Mavzu: Qatorga uyumlovchi o‘rgichlar. Vazifasi va tasniflanishi. Tuzilishivaish jarayoni


Download 0.6 Mb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1550014
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish 1

2-§. Tuzilishi va ish jarayoni
О‘rgichlarning asosiy ishchi organlari: kesish apparati, motovilo va
transportyorlar. О‘rgich harakatlanganda aylanma harakatlanayotgan motovilo
poyalarni ma’lum miqdorda kesish apparatiga olib keladi, ularni qirqish paytida tutib turadi va qirqilgan poyalarni transportyorga uzatadi. Transportyor esa qirqilgan poyalarni chiqarish darchasi tomon siljitadi va ular ang‘izga tushib, qator uyum hosil qiladi.
О‘rgichlarda har xil turdagi transportyorlar va motovilolar qо‘llaniladi. Transportyorlar sxemasi 1-rasmda keltirilgan.



1-rasm.
Uyumlovchi о‘rgichlar transporttyorlari sxemalari:
a va b – tirkama; v – osma frontal; g – keng qamrovli.
Motovilolar tuzilishi va ishlashiga kо‘ra qо‘zg‘almas parrakli, ekstsentrikli yoki parallelogrammli, moslanuvchan turlarga bо‘linadi.
QISHLOQ XO‘JALIK MASHINALARI
Qо‘zg‘almas parrakli motovilo (242a-rasm) val 4 ga о‘rnatilgan krestovina 3, nurlar 2 bilan qо‘zg‘almas biriktirilgan parraklar 1 dan iborat. Nurlar bir-bir bilan qо‘zg‘almas qilib kergich 5 lar yordamida bog‘langan. Bunday turdagi motovilo tik turgan holatdagi ekinlarni о‘rishda qoniqarli ishlaydi. Yotib qolgan va chalkashib ketgan g‘allani о‘rishda motovilo parragi poyani yerdan kо‘tarib ololmaydi va kesish apparatiga olib kelmaydi. Bu esa don nobudgarchiligiga olib keladi. Bunday motovilo past bо‘yli poyalarda ham qoniqarsiz ishlaydi. Bu motovilo parraklari uchini I-I trayektoriyasi bо‘yicha siljiganida, kesish apparati
7 dan uzoqda bо‘lishi tufayli undan qirqilgan о‘simliklarni olmasligidan kelib chiqadi. Chunki bunda о‘rilgan о‘simliklar yerga qaytib tushadi. Bundan tashqari I-I trayektoriyasi va о‘rgich shneki 6 orasidagi zonada (rasmda shtrixlangan) ekinlar yig‘ilib qoladi. Bu esa ishchi organlar ishiga xalaqit beradi va don nobudgarchiligi yuzaga keladi. Ekstsentrikli (parallelogrammli) motovilo (242brasm) val 4, nurlar 2, halqa 11 va prujina barmoq 9 li quvur 8 dan iborat.
Quvurlar nurlar podshipniklariga о‘rnatilgan (sharnir B) va krivoship bilan halqa nurlari 10 orqali sharnirli (sharnir C) bog‘langan.

Nurlar 2 A sharnirga nisbatan, nurlar 10 esa D sharnirga nisbatan aylanadi.


A va D sharnirlar orasidagi masofa BC uzunligiga teng, AB ning uzunligi esa DC masofaga teng. Shunday qilib, nurlar 2 va 10, quvur krivoshipi BC va
qо‘zg‘almas zveno AD parrallelogramm mexanizm ABCD ni tashkil etadi. Val 4
aylanganda zvenolar AB//DC va AD//BC ligi saqlanib qoladi. AD zveno о‘z
holatini о‘zgartirmasligidan BC zveno harakatlanish jarayonida о‘ziga-о‘zi parallel qoladi, ya’ni, aylanib ilgarilanma harakatlanadi. BC zveno (quvur) bilan qо‘zg‘almas biriktirilgan barmoqlar va parraklar ham xuddi shunday harakatlanadi.
Barmoqlarning qiyalik burchagi α ni D о‘qning holatini о‘zgartirib rostlasmumkin. Bu esa motoviloni poyalarning holatiga qarab optimal sozlashda kerak bо‘ladi.
Parallelogrammli motovilo tik va yotib qolgan g‘allalarni о‘rishda qoniqarli ishlaydi, lekin past bо‘yli ekinlarni shnekka yaxshi uzatib bera olmaydi.
Parallelogrammli motovilo tik va yotib qolgan g‘allalarni о‘rishda qoniqarliishlaydi, lekin past bо‘yli ekinlarni shnekka yaxshi uzatib bera olmaydi.
Moslanuvchan motovilo (2-rasm) jilovli 12 nurlar bilan ta’minlangan
Jilovlar g‘altaklari murakkab shakldagi abs yо‘lakchada harakatlanadi,bunda nurlarga mahkamlangan parraklar nuqtalari kesish apparati 7 va shnek 6 gayaqin trayektoriya bо‘yicha harakatlanadi. Bu esa ishchi organlarga massani bir tekis yetkazib berilishini ta’minlaydi.
Past bо‘yli ekinlarni о‘rib-yig‘ishda о‘rgichlar shunday motovilolar bilan jihozlanadi.
Osma qatorga uyumlash о‘rgichi JVN-6A ning tuzilishi 3-rasmda keltirilgan.
JVN-6A о‘rgichi asosiy korpus va о‘rnatish korpusi 9 dan (4-rasm)
tashkil topgan. Asosiy korpusga segment-barmoqli kesish apparati 1, motovilo 12, transportyor 2, bort tо‘siq 3 va bо‘lgichlar 14 mahkamlangan
Korpus 9 о‘rgichning asosiy korpusiga sferik sharnir orqali biriktirilgan vaikkala tomondan muvozanatlash yelkalari yordamida prujinalar 8 ning ikkitablokiga osib qо‘yilgan. Bunday biriktirish natijasida о‘rgich о‘rnatish korpusiganisbatan kо‘ndalang va bо‘ylama yо‘nalishda siljiydi. Bundan tashqari, о‘rnatishkorpusi ikkita gidrotsilindrga tayangan va ular о‘rgichni kо‘taradi yoki tushiradi.
Kesish apparati 1 ning pichog‘i ekstsentrikli valdan shatun 5 orqali qaytmailgarilamaharakatga keltiriladi. Qirqish va qarshi qirqish qismlarining qadamhamda pichoqning о‘tish yо‘li 76,2 mm ga teng.
Motovilo 12 krestovinalari bor valdan iborat bо‘lib, uning yoylariga
prujinali barmoqlar bilan ta’minlangan beshta parrak 13 mahkamlangan. Motovilotutqichlar 7 ga о‘rnatilgan bо‘lib, ular gidrotsilindrlar 4 shtokiga tayangan.
Motovilo aylanishlar chastotasini 22 dan 58 min-1 gacha о‘zgartirish imkonini beradigan variator 6 dan tasmali uzatma orqali harakatlanadi. Motovilo valiga friktsion saqlash muftasi о‘rnatilgan.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling