasida naqdsiz pul aylanmasi ustunligi; – pul muomalasini davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi. 1929-1933 ylardagi jahon iqtisodiy inqirozi davri va undan keyin yuzaga kelgan valyuta bloklari, rivojlanayotgan mamlakatlarda emissiya institutlari va ularning operatsiyalarini nazorat qilib turgan metropoliyalarga bog’liq bo`lgan pul tizimlari saqlanib qoli-shini ta`minlaganlar. emissiya miqdori xo`jalik ehtiyojlari bilan emas, to`lov balanslari holati bilan belgilangan. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrda urushgacha bo`lgan valyuta bloklari asosida alohida valyuta zonalari yaratildi. Bu valyuta zonalari asosiy valyutaga nisbatan boshqa valyutalarning qat`iy kursini ushlab turish; milliy valyutalarni gegemon – davlat banklarida saqlash; zona ichida valyuta hisob-kitoblarning imtiyozli tartibi kabi xususiyatlarga asoslanib faoliyat olib boradi. Download 164.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling