Mavzu: Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda undiruvni qaratish tartibi. Kim oshdi savdosini o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish
Download 1.04 Mb.
|
Zaripboyev Sarvar Ijro ishini yuritish1
«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 62-moddasi 2-qismiga ko‘ra xo'jalik sudining qarzdorni bankrot deb topish va tugatish ishini yuritishni ochish to ‘g‘risidagi qarorining ko‘chirma nusxasi olinganda, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organdan qarzdorning ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to ‘g‘risida xabarnoma olinganda sud ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlaydi, bundan mulk huquqini e'tirof etish to‘g‘risidagi, ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi, mol-mulkni o‘zga shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish to‘g‘risidagi, bitimlarni haqiqiy emas, deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo'llash haqidagi ijro ishi yuritishlar mustasno.Ijro ishi yuritishni tugatish bilan bir vaqtda sud ijrochisi ijro ishi yuritish davomida qarzdorning mol-mulkiga o‘zi qo‘ygan xatlovlarni va ushbu mol-mulkni tasarruf qilishga doir boshqa cheklovlarni olib tashlaydi.Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qo‘shib yuborilgan, qo‘shib olingan, bo‘lingan, ajratib chiqarilgan, o‘zgartirilgan) taqdirda, ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdor yuridik shaxsning majburiyatlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq zimmasiga javobgarlik yuklatilgan yuridik shaxsning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkiga qaratiladi.Ijro ishi yuritish tamomlangan ijro hujjatlari sud ijrochisining ijro ishi yuritishni tamomlash to ‘g‘risidagi qarorining ko‘chirma nusxasi bilan birgalikda ijro ishi yuritish tamomlangan kundan e'tiboran uch ish kuni ichida tugatuvchiga yuboriladi. Sud ijrochisi ijro hujjati tugatuvchiga yuborilganligi haqida undiruvchiga ma’lum qiladi.Ijro ishi yuritish tamomlangan ijro hujjatlari sud ijrochisining ijro ishi yuritishni tamomlash to ‘g‘risidagi qarorining ko‘chirma nusxasi bilan birgalikda ijro ishi yuritish tamomlangan kundan e'tiboran uch ish kuni ichida tugatuvchiga yuboriladi. Sud ijrochisi ijro hujjati tugatuvchiga yuborilganligi haqida undiruvchiga ma’lum qiladi.Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling