Mavzu: Qarama qarshi sonlar Darsdan maqsad
Download 219.64 Kb.
|
1 2
Bog'liq5-синф
butun qismi, - aralash kasrning kasr qismi deyiladi.
O’qilishi: Yetti butun to’rtdan ikki. Har qanday noto’g’ri kasr natural son va to’g’ri kasrning yig’indisidir. Bunda natural son noto’g’ri kasrning butun qismi, to’g’ri kasr esa uning kasr qismi bo’ladi. 1-misol. noto’g’ri kasrni aralash kasrga aylantiring. 68 : 7 = 9 (5 qoldiq) 7-boluvchi (maxraj) 9-to’liqsiz bo’linma (butun) 5- qoldiq (surat) Shunday qilib, = 9 Noto’g’ri kasrni aralash kasr ko’rinishida yozish uchun, uni surati maxrajiga bo’linadi, hosil bo’lgan to’liqsiz bo’linma arakash sonning butun qismi, qoldiqning maxrajda nisbati esa aralash sonning kasr qismi bo’ladi. 2-misol. 7 aralash sonni noto’g’ri kasrga aylantiring. 7 = = Javob: 7 = Aralash sonni noto’g’ri kasrga aylantirish uchun, uning butun qismi kasr qismining maxrajiga ko’paytiriladi, ko’raytmaga kasr qismining surati qo’shiladi, hosil bo’lgan yig’idi noto’g’ri kasrning surati qilig yoziladi, maxraj esa o’zgarmaydi. MUSTAHKAMLASH. 1-guruh. Noto’g’ri kasrni aralash kasr ko’rinishida ifodalang. 26:9 = 2 (8 qoldiq) = 2 Javob: 2 2-guruh. Noto’g’ri kasrni aralash kasr ko’rinishida ifodalang. 32:12=2 (8 qoldiq) = 2 Javob: 2 3-guruh. Noto’g’ri kasrni aralash kasr ko’rinishida ifodalang. 29:7 = 4 (1 qoldiq) = 4 Javob: 4 4-guruh. Noto’g’ri kasrni aralash kasr ko’rinishida ifodalang. 17:3=5 (2 qoldiq) = 5 Javob: 5 5-guruh. Noto’g’ri kasrni aralash kasr ko’rinishida ifodalang. 27:5=5 (2 qoldiq) = 5 Javob: 5 Endi aralash kasrlarni noto’g’ri kasrga aylantiramiz. Har bir guruh 2ta aralash kasr yozib, misollarni bir-birlari bilan almashadilar. Ishlangan misollarni qaysi gurun misollari bo’lsa o’sha gurun tekshiradi. Misollar. 1) 3 = = ; 2) 7 = = 3) 6 = = ; 4) 2 = = ; 5) 12 = = V. UYGA VAZIFA. 593, 594 VI. BAHOLASH. VII. YAKUNLASH. Sana: «___» _____________ 201__ y. Mavzu: NATURAL SONLARNI YAXLITLASH Darsning maqsadi: Natural sonlarni yaxlitlash haqida ma’lumot berish. Misollar bilan tushuntirish. Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________ Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash; 2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish; 3. Yangi mavzuni yoritish: NATURAL SONLARNI YAXLITLASH Amaliyot masalalarida ko’p xonali natural sonlarni yaxlitlashga, chamalashga ehtiyoj seziladi. Bu haqda to’laroq ma’lumot kelgusida beriladi. Natural sonlarni yaxlitlashda ushbu qoidalarga rioya qilinadi: Yaxlitlashda natural sonning biror xonasigacha raqamlari saqlanib, qolgan raqamlari nollar bilan almashtiriladi. Bunda hosil bo’lgan son dastlabki songa taqriban teng deyiladi «» - taqriban tenglik belgisi. 1- qoida. Agar saqlanayotgan oxirgi xonadagi raqamdan keyin kelayotgan raqam 5 dan kichik (ya’ni 0, 1, 2, 3, 4) bo’lsa, u holda saqlangan xonadagi raqam o’zgartirilmaydi. 2- qoida. Saqlanayotgan oxirgi xonadagi raqamdan keyin kelayotgan raqam 5 va undan katta (ya’ni 5, 6, 7, 8, 9) bo’lsa, u holda saqlangan xonadagi raqamga 1 qo’shiladi. Natural sonlarni yaxlitlash o’nlar xonasidan boshlanadi. Kattaroq sonlarni yaxlitlaganda ko’pincha natijadagi nollarni yozmasdan, yaxlitlangan son yoniga qisqartirilgan «ming», «mln» (million) va «mlrd» (milliard) so’zlari yozilishi mumkin: 12087234 12 mln; 7235678019 7 mlrd. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash: 52. Qo’sh tengsizlikning orasida turgan son ikkita chetki sonlardan qaysi biriga yaqin? 1) 30 < 36 < 40; 3) 100 < 155 < 200; 5) 500 < 565 < 600; 2) 79 < 82 < 90; 4) 350 < 365 < 390; 6) 700 < 749 < 800. 53. Berilgan sonlar orasida ko’rsatilgan songa yaqin turgan 4 ta sonni yozing: 1) 190 bilan 206 sonlari orasidan 200 soniga yaqinini; 2) 600 bilan 610 sonlari orasidan 605 soniga yaqinini. 54. 3017, 7723, 9099, 26548, 24807 sonlarini: 1) o’nlar; 2) yuzlar; 3) minglar xonasigacha yaxlitlang. 55. Daryolarning uzunligini yuz kilometr aniqligida ifodalang: 1) Amudaryo (Jayxun)ning uzunligi 1415 km; 2) Sirdaryo (Sayxun)ning uzunligi 2212 km. 56. 1) Maktab kutubxonasida 36470 ta kitob bor. Kutubxonada taqriban: a) necha ming; b) necha o’n ming kitob bor? 2) O’xshash masalani maktabingiz uchun tuzib, yeching. 57. Avtobusda 43 ta yo’lovchi bor. Quyidagi miqdorlardan qaysi biri aniqroq; 40 ta yo’lovchi bor yoki 50 ta yo’lovchi? 61. O’zbekiston Respublikasi davlat chegarasining umumiy uzunligi 6221 km. Uni: 1) o’nkilometrgacha; 2) yuz kilometrgacha; 3) ming kilometrgacha aniqlikda yaxlitlang. 5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash; 6. Uyga vazifa ________________________ Download 219.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling