Mavzu: Qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o’zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarini ijro etishning umumiy shartlari


Download 0.69 Mb.
Sana15.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1476842
Bog'liq
Qurbonov Sardor 212.I

Mavzu: Qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o’zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarini ijro etishning umumiy shartlari

REJA:

1. Sud hujjati va boshqa organ hujjatlarini ijro etish muddatlari

2. Qarzdor ijro hujjatining talablarini sud ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etmaganligi

3. Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etishdan bo’yin tovlash

  • «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 71-moddasi 1-qismiga muvofiq, sud ijrochisi qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijroJiujjati bo‘yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atayotganda ularni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun unga besh kunlik muddat belgilaydi.

Bunda ikki holatni nazarda tutish kerak: birinchidan, sud ijrochisi mulkiy xususiyatlarga ega bo‘lmagan ijro hujjatlari bo‘yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to ‘g‘risida qaror chiqarishda ijro hujjatining o‘zida uni ijro etish muddatlari ko‘rsatilmagan hollardagina uni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun besh kunlik muddat belgilaydi

Ikkinchidan, mulkiy xususiyatlarga ega bo'lmagan ijro hujjatlari bo'yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorda qarzdorga ijro hujjati talablari ixtiyoriy ijro etish uchun belgilangan muddatda ijro etilmagan taqdirda qarzdordan ijro yig‘imi (jismoniy shaxslardan — bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari, yuridik shaxslardan esa —bazaviy hisoblash miqdorining o‘n barobari miqdorida) undirilishi tushuntirilishi kerak.

Sud javobgar zimmasiga mol-mulk yoki pul berish bilan bog‘liq bo‘lmagan muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklaydigan hal qiluv qarorida, agar javobgar hal qiluv qarorini belgilangan muddatda bajarmasa, da'vogar bu harakatlarni javobgarning hisobidan bajarib, qilgan xarajatlarini keyinchalik javobgardan undirib olishga haqlidir, deb ko‘rsatishi mumkin. Agar mazkur harakatlar faqat javobgar tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lsa, sud hal qiluv qarorida uni bajarish lozim bo‘lgan muddatni belgilab qo'yadi (FPKning 211-moddasi)

Ijro hujjatida uni ijro etmaslik oqibatlari ko‘rsatilishi mumkin. Bunday hollarda sud ijrochisi ixtiyoriy ijro uchun belgilangan muddat ichida ijro hujjatining talablari bajarilmaganligiga ishonch hosil qilgach, buhaqida dalolatnoma tuzadi. Sud ijrochisi bu dalolatnomani, ijro hujjatida ko'rsatilgan oqibatlarini qoilash uchun, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga yuboradi. Bunda sud ijrochisi ijro hujjatini sud yoki uni bergan boshqa organga qaytarish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Sud ijrochisi ijro hujjatining o‘zi belgilagan muddatda ixtiyoriy ravishda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Qarzdor ijro hujjatining talablarini sud ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etmagan taqdirda, sud ijrochisi qarzdorga nisbatan ma'muriy jazo qo‘llaydi, sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlagan taqdirda esa uni jinoiy javobgarlik to‘g‘risida yozma shaklda ogohlantiradi. Qarzdor shundan so‘ng ham ijro hujjatini ijro etishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud ijrochisi qonunda belgilangan tartibda uni jinoiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘radi.

Agarda ijro hujjatini qarzdorning ishtirokisiz ijro etish imkoni bo‘lsa, sud ijrochisi ijroni undiruvchi tomonidan bo‘nak tarzida o‘tkazilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiradi, ijro xarajatlari qarzdordan undirib olinadi.

Qarzdorning ijro hujjatini uning ixtiyoriy ravishda ijro etilishi uchun belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etmasligi yoki uning zimmasiga muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini uzrsiz sabablarga ko‘ra sud ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmasligi, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, 0‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida, muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlashni ma'muriy jazo qoilanilganidan keyin davom ettirish, shuningdek, sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilganlik uchun aybdor shaxslar, eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanishi nazarda tutilgan

0‘sha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch oydan olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling