Mavzu: qarama-qarshi sonlar
Download 15.13 Kb.
|
qarama-qarshi sonlar
MAVZU:QARAMA-QARSHI SONLAR. Bir-biridan faqat ishorasi bilan farq qiladigan sonlar qarama-qarshi sonlar deyiladi.Qarama-qarshi sonlar koordinata to‘g‘ri chizig‘ida sanoq boshidan bir xil uzoqlikda joylashgan bo‘ladi.3 va -3 sonlari qarama-qarshi sonlar-5 va 5; 2 va -2; -8 va 8- 2 va 2; Har qanday sonning oldiga minus “–” ishorasi qo‘yilsa, shu songa qarama-qarshi son hosil bo‘ladi - 2 va 2;-(-k) = k 6 va - 6; - 2 va - (-2 ) = 2; Umuman, k soniga qarama-qarshi son –k, ya’ni formula o‘rinli. 1-xossa. Koordinata o‘qida har qanday songa qarama-qarshi faqat bitta son mos keladi 2-- xossa. Musbat songa qarama-qarshi son manfiy son, manfiy songa qarama-qarshi son musbat son bo‘ladi.3- xossa. 0 soni o‘ziga o‘zi qarama-qarshi sondir: 0 = -0 = +0.Sonning moduli deb koordinata to‘g‘ri chizig‘ida sanoq boshidan shu songa mos keluvchi nuqtagacha bo‘lgan masofaga aytiladi Butun sonlar to'plami. Son o'qida 0, 1,2, ... sonlarini hamda , -1, -2, -3, ... sonlarini tasvirlashni o'rganib oldik: Butun sonlar qatorida 0 sonidan o'ngda joylashgan 1, 2, 3, ... sonlari natural sonlar yoki butun musbat sonlar deb ataladi. Butun sonlar qatorida 0 sonidan chapda joylashgan -1, -2, -3, ... sonlari butun manfiy sonlar deyiladi. Odatda, ..., -2, -1, 0, 1, 2, ... butun sonlar qatori butun sonlar to'plami deyiladi va Z harfi bilan belgilanadi: Shunday qilib, butun sonlar to'plami barcha natural sonlar, butun manfiy sonlar va nol sonidan tashkil topgan. 1-misol. Tenglik to'g'ri bo'lishi uchun qavs ichiga qanday sonni yozish kerak: 1) -(...) = -65; 2) -(...) = 9,9; 3) -(...) = 42; 4) -(.-) = -0,5; 5) -(...) =-19; 6) -(...) = 6,7 Javob:
1) -(65) = -65; 2) -(-99) = 9,9; 3) -(-42) = 42; 4) -(0,5) = -0,5; 5) -(19) =-19; 6) -(-6,7) = 6,7 2-misol. Tengliklardan qaysi biri to'g'ri: l) -(-7) = 7; 3) +9,8 = -(+9,8); 5)-8 = -(+8); 2) -(+9) =-9; 4) -(+11) = -11; 6) -(-32) = 32 Javob:
3-misol. 1) Son o'qida -32,8 va 32,8 sonlari orasida nechta butun son joylashgan? 2) Son o'qida -a va a butun sonlar orasida nechta butun son joylashgan? (a - natural son.) Javob: 1) 65 ta butun son; 2) (2a-1) ta butun son joylashgan. Download 15.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling