Mavzu: Qarz oluvchi faoliyatini moliyaviy tahlil qilish


TOMONLARNING JAVOBGARLIGI


Download 66.82 Kb.
bet5/7
Sana11.02.2023
Hajmi66.82 Kb.
#1190110
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abduraxmanov Timur investitsiya

TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
Asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilganda (muddati oʻtgan kredit), Qarz oluvchi Kreditorga butun kechiktirilgan davr uchun shartnomada belgilangan foiz stavkasining Asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilganda qarz oluvchi shartnomada belgilangan foiz stavkasining qanchasi miqdorida foiz to‘laydi miqdorida foiz toʻlaydi.
Mazkur shartnomada koʻrsatilgan muddatda kredit ajratilmaganda, Kreditor qarz oluvchiga kechiktirilgan toʻlovning har bir kuni uchun kechiktirilgan toʻlov summasining Muddatida to‘lanmagan foizlar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan penya miqdori foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 50 % dan oshmagan miqdorda penya toʻlaydi.
Tomonlarning foiz yoki penyalar toʻlashi shartnoma shartlarini bajarish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Mazkur shartnomada belgilanmagan holatlar uchun javobgarliklar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
8.1. Tomonlar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik yoki nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etadilar.
8.2. Shartnoma yuzasidan nizolar muzokaralar yoʻli bilan hal etilmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan sud tartibida hal etiladi.
FORS-MAJOR HOLATLAR
Agar shartnoma imzolangandan soʻng, Tomonlarning erki va istagiga bogʻliq boʻlmagan hamda oldindan koʻra bilib yoki oldini olib boʻlmaydigan, favqulodda vaziyatlar oqibatidagi yengib boʻlmas kuch tufayli Tomonlar mazkur Shartnoma boʻyicha olgan majburiyatlarini qisman yoki toʻliq bajara olmasalar (fors-major), buning uchun ular javobgar boʻlmaydilar.
Taraflar fors-major holatlari vujudga kelganligi va tugaganligi haqida imkon qadar zudlik bilan yozma ravishda bir-birlarini xabardor qilishlari lozim.
Fors-major holatiga asoslanayotgan Tomon, vakolatli davlat idorasining bunday xolatlarni vujudga kelganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatini taqdim etishi shart.
BOSHQA SHARTLAR
10.1 Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilib, shartnomaning bir nusxasi Kreditorda, ikkinchi nusxasi Qarz oluvchida saqlanadi.
10.2. Ushbu shartnoma Tomonlar imzolagan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va ular oʻz majburiyatlarini toʻliq bajargunga qadar amalda boʻladi.
10.3. Ushbu shartnomaning shartlarini oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali amalga oshiriladi. Mazkur shartnomaga kiritiladigan har bir oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma ravishda tuzilib, Tomonlar yoki ularning vakolatli vakillari tomonidan imzolangandan soʻng haqiqiy hisoblanadi. Barcha oʻzgartirish, qoʻshimchalar va ilovalar mazkur shartnomaning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.
10.4. Ushbu shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishida Qarz oluvchi kredit boʻyicha asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni toʻliq qaytarishi toʻlashi shart.
10.5. Mazkur shartnomada koʻzda tutilmagan, u bilan bogʻliq boʻlgan barcha munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

Download 66.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling