Mavzu: pythonda dasturlash ro‘yxatlar (lists) bilan ishlash amaliy mashg‘ulot


Download 0.58 Mb.
Sana26.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1297523
Bog'liq
pythonda ro\'yhatlar

Mavzu: PYTHONDA DASTURLASH RO‘YXATLAR (LISTS) BILAN ISHLASH AMALIY MASHG‘ULOT

Massiv – bitta identifikator ostida bir xil obyektlar to‘plamini saqlovchi ma’lumotlar turi. Ro‘yxat (list) – bitta identifikator ostida har xil obyektlar to‘plamini saqlovchi ma’lumotlar turi. Indeks – elementga murojaat qiluvchi raqamlar ketma-ketligi.


.
Bugun o'rganadigan navbatdagi mal'umot turi List (ro'yxat) deb ataladi. Ro'yxat o'z nomi bilan, bitta o'zgaruvchida bir nechta qiymatlarni saqlash imkonini beradi. Bu qiymatlar List elementlari deyiladi. Ro'yxatda son, matn yoki aralash turdagi elementlarni saqlash mumkin
LIST BILAN TANISHAMIZ
List quyidagicha yaratiladi
mevalar = ['olma', 'anjir', "o'rik"] # mevalar ro'yxati (matnlar)
narhlar = [12000, 18000, 10, 22000] # narhlar ro'yxati (sonlar)
sonlar = ['bir', 'ikki', 3, 4, 5] # sonlar va matnlar aralash ro'yxat
ismlar = [] # bo'sh ro'yxat
LIST ELEMENTLAR
Ro'yxatdagi har bir element tartib bilan joylashgani sababli, biz istalgan elementga uning tartib raqami (indeksi) bo'yicha murojat qilishimiz mumkin.
Dasturlash olamida indeks 0 dan boshlanadi! Ya'ni Listning birinchi elementing tartib raqami (indeksi) 0 ga, ikkinchi elementning indeksi 1ga teng va hokazo.

Aksar holatlarda ro'yxat ichidagi elementlarni alifbo ketma-ketligida tartiblash talab qilinishi mumkin. Buning uchun list uchun maxsus .sort() medotidan foydalanamiz


RO'YXATNI TARTIBLASH
Kurib turibsiz, yuqoridagi ro'yxatimiz alifbo bo'yicha tartiblandi.
List elementlari ustida arifmetik amallar bajarish
Pythonda Listning eng oxirgi elementiga -1 indeksi orqali ham murojat qilish mumkin.
Bu usul Listning uzunligini bilmaganda juda asqotadi.
ELEMENTLARNI QO'SHISH, O'CHIRISH VA O'ZGARTIRISH
Dastur davomida listning tarkibi o'zgarishi, yangi elementlar qo'shilishi, ba'zi elementlar o'chirilishi tabiiy hol. Misol uchun "Bozorlik ro'yxati" degan dasturni tasavvur qilaylik, foydalanuvchi ro'yxatga yangi mahsulotlar qo'shishi, sotib olganlarini esa o'chrishi mumkin.
Elementni o'zgartirish
Ro'yxatdagi biror elementning qiymatini o'zgartirish uchun, o'sha elementga indeksi bo'yicha murojat qilamiz va yangi qiymat yuklaymiz
Yangi element qo'shish
Ro'yxatga yangi element qo'shishning oson usuli bu .append()
metodi yordamida ro'yxatning oxiriga qiymat qo'shish:
.append() metodi bo'sh ro'yxatni to'ldrisihda juda qulay usul. Odatda dastur boshida bo'sh ro'yxat yaratilib, dastur davomida ro'yxat foydalanuvchi tomonidan to'ldirib borilishi odatiy hol.
Ro'yxatning istalgan joyiga yangi element qo'shish uchun .insert() metodidan foydalanamiz. .insert() metodi ichida yangi elementning indeksi va qiymati beriladi:
Ro'yxatdan biror elementni olib tashlash uchun uning indeksini yoki qiymatini bilishimiz lozim.
Inedks yordamida olib tashlash uchun del operatoridan foydalanamiz:
Element qiymati bo'yichi o'chirish uchun esa .remove(qiymat) metodidan foydalanamiz.
Buning uchun qavs ichida o'chirib tashlash kerak bo'lgan qiymatni yozamiz
Ba'zida biror elementni butunlay o'chirib tashlash emas, balki uni ro'yxatdan sug'urib olish va undan foydalanish talab qilinishi mumkin. Buning uchun Pythonda .pop(indeks) metodidan foydalanmiz.
Aksar holatlarda ro'yxat ichidagi elementlarni alifbo ketma-ketligida tartiblash talab qilinishi mumkin. Buning uchun list uchun maxsus .sort() metodidan foydalanamiz.
.sort() metodi ro'yxatni tartiblaydi. Ba'zida asl ro'yxat ichidagi elementlarning
ketma-ketligini buzmagan holda ro'yxatni tartiblash talab qilinishi mumkin.
Buning uchun sorted() funktsiyasidan foydalanamiz
Ba'zida ro'yxatni aylantirish (boshini oxiriga, oxirini boshiga) talab qilinishi mumkin. Buning uchun .reverse() metodidan foydalanamiz.
Pythonda ro'yxatlar ustida ba'zi sodda amallarni ham bajarish mumkin. Misol uchun ro'yxatdagi eng kichik sonni topish uchun min() funktsiyasidan, eng katta sonni topish uchun esa max() funktsiyasidan, sonlarning yig'indisini topish uchun esa sum() funktsyasidan foydalansak bo'ladi:

1-masala Elementlari butun sonlardan iborat ro‘yxat berilgan. Indeksi 0 dan boshlanadi. Ro‘yxatning juft indeksidagi elementlarini chiqaruvchi dastur tuzing.


Kiruvchi
ma’lumot

6
4 7 9 8 5 6

Dastlab ro‘yxat elementlari soni n kiritiladi, so‘ngra
ro‘yxat elementlarining o‘zi probel bilan kiritiladi

Chiquvchi
ma’lumot

4 9 5

Juft indeks (0, 2, 4, ...)dagi qiymatlarni chiqaradi

2-masala Sinfdagi n nafar o‘quvchining imtihon natijalari x[n] ko‘rinishidagi ro‘yxatda berilgan. Ro‘yxat elementlari har bir o‘quvchining imtihon baholari (foizlarda)dan tarkib topgan. O‘quvchilarning eng yuqori, eng past va o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini hisoblovchi dastur tuzing. O‘quvchilar soni va ularning imtihon natijalari (100 foizda) klaviatura orqali kiritiladi.

E’tiboringiz uchun raxmat


Тест
Щелкните кнопку Тест на панели инструментов iSpring Pro для редактирования теста
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling