Mavzu: Qadimgi davr tarixini oʻrganishda moddiy manbalarni tutgan oʻrni


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
Sana02.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1422439
Bog'liq
Nurullayeva Sh metodika kurs ishi



1
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
“Jahon tarixi” kafedrasi
“Tarix o’qitish metodikasi” fanidan
Himoyaga tavsiya etilsin
fakultet dekani
t.f.d., dotsent L.M.Babaxodjaeva
“___”________2023 yil
KURS ISHI
Mavzu: Qadimgi davr tarixini oʻrganishda moddiy manbalarni tutgan oʻrni.
Himoyaga tavsiya etilsin
Kafedra mudiri: t.f.n. Yo Tayronov
“___”________2023 yil
Ilmiy rahbar: PhD, dotsent Xashimov U.
Bajardi: Nurullayeva Sh. 3-kurs 303-guruh talabasi
Toshkent – 2023


2
MUNDARIJA
I. Kirish............................................................................................................... 3
I Bob. Tarixiy manbalarning turlari.Ularni turkumlash,tanlash va ilmiy tahlil
qilishning umumiy tamoyillari....................................................................... 8
1.1 Qadimgi zamon tarixi manbalari............................................................. 13
1.2 VI-VIII asr tarixi manbalari........................................................................ 16
II Bob. Qadimgi davr tarixi ijtimoiy-siyosiy voqealar bo'yicha moddiy
manbalar...................................................................................................... 18
2.1 Eski o'zbek tilidagi manbalar................................................................... 21
2.2 O'zbek xalqining shakllanishiga oid manbalar...................................... 23
Xulosa........................................................................................................ 26
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati........................................................... 29


3
Kirish
Tanlangan mavzuning dolzarbligi: Tarixiy xotirasi bor inson – irodali
inson.Insonda tarixiy xotira o‘z Vatani tarixini, o‘z xalqi, ajdodla-ri tari xini
bilish orqali shakllanadi. Yaqin o‘tmishda mustamla-kachilar, totalitar
tuzum muta saddilari ko‘pgina xalqlarni, jumla-dan, o‘zbek xalqini o‘z ta rixi
dan judo qilish, ularni o‘z o‘tmishiga loqaydlik bilan qaraydigan, nasl-
nasabini eslolmaydigan manqurt-larga aylantirish siyosatini yuritdi,
amaliyotda esa xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib qo‘ yil di, uning bir
necha ming yillik boy tarixi soxtalashtirildi, uni yoshlarga o‘qitish va
o‘rgatishga izn berilmadi.Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi o‘z
o‘rnini topdi,barcha o‘quv maskanlarida talaba-o‘quvchilarga Vatan tarixini
o‘qitish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi, Vatan tarixini o‘qitish yo‘lga
qo‘yildi.. Movarounnahrda yetishgan olimlar butun Sharq musulmon
dunyosining ijtimoiy hayotiga muntazam ta’sir o‘tkazib, noyob qo‘lyozma va
toshbosma asarlari bilan tanildilar. Ming afsuski ularning ko‘pchiligi
bugungi kunimizgacha yetib kelmagan. Yetib kelganlarini asrab kelajak
avlodga yetkazish hozirgi yoshlarning zimmasidagi vazifadir. Zero, bu
borada muhtaram birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ham so‘z yuritib:
“Hozirgi kunda mamlakatimiz qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan betakror
ilmiy meros hali-beri to‘la o‘rganilgan emas, uni har tomonlama o‘rganish,
hozirgi va kelgusi avlodlarga yetkazish barchamizning muhim va dolzarb
vazifamiz bo‘lmog‘i kerak”, degan edilar. Shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning¹ “Qadimiy yozma manbalarni
saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-2995-qarori e’lon qilinishi
_____________________
¹ Shavkat Mirziyoyev-“Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-2995-qarori


4
ushbu mavzuning dolzarbligini yanada kengroq ochib beradi.Nodir
qo‘lyozma asarlar qadimgi madaniyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini
o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Asarning yozilish uslubi, yozuv va
siyoh turlari, varaqlari va sahhoflik ishlari ma’lum bir davrning ijtimoiy-
iqtisodiy muhitidan darak berib turadi. Xususan, qadimiy qo‘lyozma
asarlardagi rasmlar, naqshlar va ranglar o‘lka madaniyatining erta
rivojlanganidan darak berib turadi. Yurtimizdagi qo‘lyozmalar, asosan,
Samarqand va Qo‘qon qog‘ozlariga bitilgan. Mazkur qog‘ozlarga ishlov
berish san’ati ham yuksak darajada did bilan olib borilganini ko‘rish
mumkin.Qo‘lyozma asarlarning ma’naviy-axloqiy ahamiyati ham mavjud
bo‘lib, insonlarni sabr, ixlos va ilm hosil qilish kabi ezgu xulq va odoblarga
targ‘ib qiladi. Zero, qo‘lyozma asarni yozish va uni tadqiq etish insondan
katta sabr-u matonat talab qiladi. Bu nodir asarlarni tadqiq qilgan va
o‘qigan insonda qiyinchiliklarga sabr qilish, mashaqqatlarni matonat bilan
yengib o‘tish malakasini hosil qiladi. Qo‘lyozma asarlarning yana bir
ma’naviy ahamiyati shundaki, odatda asar mualliflari va xattotlari o‘z ism-
shariflarini ochiq bayon qilmaydilar. Ular o‘zlarini “banda”, “faqir”, “haqir”,
“gunohkor”, “Allohning rahmatidan umidvor” va boshqa shu kabi kamtarlik
va xokisorlik ma’nolariga ega so‘zlar bilan tanishtiradilar. Ular xolislik
niyatida va riyokorlikdan qochish maqsadida shunday yo‘l tutganlar.
Insonlarga manfaat yetkazish va bu yo‘lda hech qanday maqtov va
mukofotni ta’ma qilmaslik, shubhasiz, yuksak ma’naviyat va namunali
axloqning go‘zal namunasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.Ajdodlarimiz
tomonidan yaratilgan noyob asarlarning qo‘lyozma va toshbosma
nusxalarini dunyoning barcha yirik fondlarida uchratish mumkin. Mazkur
noyob manbalarni izlab topish, o‘rganish, tahlil va tavsif qilish, ularning
elektron kataloglarini shakllantirish bugungi kun talabidir. Ayniqsa,
qo‘lyozma va toshbosma asarlarning qisqa va kengaytirilgan tavsifiy
kataloglarini zamon talabiga mos ravishda yig‘ish, uning natijalarini jamlash


5
hamda umumlashtirish orqali soha mutaxassislari, shuningdek, keng
jamoatchilikka yetkazib berish ustuvor vazifalar qatorida turadi. Manbalar
xazinasida ham qo‘lyozma va toshbosma manbalar soni yildan-yilga o‘sib
bormoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshida faoliyat
yuritayotgan Manbalar xazinasi bo‘limi ushbu bebaho merosimizni asrab
avaylash va uni kelajak avlodga munosib tarzda yetkazish yo‘lida faoliyat
yuritmoqda. Bo‘lim fondida 441 (to‘rt yuz qirq bir) ta qo‘lyozma, 1485 (bir
ming to‘rt yuz sakson besh) ta toshbosma hamda 5510 (besh ming besh
yuz o‘n) ta nomdagi 10 000 (o‘n ming)dan ziyod zamonaviy adabiyotlar
ro‘yxatga olingan. Joriy yilda bo‘lim ilmiy xodimlari mazkur asarlar tadqiqi
bo‘yicha bir qator ilmiy ishlarni amalga oshirdilar.
Kurs ishining maqsadi: O‘zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o‘tmishi,
tarixi haqida bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni
vatanparvar, ma’ na viy jihatdan komil inson etib shakllantirishga xizmat
qiladi. Vatani miz tarixi «Har bir fuqaroni, jumladan, yoshlarimizni boy ma
da niy merosimizni qadrlashga, uni ko‘z qorachig‘iday avaylab-asrash ga,
yurak-yurakdan if tixor qilishga o‘rgatadi. O‘zimizning boy o‘tmish
merosimizdan madad va ib rat olishga imkon bera-di. Odam
lar qalbida
ezgulik tuyg‘ularini uyg‘otib, bug ungi avlod kim larning avlodi, kimlarning
zoti va vorislari ekanini anglashga undaydiMustaqillik qo‘lga kiritilgach,
Vatanimiz tarixida burilish palla si, Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror
taraqqiyot yo‘lida. ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruviga asoslangan
totalitar tuzumdan erkin, de mokratik tuzumga o‘tish davri boshlandi. O‘tish
davrida eski ideal lar, g‘oya lar, odatdagi tafakkur va axloq me’yorlari
o‘zgaradi, milliy qadriyatlar qayta baholanadi, muqobil nuqtayi nazarlar
paydo bo‘ ladi, allaqachon unutilgan qarashlar qayta uyg‘o nadi, ziddiyatlar
keskinlashadi. Vujudga kelgan murakkab sharoitda «birovlar tarix-ning
borishini bilish mumkin emas», – deb talvasaga tushsa, bosh-qalar
eskirgan, rad etilgan «haqiqat»ga yopishib olib, tarix g‘il diragini orqa ga


6
qaytarishni orzu qiladi, urinadi. Tarixiy tajriba va saboq lar esa dunyoda
nimalar o‘zgardi, nima uchun o‘zgardi, qanday qarash lar dan tezroq xalos
bo‘lish kerak, degan savollarga javob topish ga, yangi jamiyat qurishning
muqobil yo‘llarini mushohada qilib, eng to‘g‘risini topishga, xatoga yo‘l
qo‘ymaslikka undaydi. Bunda tarix to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi kompas
bo‘libxizmat qiladi.Davlat mustaqilligini o‘z qo‘liga olgan ozod, hur
O‘zbekistonda Va tan, istiqlol taqdiri bugungi baxtli avlodlar qo‘lida.
Mustaqillikni asrab-avaylash, mustahkamlash, mamlakatimizni keyingi
avlodlarga yana da qudratli, obod, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan
holda yetka zish zamonamizning dol zarb vazifasiga, talabiga aylandi. Bu
mas’uliyatli, ayni paytda, sharafli vazi faning qay darajada ado eti-lishi
bugun gi avlodlarga, xususan, yoshlarga, ularning ma’naviy bar-kamol ligiga
bog‘liq. «Biron bir jamiyat, – deb ta’ kidlaydi Prezident Islom Karimov, –
ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongi da ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni
rivojlantirmay hamda mus tahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta
olmaydi.Har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchi ma’naviyat va ma’
rifatdir. Ma’naviy barkamollikni tarbiyalashda Vatan tarixi mu him omil
hisoblanadi. «Ma’naviyat, – deb yozadi. Islom Karimov, – o‘z xalqining
tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tu shu nib yetishga
suyan gandagina qudratli kuchga aylanad.tug‘ilib o‘sgan yurtida o‘zini
boshqalardan kam sezmay, boshini ba -land ko‘tarib yurishi uchun insonga,
albatta, tarixiy xotira kerak... Tarixiy xotirasi bor inson – irodali
inson.Insonda tarixiy xotira o‘z Vatani tarixini, o‘z xalqi, ajdodla-ri tari xini
bilish orqali shakllanadi. Yaqin o‘tmishda mustamla-kachilar, totalitar
tuzum muta saddilari ko‘pgina xalqlarni, jumla-dan, o‘zbek xalqini o‘z ta rixi
dan judo qilish, ularni o‘z o‘tmishiga loqaydlik bilan qaraydigan, nasl-
nasabini eslolmaydigan manqurt-larga aylantirish siyo satini yuritdi,
amaliyotda esa xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib qo‘ yil di, uning bir
necha ming yillik boy tarixi soxtalashtirildi, uni yoshlarga o‘qitish va


7
o‘rgatishga izn berilmadi.Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi o‘z
o‘rnini topdi,barcha o‘quv maskanlarida talaba-o‘quvchilarga Vatan tarixini
o‘qitish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi, Vatan tarixini o‘qitish yo‘lga
qo‘yildi.
Kurs ishining vazifalari:
-Xalqimiz o’tmishidagi millat taqdiri bilan bog’liq bo’lgan tarixiy jarayonlarni
chuqur ilmiy tadqiq etish, holisona yoritish;
- O’zbekistonning yangi tarixini yozishda tarix bosqichlari va ijtimoiy-siyosiy
taraqqiyoti uzluksiz jarayon ekanligini nazarda tutish, tarixiylik va vorisiylik
tamoyillariga amal qilish;
- O’zbekiston xalqining buyuk tarixiy merosga ega ekanligi va
umumbashariyat qadriyatlariga munosib hissa qo’shganligini eotirof etgan
holda o’ziga xos davlat qurilishi anoanalari va ularga nisbatan fikrlar,
qarashlar xilma-xilligini hisobga olish;
- “O’zbekistonning yangi tarixi”ning har bir qismi va bo’limlarini yozishda
biryoqlama, sub’ektiv yondoshuvlarga yo’l qo’ymasdan holisona tadqiqot
usuliga amal qilish;
- “O’zbekiston tarixi"ga oid voqea-hodisalarni yoritishda uning ko’xna Turoni
-zamin, Turkiston tarixining tarkibiy qismi bo’lganligini yodda saqlash:
- O’zbekiston tarixi dunyoning turli mintaqalarida sodir bo’lgan ijtimoiy-
tarixiy voqea-hodisalar hamda jahon taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy
bog’liq ekanligini va ularning bir-biriga o’zaro taosirini hisobga olish;
- tadqiqot yaratishda eski kommunistik-bolpshevistik mafkura aqidalariga
va o’tmishni soxtalashtirishga yo’l qo’ymaslik, tarixiy jarayonlarni holisona
baholash;
- yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida
tarbiyalashda tarixiy voqea-hodisalarning ahamiyatini eʼtiborga olish.


8
Kurs ishining tuzilishining tartibi: Mazkur kurs ishi tartibi kirish, reja, xulosa
va foydalangan adabiyotlardan iborat.
I Bob. Tarixiy manbalarning turlari.Ularni turkumlash,tanlash va ilmiy tahlil
qilishning umumiy tamoyillari.
Manbashunoslikning mavzui va vazifalari. Manbashunoslik tarix fanining
asosiy va muhim tarmoqlaridan boʻlib, turli (moddiy -ashyoviy, etnografik,
yozma va b.q.)manbalarni oʻrganish hamda ulardan ilmiy foydalanishning
nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganadi.Tarixiy manba nima) Tarixiy manba
deganda uzoq oʻtmishdan qolgan, insoniyatning tabiat va jamiyatning
maʼlum taraqqiyot bosqichidagi kechmishini oʻzida aks ettirgan moddiy
(ashyoviy) va maʼnaviy yodgorliklarni tushunamiz. Moddiy yodgorliklar
turkumiga koʻhna manzilgoh va mozorlar, shaharlar, qasrlar hamda
qalʼalarning xarobalari, oʻsha joylardan topilgan ishlab chiqarish va
urushqurollari, uy-roʻzgʻor hamda zeb-ziynat buyumlari, qadimiy sugʻorish
inshootlarining qoldiqlari, oltin, kumush va mis tangalar, shuningdek,
ibtidoiy odamlar va hayvonlarning qoya toshlarga oʻyib ishlangan suratlari,
umuman tosh va boshqa qattiq buyumlardagi yozuvlar kiradi.Maʼnaviy
yodgorliklar turkumiga esa uzoq oʻtmishdan qolgan qoʻlyozma asarlar
hamda odamlarning turmushi va urf-odatlarini oʻzida aks ettiruvchi
materiallar, shuningdek,kishilar ongida saqlanib qolgan urf-odat va
anʼanalar kiradi. Xullas, tabiat va jamiyatning kechmishi bilan bogʻliq
boʻlgan har bir narsa tarixiy manba boʻlishi mumkin.Tabiat va jamiyat esa
maʼlumki bir-biri bilan chambarchas bogʻliq.Tarixiy manbalar inson ijtimoiy
faoliyati natijasida paydo boʻlgan. U ijtimoiy hayotning hamma
tomonlarini,boʻlib oʻtgan voqealarni oʻzida aks ettiradi.Shuning uchun tarixiy
manbalarsiz qadimiy odamlarning turmushi va ijtimoiy faoliyati qay tarzda
kechganligini bilib va oʻrganib boʻlmaydi.Manbalar ustida ish olib borganda
shuni ham esda tutish zarurki, har bir tarixiy davrning oʻziga xos xususiyati
boʻlib, u avvalo ijtimoiy-siyosiy tuzumning tabiati,ishlab chiqarish usullari,


9
oʻsha lavrda mavjud boʻlgan moddiy madaniyat va nihoyat, yozuv
texnikasining umumiy darajasi bilan belgilanadi. Shu bilan birga, baʼzi
davrlarda fan va madaniyat jamiyatning moddiy tarakkiyotidan birmuncha
ilgarilab ketishi, yoki orqada qolishi ham mumkin. Bu holni biz qadimiy
Xorazm va Baqtriya madaniyati, Oʻzbekiston xalqlarining X va XV asrlarlagi
madaniyati yuksalishi misolida koʻrishimiz mumkin.Manbashunoslarning
vazifalariga kelsak, tarixiy manbalarni topish, ularni turkumlash, chuqur va
atroflicha tadqiq etish, manbada oʻz aksini topgan yoki bayon etilgan
voqealar, keltirilgan dalillarning toʻla vahaqqoniyligini aniqlash ularning
asosiy vazifasi hisoblanadi.
Moddiy (ashyoviy) manbalar. Maʼlumki, kishilik jamiyati tarixi koʻp ming
yillik davrni oʻz ichiga oladi,lekin yozuv paydo boʻlganiga esa koʻp vaqt
boʻlganicha yoʻq.Masalan,sivilizatsiyaning ilk oʻchoqlaridan boʻlmish
Markaziy Osiyola dastlabki yozuv arameycha xat negizida taxminan
miloddan avvalgi birinchi ming yillik oʻrtalarida paydo boʻlgan. Lekin, afsuski,
koʻhna tariximizni oʻzida aks ettirgan yozma manbalarning katta qismi,
yuqorida qayd etganimizdek, bizning zamonimizgacha yetib kelmadi.
Ularning koʻpchiligi bosqinchilik urushlari vaqtida, qolaversa, tabiiy ofatlar
oqibatida yoʻq boʻlib ketgan.Ilk tarixning ayrim lavhalari oʻtmishdan qolgan
va insonning ijtimoiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan moddiy yodgorliklarda,
aniqrogʻi, ularning bizgacha saqlangan qoldiqlarida yetib kelgan.
Moddiy (ashyoviy) manba deganda ibtiloiy odamlar istiqomat qilgan va
dafn etilgan joylar, ularning mehnat va urush qurollari, bino va turli
inshootlar (qalʼa va qasrlar, hammom va karvonsaroylar, hunarmandchilik
ustaxonalari hamda suv inshootlari va boshqalar) ning qoldiqlari, uy-roʻzgʻor
va zeb-ziynat buyumlari tushuniladi.Moddiy yodgorliklarni qidirib topish va
oʻrganish ishlari bilan arxeologiya ilmi (yunon. arxeo — qadimiy, logos — ilm;
oʻtmish haqidagi ilm; kishilik jamiyatining uzoq oʻtmishini oʻrganuvchi ilm)
shugʻullanadi.


10
Etnografik manbalar. Xalqlarning kelib chiqishi bilan bogʻliq boʻlgan
material va maʼlumotlar, masalan,xalq, qabila va urugʻ nomlari, inson qoʻli,
aql-zakovati bilan yaratilgan qurol va buyumlarning, naqsh va bezaklarning,
kishilar ongida, shuningdek ogʻzaki va yozma adabiyotda saqlanib qolgan
(urf-odat va anʼanalar) maʼlumotlar, kishilarning turmush tarzi etnografik
manba hisoblanadi.Bularning barchasini etnografiya (yunon. etnos —
xalq.grapho — yozaman — xalq haqida maʼlumotlar, xalqshunoslik) ilmi
tekshiradi va oʻrganadi
Lingvistik manbalar. Tilimizda, aniqrogʻi uning leksik tarkibida uzoq
oʻtmishdan qolgan, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼmuriy va huquqiy atamalar: xiroj
(oʻrta asrlarda aholidan olinadigan daromad soligʻi), ushr (soliq turlaridan;
daromadning oʻndan bir qismini tashkil qilgan), zakot (chorva va koʻchmas
mol-mulkdan yiliga bir marta olinadigan jarima; molning qirqdan bir qismini
tashkil etgan), suyurgʻol (shahzodalar va yirik amirlarga toju taxt oldida
koʻrsatgan katta xizmatlari uchun berilgan yer-suv, mol-mulk), tansuqot
(kamyob, eʼtiborga molik buyum, mato; podshohlar, xonlar va moʻtabar
kishilarga qilinadigan tuhfa), cherik (qoʻshin), qorovul(qoʻshinning old va
yon tomonlarida boradigan maxsus harbiy boʻlinma), halifa (Muhammad
paygʻambarning oʻrinbosari, oʻrta asrlarda arab musulmon mamlakatlarida
katta yer egaligi davlatining boshligʻi), mirishkor (toʻgʻrirogʻi— miri shikor,
podshoh va xonlarning ov qushlari va hayvonlarini tasarruf etuvchi
mansabdor; ov mutasaddisi), mirob (suv taqsimoti bilan shugʻullanuvchi
mansabdor), qozi (shariat asosida ish yurituvchi hakam), yorliq(oʻrta
asrlarda oliy hukmdor tarafidan beriladigan rasmiy hujjat; farmon),
vaqfnoma (yer-suv yoki daromadning maʼlum qismini masjid, madrasa va
mozorlarga tortiq etilganligi haqida tuzilgan maxsus hujjat); joy hamda xalq,
qabila va urugʻ nomlari: Aravon, Kampirravot, Nukus, Xoʻjayli (Xoʻja eli),
Chinos, Nayman, Mangʻit, Saroy, Qoʻngʻirot va boshqalar juda koʻp uchraydi.
Bu va shunga oʻxshash terminlar shubhasiz qimmatli tarixiy material boʻlib,


11
uzoq oʻtmishda ajdodlarimizning ijtimoiy-siyosiy hayotini oʻrganishga
yordam beradi. Ularning kelib chiqishi va etimologiyasini lingvistika (lotin.
lingua -til) fani oʻrganadi.
Xalq ogʻzaki adabiyoti. Ogʻzaki adabiyot madaniyatning eng qadimgi
sohalaridan boʻlib, uning ildizi qadim-qadim zamonlarga borib taqaladi.
Ogʻzaki adabiyotning ayrim namunalari qadimgi yunon tarixchilari (ularga
sal quyiroqda alohida toʻxtab oʻtamiz), shuningdek, Tabariy, Masʼudiy,
Beruniy, Firdavsiy, ibn al-Asir kabi Sharq olimlarining asarlari orqali
bizgacha yetib kelgan. Kayyumars, Jamshid va Siyovush haqidagi afsonalar,
Amort va Sparetra, Toʻmaris va Shiroq haqidagi qissalar shular
jumlasidandir. Bu davr tarixini, ayniqsa oʻsha zamonlardagi ijtimoiy
munosabatlarni oʻrganishda “Alpomish”, «Go'roʻgʻli kabi dostonlar,
shuningdek, xalq ertaklari, marosim qoʻshiqlari, matal va topishmoqlarning
roli benihoyat kattadir. Yozma adabiyotdan avval paydo boʻlgan bu xalq
durdonalari turli ijtimoiy tabaqaga mansub kishilarning turmushi, maʼnaviy
qiyofasi, urf-odati, ayniqsa uzoq oʻtmishda hukm surgan ijtimoiy
munosabatlar haqida qiziqarli maʼlumotlar beradi.
Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy turi. Ular insonning
ijtimoiy faoliyati, aniqrogʻi odamlarning oʻzaro munosabatining natijasi
oʻlaroq yaratilgan va oʻsha zamonlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy
voqealarni oʻzida aks ettirgan manba sifatida oʻrta asr(VI-XIX asrlar) tarixini
oʻrganishda muhim oʻrin tutadi.Yozma tarixiy manbalar oʻz navbatida ikki
turga boʻlinadi:
1) Oliy va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan rasmiy hujjatlar
(yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar va b.q.), moliyaviy hisobot daftarlari,
rasmiy yozishmalar;
2) tarixiy, geokosmografik hamda biografik asarlar.
Ijtimoiy-siyosiy, ayniqsa iqtisodiy munosabatlarga oid masalalarni


12
oʻrganishda rasmiy hujjatlar, moliyaviy hisobot daftarlari va
yozishmalarning ahamiyati benihoyat kattadir. Rasmiy hujjatlar ijtimoiy-
siyosiy hayotni maʼlum huquqiy koʻrinishda bevosita va koʻp hollarda aynan
qayd etishi bilan qimmatlidir. Lekin ularning orasida, ayniqsa rasmiy
yozishmalarda soxtalari ham uchrab turadi. Shuning uchun ham ulardan
foydalanganda alohida diqqat-eʼtibor va ehtiyotkorlik talab qilinadi. Hujjatlar
ustida ish olib borganda, aniqrogʻi undan biron ijtimoiy-siyosiy voqea yoki
dalilni talqin etish uchun foydalanish jarayonida bir hujjat bilangina
kifoyalanmasdan, oʻxshash bir necha hujjatni qoʻshib oʻrganmoq
zarur.Chunki bitta hujjatda faqat bir kelishuv yoki bir dalil ustida gap boradi.
Shuning uchun faqat bir hujjat asosida maʼlum ijtimoiy-siyosiy masala
ustida qatʼiy fikr yuritib boʻlmaydi.
Tarixiy, geo-kosmografik va biografik asarlar bizgacha koʻp miqdorda yetib
kelgan va oʻrta asr tarixini oʻrganishda asosiy manbalardan
hisoblanadilar.Manbashunoslik tarix fanining bir qator yordamchi sohalari;
paleografiya, diplomatika, geraldika, sfragistika, epigrafika, numizmatika,
metrologiya va xronologiya qoʻlga kiritgan yutuqlarga tayanadi.
Paleografiya (yunon. laleo — qadimiy, grapxo — yozaman;qadimiy yozuv)
qadimiy qoʻlyozma asarlarning qogʻozi, muqovasi, siyohi, yozuvi va yozish
usullarini tekshiradi.
Diplomatika (yunon. diploma — ikki buklangan qogʻoz;hujjat) rasmiy
hujjatlarni oʻrganish va tahlil qilish bilan shugʻullanadi.
Geraldika (lotin. gerald — gerb, belgi nishon) qadimiy gerblar, turli-tuman
nishon va belgilarni (masalan,qadimiy turkiy qabilalarning tamgʻalari)
oʻrganadi.
Sfragistika (yunon. slragis — muhr) qadimiy muhrlar (podsholar, xonlar,
amirlar va qozilarning muhrlari) va ularning yozuvlarini tekshiradi.


13
Epigrafika (yunon. epi — ustida, tepasida, grapho —yozuv; biron narsa;
buyum ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yogʻoch va boshqa qattiq
buyumlar ustiga oʻyib yozilgan qadimgi bitiklarni oʻrganadi.
Numizmatika (lotin. numus — pul) qadimiy pullarni,ashyosi, shakli, vazni,
yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaqtini tekshiradi.
Metrologiya (yunon. metron — oʻlchov, logos — tushuncha— bilim;
oʻlchovlar haqida tushuncha) oʻtmishda turli mamlakat va xalqlar orasida
amalda boʻlgan ogʻirlik, masofa va sath oʻlchovlarini oʻrganadi.
Xronologiya (yunon. xronos — vaqt, logos — tushuncha,bilim; vaqt haqida
tushuncha) qadimda xalqlar orasida va mamlakatlarda amalda boʻlgan yil
hisobi va taqvimni oʻrganuvchi soha. Maʼlumki, oʻrta asrlarda musulmon
mamlakatlarida amalda boʻlgan hijriy (milodning 622-yilidan boshlangan)
dan tashqari, saljuqiy sulton Malikshoh (1072—1092) tarafidan joriy etilgan
Jaloliy va 1301-yili Elxon Gʻozonxon (1295—1304) joriy qilgan va Xoniy
nomi bilan mashhur boʻlgan yil hisoblari ham boʻlgan.
1.1.Qadimgi zamon tarixi manbalari.
Asosiy ijtimoiy-siyosiy voqealar. Oʻrta Osiyo ham Eron,Hindiston,
Mesopotamiya, Yunoniston, Rim, Misr va Xitoy singari mamlakatlar ilk
madaniyat oʻchoqlaridan hisoblanadi, lekin uning qadimiy madaniyati
haqidagi maʼlumotlar juda kam. Biz Oʻrta Osiyoning faqat miloddan avvalgi
VI asrlardan keyingi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqidagina ozmi-koʻpmi
maʼlumotga egamiz.Eron, Hindiston va ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim
manbalarida saqlangan maʼlumotlarga qaraganda,qadim zamonlarda Oʻrta
Osiyo oʻramida istiqomat qilgan qabilalar (saklar, massagetlar va b.q.)
urugʻchilik tuzumini boshdan kechirganlar, chorvachilik, qisman
dehqonchilik hamda hunarmandchilik bilan shugʻullanganlar.Miloddan
avvalgi VI asrda Oʻrta Osiyo Ahamoniylar davlati (miloddan avvalgi
550—330 yy.) asoratiga tushib qoldi.Ana shu davrda bu yerda istiqomat


14
qilgan xalqlar hayotida muhim ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar sodir boʻldi.
Urugʻ jamoalari orasida tabaqalanish boshlandi: yangidan paydo boʻlgan
urugʻ aslzodalari serunum yerlarni egallab oldilar,qul mehnati hamda erkin
jamoa aʼzolariga zulm qilish yoʻli bilan boyib bordilar. Shu tariqa jamiyatning
tabaqalanish jarayoni kuchaydi.Qisqasi, miloddan avvalgi VI asrdan boshlab
Oʻrta Osiyoda quldorlik jamiyati paydo boʻldi.Bu davrning oʻziga xos
xususiyatlaridan yana biri shuki,miloddan avvalgi VII asrda Oʻrta Osiyoda
(masalan, Balx va Xorazmda) otashlarastlik (zoroastrizm) dini paydo boʻldi
va keng tarqaldi.Ahamoniylar va ularning Oʻrta Osiyodagi noiblari,baribir,
mahalliy aholini toʻla itoatda tutolmadilar.Mahalliy xalqning chet el
bosqinchilariga qarshi kurashi kuchaydi. Oqibatda miloddan avvalgi UT asr
oʻrtalariga kelib Xorazm mustaqillikni qoʻlga kiritib oldi.Saklar va
massagetlar ham oʻz ozodligi va mustaqilligi uchun tinmay kurash olib
bordilar. Eron hukmdorlari bilan Oʻrta Osiyo xalqlari oʻrtasida uzluksiz
davom etgan urushlar Ahamoniylar davlatini kuchsizlantirdi va Eronning
Iskandar Zulqarnayn (miloddan avvalgi 336—323 yy.) tarafidan bosib
olinishini birmuncha osonlashtirdi.Iskandar Zulqarnaynning yurishlari
(miloddan avvalgi 334—324 yy.) Oʻrta Osiyoning ijtimoiy-siyosiy
taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi: katta yer egalari boʻlmish mahalliy
aslzodalarning mavqei yanada mustahkamlandi.Maʼlumki, Iskandar
Zulqarnayn vafotidan (miloddan avvalgi 323-yil 13-iyunv) koʻp vaqt
(taxminan 75 yil)oʻtmay, uning ulkan saltanati mayda-mayda qismlarga
boʻlinib ketdi.
Miloddan avvalgi 190-yili Magnesiya¹ yonida boʻlgan janglarda Rim
qoʻshinlari Buyuk Antiox (miloddan avvalgi 242—187 yy.) qoʻshinlarini tor-
mor keltirib, Salavkiylar hukmronligiga qaqshatqich zarba berdilar. Bu hol
Yunon-Baqtriya, ayniqsa Parfiyaning kuchayishiga yoʻl ochib berdi.
______________
¹ Magnesiya — Lidiyaning qadimiy shaharlaridan; Turkiyaning hozirgi Manisiya shahri oʻrnida boʻlgan.


15
Miloddan avvalgi II asrning 40-yillarida Parfiya butun Eron va
Mesopotamiyaning katta qismini oʻziga qaratib olib, yirik quldor davlatga
aylandi. Poytaxt Ekbatana (Hamadon) dan Yevfrat boʻylariga, hozirgi
Bagʻdod yonida joylashgan Ktesifonga koʻchirildi. Taxminan oʻsha vaqtlarda
Yunon-Baqtriya davlati ham oʻz chegaralarini birmuncha kengaytirib oldi.
Evfidem, Demetriy va Evkradit zamonida Soʻgʻdiyona, Baqtriya, Araxosiya
(hozirgi Afgʻonistonning janubi-sharqiy qismi), Margʻiyona(hozirgi
Turkmanistonning janubi-sharqiy hamda Shimoliy Afgʻonistonning Gʻarbiy
qismini oʻz ichiga olgan hudud) va Ariya (hozirgi Afgʻonistonning markaziy
qismi), boshqa soʻz bilan aytganda, hozirgi Oʻzbekiston, Tojikiston,
Eronning sharqiy qismi hamda Afgʻonistonning katta qismi Yunon-Baqtriya
davlati tarkibiga kirar edi.Lekin, Yunon- Baqtriyaning ichki ahvoli u qadar
mustahkam emas edi: mahalliy xalq bilan yunon-makedoniyalik hokimlar
oʻrtasidagi ziddiyat tobora chuqurlashib bordi, chet el bosqinchilariga
qarshi qoʻzgʻolonlar kuchaydi.Xalq harakati, ayniqsa, Soʻgʻdiyonada keskin
tus oldi. Natijada miloddan avvalgi 1 asr oxirlari va 1 asr boshlarida
Soʻgʻdiyona mustaqillikni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Yunon-Baqtriya
imperiyasining boshqa oʻlkalarida ham mustaqillik uchun kurash kuchaydi.
Qolaversa, qadimdan Shimoliy Xitoyda istiqomat qilib kelgan xunnlar
miloddan avvalgi II asr oxirlarida xitoylar tazyiqi ostida gʻarbga qarab
chekinishga majbur boʻldilar va Sharqiy Turkiston hamda Yettisuv vohasida
koʻchib yurgan skif (xitoy manbalarida yuzchji, antik adabiyotda toxarlar
nomi bilan mashhur) va usunʼ qabilalarini surib chiqardilar.Oqibatda yuzchji
(toxar) va usunlar Soʻgʻdiyona va Baqtriya hududiga koʻchib oʻtdilar va bu
yerda saklar va boshqa mahalliy qabilalar bilan qoʻshilib, avval Soʻgʻd,
milodning taxminan 128-yili Yunon-Baqgriya davlatiga qaram boʻlgan
boshqa oʻlkalarni ham (to Ind daryosigacha) istilo qilishda muvaffaq
boʻldilar.Shunday qilib, Yunon-Baqtriya davlati oʻrnida yuechjilar (toxarlar)
davlati tashkil topdi. Bu davlat tarixda Kushonlar davlati nomi bilan


16
mashhurdir. Kushonlar davlati (unga hozirgi Oʻrta Osiyoning katta qismi
Afgoniston, Shimoliy Hindiston va Pokistonning shimoli-gʻarbiy qismi
qaragan) ayniqsa Kanishka va uning taxt vorisi Xuvishka hukmronlik qilgan
yillari kuchaydi. Lekin, milodning II asri oʻrtalarida bu davlatning ham
inqiroziboshlandi, IV asrga kelib esa u mayda-mayda qismlarga boʻlinib
ketdi.Oʻrta Osiyoda hukm surgan qadimiy davlatlardan yana biri Qangʻ va
Fargʻona (Parkana)dir.Qangʻ davlati tarkibiga Buxoro, Shahrisabz,
Kattaqoʻrgʻon, Toshkent viloyati va Xorazmning shimoliy qismi kirgan.
Davlat tepasida jabgʻu (xitoy manbalarida chaovu)turgan.
Miloddan avvalgi II-I asrlarda Fargʻona ham mustaqil davlat edi. Xitoy
manbalarida keltirilgan maʼlumotlarga qaraganda, Fargʻona
hunarmandchilik, ayniqsa dehqonchilik rivoj topgan qadimiy mamlakat
boʻlib, uning 70 ga yaqin katta-kichik shaharlari (Quba — Quva, Gaushan —
Oʻzgan,Ershi — Marhamat, Goʻy-Shanʼ — Koson va b.q.) boʻlgan.Mahalliy
xalq dehqonchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullangan; arpa, bugʻdoy, sholi,
beda, uzum, anor, poliz ekinlari va boshqalarni yetishtirgan; chorvachilik va
ipakchilik bilan mashgʻul boʻlgan.
1.2.VI-VIII asr tarixi manbalari.
Muhim siyosiy voqealar. V-VI asrlarda Oʻzbekiston tarixi eftaliylar (“xeptal”,
“xaytal”, “yey—da”, “i—da” nomlari bilan xam mashxur) va Eftaliylar davlati
tarixi bilan boglikdir. Tarixiy manbalar, shuningdek, arxeologik kazishlar
bergan maʼlumotlarga karaganda, Eftaliylar saklar va massagetlarning
avlodlaridir.Eftaliylar juda katta hududda oʻz hukmronliklarini oʻrnatdilar.
Eftaliylar davlatiga Sharqiy Turkistondan Kaspiy boʻylarigacha boʻlgan yerlar
qarar edi. Eftaliylar milodning 457-yilida Chagʻoniyon, Toxariston va
Badaxshonni boʻysundirishga muvaffaq boʻldilar. Eron podshosi sosoniy
Peruz (459—484-yy.) Eftaliylarga qarshi uch bor qoʻshin tortdi, lekin uning
barcha yurishlari magʻlubiyat bilan yakunlandi. Buning ustiga Eron
Eftaliylarga oʻlpon toʻlab turishga majbur boʻldi. Shundan keyin Eftaliylar


17
Marv va Kobulni, oradan koʻp vaqt oʻtmay, Sharqiy Turkistonni ham
boʻysundirishga muvaffaq boʻldilar.Qisqasi, Eftaliylar Oʻrta Osiyo, Eronning
sharqiy tumanlari, Afgʻoniston, Shimoliy Hindiston hamda Sharqiy Turkiston
ustidan hukm yurgizdilar.563—567-yillari turk xoqoni Istemi (Dizovul) Eron
hukmdorlari bilan ittifoq tuzib, Eftaliylar davlatiga zarba berdi va ularga
qarashli yerlarni boʻysundirishga muvaffaq boʻldi. Natijada Turk xoqonligi
Amudaryo va Orol dengizigacha choʻzilgan oʻlkalar ustidan oʻz
hukmronligini oʻrnatdi. VI asrning uchinchi choragida turklar Shimoliy
Xitoyda joylashgan Chjau va Si davlatlarini ham bo'ysundirdilar; 576-yili
Bosporni (Kerch) egalladilar.581-yili esa Xersonesni qamal qildilar.
Kul tegin bitigi. Bilga xoqonning (716—734-yy.) inisi Kul tegin (731-yili vafot
etgan) sharafiga yozilgan.Moʻgʻulistonning Kosho Saydan vodiysida
Koʻkshin Oʻrxun daryosi boʻyidan rus arxeolog va etnograf olimi N.M.
Yadrinsev (1842—1894-yy.) tomonidan 1889-yili topilgan.Bitik V.V. Radlov
(1891-y.) A. Xeykel (1892-y.) V. Tomsen (1896-y.), P.M. Melioranskiy (1897-
y.), X. Sheder (1924-y.), S.V. Malov (1951-y.), G. Aydarov (1971-y.) lar
tomonidan nemischa, fransuzcha, ruscha tarjimalarda chop etilgan.Ye. A.
Abduraxmonov va A. Rustamov tarafidan qilingan qisqacha o'zbekcha
tarjimasi (1982-y.) ham bor.
Bilga xoqon bitigi. Yuqorida aytilgan Kul tegin bitigidan 1 km janubi-gʻarbda
— Koʻkshin Oʻrxun daryosi havzasidan topilgan. Obida 735-yili bitilgan.V.V.
Radlov, S.Ye. Malov, P.M. Melioranskiy va V. Tomsen tomonidan
oʻrganilgan va chop qilingan.
Ongin bitigi. Moʻgʻulistonning Kosho Saydan vodiysidan topilgan. Kimga
atalganligi aniq maʼlum emas.Baʼzi fikrlarga qaraganda, yuqorida tilga
olingan Eltarish xoqon va uning xotini Elbiyga xotun sharafiga qoʻyilgan
(735-y.); boshqa fikrga koʻra Qopagʻon xoqonga(691—716- yy.), yana
boshqa bir maʼlumotga (J. Kloson)qaraganda Bilga xoqonning harbiy


18
boshliqlaridan Alp Eletmish (taxminan 731-yilda oʻlgan) sharafiga
qoʻyilgan.Oltoydan topilgan bitiklardan Chorish, Katandi daryolari,
Qoʻshogʻoch hamda togʻli nohiyalardan topilgan bitiklarni aytib oʻtish
mumkin. Bular, Oʻrxun-Yenisey bitiklaridan farqli oʻlaroq, etnografik
materialga boydir. Oltoydan topilgan yozuvlar P.M. Melioranskiy, E.R.
Tenishev, A.K. Borovkov, K. Seydakmatov, V.M. Nadelyayev hamda D.D.
Vasilvev tomonidan eʼlon qilingan.Sharqiy Turkistondan topilgan bitiklar
orasida Turfon vohasidagi gʻorlarda joylashgan ibodatxona devorlariga
yozilgan bitiklar alohida oʻrin tutadi. Bitiklar asosan V. Tomsen tarafidan
chop qilingan.Qozogʻiston hamda Qirgʻizistondan topilgan bitiklar
(asrimizning 60—70-yillarida topilgan) hali chuqur o'rganilmagan. Bular
orasida Talas vohasidan (Ayritom, Teraksoy, Qulonsoy, Toldiqoʻrgʻon, Urjor,
Sirdaryo, Ila, Olmaota,Tolgʻar, Tinbas va hokazo) topilgan. bitiklar muhim
ilmiy ahamiyat kasb etadi.Qozogʻiston hamda Qirgʻiziston hududidan
topilgan bitiklarning baʼzilari S. Sodiqov, M.Ye. Masson, A.N.Bernshtam, A.S.
Omanjolov, G. Musaboyev, Ch. Jumagʻulov hamda G. Karagʻulovalar
tomonidan eʼlon qilingan.Qadimiy turk runik yozuvlari (asosan sopol
idishlarga yozilgan) Fargʻona, Oloy vodiysi hamda Janubiy Oʻzbekiston va
Tojikiston hududidan, yaʼni Bekobod, Isfara, Margʻilon, Fargʻona, Andijon,
Quvasoy, Oʻsh, Oʻzgan,Kofirnihon, shuningdek Soʻgʻddan ham topilgan va
A.N.Bernshtam, B.A. Litvinskiy, V.A. Bulatova, E.R. Tenishev,Yu.A.
Zadneprovskiy tarafidan oʻrganilgan.
II Bob. Qadimgi davr tarixi ijtimoiy-siyosiy voqealar bo'yicha moddiy
manbalar
Bagʻdod xalifaligi vayronalarida tashkil topgan eng yirik davlatlardan
biri Somoniylar davlati (819—999-yy.) edi. Bu davlatga Nuh ibn Asad
(819—842-yy.) asos soldi; u ayniqsa X asrning birinchi yarmida, Ismoil ibn
Ahmad davridan (892—907-yy.) boshlab kuchaydi. Bu davrda Somoniylar
Movarounnahr, Xuroson, Eron, hozirgi Afgʻonistonning katta qismi,


19
shuningdek, Toshkent, Turkiston va Ispijob (Sayram) ustidan oʻz
hukmronliklarini oʻrnatdilar (Somoniylar sulolasining etnik tarkibi
aniqlanmagan).Somoniylar davrida markaziy davlat boshqaruvi birmuncha
takomillashdi. Amir davlatni oʻnta davlat muassasasi (devon): devoni vazir
(Bosh mahkama), devoni mustavfiy (moliya ishlari mahkamasi), devoni
omid ul -mulk (insho va elchilik idorasi), devoni sohib shurat (amir
gvardiyasi ishlari bilan shugʻullanuvchi idora)¹,devoni sohib barid (pochta
ishlari mahkamasi), devoni mushrif (oʻziga xos davlat xavfsizligi idorasi),
devon ad-diya (amirning yer-mulkini boshqaruvchi idora), devoni muhtasib
(shariat ishlari mahkamasi), devoni vaqf (vaqf ishlarini nazorat qiluvchi
idora), devoni quzzot (qozilik mahkamasi) yordamida boshqargan. Lekin,
davlatni boshqarishda turk gʻulomlaridan chiqqan amirlarning roli juda katta
boʻldi.Somoniylar davrida hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi. Buni
Buxoro, Samarqand, Marv, Balx, Gʻazna, Hirot va Toshkent kabi yirik,
taraqqiy etgan shaharlar misolida koʻramiz. Bu davrda Oʻrta Osiyoning
Hazar xoqonligi, Bulgʻor xonligi, Rusʼ va Xitoy bilan iqtisodiy-madaniy
aloqalari birmuncha rivoj topdi.Somoniylar davri ilm-fan va madaniyatning
oʻrta asr sharoitida benihoyat rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davr Rudakiy,
Daqiqiy, Firdavsiy singari ulkan shoirlarni,Forobiy, Beruniy, ibn Sinodek
zabardast olimlarni yetishtirdi.Katta yer egaligi munosabatlarining
rivojlanishi (mahalliy yer egalari bilan byurokratik apparat, katta yer egalari
bilan yerni ijaraga olib ishlab kun kechiruvchi kambagʻal dehqonlar
oʻrtasidagi ziddiyatlar) natijasida oʻzaro feodal kurash va yirik yer
egalarining ayirmachilik (ajralib chiqishga boʻlgan harakati) harakati
kuchayib ketdi.
XI asrdan boshlab Oʻrta Osiyo va Oʻzbekistonda yerga egalik qilishning
yangi shakli — iqtoʼ (toju taxt oldida koʻrsatgan xizmatlari uchun shahzoda
va xonzodalar, amir va mansabdorlarga inʼom tariqasida beriladigan yer-
______________________


20
¹ Amir gvardiyasi turk gʻulomlaridan tashkil topgan va davlatni idora qilishda katta rol oʻynagan.
suv).taraqqiy eta boshladi.Qoraxitoylar, yuqorida aytilganidek,
Qoraxoniylardan farqli oʻlaroq, bosib olingan yerlarga koʻchib kelmadilar,
faqat oʻlpon yigʻib olish (har bir xonadondan bir dinor miqdorida) bilangina
kifoyalandilar.Lekin, mehnatkash xalqning ahvoli ogʻir edi. U ikki tomonlama,
mahalliy yirik yer egalari va xorijlik bosqinchilar zulmi ostida qoldi.
Mehnatkash aholi muntazam ravishda xiroj hamda boshqa soliq va
jarimalar toʻlab turishga, davlat, xon va yirik yer egalarining shaxsiy
qurilishlarida tekinga ishlab berishga majbur edilar.Bu davrda chet el
bosqinchilariga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari ham boʻldi. Qoraxitoylar va
ularning ittifoqchisi sadrlarga qarshi 1206-yili Buxoroda va Xorazmshoh
zulmiga qarshi 1212-yili Samarqandda boʻlib oʻtgan kosiblar qoʻzgʻoloni
shular jumlasidandir.X—XII asrlarda Oʻrta Osiyo va Oʻzbekistonda ilm-
fan,adabiyot birmuncha rivoj topdi; Buxoro, Samarqand, Toshkent, Termiz,
Marv, Gurganj kabi shaharlar kengaydi,rivojlandi. Bu davr Abu Rayhon
Beruniy (973— 1048-yy.),Abu Ali ibn Sino (980—1037-yy.), Abubakr
Muhammad ibn Jaʼfar Narshaxiy (X asr), Mahmud Koshgʻariy (taxminan
1029—1038-yillar orasila tugʻilgan) kabi zabardast olimlarni, Unsuriy, Amʼoq
Buxoriy, Soʻzaniy Samarqandiy Nizomi Aruzi Samarqanliy, Yusuf Xos Hojib
Bolosogʻuniy kabi ajoyib shoirlar va adiblarni yetishtirdi. Mamlakatimizda
koʻplab masjil, madrasa, karvonsaroylar, baland minoralar va boshqa
monumental bino va inshootlar barpo etildi. Hazora tumanidagi (Buxoro)
Deggaron masjidi, oʻsha atrofdagi Raboti malik karvonsaroyi (X!),
Buxorolagi masjidi kalon (1127-yili qurib bitkazilgan), Vobkentdagi minora
(1198—1199-yillari qurilgan) Buxoro namozgohi (XII asr), Shohi zinda va
Afrosiyoblagi (Samarqand).ayrim binolar, Xorazmdagi Boʻron qalʼa, Noib
qalʼa va Faxriddin Roziy maqbarasi (XP asr) shuningdek, hozirgi Qirgʻiziston
va Turkmaniston oʻramida qurilgan bino va inshootlar shular
jumlasidandir.1219—1221-yillar ichida Oʻzbekiston moʻgʻullar tomonidan
istilo etildi. 1227-yili Chingizxon Yettisuv, Koshgʻar, Movarounnahr va


21
Xorazmning sharqiy qismini,shuningdek, hozirgi Afgʻonistonning shimoliy
qismini ikkinchi oʻgʻli Chigʻatoyga (1227—1241-yy.) inʼom qildi.Bu ulus
tarixda Chigʻatoy ulusi nomi bilan mashhur. Chigʻatoy ulusining oliy
hukmdorlari ham, qoraxitoylar singari, ulusni maxsus ijaradorlar, yaʼni
xorazmlik mashhur savdogar Mahmud Yalavoch (1125—1238-yy.) va uning
oʻgʻli Maʼsudbek (1238—1289-yy.) yordamida idora qildilar. Munko qoon
(1251—1260-yy.) taxtga oʻltirgandan keyin, Joʻchi ulusining oliy hukmdori
Botuxon (1227—1255-yy.) bilan til biriktirib, Chigʻatoy avlodining
koʻpchiligini qatl ettirdi va Chigʻatoy ulusini oʻrtada boʻlib olishdi. Lekin,
oradan koʻp vaqt oʻtmay, Olgʻu (1261—1266-yy.) ulus mustaqilligini
tiklashga muvaffaq boʻldi. Muborakshoh (1266-y.) va Baroqxon
(1266—1271-yy.) davrida moʻgʻul hukmdorlari mahalliy aholi bilan
yaqinlashish maqsadida islom dinini qabul qiladilar.
2.1.Eski o'zbek tilidagi manbalar.
"Tavorixi guzida, nusratnoma". Asar kim tomonidan yozilgani maʼlum emas.
Tadqiqotchilar orasida bu xususda turlicha fikrlar bor. Masalan,
sharqshunos-arxeolog P. I.Lerxning soʻzlariga qaraganda, asar mashhur
mutasavvuf shoir Jaloliddin Rumiyning oʻgʻli Sulton Valad tarafidan
yozilgan¹,Lekin bu gap haqiqatdan tamom yiroqdir.Sulton Valad mazkur
asar yozilmasdan qariyb 300-yil muqaddam (1226—1312 yy.) yashab oʻtgan,
A. A. Semenov, R. G.Mukminova va V. P. Yudin “Tavorixi guzida,
nusratnoma Shayboniyxon tomonidan yoki uning yaqin ishtiroki bilan
yozilgan, deb taxmin qiladilar“, Asarni chuqur va atroflicha oʻrgangan yana
bir olim — A. M. Akromovning fikricha, asar mashhur ASHayboniynomaz
dostonining muallifi shoir Muhammad Solih (q.)ning qalamiga mansubdir².
Afsuski, bu fikrlarga qoʻshilib boʻlmaydi. Asar muqaddimasida uzini “OJIZ”,
“garib”, “xokisor” deb atagan nomaʼlum bir muallif Munka koon nomiga
________________________
¹ Lerx P. I. Arxeologicheskaya poyezdka v Turkestanskiy krayv 1867 g. SPb., 1870, 11-bet.


22
yozilgan “Tavorixi jaxonkushoy”, Gʻozonxonning qizi otiga bitilgan Tavorixi
guzidaj va Ulugʻbek mirzo nomidan yozilgan.Muntaxab ut-tavorixi shohiy
nomli kitoblardan saylab tartib berish haqida buyruq olganligi va unga
Shayboniyxon tarixini ham qoʻshib bir asar yaratganligini va asarga
“Tavorixi guzida, nusratnoma” (“Saylanma solnomalar, zafar kitobi”) deb ot
qo'yilganligini ochik aytadi", Oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdiki, mazkur asar
Shayboniyxonning topshirigʻi bilan saroyga yaqin turgan tarixchilardan biri
tomonidan yuqorida nomlari keltirilgan asarlar va oʻz koʻrsatuvlari asosida
yaratilgan.“Tavorixi guzida, nusratnoma” 1502—1505-yillar orasida yozilgan
bo'lib, ikki mustaqil qismdan — “Tavorixi guzida” va “Nusratnoma”dan
iborat. Birinchi qismda Oʻgʻuzxon va qadimgi turklar, Chingizxon hamda
uning Moʻgʻuliston, Dashti qipchoq, Oʻrta Osiyo va Eronda hukmronlik qilgan
avlodi tarixi; ikkinchi qismda esa Shayboniyxon tavalludi (1451-y.)dan to
uning Movarounnahrni istilo qilishigacha (1500—1505) Dashti qipchoq
hamda Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy ahvoli bayon qilingan.Asar,
ayniqsa uning ikkinchi qismi (Nusratnomar),zoʻr ilmiy qimmatga ega. Unda
Shayboniylar qoʻshinining tuzilishi, uning etnik tarkibi, shuningdek,
koʻchmanchilarning Qorakoʻl, Hisor, Chagʻoniyon, Oʻratepa hamda Xoʻjand
viloyatlarida qilgan talon-tarojliklari haqida muhim maʼlumotlar bor.
Asarning yana bir qimmati shundaki, unda muhim tarixiy voqealarning sodir
boʻlgan vaqti aniq koʻrsatilgan. Bundan tashqari, Shayboniy qoʻshinlari
tarafidan Fargʻona viloyatining istilo etilishi faqat "Nusratnomazda toʻla va
toʻgʻri yoritilgan.Tavorixi guzida, nusratnomayaning faqat ikkita qoʻlyozma
nusxasi bizning zamonimizgacha yetib kelgan. Ulardan biri hozirda Sankt-
Peterburgda, ikkinchisi esa Angliyada (Britaniya muzeyida)
saqlanmoqda.Asarning fotomatni, zarur izohlar va tadqiqotlar bilan qoʻshib,
1967-yili Toshkentda chop etilgan. Undan ayrim parchalar 1969-yili Olma-
Otada V. P. Yudin tomonidan rus tilida eʼlon qilingan.


23
2.2.O'zbek xalqining shakllanishiga oid manbalar.
O'zbek xalqining shakllanishi masalasi yaxshi oʻrganilmagan, yechimini
topmagan ilmiy muammolardan biri. Masalani bir manba bilan, bir
tadqiqotchi, u garchi fan mirishkori boʻlganda ham, yechib berolmaydi.
Buning uchun uzoq oʻtmishdan qolgan va turli tillarda: qadimgi eron,yunon,
rim, xitoy, arab, fors va turkiy tillarda yozilgan qoʻlyozma va toshga,
yogʻochga, sopolga va boshqa buyumlarga bitilgan yozuvlarni oʻqiy
oladigan mutaxassis — manbashunos, arxeolog, etnograf va antropolog
olim, adabiyotshunos (folklorshunos), tilshunos va geograf olimlar
birgalashib, bir ilmiy jamoa bulib ishlashlari zarur boʻladi. Afsuski, bizga
shunday hamkorlik yetishmay turibdi. Lekin, bu ishni oʻzbek olimlari yechib
berishlari kerak. Paysalga solmasdan yaqin uch-toʻrt yil ichida: Vaholanki,
muhtaram Prezidentimiz I. A. Karimov juda toʻgʻri aytganlaridek, "Odamzod
borki, avlod-ajdodi kimligini, naslu nasabini, oʻzi tugʻilib voyaga yetgan
qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi“¹.Demak, bu-xalq
talabi, Vatan talabi.Oʻzbeklarning xalq boʻlib shakllanishiga oid biron
alohida manba yoʻq. Bu masalaga oid maʼlumotlar tarixiy, geografik,
lingvistik va xalq ogʻzaki adabiyotiga oid asarlarning barchasida mavjud.
Lekin ularni sinchkovlik bilan bittalab terib olish kerak boʻladi. Ularni Tabariy
va arab geografiya olimlarining asarlarida, Nizomiddin Shomiy va
Sharofuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”sila, Juvayniy va Rashiduddunning
yukorida tilga olib utilgan asarlarida “Nusratnoma” va “Abdullanoma”da va
X-XVI asrda yozilgan barcha asarlarda uchratish mumkin.XV asr oxiri va
XVI asr boshida ikki azim daryo —Amudaryo bilan Sirdaryo oraligʻida
joylashgan koʻhna mamlakatimizga qoʻshni Dashti qipchoqdan 20 dan ortiq
qavm:qoʻngʻirot, nayman, ming, doʻrmon va boshqa qavmlar koʻchib kelib,
mahalliy turkiyzabon xalq tarkibiga qoʻshildilar.”Tarixi Abulxayrxoniy, yo
____________________
¹ Karimov I. A. :Tarixiy xotirasiz kelajak Yuk», 1-bet.


24
Abdullanoma va “Maktuboti Allomiy” (XVI asr) kitoblarida keltirilgan
maʼlumotlarga qaraganda, oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qavmlar soni 92
taga yetgan. Bu haqda maʼlumot beruvchi uchta-toʻrtta asarni misol
tariqasida tilga olib oʻtamiz.
“Tarixi Abulxayrxoniyv. Bagʻdod xalifaligining sharqiy qismida joylashgan
mamlakatlar va Movarounnahrning kadim zamonlardan to XV asrning 60-
yillarigacha kechgan tarixini kiskacha bayon etadi. Asarning so'nggi qismi,
yaʼni Dashti kipchokda Abulxayrxon bosh boʻlgan koʻchmanchi oʻzbeklar
davlati tarixiga bagʻishlangan qismi noyob hisoblanadi.
”Tarixi Abulxayrxoniy Shayboniy Abullatif sulton (Samarqand xoni;
1540—1551-y.y.) hukmronligining boshlarida Shayboniy Koʻchkunchixon
(1510—1530-y.y.)ning sobiq kotibi Masʼud ibn Usmon Koʻhistoniy tarafidan
yozilgan. Asarda Abulxayrxon davlatiga asos solgan Ba XVI asr boshida
Shayboniyxon bilan birga Movarounnahrga koʻchib oʻtgan burkut, doʻrmon,
iyjon, kenagas, qiyot, qoʻngʻirot,qushchi, qurlovut, masit, tuboyi, uyshin,
koonboyli, qudagʻay, mangʻit, muluj, nayman, uygʻur, chimboy, qorliq,
yonqojar, nukuz, timat, tuman-ming, oʻtarchi qavmlari haqida maʼlumot
uchratamiz.
"Nasabnomayi oʻzbek. Bor-yoʻgʻi ikki varaqdan iborat kichik bir asar.
Unda 92 oʻzbek qavmining roʻyxati keltiriladi. Ular quyidagilar: ming, yuz,
qirq, oʻzbek, oʻn qajot,jaloir, saroy, qoʻngʻirot, olchin, argʻin, nayman,
qipchoq,chaqmoq, azaq, qalmoq, torliq, tudak, burloq, samarchiq,kibcha,
kelachi, kinakash, buyrak, urot, qiyot, xitoy, tunidi, oʻzjulachi, qoychi, oʻtaji,
boʻlotchi, juyut, job, chilchut, buymaut, uymovut, orlot, kerait, ungut, tangut,
manbit, chilchuvit, mesit, markit, burkut, qurlas, oʻkalan,qori, arab, ilochi,
juburgʻan, tishliq, keray, turkman,doʻrmon, tobin, tama, ramadan, koʻytan,
uyshin, badayi,hofiz, qirgʻiz, mojor, koʻchalik,savron, baxrin, uyris,jubrot,
biday, tatar, tabash, michqir, suldus, tuboyi,tilov, kirdor, baktiya, qarqin,


25
shirin, oʻgʻlon, qurlat (qurlavut), bagʻlon, chinboy, chexilkas, uygʻur, agar,
yobu,targʻil, turkan, kohat.
“Asomiyn navadu du firkayin uzbek. («Tukson ikki uzbek firkasining
nomlari”). To'rt nafar mustaqil asar: «Majmaʼ al-gʻaroibe, kSolnomayi xoja
Abdulhakim Termiziy»,“Tarixchayi Somiy” va nomi anik bulmagan geo-
kosmografik asar bilan birga bir mukovada (UzR FA SHI qoʻlyozmasi, inv. №
1330). Chingizxondan to Ashtarxoniy Abulfayzxon (1711-1747) davrigacha
kechgan vokealar qisqacha bayon etiladi. “Solnomayi Abulxakim
Termiziy”dan keyin “Asomiyi navadu du firkayi uzbek” asari boshlanadi va
o'zbek xalqi tarkibiga kirgan 92 kavmning nomi keltiriladi. Ular quyidagilar:
ming, yuz, qirq, Oʻng, unkajot, jaloir, saroy, xitoy, qipchoq, nayman, chaqmoq,
urmoq, tudaq, boʻston,samarchiq, qalmoq, qorliq, qatagʻon, orlot, argʻin,
barlos,boʻytay, kenagas, kelachi, buyrak, uyrot, qiyot, qoʻngʻurot,qongli, oʻz,
julovchi, jusulovchi, kaji (xoji), oʻtarchi,qirlovchi, juyut (jiyut), jid, chulchut
(chilchut), buyozit (bayozit), uymovut, keray, bagʻlon, longʻit, tangut,
mangʻit,marki, burkut, modi qiyot, oʻkalan, olchin, qori, gʻarib,shibirgʻon,
qishliq, Turkman, doʻrmon, tabai,tam, tobin,ramadan, miton, uyshun, boʻsa,
haft, qirgʻiz, tatar, bochqir, suldus, kelovchi, dujor, jurot, badayi, Oʻgʻlon,
quryuvut, chimboy, mehdi, chilkas, uygʻur, afarkon, nukus, qora tushlub,
yobu, torgʻil, koʻxat, shuran, shirin, tama, baxrin,keray, tatxiyon, mugʻol,
qoyon.
XVII asrda oʻtgan demokrat shoir Turdi Farogʻiy ham oʻzbeklar oʻsha davrda
92 qavmdan iborat ekanligini aytadi:
Tor koʻngillik beklar, manman demang, kenglik qiling,
Toʻqson ikki bori oʻzbek yurtidir, kenglik qiling
Birni qipchoqu, birni yuz, birni nayman demang,
Qirqu yuz, ming son boʻlib, bir jon oyinlik qiling
Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir toʻngʻa kirib,


26
Bir oʻngirlik, bir terezlik, bir yaqo-yenglik qiling:
Xulosa
Xulosa shuki, manbalar tarixiy jarayon va voqeliklarning o‘zida real aks
ettirgan bo‘lib, tarixiylikning in’ikosi bo‘lmog‘i kerak. Mana shunda ularning
tarixiy ahamiyati, tarixiy ekanligi yuqori bo‘lib, tarixiy haqiqatning yuzaga
chiqishiga yaqindan yordam beradi. Ma’lumki, tarixni xalq yaratadi. Minglab
yillar davomida yaratilgan ushbu tarixni o‘qitish va o‘rganishda yordamchi
fanlarning ahamiyati beqiyosdir. CHunonchi, arxeologiya, etnografiya,
antropologiya, numizmatika, lingvistika, tarixshunoslik, atamashunoslik,
sotsiologiya, tarixiy demografiya, tarixiy geografiya, geopolitika, falsafa,
o‘lkashunoslik, kartografiya, iqtisod, madaniyatshunoslik, dinshunoslik kabi
yo‘nalishlar yordamchi fanlar jumlasidandir. Lekin, O‘zbekiston tarixini
yaratishda bir kator yordamchi fanlar ma’lumotlari olimlar e’tiboridan
chetda qolmoqda. Misol uchun, mavjud o‘quv qo‘llanmalari va
darsliklarning aksariyatida yoritilayotgan mavzuningtarixshunosligi
berilmaydi. Mutaxassis talabalar uchun yaratilayotgan darsliklarda
qisqacha, ekskur tarzida ma’lum davr, mavzu va muammo bo‘yicha
tarixshunoslik yoritib berilsa, kelajakda tadqiqo ishlarini olib borishi mumkin
bo‘lgan iqtidorli yoshlarimiz uchun foydadan holi bo‘lmaydi.
SHuningdek,tarixshunoslikdan boxabar bo‘lish – yosh olimlarning istiqbolli
va dolzarb mavzularni tanlashlari uchun katta ahamiyat kasb etadi. moddiy
va yozma manbalarning o’rni.Xulosa qilib: “Modomiki, o’z tarixini bilgan,
undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz haqqoniy
tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan
qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish
zarur”. Bu vazifalarni bajarish uchun nima qilish kerak. Vatan tarixi fanining
vazfalarini Prezidentimiz lo’nda qilib ko’rsatdilar. “Fanning vazifasi
kelajagimizning shakli-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning


27
yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo’lishini ko’rsatib
berishdan iborat deb, tushunaman. Odamlarga mustaqillikning afzalligini,
mustaqil bo’lmagan millatning kelajagi yo’qligini, bu tabiiy qonuniyat ekanini
isbotlab, tushuntirish berish kerak. Fan jamiyat va taraqqiyotni olg’a
siljituvchi kuch, vosita bo’lmog’i lozim”. Tarixni bilish davlat siyosati
darajasiga ko’tarilishi zarur, - deb ko’rsatadi I.Karimov.
3. O’zbekistonda ibtidoiy jamiyat va uning davrlari. (Paleolit, mezolit, neolit,
eneolit va bronza davrlari manzilgoxlari).Qadimgi taraqqiyot (tsivilizatsiya)
tushunchasi. Qadimgi taraqqiyotning shakllanishi. Qadimgi odamlarning
dastlabki makonlari. Selengur, Ko’lbuloq, Teshiktosh va boshqa manzillar.
Olov va o’q-yoyning kashf etilishi).
«Sivilizatsiya» so’zi nisbatan yaqinda, 2 asr muqaddam, frantsuz
ma’rifatchilari tomonidan ilmiy iste’foga kiritilgan, ular bu ibora orqali hur,
ozod, odil, huquqiy tizimga ega grajdanlik jamiyatini ifoda qilganlar.
Lotincha «civilis» Qadimdan grajdanlik, ya’ni harbiylashmagan jamiyat
ma’nosida tushunilgan.Keyinchalik bu so’z turlicha, keng mazmunda
ishlatiladigan bo’lib ketdi. Masalan, Amerikalik antropolog L. Morgan, uning
ketidan nemis olimi F. Engels odamzod tarixidagi tsivilizatsiyani yovvoyilik,
vaxshiylik va yarim vaxshiylik davridan keyin kelgan ijtimoiy tizimi
shakllangan, ijtimoiy tabaqa va sinflar, Davlatlar, xususiy mulkchilik tashkil
topgan inson jamiyati rivojining muhim bosqichi sifatida anglaganlar. Ingliz
tarixchisi A. Toynbi tsivilizatsiyalarni hududiy madaniy-tarixiy taraqqiyot
ko’rinishi deb hisoblagan.
Sivilizatsiyaning boshlanish nuqtasi va asosiy ob’ekti-bu insondir. Odam
tabiat ne’matlaridan o’z extiyoji uchun foydalanishga va uning ustidan o’z
hukmronligini o’tkazishga intiladi. TSivilizatsiya-bu odamning komillik,
yetuklikka intilish belgisidir. Al-(Forobiy «Fozil shahar aholisining maslagi»
asarida shunday deydi: «har-bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u


28
yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishishga harakat qiladi». Alloma
o’zining boshqa risolasida «Davlatning vazifasi-insonlarning baxt-saodatga
olib borishdir.Bu esa ilm va yaxshi ahloq yordamida qo’lga kiritiladi», deb
ta’kidlaydi.Yusuf Xos Hojib o’zining mashhur «Qutadg’u bilig» kitobida
jamiyatning muvofiqlashtirish, uyg’unlashtirish, unga takomil baxsh
etishning insonning asosiy burchi deb biladi. Buning uchun avvalo ilm va
uni xayotga tatbiq etish muhimligini uqtiradi. Uning suyukli qahramoni aql
va bilim egasi bo’lgan. Alisher Navoiy komillikni insonni ma’rifatli bo’lishida,
yuksak ma’naviyatida, adolatning tantanasida va nihoyat, xalq va
yurtboshining o’zaro sadoqatidadir, deydi. Frantsiya donishmandlari aql va
adolatga asoslangan jamiyatni tsivilizatsiyaga erishgan mamlakat deb
hisoblaganlar. Mashhur nemis olimi Gegel esa tsivilizatsiyani ma’naviy-
ruhiy madaniyatning moddiy-texnik asosi, deb tushungan.
Ko’rinib turibdiki, tsivilizatsiya zamirida aql-zakovat, farosat, xayotga ijodiy
yondashish, betinim mehnat kabi fazilatlar mujassam. SHuning uchun ham
ko’pchilik lug’atlarda tsivilizatsiya so’zi ijtimoiy taraqqiyot, moddiy va
ma’naviy madaniyat darajasi deb talkin etiladi.Ko’p tarixshunoslarning
fikricha, tarixni o’rganishga yondashish anchagina holis va ob’ektivdir.
Jahonning asosiy qitalari kabi Markaziy Osiyo hududida ham ibtidoiy
jamiyat rivojlanishining ma’lum bosqichlari mavjud. Paleolit eng qadimgi va
uzoq asrlarni o’z ichiga olgan tosh davridir. Undan keyingi mezolit davri
miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklarni o’z ichiga oladi, o’ng neolit-miloddan
avvalgi 6-4 ming yilliklar, eneolit (mis-tosh) davri-miloddan avvalgi 4-3 ming
yilliklar, bronza davri-miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar va temir davri-
miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlarini o’z ichiga oladi.Sayyoramiz
tarixida eng buyuk voqea-odamzodning hayvonot dunyosidan ajralib
chiqishi bo’lgan. Bir qancha olimlar, xususan U. Islomov, odamlarni
maymundan emas, balki, maymunsimonlar oilasiga kirgan jonzotlardan
uzoq vaqtlar davomida shakllangan, degan taxminni qo’llaydilar. SHarqiy


29
Afrikaning Olduvay daryosi o’zanida eng qadimgi odam suyaklari topilgan.
Bu suyaklar 1 mln. 700 ming yil avval yashagan kishiga mansub.
Antropogenez fani odamzodning paydo bo’lish davri taxminan 5 mln. yilni
o’z ichiga oladi deb hisoblaydi. Neandertal kiyofali odamning tarkalishi
miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklarga oiddir. Zamonaviy kiyofali
odamlarning (kromanyonlarning) paydo bo’lishi miloddan avvalgi 40-30
ming yilliklarga to’g’ri keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1..Аxмедов Б. Узбекистон тарихи манбалари. – Тошкент: Укитувчи,
2001.
2. Azamat Ziyo. O'zbek davlatchiligi tarixi: (Eng qadimgi davrdan Rossiya
bosqiniga qadar) //Mas`ul muharrir: B.Ahmedov. –T.: ―Sharq‖, 2000, -368
bet. Mustaqil O'zbekiston tarixining dastlabki sahifalari: (Davriy to'plam) №
3 // Mas`ul muharrir: D.Alimova; - T.: ―Sharq‖, 2000, - 224 bet.
3. .Bichurin N.YA. Sobranie svedeniy o narodax obitavshix v Sredney Azii v
drevnie vremena. V 3-x tomax. M – L.; 1950-1953.
4. .Ziyoev H. Tarix – o'tmish va kelajak ko'zgusi: (Tarixning dolzarb
masalalari) //Mas`ul muharrir: K.Normatov. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san`at nashriyoti, 2000, - 288 bet.
5. Ziyoev H. Tarixning ochilmagan sahifalari. – T.; ―Mehnat‖, 2003, - 232
bet.
6. Zevelev A.I. Istoriografiya Turkestana. T., ―Uzbekistan‖, 1968. 276 str.
7. Сагдиев А., Фузаилова Г., Hасанова М. Тарих о’qитиш методикаси. –
Тошкент: ТДПУ, 2008.
8. Shоназаров Q. Бо’лажак тарих о’qитувchиларининг тарихий
тафаккурини шакллантириш. - Тошкент, 2000.
9. Маhкамов С.Т. Тарих та’лимида курслараро узвийликни
та’минлашни дидактик асослари (7-синф мисолида) . - Тошкент:


30
О’qитувchи, 1999.
10. Тошпо’латов Т., G‘аффаров Ya. Тарих о’qитиш методикаси. -
Тошкент: Университет, 1999.; 2002.
11. Shоназаров Q. О’qувchиларда миллий тарихга муносабатни
шакллантиришнинг назарий масалалари. // Узлуксиз та’лим. –
Тошкент, 2004.
12. Асқарова О’.М., Хайитбоев М., Нишонов М.С. Педагогика. –
Тошкент: Талqин, 2008.
13. Аhмедов Б. О’збекистон тарихи манбалари. – Тошкент: О’qитувchи,
2001.
14. Вагин А.А. Методика преподаваниya истории в средней школе. –
М., 1987. 14.Воинова М.Г. Педагогиchеские технологии и
педагогиchеское мастерство. – Тошкент: ИQТИСОД-МОЛИYa, 2006
16. Ганиева М., Файзуллаев Д. Замонавий о’qитиш воситаларининг
педагогик технологиyaлари то’плами. - Тошкент: Иqтисодиёт, 2013.
17. Ганиева М., Файзуллаев Д. Кейс-стади о’qитишнинг педагогик
технологиyaлари то’плами. - Тошкент: Иqтисодиёт, 2013.
18. Ганиева М., Файзуллаев Д. Киchик гуруhларда hамкорликда
ишлаш педагогик технологиyaлар то’плами. - Тошкент: Иqтисодиёт,
2013.
19. Ганиева М., Файзуллаев Д., Не’матов И. Маqсадни белгилаш ва уch
даражали тестларни ишлаб chиqишнинг педагогик технологиyaлари
то’плами. Методик qо’лланма. - Тошкент: Иqтисодиёт, 2013.
20.Ганиева М., Файзуллаев Д., Не’матов И. Назарий ва амалий о’qув
машg‘улотларда о’qитиш технологиyaлари то’плами. - Тошкент:
Иqтисодиёт, 2013.


31
21. Гафаров Ya. О’збекистон халqлари тарихини о’qитиш усуллари. -
Тошкент: Университет, 1996.
22.Голиш Л.В., Хашимова Д.П. Та’лим жараёнида интерфаол та’лим
услублари ва замонавий ахборот-коммуникатсиya
технологиyaларидан фойдаланиш. – Тошкент: ТДИУ, Иqтисодиёт.
2013.
23. Иноyaтов У.И., Муслимов Н.А., вабошq. Педагогика: 1000 та
саволга 1000 та жавоб. – Тошкент: Илм-Зиё, 2012.
24. Исмоилова Ж. Музей педагогикаси: тарихи, бугуни ва истиqболи //
О’збекистон музейлари истиqболи. – Тошкент: Академнашр, 2013. – Б.
20.
25. Исмоилова Ж.Х., Нишанова К.С., Мухамедова М.С. Музей ва
жамиyaт. – Тошкент: Chинор ЕНК, 2015.
26. Ё’лдошев Ж., Ё’лдошева Ф., Ё’лдошева Г. Интерфаол та’лим сифат
кафолати (Болага до’стона муносабатдаги та’лим). – Тошкент, 2008.
27. Ё’лдошев Ж., Усмонова С.А. Педагогик технологиyaлар асослари. -
Тошкент, 2004.


32
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“JAXON TARIXI” KAFEDRASI
2022-2023 o‘quv yili
«Tarix o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi
T-303 guruh talabasi Nurullayeva Shahloning
_________________________________________________________________________ mavzusidagi
yozilgan kurs ishiga
TAQRIZ
Kurs ishining bajarilishiga qo‘yilgan
asosiy talablar
Ma
ksi
mal
ball
Kurs ishining bajarilishiga qo‘yilgan talablarning
bajarilganligi va kamchiliklar yuzasidan asosiy fikrlar
(ballar asoslab berilsin)
Kurs ishi rejalarining to‘g‘ri
tuzilganligi
5
Kurs ishi mavzusi dolzarbligining
to‘g‘ri yoritib berilganligi va ishning
kirish qismining to‘g‘ri tashkil
qilinganligi
15
Kurs ishi asosiy qismining qo‘yilgan
reja va vazifalar asosida yoritib
berilganligi va asosiy maqsadga
erishilganligi
20
Ishning xulosasida qo‘yilgan maqsad
va vazifalardan kelib chiqqan holda
asosiy fikrlar va tavsiyalarning
berilganligi
10
Ishning uslubiy jihatdan va ilmiy
apparatlari jihatidan to‘g‘ri tashkil
etilganligi, adabiyotlar ro‘yxatining
to‘g‘ri tuzilganligi
10
Vazifalarning bajarilishida talabaning
faolligiga kurs ishi rahbari
tomonidan qo‘yiladigan maksimal
ball
5


33
Kurs ishi ilovalarining mavzuga
mosligi va ularning ish mazmunini
kuchaytirishga yo‘naltirilganligi
5
jami
70
Kurs ishi himoyasi uchun
30
Taqrizchi ____________________________________
_____________ _____________
Familiyasi, ismi – sharifi
imzo
sana

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling