Mavzu: pulning xalqaro munosabatlardagi xarakati. Reja: Pulning xalqaro munosabatlardagi harakatini yuzaga keltiruvchi omillar
Download 52.85 Kb.
|
PULNING XALQARO MUNOSABATLARDAGI XARAKATI
2.Valyuta tushunchasi
Xalqaro valyuta fondi (XVF) o‘ziga a’zo mamlakatlarning valyuta kursi va to‘lov balanslarini tartibga soladi, ularning valyuta-moliyaviy muammolarini hal etish maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘p tomonlama to‘lovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi. Yevropa valyuta tizimi 1979 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga kiruvchi davlatlar tomonidan valyuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida tashkil etilib, bu davlatlar o‘rtasidagi to‘lov jarayonlarida amal qiluvchi Yevropa valyuta birligi EKYu muomalaga kiritildi. Iqtisodiy va valyuta ittifoqi (IVI) Yevropa valyuta tizimi amal qilishi natijasida tashkil etilib, u kuyidagilarni taqozo etadi: moliya bozorlarining to‘liq integratsiyalashuvi; kapitallar harakatining to‘liq erkinlashuvi; barcha valyutalarning to‘liq konvertatsiyasini ta’minlash va pirovardida milliy valyutalarni yagona valyuta bilan almashtirish. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) ham faoliyati xalqaro valyuta-moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u o‘zining ikkita filiali – Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) hamda Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga kiradi. Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK)ning faoliyati ustun ravishda rivojlanayotgan mamlakatlarning xususiy sektorini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA)ning asosiy faoliyati esa ko‘proq qoloq mamlakatlarga imtiyozli yoki foizsiz kreditlar ajratishga qaratilgan. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) tarkibiga barcha sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar kiradi. IHRT unga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi tendensiyalarni, iqtisodiyot sohasidagi ichki hatti-harakatlarning boshqa mamlakatlar to‘lov balansiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. IHRT tomonidan ishlab chiqilgan bashorat ko‘rsatkichlari asosida, jahon xo‘jaligi rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro moslashuviga imkon yaratuvchi makroiqtisodiy siyosatni olib borish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Xalqaro hisoblashuvlar banki (XHB) Shveysariyaning Bazel shahrida joylashgan bo‘lib, u xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblanmasada, bank faoliyatini xalqaro tartibga solishda yetakchi rol o‘ynaydi. XHB Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarini, Kanada, Avstraliya, Yaponiya hamda AQSh tijorat banklari guruhini o‘z tarkibida birlashtiradi. 70 dan ortiq Markaziy banklar o‘zlarining oltin-valyuta zahiralarini XHB hisobvaraqlarida saqlaydilar. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) Sharqiy Yevropa hamda sobiq Ittifoq mamlakatlariga valyuta-moliya sohasida ko‘maklashishni muvofiqlashtirish maqsadida 1990 yilda tashkil etildi. Uning asosiy faoliyati Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDH mamlakatlarini isloh qilish jarayonlari bilan bog‘liq turli ko‘rinishdagi dastur va loyihalarni moliyalashtirishga, bu mamlakatlarning jahon xo‘jaligiga moslashuvini jadallashtirishga ko‘maklashishga yo‘naltirilgandir. Bugungi kunda sanab o‘tilgan bu kabi davlatlararo tashkilotlarning xalqaro valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va yanada takomillashtirishga qaratilgan faoliyatining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Shu bilan bir qatorda mazkur tuzilmalarning rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, bunda ko‘mak berilayotgan mamlakatlarning milliy manfaatlariga putur yetkazmaslik, faoliyat yo‘nalishi sifatida ko‘proq iqtisodiy maqsadlarning ilgari surilishi kabi jihatlarga e’tibor kuchaytirish zarur bo‘ladi. Asosiy tayanch tushunchalar: Jahon xo‘jaligi – xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo‘jaliklari tizimi. Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni. Xalqaro mehnat taqsimoti – alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi. Globallashuv – jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar – jahonning turli mamlakatlari o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalari majmui. Xalqaro iqtisodiy integratsiya - jahon mamlakatlari o‘zaro iqtisodiy aloqalarining chuqurlashtirish va barqaror rivojlanishi hamda milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo‘jalik aloqalarining birlashish jarayoni. Erkin savdo hududlari - iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, uning dorasida savdo cheklashlari bekor qilinadi. Bojxona ittifoqi - yagona tashqi savdo ta’riflari o‘rnatishni va uchunchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishini taqazo qiladi. To‘lov ittifoqi - milliy valyutalarning o‘zaro almashinuvi va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishi. Valyuta kurslariga bevosita ta’sir ko`rsatuvchi omillar ichidan quyidagilarni ajratib kursatish mumkin: • milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi; • milliy iste’molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflyatsiyadarajasi; • valyutalarga talab va taklifga ta’sir ko`rsatuvchi to`lov balansi holati; • mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi; • valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k. Valyuta sohasidagi hamkorlik bo’yicha katta voqea sifatida yil Parijdagi «Luvr kelishuvi»ni ko’rsatish mumkin. Etakchi rivojlangan mamlakatlar valyuta barqarorligiga erishish va birinchi galda AQSH dollari bilan bog’liq muammoni hal etish masalasiga qattiq kirishganliklarini bildilar. Download 52.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling