Mavzu: Qandolat mahsulotlari tayyorlash


Download 0.86 Mb.
Sana23.04.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1391448
Bog'liq
qandolat mahsulotlari tayyorlash


7-Sinf
Mavzu: Qandolat mahsulotlari tayyorlash
Darsning ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga qandolat mahsulotlari tayyorlash sirlarini orgatish xamir turlari haqida tushuncha berish qandolat tayyorlash usullarini o’rgatish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarga qandolat tayyorlash ishlarida, texnika vositalariga rioya qilish va gigiyena talablariga ama qilish ruxida tarbiyalash.
Darsning rivojlantirish maqsadi: o’quvchilarga qandolatchilikka bo’lgan bo’lgan qiziqishini, bilim ko’nikma malakasini oshirish.
Darsning mafkuraviy maqsadi: o’quvchilarni milliy ruhdatarbiyalash.
Darsning kasbga yo’naltiruvchi maqsadi: o’quvchilarni kasbga bo’lgan qiziqishini oshirish pazandachilik sirlarini o’rgatish. Orastaikka, epchil chaqqonlikka bajariladigan ishlarida tejamkorlikka o’rgatish va qilishini oshirish, amaliy bajarish.
Dars

  1. Rasmlar, taomna retseplar kerakli mahsulotlar, anjomlar.

  2. Qiziqarli pazandachilikka yonaltirilgan qo’llanmalar ma’lumotlar darslik va kitoblar.

Darsning turi: suxbat, savol javob amaliy noan’anaviy baxs munozarali dars.
Darsning usuli: Yangi ped texnologiya klaster usullari, aralash.
Darsning borishi:
Tashkiliy

  1. Salomlashish

  2. Odob axloq

  3. Davomatni aniqlash

  4. Fan bilan bog’lash

  5. Manaviyat daqiqasi

  6. Yangi mavzuni bayon vazifa berish mustahkamlash

  7. O’quvchilarni bilimini baholash.

  8. Dars yakuni.

Oquvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish. Navbatchi yonlash.
Manaviyat daqiqasi.
Mamlakatimizda bo’layotgan kunlik yangiliklar haqida qiziqarli xabarlar.
O’tilgan dars yuzasidan savol javoblar.
Yangi dars bayoni.
Qandolatchilik mahsulotlar tayyorlash uchun moslamalar va jixozlangan ish o’rni tashkil qilish.
Qandolatchilik jixozlaridan foydalanib turli pishiriqlar tayyorlash.
Pazandachilik-taom tayyorlash sirlari taom va qandolatchilik mahsulotlarni tayyorlash uchun gigiyena talablariga amal qilish kerak. Ovqatlarni tartibga solish taomlarni xilma-xilligini ta’minlash, tayyorlangan taom va pishiriqlarni mazasiga va did bilan bezatib dasturxonga tortish, pazandachilikni asosini tashkil qiladi.
Pazandachilik moddiy to’ydirish va manaviy lazzatlash estetik zavq bag’ishlash xuzurlanish kishiga zavq bag’ishlovchi bir san’at turidir.
O’zbek pazandaligida taom tayyorlash usullari 5 turga bo’linadi.

  1. Qovurish usuli:

  1. ochiq qovurish shashlik pishirish gril pishirish

  2. o’simlik yog’I ya’ni qo’y yog’ida pishirish

  3. jazlash

  4. yog’ni eritib qovurish

  1. Qaynatish:

  1. suvda qaynatish

  2. sutda qaynatish

bularga sutli taomlar.

  1. Bug’lash

  1. qosqonda bug’lash

  2. qozonda damlash

  3. mahsus dimlanadigan buyumlarda dimlash

  1. Tandirda pishirish

  1. oddiy non yopadigan baland tandirda pishirish

  2. yer tandirda pishirish

  3. duhovkada pishirish

  1. Murakkab kombinasiyali pishirish

  1. qovurma sho’rva

  2. qovurib qaynatib dimlagan osh

Pazandachilikning turli millatlarda 100-1000lab taom tirlari mavjud. Ular orasida eng sevimli o’ziga xos kaloriyalari taomlarimiz mavjuddir bulardan hamma uchun sevimli bo’lgan palovdir. Palov o’zbegimizni, milliligimiz mexmondorchiligimizni namoyon etadi.
Xamirli taomlar.
Patirlar go’shli nonlar turli taomlar lag’monu mati xonimlar chak-chak turli timan shirinliklar.
Shirinliklar, pashmagu holvalar, qiyom va 100dan ortiq turlari mavjud bo’lgan turli tuman qandolatchilik maxsulotlari mavjuddir.
Oshpaz, salat tayyorlovchi nonvoy, qandolatchi kasblar haqida.
Oshpazlik kasbi ham eng mas’uliyatli kasb bo’lib o’zidan maxorat did va san’at asarini yaratish talab qilinadi. Chunki bular tayyorlangan taomlarni istemol qilib tanamiz yayrab xuzr baxsh etamiz. Oshpazlik kasbi xamma orzu qilinadigan va hammaga yoqadigan barchaga kunda kerak bo’ladigan sharafli kasbdir.
Nonvoychi kasbi ham o’zida juda sabr qanoat talab qilinadigan barcha insonlarni dasturhonini bezaydigan bir fahrli kasbdir.
Suvsiz hayotimizni tasavvur qilmaganidek nonsiz ham dasturhonimizni to’kinligini tasavvur qilolmaymiz. Chiroyli patirlaru gijda nonlar o’zbek millatimizni ko’rkidur.
Qandolatchilik kasbi ham xalqimiz dasturhoni mazaliy shirinliklar bilan dasturhonimiz ko’rki bo’lib xisoblanadi.Xolvaytardan tortib xolva pishirish novvot va pechenyelar pirog, mevali biskvitli pishiriqlar bularni barchasini biishimiz bu kasvlarni o’rganishimiz va qiziqishimiz sharofatidir.




O’tilgan dars savol javoblar orqali mustaxkamlash.
Dars yakuni dars davomida amalda bajarilgan ishlarni tekshirish o’quvchilarni baholash.
Uyga vazifa:
Otilgan mavzuni takrorlab o’rganib kelish.
Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling