Mavzu: Qadimgi qaxramonlik eposining yunon manbalari orqali yetib kelgan namunalari. “To’maris”, “Shiroq” afsonalari. Bajardi


Download 1.31 Mb.
bet6/8
Sana18.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1099408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Qadimgi qaxramonlik eposining yunon manbalari orqali yeti

Toʻmaris - (mil. avv. VI asr) - Turon xalqlarining axamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur ayol sarkarda.
Qad. yunon tarixchisi Gerodotning "Tarix" (mil. av. 5-asr) asarida yozilishicha, Axomaniylar davlati asoschisi Kir II mil. av. 530 yilda Turonga bostirib kirganida, T. massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan. T. massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan.


Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini va massagetlar oʻrtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda T.ning oʻgʻli Spargalis (Siparangiz) boshchiligidagi massagetlar gʻolib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yoʻli bn Spargalis va ayrim massagetlarni asir olishganda, ornomusga chiday olmagan Spargalis oʻzini oʻldirgan. T. oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz jang boʻlgan. Gerodot massagetlar va forslar oʻrtasidagi jang tafsilotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: "Mening bilishimcha, bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻklari tugagach, ular nayza va qilich bn kurashdilar. Jang uzok, vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. Nihoyat, massagetlar gʻalaba qozondilar. Fors qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok boʻlgan. U toʻliq 29 y. shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (T.)ning buyrugi bn uning kesilgan boshi inson qoni bn toʻlgʻazilgan meshga solingan".
T.ning jasorati va harbiysiyosiy faoliyati toʻgʻrisida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar toʻqildi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan Hodi Zarifov yozib olgan "Oysuluv" dostonida Turon mamlakatining podshosi Oysuluv obrazida T. faoliyati oʻzining badiiy talqinini topgan. Yozuvchi Mirkarim Osim "Toʻmaris" qissasida uning jasoratini ulugʻlaydi. Ibrohim Yusupov "Toʻmaris" (1974) dostonini yozgan, kompozitor Ulugʻbek Musayev shu nomli balet (1982)ni sahnalashtirgan. Oʻzbekistonda ayollar oʻrtasida "Toʻmaris oʻyinlari" festivali oʻtkazilmoqda.
Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” (mil. avv. V asr) asarida yozilishicha, Ahamoniylar davlati asoschisi Kir II mil. avv. 530-yilda Turonga bostirib kirganida, Toʻmaris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan. To‘maris massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan. Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini bilan massagetlar o‘rtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda To‘marisning oʻgʻli Sparangiz(Sparganis) boshchiligidagi massagetlar gʻolib chiqqan.

Biroq keyingi jangda forslar hiyla yoʻli bilan Sparangiz va ayrim massagetlarni asir olishganda, or-nomusga chiday olmagan Sparangiz oʻzini oʻldirgan. Toʻmaris oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz jang boʻlgan.
Gerodot massagetlar va forslar oʻrtasidagi jang tafsilotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: “Mening bilishimcha, bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻqlari tugagach, ular nayza va qilich bilan kurashdilar. Jang uzoq vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. Nihoyat, massagetlar gʻalaba qozondilar. Fors qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok boʻlgan. U toʻliq 29 yil shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (Toʻmaris)ning buyrugʻi bilan uning kesilgan boshi inson qoni bilan toʻlgʻazilgan meshga solingan”.
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida to’maris afsonasining ko’plab spektakllar, multifilmlar va kinolar qo’yilgan.


  1. Shiroq” afsonasi haqida qisqacha malumot.



Shiroq, Eron shoxi bo'lgan Doro I bosqiniga qarshi kurashgan xalq qahramoni. Shiroq Sak qabilasidan bo'lgan. Sak qabilalari oqsoqollari Sakfar, Omarg va Oamiris fors qo`shinini yengish uchun harbiy kengash (qurultoy) oʻtkazayotganda, ularning huzuriga oddiy otboqar Shiroq kelib, oʻz rejasini bayon qilgan.

Rejaga ko`ra, Shiroq o`z qabilasi manfaatini himoya qilib, harbiy hiyla ishlatgan va yolgʻiz oʻzi (Doro I lashkariga qarshi turgan). Shiroq, Doro I qarorgohiga kelib, unga qabiladoshlari nohaq sitam yetkazganligi uchun (uning burni va quloqlari kesilgan edi) u Eron qoʻshinini Saklar qabilasi turgan yerga qisqa yoʻl bilan olib borishini aytib, dushman qoʻshinini Qizilqum choʻli ichkarisiga boshlaydi. Shiroq, Doro I ning qo'shinini 7 kun mobaynida cho'lning qoq o'rtasiga olib kelib qo'yadi. Doro I aldanganini bilib undan so'rashganda. Shiroq atrofini qurshab olgan shoh Doro I va uning sarkardalariga qarata quyidagi soʻzlarni aytgan: "Men yolgʻiz oʻzim Doro I qoʻshinini yengdim. Sizlarni aldab, choʻlning qoq oʻrtasiga olib keldim. Xohlagan tomoningizga ketishingiz mumkin, vohagacha toʻrt tomoningiz ham 7 kunlik yoʻl!". Dahshatga tushgan shoh va uning sarkardalari Shiroqqa yolvorib, unga suvsiz choʻldan olib chiqishi uchun katta boylik vaʼda qilishadi. Shiroq vatan ozodligi yoʻlida jon fido qilishini aytgach, Doro I ning sarkardasi Ranosbat uni qilich bilan chopib tashlaydi. Qoʻshinning asosiy qismi suvsizlik va ochlikdan Qizilqum choʻlida qirilib ketgan.



  1. Download 1.31 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling