Mavzu: Qatorga uyumlovchi o‘rgichlar. Vazifasi va tasniflanishi. Tuzilishivaish jarayoni


Download 0.6 Mb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1550014
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish 1

3-rasm. Motovilolar sxemasi:
a – qо‘zg‘almas parrakli; b – ekstsentrikli (parallelogrammli); v – moslanuvchan; 1 – parrak; 2 – nur; 3 – krestovina; 4 – val; 5 – kergich; 6 – shnek; 7 – kesish apparati; 8 – quvur; 9 – prujinali barmoqlar; 10 – halqa nurlari; 11 – halqa; 12 – jilov.
QISHLOQ XO‘JALIK MASHINALARI
Transportyor 2 beshta tasma-plankali lenta-rezina qо‘shib ishlangan
tasmalardan iborat bо‘lib, ularga yog‘och plankalar mahkamlangan. Lentalar
yetakchi va yetaklanuvchi valiklarga tortilgan va о‘rgich tо‘shamasi ariqchalarid siljiydi. Valiklar tо‘siq va pichoqlar bilan ta’minlangan bо‘lib, ular о‘simli massasini о‘ralib qolishini oldini oladi. Lenta vintli yoki tasmali qurilma vositasida taranglanadi.

Ish organlari о‘rgich valining qaytarib uzatish yuritmasidan harakatga


keltiriladi. Ish jarayonida motovilo kesish apparatiga poyalarning ma’lum bir miqdori (porsiya) ni keltiradi va qirqilgan poyalarni transportyor lentasiga uzatadi. Darcha 15 ga siljitilgan va uning rо‘parasida qirqilgan poyalar ang‘izga uyumlab ketiladi.
Kesish apparatining rostlanishi. Segmentlar va barmoqlar
vkladishlarining old tomonidagi tirqish 0,5 mm, orqa tomonida esa – 1 mm dan
ortiq bо‘lmasligi zarur. Segmentlar va qisuvchi panjalar orasidagi tirqish 0,5 mm gacha ruxsat etiladi. Tirqishlarni bunday о‘rnatishga barmoqlar brusini, barmoqlarni rixtovka qilib va qisuvchi panjalarni engashtirib erishiladi.




4-rasm. Osma uyumlovchi о‘rgich JVN-6A:
1 – kesish apparati; 2 – transportyor; 3 – bort tо‘siq; 4 – gidrotsilindr; 5 – shatun; 6 – variator; 7 – motovilo tutqichi; 8 – prujinalar bloki; 9 – о‘rnatish korpusi; 10 – shamol tо‘sig‘i; 11 – yо‘naltiruvchi tо‘siq; 12 – motovilo; 13 – parrak; 14 – bо‘lgich;
15 – darcha.

3-§. Uyumlovchi о‘rgichlarning rostlanishlari
JVN-6, JVN-6-12 о‘rgichlarida pichoqning chekka holatlarida segmentlar
о‘q chiziqlarining barmoqlar о‘q chiziqlari bilan mos tushmasligiga 5 mm gacha ruxsat etiladi. Bunda pichoqning holati shatun uzunligini о‘zgartirib rostlanadi.
JRS-4,9A о‘rgichlarida pichoqning chekka holatlarida segmentlar о‘q
chiziqlari har qaysi ikkinchi barmoqning о‘q chizig‘iga yetib borishida 6mm qoladi.
О‘simliklarni kesish balandligi JRS-4,9A о‘rgichida platforma qiyali burchagini о‘zgartirib rostlanadi, boshlang‘ich kesish balandligini esa chervyakreykali kо‘tarish mexanizmi orqali va yurish g‘ildiraklarin tushirib о‘rnatiladi.
JVN-6 о‘rgichida esa bunga moslashuvchan boshmoqlarni holatini mashina
tubiga nisbatan о‘zgartirib erishiladi. Asosiy balka kronshteynidagi teshiklarga moslash variantlariga bog‘liq holda kesish balandligi 120-250 mm atrofida bо‘lishi mumkin.
Bunda moslashuvchanlik bо‘ylama yо‘nalishda ±150 mm, kо‘ndalang
yо‘nalishda о‘ng tomon uchun ±170 mm va chap tomon uchun ±265 mm atrofida bо‘lishiga erishiladi.
Muvozanatlash mexanizmi prujinalari chо‘zilishi shunday о‘rnatiladiki,bunda moslashuvchan boshmoqlarning tuproqqa ta’sir kuchi 250-300 N bо‘ladi. Nam va toshli tuproqlarda ishlaganda relyefga moslashish qiyinligi tufaylI boshmoqlar olib qо‘yiladi yoki о‘rgich tubidan eng kichik masofaga о‘rnatiladi, kesish balandligi esa gidrotsilindrlar orqali rostlanadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling