Mavzu: Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi va funksiyalari. Pul nima uchun maxsus tovar hisoblanadi?
Download 20.16 Kb.
|
1 2
Bog'liqburxonov Boxodirxon pul va banklar fanidn amaliy ishi
Ayirboshlash (iqtisodiyotda) – kishilarning mehnat faoliyati yoki mahsulotlarini oʻzaro almashtirishlari. A. iqtisodiy faoliyatning bir turi, ish-lab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bogʻlab turuvchi vosita hisoblanadi. A. oʻziga xos maxsus faoliyat turi boʻlib, amaliyotda savdo-sotiqdan iboratdir. Bu faoliyat bilan maxsus kishilar guruhlari shugʻullanadilar. A.ning iqtisodiy aso-sini ijtimoiy mehnat taqsimoti tash-kil etadi, harakteri va shaklini ishlab chiqarish belgilaydi. Oʻz navbatida A. ham ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta’sir koʻrsatadi.A. kishilik jamiyati tarixida ij-timoiy mehnat taqsimoti, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadigan qabilalarning bir-biridan ajralishi tufayli kelib chiqdi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar oʻsib, chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadigan qabilalarda tay-yorlangan mahsulotlar ularning oʻz ehtiyojlaridan ortib qoladigan boʻldi, bu qabilalarda oʻzlari ishlab chiqara olmaydigan buyumlarga ehtiyoj oʻsa bosh-ladi. Shu davrda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotini A. vujudga keldi. Bu A. tasodifiy harakterga ega edi. Mehnat taqsimoti chuqurlashib, hunarmandchilik qishloq xoʻjaligidan ajralib chiqqach, qishloq xoʻjaligi va hunar-mandchilik ixtisoslashgan bir necha tarmoqqa ajralib ketdi. Natijada ishlab chiqaruvchilar ma’lum turdagi mahsulot tayyorlashga oʻtdilar va ularni boshqa mahsulotlarga almashtirish bilan oʻz ehtiyojlarini qondira boshladilar. Keyinchalik ular A. uchun mahsulot tayyorlab, tovar ishlab chiqaruvchilarga aylandilar. A. ilgari tasodifan, oʻqtin-oʻqtin boʻlsa, keyinchalik, u muhim ishga, muntazam faoliyatga aylandi.Tovar ishlab chiqarishning oʻsishi va A.ning ken-gayishining paydo boʻlishiga olib keldi. Bir tovar ikkinchisi bilan pul yordamida bilvosita ayirboshlandi. Har xil to-varlarni miqdor jihatdan almashti-rishda ularning tabiiy xususiyatlari (shakli, rangi, ogirligi, hajmi) emas, balki ayirboshlash qiymati asos boʻladi. A. ma’lum nisbat va mutanosiblikda yuz beradi, ya’ni bir tovar boshqasiga ma’lum miqdoriy nisbatda ayirboshlanadi.Tarixan A.ning ikki turi mavjud: a) barter yoki natural A. Bunda bir tovar boshqasiga toʻgʻridan toʻgʻri, lekin ma’lum miqdoriy nisbatda ayirboshlanadi. Mas, bir qop bugʻdoy – 2 kg metall; b) tovar ayirboshlash yoki savdo-sotiq. Bunda bir tovar boshqasiga pul vositasida almashiladi. Tovar pulga almashganda sotish yuz bersa, shu pulga boshqa tovar harid etilganda sotib olish yuz beradi. Har ikki amalning yaxlitligidan 236oldi-sotdi paydo boʻladi. Barter an’anaviy iqtisodiy tizimga xos, lekin xoʻjalik aloqalari izdan chiqqan, pul qadrsizlanib, oʻz obroʻsini yoʻqotgan kezlarda qaytadan paydo boʻladi.Tovar A. bozor iqtisodiyotiga xos, u A.ning ilgʻor hammabop usuli boʻlib, nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham amal qiladi.
Metall pullar muomalasi tizimlari pullik tovar (oltin va kumush) bevosita muomalada bo‘lgan sharoitda amal qilgan. Bunda mazkur metall pullarning barcha funksiyalarini bajargan, mavjud kredit pullar esa metallga erkin almashtirilgan. Metall pul belgilarining muomalasi tizimida bimetallizm davri va monometallizm davrlari farqlanadi. Bunday holda bimetallizm iqtisodiy jarayonlarda ikkita asl metallarning bir vaqtda foydalanishi bilan tavsiflanadi, monometallizm esa umumiy ekvivalent sifatida bir 97 metallga o‘tishni anglatadi. Bunda bimetallizm holatida quyidagicha xillar ajratib ko‘rsatiladi: 1) parallel valuta tizimi – oltin bilan kumush o‘rtasidagi o‘zaro nisbat bozorda stixiyali ravishda belgilanadi; 2) qo‘shaloq valuta tizimi – ikki metall o‘rtasidagi o‘zaro nisbat davlat tomonidan ushbu metallarga bo‘lgan talabga, shuningdek, ushbu davlatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatga qarab belgilanadi; 3) nuqsonli valuta tizimi – metallar iqtisodiy tizimda mavjud bo‘ladiyu, lekin teng huquqlarga ega bo‘lmaydi. Odatda, davlat kumush valutaning zarb qilinishi va foydalanishiga cheklashlar kiritadi. Faqat bir metallning amal qilishi tizimi sifatidagi monometallizmda ham ayrim o‘zgarishlar yuz berdi: 1) oltin tangali standart – to‘laqonli oltin valutaning amal qilishi, unda tovarlarning qiymati ham ushbu valuta bilan hisoblanadi; 2) oltin yombili standart – oltin muomalada bo‘lmaydi, lekin unga katta miqdorlardagi (yombi miqdorida) almashinish amalga oshiriladi; 3) oltin valutali (oltin devizli) standart – pullarning almashinishi faqat oltin yombili standartli mamlakatlarning valutalariga amalga oshiriladi. Valuta tizimi - bu mamlakatlar o‘rtasida valuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir. Valuta tizimi - bu xo‘jalik aloqalarini baynalminallashuvi asosida tarixan shakllangan, valuta amali bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. Valuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi. Download 20.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling