Mavzu: Pulning funksiyalari va ularga tavsif


Pul to`g`risidagi nazariyalar


Download 121.5 Kb.
bet4/6
Sana16.04.2023
Hajmi121.5 Kb.
#1358499
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pulning funksiyalari va ularga tavsif

Pul to`g`risidagi nazariyalar
Pulning nazariyasi – pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga ta`siri haqidagi nazariyalardir.
Iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funksiyalari va pul muomilasiga bo`lgan qarashlari pul nazariyalarini keltirib chiqardi.
Eng asosiy pul nazariyalari sifatida metallik, nominallik va miqdoriylik pul nazariyalari ilk tarixiy pul nazariyalari sifatida e`tirof etiladi. Hozirgi kunda monetarizm va iqtisodni pul-kredit munosabatlari orqali turtiblashtirish nazariyalari mavjud.
Metallik nazariyasi – dastlab XVI – asrning oxiri XVII – asrning boshlarida kapitalizmning rivojlangan mamlakati Angliyada yuzaga keldi. Bu nazariyaning asoschilaridan biri U.Steffard (1554-1612 y.) edi. U o`z qarashlarini 1581 yilda Londonda chop etilgan “Vatandoshlarimizning ba`zi odatiy arizalarining qisqartmasi” nomli pulning metallik nazariyasiga oid asarida bayon etdi. Uning davomchilari bo`lib Angliyada T.Men (1571-1641 y.), D.Nors (1641-1691 y.), Fransiyada A.Monkretyen (1575-1621 y.), Italiyada F.Tamani (1528-1787 y.) va boshkalar hisoblanadi.
Ushbu nazariya namoyondalari:

    1. Fakat kimmatbaho metallar (oltin va kumush) pul vazifasini o`tayoladi.

    2. Jamiyatning boyligi qimmatli metallarning mavjud zaxirasi bilan o`lchanadi.

    3. Bu boylikningg manbai savdodadir deydilar.

Yevropa davlatlari tomonidan qimmatli metallarga boy bo`lgan yerlarni bosib olinishi kabi shart-sharoitlar ushbu nazariyani kelib chiqishiga asos bo`lgan. Ushbu nazariya asoschilari vaqti kelib muomiladagi metal pullar o`rnini qog`oz pullar egallashi va bu jarayonning qonuniyligini tushunib yetmaganlar.Ular savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya kilgan.
Nominallik nazariyasi XVII-XVIII-asrlarda Angliyada paydo bo`lgan. Bu nazariyaning namoyondalari bo`lib ingliz ruhoniysi Dj.Berkli (1683-1775 y.) va iqtisodchi Dj.Styuart (1712-1780 y.) lar hisoblanadi. Keyinchalik bu nazariyani Germaniyalik G.Knapi (1842-1926 y.), ingliz iqtisodchilari J.Styuart va N.Barbonnilar davom ettirishgan.
Nominalistlar:

    1. Pulni davlat bunyodga keltiradi, pulni qiymati davlat tomonidan aniqlanadi. (shuning uchun uni davlat pul nazariyasi ham deb yuritiladi – G.Knapi).

Pulni qiymati unda ko`rsatilgan nominali bilan aniqlanadi. Ular to`la vaznga ega bo`lgan muomiladagi metal pullar borgan sari ma`lum qismi eskirib yo`qolib borishini unutadilar. Ular pulning barcha tovarlar qiymatini o`zida aks ettiruvchi umumiy ekvivalent sifatidagi tabiatini tushunmadilar. Pulni tarkibi undagi oltin gramm bilan belgilanishini unutdilar. Ular pulning o`ziga xos qonuniyatlar asosida harakat qilishi va bu qonuniyatlar inson tomonidan bevosita boshkarilmasligini anglab yetmadilar.
Miqdoriylik nazariyasining boshlovchisi bo`lib fransuz J.Boden (1530-1596 y.) hisoblanadi va u XVI-XVIII –asrlarni o`z ichiga oladi. XVIII – asrga kelib bu nazariyani inglizlar D.Yum (1711-1786 y.), Dj.Mill (1773-1836) hamda fransuz Sharl Monaskyo (1689-1755 y.) rivojlantiradi.
Bu nazariyaning asosini yangi qit`alarni kashf etilishi va ulardan Yevropaga qimmatli metallarni oqib kelishi va shu bilan bog`liq ravishda narx-navoning keskin oshib ketishi tashkil etadi.
Ushbu nazariya namoyondalarining fikricha:

    • Pulning xarid qobiliyati bozorda o`rnatiladi.

    • Muomilada emissiya qilingan barcha pullar yuradi.

    • Pulning xarid quvvati muomiladagi pul miqdoriga teskari proporsionaldir.

    • Baholar darajasi pul miqdoriga to`g`ri proporsionaldir.

Bu nazariyani miqdoriylik deyilishiga sabab J.Boden baholarni o`zgarishi muomiladagi pul miqdori bilan aniqlanadi deb tushuntirdi.
Bu nazariya pulni faqat muomila vositasi ekanligini ko`ra oladi. Ularning ta`kidlashicha pul va tovar massalarining to`qnashishi natijasida baholar belgilanadi va pulning qiymati aniqlanadi.
Ularni yana bir xatosi shundaki, ular hamma pul massasi faqat muomilada bo`ladi deb qarashgan. Aslida muomilaga zarur bo`lgan pul miqdori pul muomilasi qonuniga binoan aniqlanadi.
Monitarizm nazariyasi hozirgi zamon nazariyalaridan biri bo`lib 1950 yillar o`rtasida paydo bo`lgan. Bu nazariyaning yirik namoyondasi bo`lib Chikago Universitetining professori, iqtisod sohasida Nobel mukofoti lauriati M.Fredman hisoblanadi. Bu oqim tarafdorlariga K.Brunner, A.Molser, D.Leydler, F.Keygen va boshkalar kiradi.
Bu nazariya ham aslida miqdoriylik nazariyasini targ`ib etgani holda, miqdoriylik nazariyasi bo`yicha yuqorida qayd etilgan g`oyalarga quyidagilarni qo`shimcha ravishda tavsiya etadi:

  • Bank foizi darajasi

  • Inflyatsiya sur`atlari muomiladagi pul miqdoriga ta`sir etadi deb ta`kidlashadi.

Ularga binoan:

  1. foiz darajasi pasaysa qarzga oluvchi ko`payadi, ishlab chiqarish kengayib daromadlar oshadi va u pul miqdorini oshishiga olib keladi va aksincha.

  2. inflyatsiya pul miqdorini to`g`ridan-to`g`ri oshiradi.

Ularning fikricha iqtisodiyotni tartiblash uchun pul miqdorini o`zgartirib uni normal holga keltirish zarur, bu ishni Markaziy bank amalga oshirishi kerak deydi. Ular iqtisodiyotga amaliy jihatdan yondashib pul massasini yiliga o`rtacha 3 % oshirishni tavsiya etishadi. O`zbekistonda 2004-yilda inflyatsiya darajasi 3,7 foizni, 2005 yilda 7,8 foizni, 2006 va 2007 yillarda 6,8 foizni tashkil etgan. Bu ko`rsatkich 2005 yilda Rossiyada 10,8 foiz, Ukrainada 10,3 foiz bo`lgan.
XIX – asrning ikkinchi yarmiga kelib nemis iqtisodchisi K.Keyns (1821-1898 y.) metallik nazariyasini himoya kilib chiqib (Germaniya) uni yangi sharoitga mosladi. U pul sifatida fakatgina metalni emas, balki markaziy bank banknotalarni ham e`tirof etdi. Keynsni fikricha pul muomilasi metal bilan ta`minlangan banknot (Markaziy bank tomonidan veksellarni hisobga olish yo`li bilan chiqarilgan – vekselni bir turi) va metal monetarlarga asoslanishi shart.
Bu nazariyalardan tashqari pulni mehnat nazariyasining moxiyati pulni qiymati boshka tovarlar kabi sarflangan mehnat xarajati bilan o`lchanadi – umumiy ekvivalent sifatida.
Bulardan tashkari pulni oltin tanga, quyma oltin va oltin deviz standartlari kabi oqimlari mavjud.
Oltin tanga standarti (oltin monometalizmi) XVII – asrda Angliyada, XIX – asrda boshka mamlakatlarda joriy etilgan. Bu metallik nazariyasining bir yo`nalishi bo`lib inflyatsiyani inkor etadi. Bu tizim birinchi jahon urushigacha hukm surdi.
Qo`yma oltin standarti – 1920 yillarga to`g`ri kelib u oltin tangadan farq qilib, muomiladagi banknotalar 12-12,5 gramm oltin qo`ymalariga almashtirilgan. Unga aylantirish uchun Angliyada 1700 F.Sterling, Fransiyada 215 ming frank talab kilingan. Bu bilan oltin muomiladan xalqaro aylanuvga chiqarildi. Ichki aylanishda esa bunday imkoniyatga faqatgina yirik firmalar va puldorlar ega bo`ldilar.
Oltin deviz standarti. Qo`yma oltin standartiga kirmagan mamlakatlar o`z kredit pullarini oltin standartga kiruvchi mamlakatlarning valyutalariga almashtirilgan. Bu bir mamlakat valyutasini ikkinchi mamlakat valyutasiga bog`liqlikni keltirib chikarib oltin deviz nomini oldi.
Buning shartlaridan biri AQSH dollarigagina oltin bilan almashtirilishi bu standartdan foydalanish huquqini faqatgina chet el emission banklari uchungina saqlab qolingan edi. 1971 yil dekabridan AQSH dollarini oltin pariteti bekor qilinishi bilan u o`z kuchini yo`qotdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Toshkent, 2001y.

  2. Banklar va bank faoliyati to`g`risidagi qonun , Toshkent,1996y.

  3. Markaziy bank to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2002y.

  4. Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2007y.

  5. Bank siri to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2003y.

  6. Valyutani tartibga solish to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2003y.

  7. Davlat budjetining g`azna ijrosi to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2007y.

  8. Fuqarolarni jamg`arib boriladigan pensiya ta`minoti to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2004y.

  9. Kredit uyushmalari to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2006y.

  10. Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2003-y.

  11. Budjet tizimi to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2007y.

  12. O`zbekiston Respublikasining Mexnat Kodeksi, Toshkent, 1995y.

  13. Fermer xo`jaligi to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2004y.

  14. www.ziyonet.uz




Download 121.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling