Mavzu: Qadimgi sivilizatsiyalarning vujudga kelishidagi tarixiy shart-sharoitlar
Download 21.16 Kb.
|
SHAXZD MUSTAQIL ISH
Mavzu:Qadimgi sivilizatsiyalarning vujudga kelishidagi tarixiy shart-sharoitlar. REJA: KIRISH. .1. Yer yuzining odamzod tomonidan o‘zlashtirilishi. 2. Ishlab chiqarish xo‘jaligining paydo bo‘lishi ilk sivilizatsiyalarning vujudga kelish ildizlari. 3. « Neolit inqilobi » va unga doir ilmiy qarashlar. XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH. Hozirig vaqtda odamning kelib chiqishi va uning paleogeografiyasini talqin qilishda olimlar orasida bir necha qarashlar mavjud. Masalan, bir guruh olimlar Himolay tog‘i janubiy sarhadlari bilan bog‘liq Sivalk tepaliklari ostidan topilgan pliotsen davri maymunsifat primatlar haqida so‘z yuritib, ular tik yurish qobiliyatiga ega bo‘lgan va ikki qo‘li yer tayanib yurishdan bo‘shab, tirikchilik o‘tkazish uchun mehnat qilish imkoniyati bo‘lgan, degan fikrlarni bildirdilar va bu primatlar odamning eng qadmgi o‘tmishdoshi bo‘lishi mumkin, degan fikrlarni ilgari surmoqda. Demak, bu jonzotlar mehnat qilishga tayor bo‘lgan jonzotlar edilar, deyishmoqda. Afrika hududida topilgan avstrolopitiklar haqida ham fanda qator tortishuvlar bor. Fan sohasida qilingan ko‘pchilik xulosalariga qaraganda, avstrolopitiklarning eng qadimgisi 4-5 million yillar bilan belgilanishi mumkin deyilmoqda. Odamzodning dastlabki paydo bo‘lgan paleogeografiyasi haqida gaprilganda shuni aytish kerakki, Himolay tog‘ining janubiy sarhadlaridagi Sivalk tepaliklari ostidan topilgan pleystotsen davri primatlari bo‘lib, ular tik yurishga moslashgan. 1. Odamning dastlabki paydo bo‘lishi va uning dastlabki o‘sib chiqqan vatani haqida qanchalik gapirmaylik, odamzod tarixi Afrikaning Oldavoyidan boshlanadi va uning dastlabki yoshi 2-2,5 mln yil bilan o‘lchanadi. Hozir ko‘pchilik olimlar ana shunday monotsentristik ta`limot bilan qurollangan. Odamzod jamoasi tarixiy taraqqiyotda ishlab chiqarish kuch va uning hukmdori sifatida namoyon bo‘ladi. Odamzodning Yer kurrasi bo‘ylab tarqalishi va galma-gal qit`alarni o‘zlashtirish masalasi ham hamon to‘la yechilmagan. Bu masalaga oydinlik kiritishda ilk paleolit davri makonlarining o‘rganilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, baland tog‘li muzofotlar ilk paleolit davrida o‘zlashtirilmagan. Fanda hozirgi vaqtda ma`lum avstrolopitek va pitekantroplar topilmalari faqat tog‘ etaklarida, dengiz sathi bilan teng balandliklarda joylashgan. O‘rta paleolitr davriga kelib odamzod soni oshib, tog‘larning yuqori qismi, dengiz sathidan 2000 metr balandliklar o‘zlashtiriladi degan qarashlar mavjud. Shuningdek, qalin o‘rmonzorlar va tropik sahrolar ham ancha keyin, mehnat qurollarining takomillasha borishi natijasida odamzod tomonidan ishg‘ol qilina boshlanadi. Masalan, subtropik sahro bilan bog‘liq juda katta Gobi kengligida birorta ham ilk paleolit makoni yoki izlari kuzatilmagan. Shunday ekan, ovchilik hamda obihayotga tanqis joylar juda qadimda o‘zlashtirilmagan. Shunday qilib, odamzodning paleolit davrida Yer yuzini o‘zlashtirishi umumhodisa tarzida bo‘lmasdan, balki aylana harakat tarzida yuz bergan. Odamzod dastlab ilk paleolit davrida polasalar – hududlar orqali o‘zlashtira borib, o‘rmonli tropik joylardan va yuqori baland tog‘lardan aylanib o‘tgan. Shunday aylanib o‘tish suvsiz va ovchilik hamda termachilik mahsulotlari kamyob joylarni ham aylanib o‘tib, ekologik ma`qul burchaklarni ishg‘ol qila borganlar. O‘rta paleolit davriga kelib, mehnat qurollarning muayan darajada rivoji, hayotiy tajribalarning tobora orta borishi tufayli odamzod tog‘li hududlarni va tropik o‘rmonzorlarni ham o‘zlashtira borib, natijada o‘rta paleolit madaniyati butun Afrika va Yevrosiyo bo‘ylab o‘zlashtiriladi. Balki faqat shimoliy qutb o‘zlashtirilmagan. Ayrim ma`lumotlarga qaraganda, Amerika qit`asi o‘rta paleolit davrida neandertallar bilan o‘zlashtirilgan, demak, Osiyo va Amerika Arktakasi esa bundan ham ancha, bir necha o‘n ming 10 yillar avval o‘zlashtirilgan. Yer yuzining har bir jo‘g‘rofik jihatdan joylashish tabiatiga nisbatan odamzod qiyofasi va tusi adabtatsiyalashib borilgan va lokal – mahalliy xususiyatga ega bo‘lib borilgan. Bu mahalliy – lokal xususiyatlar o‘rta paleolit davridan boshlab aniq namoyon bo‘lib boradi. Odamzod sonining dastlabki holati – ayrim olimlarning fikriga qaraganda, ilk paleolit davrida odamzod soni 125 mingdan oshmagan. Bu Amerika demograf olimi E.Divi fikri. 23-24 kv. km. 1 odam to‘g‘ri keladi. Yevrosiyo hududida 1 kv km hududga 1 kishi to‘g‘ri kelgan. E.Divining fikricha, 2,5 kv km maydonga bundan 25-10 ming yillar ilgari 1 kishi to‘g‘ri kelgan va asta-sekin ko‘payib borib, so‘nggi paleolit davrida 3,3 va 5,3 ml odam yashagan. Arxeolog V.E.Larichevning fikricha, paleolit davrida odamzod muhim ma`naviy yutuqlarga erishgan. Masalan, ovchilik va termaterimchilik hayot uchun ham ma`lum ma`noda odamlar kundalik astronomik kundaliklardan foydalanib, hayot va sivilizatsiya sari intilib yashaganlar chorvachilikning vujudga kelishi, shaharlarning paydo bo‘lishi, hunarmandchilik ishlab chiqarish bilan bog‘liq shaharsozlik, siyosiy hokimiyatning bir joyga to‘planishi, yozuvning paydo bo‘lishi kabi omillar sivilizatsiya sari intilib yashash bilan bog‘liq bir necha million yillarni o‘z ichiga oladi. 2.Ishlab chiqarish xo‘jaligining paydo bo‘lishi ilk sivilizatsiyalarning vujudga kelish ildizlari Neolit ko‘p ming yillikdan iborat tosh asrining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Neolit davriga kelib kishilar nafaqat daryo sohillarida uchraydigan chaqmoqtoshlardan, shuningdek, yer osti konlaridan ham foydalanishga o‘tadilar. Chaqmoqtosh konlari bilan bog‘liq shaxtalar Angliya, Fransiya, bir qator Yevropa mamlakatlari va O‘rta Osiyo hududlaridan topib o‘rganilgan. Shaxta va konlar bilan bog‘liq ko‘pgina toshsoz ustaxonalar topilgan bo‘lib, ularda ishlab chiqilgan mahsulotlar keng doiradagi hududlarga tarqalgan. Neolit davrida tosh qurollardan yog‘ochlarni qayta ishlashda keng foydalanilgan. Bu vaqtning xarakterli qurollaridan biri silliqlangan toshbolta edi. 12 Ibtidoiy odamlar toshbolta yordamida chakalakzorlar, o‘rmonzorlardan yerlar ochib, undan dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaliklarini yuritishda foydalanganlar. Toshbolta va boshqa qurollar yordamida daraxt kundasini o‘yib, oddiy qayiqlar yasash, uy-joylar qurish, daraxt kundalaridan mollar uchun quralar qurish kabi yumushlarda keng foydalanilgan.. Eneolit davriga kelib g‘ildirakli arava, shamol yordamida suzadigan qayiq kashf qilinadi. Bu kabi texnik va xo‘jalik o‘zgarishlar neolit davrida odamzod o‘zining avvalgi o‘tmishdoshlariga qaraganda katta imkoniyatlarga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Neolit davrining eng muhim yutuqlaridan yana biri doimiy oziq-ovqatga ega bo‘lishdan iborat edi. Bu tarixiy hodisa mazkur davrda oddiy o‘troq dehqonchilik va uy chorvachiligining vujudga kelishi bilan bog‘liq edi. Shuni aytish lozimki, jahonning turli joylarida neolit davri turlicha kechgan. Ayrim o‘lkalarda neolit davrining oxirlariga kelib metalldan foydalanish boshlanadi. Dastlab mis qorishmasidan qurol-aslahalarni ishlab chiqish boshlangan. Shunday foydalanilgan metallardan dastlabkisi mis edi. Misdan foydalanish davri fanda eneolit yoki xalkomit nomi bilan ataladi. Eneolitning dastlabki bosqichi neolitdan keskin farq qilmaydi. Mis qurollar tosh qurollarni turmushdan siqib chiqarolmadi. Biz yuqori satrlarda so‘nggi paleolit va mezolit davrlarida hayvonlarni xonakilashtirishning ilk bosqichi xususida fikr yuritib, dastlabki vaqtda xonakilashtirilgan hayvonlardan biri it ekanligi haqida to‘xtalgan edik.. Ikkinchi ta’limot tarafdorlari fikricha, dastlabki chorvachilik ibtidoiy odamlarning turli guruhlari orasida Old Osiyo o‘chog‘idan farqli o‘laroq, avvalo, ikki o‘rkachli tuyaning xonakilashtirilishi O‘rta Osiyo bilan bog‘liq va bug‘u Sibir, ot Ovropa dashtlarida xonakilashtirilgan. Ishlab chiqarish xo‘jaligiga o‘tish bir vaqtda sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo oddiy dehqonchilik biroz avvalroq vujudga kelgan. Umuman qaralganda, dehqonchilik va chorvachilikning kashf qilinishi ma’lum darajada tabiiy muhit bilan bog‘liq bo‘lib, bu sohalarning rivojlanishi insoniyat tarixida ilk sivilizatsiyalarning shakllanishiga zamin yaratdi. 3. « Neolit inqilobi » va unga doir ilmiy qarashlar Kishilik tarixining ibtidoiy davrini o’rganish borasida jamoalarning ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o’tish, bu xo’jalik turining o’ziga xos xususiyatlari, kelib chiqish shart-sharoitlari va jamiyat rivojlanishiga ta’siri masalalari eng dolzarb sanaladi. Masalan, dolzarbligining yana bir qirrasi ibtidoiy odamzod va tabiat o’zaro aloqadorliklari muammolari bilan belgilanadi. Odamzod kishilik tarixi taraqqiyoti qaysi bosqichida yashamasin, ma’lum bir jamiyat quchog`ida bo’lib, o’sha davr o’ziga xos atrof-muhit, ekologik sharoiti bilan hamahonglikda yashagan. Aniqrog`i, odamzod paydo bo’ldimi, uning moddiy madaniyati ham 17 shakllangan, u moddiy madaniyat mazmunida esa, odamzod va tabiat o’zaro aloqadorliklari muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki kishilik tarixi taraqqiyotining ilk bosqichlarini o’z ichiga olgan ibtidoiy davrda odamzod hali tabiatga to’la qaram edi. Odamzod o’zini o’rab turgan atrof-muhit, tabiat stixiyali kuchlari sirlarini tushunmagan. Shubhasiz, bunga odamzod o’zining biologik jihatdan to’laqonli ravishda hali shakllanmaganligi ham ta’sir etgan. Bu faktni ham hitsobga olish zarur. Lekin, asta-sekinlik bilan bo’lsada odamzodning o’zi biologik jihatdan rivojlana borgan. O’zi yashab turgan atrof muhitni tushunishga harakat qilib, kunlik mashg`ulotlari jarayonida tajribalar orttirib borgan, mehnat qurollarini takomillashtirib, bu borada ixtiro va kashfiyotlar qilishganlar. Masalan, o’q yoy, kamon uchlari ham be’jizga yaratilmagan, sababi ekologik sharoit o’zgarishi, yangi o’simlik va hayvonat dunyosining vujudga kelishining o’zi ham shularga xos bo’lgan xo’jalik asoslari, hamda mehnat qurollarini taqoza etgan. Shuning o’zi ham inson va tabiatning o’zaro madaniy aloqadorliklarini bildiradi. Ibtidoiy jamoalar turli ekologik sharoitlarga tushib qolishi ular yaratgan moddiy madaniyatning o’ziga xos xususiyatlarida namoyon bo’lgan. Shu tariqa ma’lum mintaqalarda jamoalarning o’ziga xos xususiyatlari bo’lgan madaniyatlari shakllanib, hatto bir madaniyat tarkibida bir necha mahalliy xarakterga ega bo’lgan madaniyatlar majmuasi ham yuzaga kelgan. Masalan, O’rta Osiyo pasttekisligi mintaqasiga tarqalgan kaltaminar tarixiy madaniy jamoalar madaniyati va uning mahalliy madaniy variantlari(Oqchadaryo, Lavlakan, Quyi Zarafshon vohasi) shular jumlasidandir. Kishilik tarixi ibtidoiy davri jamoalar moddiy madaniyatini o’rganishda antropogenez jarayoni asosiy o’rinni egallaydi. aholining ba’zi madaniy vohalarga zichlashishi jarayoni yuzaga keldi; mulkchilikga bo’lgan munosabatlar o’zgardi, mehnat taqsimoti chuqurlashdi; jamoa a’zolarning kasbiy iqtisoslashuvi ro’y berdi. 20 Xullas, kishilik tarixi rivojida ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o’tish davri alohida,o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan, hamda jamiyatda tub sosial o’zgarishlarga olib kelgan davr sifatida ahamiyatlidir. Kishilik tarixi taraqqiyoti bosqichlari barchasida ma’lum ijtimoiyiqtsodiy va madaniy rivojlanishning yutuq va kashfiyotlari bo’ladi. Xususan, tosh davri jamoalari ham o’z kunlik turmush tarzida doimiy ravishda sharoitlarini yaxshilashga urinishganlar va bu borada ixtiro va kashfiyotlar qilishganlar. Mehnat qurollari takomillashtirilib borilgan. Odamzod o’zini o’rab turgan atrof-muhit, hamda tabiat hodisalarini tushunishga xarakat qilishganlar. Ishlab chiqarish vositalarining yanada takomillashib borishi asosida kishilarning turmush tarzida muxim sosial o’zgarishlar sodir bo’lgan. Odamzod kunlik yumushlari jarayonida mehnat malakalarini oshirib borishganlar. O’z ishlarining yetuk mutaxassislariga aylanishganlar. Tabiat hodisalarini ziyraklik bilan kuzatishi oqibatida tabiat sirlarini bilib olishganlar. Masalan, erta bahorda maysalar unib chiqishini payqab qolishganliklaridan asta- sekin soy, daryo, kichik suv havzalari qirg`oqlarida dehqonchilik xo’jaligining dastlabki kurtaklari paydo bo’lgan. Endi, biz ishlabchiqarish xo’jaligining dastlabki o’choqlari masalasiga to’xtalamiz. Ma’lumki, O’rta Osiyo va Yaqin Sharq xududlarining ibtidoiy jamoalari ibtidoiy davrdan, ya’ni paleolit ( mustye) dan e’tiboran moddiy madaniyatlari ba’zi jixatlari bilan o’zora o’xshashliklari borligi olimlarimiz tomonidan aniqlangan. Jumladan, A.P.Okladnikov, D.N.Lev, A.V.Vinogradov, G. F.Korobkova, va boshqa bir qator olimlar ilmiy ishlarida bu masala keng yoritilgan. Madaniy aloqadorliklar jamoalar moddiy madaniyati xususiyatlarida namoyon bo’lgan. Dehqonchilik va charvochilikka o’tish jarayoni nafaqat xo’jalik rivojida balkim, insoniyat jamiyati rivojida ham tubdan muxim sosial burilishlarga olib kelgan. «Neolit inqilobi» va undan keyin ro’y bergan sosial o’zgarishlarga berilgan baholarning kamchiligini arxeolog V.A.Shnirel’man quyidagicha izohlaydi. V.A.Shnirel’man fikricha, bu jarayonni o’rganishda u, jahon miqyosida turli regionlarda turlicha xususiyatlarga ega bo’lgan sharoitda kechganligini xisobga olish kerak. Aniqrog`i ishlab – chiqarish xo’jalik asosiga o’tish jahon miqyosida bir xil emas, turli tarixiy- madaniy va ekologik sharoitda ro’y bergan, hamda ular bu jarayondan keyingi ro’y bergan sosial o’zgarishlari bo’yicha farq qiladi. Bu jarayonlar rivojlanishi turli mintaqalarda turlicha darajada bo’lgan. Ana shu masalalarni oydinlashtirishda tadqiqotchi olim N.I.Vavilov ilmiy ishlari qimmatli hisoblanadi. N.I. Vavilov o’zining qator ilmiy ishlarida 1-chi bo’lib dehqonchilikning vujudga kelishi mintaqalarining birinchi va ikkinchi o’choqlari 22 masalasini ilmiy munozaraga tashladi. Bu masalani chuqur ilmiy tahlil qildi. U o’zining ilmiy izlanishlariga biografik faktlarni asos qilib oldi. So’nggi o’n yilliklar maboynida arxeologik, paleobotanik va paleozoologik tadqiqotlar natijasida qimmatli materiallarning qo’lga kiritilinishi bu masalaning yechimida keng imkoniyatlar yaratmoqda. Shu nuqtayi nazardan N.V.Vavilov tadqiqotning bevosita davomchisi, izdoshi hisoblangan V. A. Shnirel’manning ilmiy ishlari diqqatga sazovordir. XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar. 1.Shuhrat ergashev ,,Qadimgi svilizatsiyalar tarixi’’. 2.Авесто китобининг 2700 йиллиги. –«Авесто» китоби – тарихимиз ва маънавиятимизнинг илк ёзма манбаи» мавзуидаги илмий-амалий семинар материаллари. –Тошкент: 2000. 3. Аскаров А.А., Ширинов Т.Ш. Раняя городская культура эпохи бронзы юга Средней Азии. –Самарканд, 1993, 114-128 бб. 4. Асқаров А.А. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы юга Узбекистана. –Ташкент, 1977. 5. Асқаров А.А. Сапаллитепа. –Ташкент, 1972. 6. Асқаров Махкам. Авесто. –Тошкент: «Шарқ», 2001. 7. Аширов А. Этнология. Т.2014. 8. Аширов А., Атаджанов Ш. Этнология. Т.2007. 9. Богословский Е.С. «Слуги» фараонов, богов и частных лиц. М., 1979. Download 21.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling