Mavzu: Qatorga uyumlovchi o‘rgichlar. Vazifasi va tasniflanishi. Tuzilishivaish jarayoni


Download 0.6 Mb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1550014
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish 1

Motoviloni rostlanishi. Motoviloni balandlik bо‘yicha va kesish apparatiga nisbatan chiqishi shunday о‘rnatiladiki, bunda barmoqlar brusida poyalar yig‘ilib (tо‘dalanib) qolmasligi va о‘rgich transportyoriga bir tekis yotqizilishi zarur.
Tik holatdagi balandligi 0,8-1,2 m gacha bо‘lgan poyalarni yig‘ishda
motovilo valini pichoq chizig‘idan 60-70 mm chiqariladi, balandlik bо‘yicha esa parraklar (planka) poyalarga ularning о‘rtasidan yuqoriroqdan, lekin, shu bila birga boshoqlardan pastroqdan ta’sir etadigan qilib о‘rnatilad.
Past bо‘yli poyalarni о‘rishda esa motoviloni chiqishini 20-50 mm gacha kamaytiriladi va uni imkon qadar tushiriladi.
Yotib qolgan poyalarni yig‘ishda о‘rgich poyalarni yotib qolish yо‘nalishi bо‘yicha yoki unga nisbatan burchak ostida harakatlanayotgan bо‘lsa, u hold motovilo oldinga chiqariladi va eng pastki holatiga tushiriladi.
О‘rgich poyalarni yotib qolish yо‘nalishiga qarama-qarshi yо‘nalishda harakatlanganda motovilo kesish apparatiga yaqinlashtiriladi.
Parallelogramm motoviloda xaskashlarining qiyaligi va ulardagi parraklar
holati rostlanadi. Yotib chatishib ketgan poyalarni yig‘ishda xaskash tishlari orqa tomonga vertikal chiziqqa nisbatan 20-30° burchak ostida burab qо‘yiladi. Past bо‘yli tik holatdagi poyalarni yig‘ishda xaskashlar о‘rniga parraklar о‘rnatish va elastik ustquymalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Poyalar baland va qalin bо‘lganda xaskashlar yoki parraklar (planka) ni vertikal о‘rnatish kerak, shnekli transportyorda esa xaskashlarni tishlari bilan oldinga 20-30° ga burash kerak.
JVN–6 о‘rgichida motovilo balandlik bо‘yicha harakatlanishi mobaynida gidrotsilindrlar yordamida rostlanadi, gorizontal yо‘nalishda esa tо‘xtash paytida tayanchlardagi polzunlarni qо‘lda siljitib rostlanadi. JRS-4,9A о‘rgichida bu ikkala rostlanish harakatlanish mobaynida gidrotsilindrlar orqali rostlanadi.
QISHLOQ XO‘JALIK MASHINALARI
Motoviloning aylanish chastotasi shunday о‘rnatilishi kerakki, bunda
parraklar aylanma tezligi о‘rgichning ilgarilanma tezligidan 1,2-1,8 marta katta bо‘lishi kerak. Agar tezlik 9-10 km/soatdan oshirilsa, u holda, motovilo olib qо‘yiladi.
Motovilo saqlash muftalari 100 N·m burovchi momentni uzatishga
rostlanadi.
Transportyorlarni rostlash. Transportyorlarni taranglanish bо‘yicha
о‘rnatishda ularning shataksiramasligi va haddan tashqari taranglanmasligi kо‘zda tutiladi.
Tasma va yо‘naltirgichlar orasidagi tirqish ikkala tomondan ham bir xil bо‘lishi lozim. Transportyorlar tarangligi kichik vallarni siljituvchi tasmalar va taranglash qurilmalari orqali rostlanadi.
Boshqa rostlanishlar. Qatorlarga uyumlarni tо‘g‘ri shakllantirish uchun bо‘lgichlarning poya qaytargichlar, chiqish darchasining yо‘naltiruvchi qalqoni holati rostlanadi, ba’zan (yuqori hosildor ekinlarni yig‘ishda) о‘rgich qamras kengligi 5 m gacha kamaytiriladi.
Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling