Mavzu: Qatorga uyumlovchi o‘rgichlar. Vazifasi va tasniflanishi. Tuzilishivaish jarayoni


Download 0.6 Mb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1550014
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish 1


Mavzu: Qatorga uyumlovchi o‘rgichlar. Vazifasi va tasniflanishi. Tuzilishivaish jarayoni.
Qatorga uyumlovchi о‘rgichlar donli boshoqli va о‘simliklarni alohida о‘rish, ularni tо‘liq pishishi hamda qurishi uchun qator uyumlarga joylashtirish uchun mо‘ljallangan.
Qatorga uyumlovchi о‘rgichlar tirkama yoki kombayn, traktor va о‘ziyurar shassiga osib ishlatiladi. Kesish apparatining joylashishiga kо‘ra ular frontal va yonlamalarga bо‘linadi.
Vazifasiga kо‘ra uyumlovchi о‘rgichlar umumiy vazifadagi va ma’lum bir ekinlarni yig‘ish uchun maxsuslarga bо‘linadi
Qator uyum hosil qilish usuliga kо‘ra uyumlovchi о‘rgichlar bir, ikki va uch oqimlilarga bо‘linadi. Bir oqimlilar qatorga uyumni о‘rgichning konstruktiv qamrash kengligi chegarasidan tashqarida shakllantiradi. Ikki oqimlilar о‘rgich platformasi oxirida joylashgan darcha orqali qator uyumni hosil qiladi. Bunda о‘rilgan massani bir oqimi о‘rgich transportyori bilan, ikkinchisi esa qirqish apparati ortida joylashgan chiqarish darchasi orqali hosil qilinadi. Uch oqimli о‘rgichlarda qator uyum markaziy darchada hosil qilinadi. Markaziy darchaning ikki tomonida bir-biriga qarama-qarshi oqim hosil qiladigan ikkita transportyor joylashgan, uchinchi oqim esa tashlash darchasida hosil qilinadi
Donli, don-dukkakli va dag‘al ekinlarni о‘rish uchun osma JVN-6, JVN-6A, JShN-6-12, JNS-6-12, JVR-10, JRB-4,2, JNU-4,0, va tirkama – JRS-4,9A
о‘rgichlari ishlatiladi.
Osma frontal JVN-6 о‘rgichining qamrash kengligi 6 m bо‘lib, u SK-5 va SKD-6 kombaynlariga osib ishlatiladi. О‘rgich sharnirli osilgan muvozanatlash korpusiga ega bо‘lib, u berilgan о‘rish balandligida dala relyefiga bо‘ylama va kо‘ndalang yо‘nalishlar bо‘yicha avtomatik moslashadi. О‘rgich odatdagi besh plankali yoki universal ekstsentrikli motovilo va poya kо‘targichlar kо‘rinishidagi qо‘shimcha jihozlar bilan ta’minlangan. Asosiy g‘allachilik hududlarida qо‘llaniladi.
Osma, tezkor, qamrash kengligi 6 m JNS-6-12 о‘rgichidan don massasini
daladan bir о‘tishda 6 m, ikki о‘tishda 12 m kenglikda о‘rish va qatorga uyumlash uchun foydalaniladi. Qо‘shimcha jihozlar sifatida universal ekstsentrik motovilo, poya kо‘targichlar va rostlanadigan bо‘lgichlar xizmat qiladi.
Osma, keng qator uyumlash о‘rgichi JShN-6 yoki JShN-6-12 о‘rilgan
poyalarni yupqa qatlamli keng qator uyumlarga boshoqlarni uning sirtida
joylashtirib yotqizadi. Bunday qator uyumlar tezroq quriydi, natijada g‘allani yig‘ish jadallashadi va don nobudgarchiligi kamayadi. Shuning uchun bu о‘rgich yog‘ingarchilik kо‘p bо‘lgan hududlarda g‘alla yig‘ishda qо‘llaniladi. Boshoqlarni qator uyum sirtida joylashtirish maqsadida uning platformasi irg‘ituvchi qirrasi va shamol qalqoni qirqish apparati bilan о‘tkir burchak hosil qilib joylashtirilgan. О‘rgich SK-5 va SKD-6 kombaynlariga osib ishlatiladi

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling