Mavzu: Qayta sug 'urtani tashkil etish tartibi reja


Sug‘urta tashkilotining daromadlari va ularning guruhlanishi


Download 22.6 Kb.
bet3/3
Sana24.04.2023
Hajmi22.6 Kb.
#1394497
1   2   3
Bog'liq
Qayta sug \'urtani tashkil etish tartibi

3. Sug‘urta tashkilotining daromadlari va ularning guruhlanishi.
Sug‘urta tashkiloti hayotni sug‘urta qilish borasida tuzilgan har bir shartnomada turli darajadagi sug‘urta tarifini qo‘llashi yoki daromadlilik me’yorini har bir shartnoma bo‘yicha mustaqil ravishda hisoblab chiqishi va belgilashi mumkin. Hayotni sug‘urta qilish klasslari bo‘yicha daromadlilik me’yorlari qat’iy belgilangan bo‘lishi, uning tarif stavkalariga o‘zgarishlar kiritish esa, davlatning vakolatli organi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Cug‘urta tashkilotlarida asosiy daromad va xarajatlar hisobi o‘ziga xosligi bilan farq qiladi. Sug‘urtani amalga oshirish, qonunchilikda man etilmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish natijasida hisob raqamiga kelib tushgan pul mablag‘larining jami uning daromadi hisoblanadi.
Sug‘urta tashkiloti daromadlarini guruhlashning turli variantlari mavjud. Ular ichida manbalarga ko‘ra, olingan daromadlarni uch guruhga bo‘lishga asoslangan variant keng qo‘llaniladi (1-chizma):
a) sug‘urta faoliyatidan olingan daromadlar. Sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishdan olingan daromadlar sug‘urtachi daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi.
Bu daromadlarning asosiy qismi sug‘urta shartnomalari bo‘yicha undirilgan mukofotlar hisobiga shakllantiriladi. Sug‘urta tashkilotining mukofot tushumlari hajmiga sug‘urta majburiyatlari portfelining tarkibi va tuzilishi, tarif siyosati, marketing strategiyasi hamda boshqa qator omillar o‘zaro bog‘liqlikda ta’sir etadi. Masalan, ishlab chiqilgan marketing strategiyasini unga mos bo‘lgan tarif siyosatisiz amalga oshirib bo‘lmaydi, o‘z navbatida, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan marketing strategiyasi sug‘urta portfeli balanslashuvini ta’minlaydi va aksincha.
Sug‘urta tashkilotining mukofot tushumlariga bozor kon’yunkturasi, inflyatsiya sur’ati, me’yoriy qonunchilik bazasi, amaldagi soliqqa tortish tizimi, sug‘urta bozorining monopollashganlik darajasi, kredit foizi dinamikasi, mamlakatdagi ijtimoiy himoyaning holati va boshqa qator omillar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillar ta’sirining qandayligidan qat’iy nazar amaliyotda sug‘urta tashkilotining mukofot tushumlari oqimi ortishi yoki kamayishi hodisasi kuzatiladi.
O‘zaro kelishuv shartnomasiga muvofiq sug‘urta tashkiloti sug‘urta riskining ma’lum ulushi bo‘yicha maspuliyatni o‘z zimmasiga oladi. Bu jarayonda u sug‘urta operatsiyalarini birgalikda sug‘urtalash mexanizmi orqali sug‘urta mukofotining mos bo‘lgan qismi o‘z hisobiga o‘tkazilishidan ham daromad olishi mumkin.

Sug‘urta tashkilotining yana bir daromad manbai qayta sug‘urta tizimida qatnashish orqali mukofotlar ulushini undirishdir. Bu ulushning qanday kattalikda bo‘lishi qayta sug‘urtalashning rivojlanganlik darajasi, unga bo‘lgan talab, qayta sug‘urtalovchilarning kasbiy yetukligi kabi omillar hamda birlamchi sug‘urta bozori ko‘lami, sug‘urta risklarining hajmi kabilarning ta’siriga bog‘liqlikda kechadi.


Sug‘urta tashkiloti qayta sug‘urtalashni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lsa, u sug‘urta hodisasi yuz berganda shartnoma shartlariga binoan qayta sug‘urtalashga o‘tkazilgan risklar bo‘yicha zarar qoplamasidagi ulushini ham undirib oladi.


Sug‘urta tashkiloti vositachilik vazifasini ham bajarishi mumkin. Masalan, riskni qayta sug‘urtalashga o‘tkazish jarayonida sug‘urtachi vositachilik haqini undirib oladi. Sug‘urta tashkiloti ayrim holatlarga ko‘ra, riskni boshqa sug‘urtachiga siylov etishi orqali vositachilik va brokerlik rag‘batlantirishlarini olishdan ham daromad ko‘rishi mumkin.


Teng ulushdagi qayta sug‘urtalash shartnomasida qayta sug‘urtachiga tantem to‘lovlari ham nazarda tutilishi sug‘urtachining qayta sug‘urtalovchining foydasida o‘z ulushiga ega bo‘lishi shaklidir.


B) investitsiya joylashtiriluvidan olingan daromadlar. Sug‘urta tashkilotining ushbu faoliyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq emas. Sug‘urtachining investitsiya joylashtirish imkoniyati sug‘urta mukofotlari hisobidan yuzaga keladi. Odatda, sug‘urta mukofotlari ma’lum vaqt oralig‘ida sug‘urtachi ixtiyorida bo‘lishi davrida amaldagi me’yoriy qoidalarga asoslanib, daromad aktivlariga joylashtirilishi unga investitsiya daromadlarini keltiradi. Investitsiya imkoniyatlari bo‘yicha uzoq muddatga hayotni sug‘urtalash zaxiralari ko‘proq manfaatlidir.


Sug‘urta tashkilotining investitsiya faoliyatidan oladigan daromadlari tarkibi:


- bank jamg‘armalari foizlari;


- aksiyalardan dividend foizlari;


- qimmatli qog‘ozlardan daromadlar;


- ko‘chmas mulkdan olingan daromadlar kabilardan iborat bo‘ladi.


Bu faoliyatning ahamiyatli jihati shundaki, sug‘urtachi o‘z mijozlariga bonus to‘lovlarini aynan investitsiya joylashtiriluvidan oladigan manbalari hisobidan to‘laydi.


Investitsiya bozorlari rivojlangan mamlakatlarda ushbu faoliyatdan sug‘urtachining olgan daromadlari ayrim sug‘urtalash turlari bo‘yicha sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga kelgan zararlarni qoplash imkoniyatini bermoqda.


Shu nuqtai nazardan sug‘urta tashkiloti investitsiya faoliyatini samarali olib borishi uning daromad manbalari tarkibida muhim ahamiyat kasb etadi.


V) sug‘urta tashkilotining boshqa daromadlari. Sug‘urtachi sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishi va investitsiya joylashtiriluvidan tashqari boshqa faoliyatdan ham daromad olishi mumkin.


Bunday daromadning manbalari:


- depo mukofotlar hisobiga o‘tkazilgan foiz summalari;


- regress tartibida olingan summalar;


- asosiy fondlar, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan foyda;


- ijarachilik faoliyatidan olingan daromadlar;


- sug‘urta zaxiralarining qaytim summalari;


- o‘qitish, maslahat ishlarini olib borish bo‘yicha undirilgan to‘lovlar hisoblanadi.


Sug‘urtachining sug‘urta xizmatlarini sotuvidan tashqari olgan daromadlari asosan o‘z filiallariga ish qog‘ozlarini (hisobot blanklari va shu kabilarni) tayyorlab berish, ularning yangi «mahsulot»ini reklama qilish kabilar hisobiga olinadi. Ayrim hollarda ular ijara munosabatlari orqali ham shakllantiriladi. Sug‘urtachining sotuvdan tashqari daromadlarini hajmi sug‘urta tashkilotining kattaligiga bog‘liqdir.


Sotuvdan tashqari daromadlarni olish uchun amalga oshirilgan xarajatlarni sug‘urta faoliyatiga yoki sug‘urtadan boshqa faoliyatga taalluqli ekanligini aniqlash murakkab kechadi. Shuningdek, sug‘urta tashkiloti ma’lum bir sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urtalashni amalga oshirmayotgan bo‘lsa-da, uni yo‘lga qo‘yish yuzasidan xarajatlarni sotuvdan tashqari daromadlari hisobiga bajaradi.


Ma’lumki, sug‘urtada risklar transformatsiyasi jarayonida hamda bosh tashkilot va filiallar (yakuniy moliyaviy natija balansi yoki hisob raqamiga egaligiga ko‘ra) o‘rtasida maspuliyat taqsimotining mexanizmi turlichadir.


Sug‘urta faoliyati – sug‘urta hodisasi yuz berishi oqibatida sug‘urtalanuvchining zararini qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos iqtisodiy faoliyat turidir. Sug‘urta hodisasi yuz berishi yoki bermasligiga ko‘ra qoplama to‘lashning ilmiy asoslanganlik (o‘rganilgan, hisoblangan, aniqlangan) me’yorini belgilash va ko‘rilgan zararni sug‘urta tashkilotining zaxira fondidan to‘lash maqsadga muvofiqdir.


Sug‘urta hodisasining yillar bo‘yicha yuz berishi ehtimolligi turlichadir. Ayrim aniq bir yilda bu hodisalarning soni ko‘p bo‘lishi ham mumkin. Aynan shu yil bo‘yicha sug‘urta tashkilotining faoliyati zarar bilan tugashi mumkin. Zaxira fondining mablag‘i yetishmasligi holatida sug‘urta tashkilotida qolgan daromad hisobidan uning har yilgi zaxira fondiga ajratma me’yorini qayta ko‘rib chiqish zarur. Statistik ma’lumotlarga asoslanib, qayd etish kerakki, sug‘urtaning ko‘p turlari bo‘yicha amalga oshirilgan sug‘urta qoplamasi undirilgan mukofotlari summasiga nisbatan past foizlarni tashkil etadi. Shunga asoslanib, tariflarni oshirish emas, balki uning tarkibini o‘zgartirish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.


Qayta sug‘urtalash shartnomasini tuzishda qayta sug‘urtalovchi (xalqaro terminda «sedent») qayta sug‘urtalash mukofotining ma’lum qismini yoki hammasini deponentga o‘tkazishi nazarda tutilishi mumkin. U shartnoma davri tugashi hamda sug‘urta hodisasi yuz bermagan taqdirda mazkur mukofotlar hisobidan olingan depo foizlari bilan birgalikda qayta sug‘urtalovchi hisobiga o‘tkaziladi. Uning hajmi (foizda) shartnomada qayd etilgan bo‘ladi.


Shunday kafolat berilishi qayta sug‘urtalash mukofotlarini moliyaviy zaxira sifatida ishlatish imkoniyatini oshiradi.


Fuqarolik qonunchiligiga binoan sug‘urta tashkiloti o‘z mijozi manfaatlarini himoya qiluvchi vakil sifatida sug‘urta hodisasiga sababchi bo‘lgan aybdor shaxsga regress da’vo qilish huquqiga ham egadir. Odatda regress tartibidagi summa sug‘urtachi o‘z kafilligini bajarib bo‘lganidan keyin undiriladi. Bunday faoliyat natijasida undirilgan summa sug‘urta tashkilotining sug‘urta ta’minoti to‘lovlari bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun manba hisoblanadi.


Sug‘urta tashkiloti xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sifatida o‘z faoliyatida foydalanilayotgan asosiy fondlarini sotish huquqiga egadir. Shunda faoliyat bo‘yicha sug‘urtachining foydasi asosiy fondni sotishdan olgan tushum summasi bilan mulkning balans (qoldiq) bahosida hisobdan chiqarish summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Sug‘urta tashkilotining mulki ijaraga berilishi mumkin. Masalan, ko‘chmas mulk ob’ektlari hamda asosiy fondlardan ayrim hollarda ijara ob’ekti sifatida foydalaniladi. Bu faoliyat natijasida undirilgan ijara to‘lovi ham sug‘urtachining daromadi hisoblanadi.


Sug‘urta tashkilotining yana bir daromad manbai o‘qitish, maslahat ishlari uchun undirilgan to‘lovlar summasi, shuningdek, risk-menejment bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishi, dastur «mahsulot»larini o‘rnatib berishi kabilar hisoblanadi. Bu daromadlar sug‘urtaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri daxldor bo‘lmasa-da, ammo u bilan uzviy bog‘liqlikda shakllanadi.


Sug‘urta tashkiloti daromadining shakllanish mexanizmi, tarkibi va tuzilishini o‘rganish uning o‘ziga xos faoliyat turi ekanligini namoyon etadi.


Sug’urta tashkilotlarining daromadlari tarkibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida"gi Nizomga muvofiq belgilanadi, bunda sug’urta xizmatlarining sotishdan olingan sof tushum quyidagicha aniqlanadi:


bevosita sug’urta qilish va birgalikda sug’urta qilish bo’yicha mukofotlarning (xususan, birgalikda sug’urta qilish shartnomasida belgilangan sug’urtalovchining ulushi) qayta sug’urta qilishga berilgan shartnomalar bo’yicha sug’urta mukofotlari (badallari) chiqarib tashlangan holdagi umumiy summasi;


qo’shuv qayta sug’urta qilishga olingan shartnomalar bo’yicha sug’urta mukofotlari;


qo’shuv/ayiruv ishlanmagan mukofot zaxirasi (keyinchalik matnda - IMZ) o’zgarishining qayta sug’urtalovchilarning IMZdagi ulushiga tuzatish kiritilgan natijasi;


qo’shuv/ayiruv bayon qilingan, biroq tartibga solinmagan zararlar zaxirasi (keyinchalik matnda - BQZZ) o’zgarishining qayta sug’urtalovchilarning BQZZdagi ulushiga tuzatish kiritilgan natijasi;


qo’shuv/ayiruv sodir bo’lgan, biroq bayon qilinmagan zararlar zaxirasi (keyinchalik matnda - SBQZZ) o’zgarishining qayta sug’urtalovchilarning SBQZZdagi ulushiga tuzatish kiritilgan natijasi;


qo’shuv/ayiruv hayotni sug’urta qilish bo’yicha zaxiralar (keyinchalik matnda - HZ) o’zgarishining qayta sug’urtalovchilarning HZdagi ulushiga tuzatish kiritilgan natijasi;


qo’shuv/ayiruv boshqa texnik zaxiralar o’zgarishining qayta sug’urtalovchilarning tegishli zaxiralardagi ulushiga tuzatish kiritilgan natijasi;


qo’shuv sug’urta agenti, brokeri, vositachisining xizmat ko’rsatganligi uchun hisoblab chiqarilgan vositachilik haqlari va boshqa mukofot pullari;


qo’shuv qayta sug’urta qilishga berilgan shartnomalar bo’yicha hisoblangan vositachilik mukofotlari;


qo’shuv syurveyer va avariya komissari-adjasterning xizmat ko’rsatganligi uchun mukofot pullari;


qo’shuv bevosita sug’urta xizmatlarini ko’rsatishdan olingan boshqa daromadlar.


Sug’urtalovchilarning moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlari tarkibiga investitsiya faoliyatidan olingan daromadlar, shu jumladan sug’urta zaxiralarini investitsiya qilishdan olingan daromadlar ham kiritiladi.


4. Sug‘urtachining jami mablag‘lar sarfi sug‘urta «mahsulot»i tannarxini tashkil etadi. U amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi hamda sug‘urtachi xarajatlarning tarkibini belgilashi uchun asos hisoblanadi. Soliqqa tortish bazasini aniqlashda sug‘urtachining jami xarajatlari va ularning tarkibini aniqlashtirish ham talab etiladi.

Sug‘urta tashkiloti xarajatlarining tarkibi ham xilma-xildir (2-chizma). Sug‘urta tashkilotining xarajatlari sakkiz turdan iborat bo‘lib, har bir tur o‘z navbatida, asosiy va maqsadli faoliyat hamda xarajatlarning amalga oshirilishi vaqtiga qarab guruhlanadi. Sug‘urta tashkiloti xarajatlarining turlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular o‘z ahamiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:


a) sug‘urtani amalga oshirish xarajatlari. Bu xarajatlar sug‘urtachi faoliyatini moliyalashtirish uchun amalga oshiriladi. Sug‘urta tashkiloti faoliyatini tahlil etishda mazkur xarajatlar tarkibini ma’lum belgilariga ko‘ra guruhlash maqsadga muvofiqdir.


Sug‘urtachining faoliyati jarayonida mablag‘lar sarf etilishi yuzasidan belgilangan vazifalarga ko‘ra, sug‘urta tashkiloti daromadi va zararlari haqidagi hisobotiga mos ravishda sug‘urta ishini yuritish xarajatlari tarkibini quyidagicha guruhlash mumkin:


- shartnomalarni tuzish va bajarish xarajatlari;


- investitsiya faoliyati bo‘yicha xarajatlar;


- boshqaruv xarajatlari.


B) sug‘urta ishini yuritish xarajatlari sarflanishiga ko‘ra quyidagicha bo‘lish mumkin:


- ish haqi to‘lovlari;


- davlat fondlariga ajratmalar, xodimlarni tayyorlash xarajatlari, reklama hamda marketing xarajatlari, xo‘jalik xarajatlari va boshqalar;


Sug‘urta ishini yuritish xarajatlarining yuzaga kelishi davriga ko‘ra, ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:


- sug‘urta shartnomasini tuzish uchun oldindan qilingan (ish qog‘ozlarini tayyorlash, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, tarif hisob-kitoblari va shu kabi) xarajatlar;


- sug‘urta shartnomasi tuzish davrida qilingan (xalqaro terminda «acquisition») xarajatlar;


- sug‘urta shartnomasi amal qilish davrida qilingan (masalan, riskni qayta sug‘urtalashga o‘tkazish bo‘yicha) xarajatlar;


- sug‘urta hodisasi yuz berganda (sabablarini o‘rganish va uning oqibatlarini tugatish uchun) qilinadigan xarajatlar.


Sug‘urta ishini yuritish xarajatlarini, shuningdek, ayrim sug‘urta turi yoki shartnomasiga daxldor bo‘lgan o‘zgaruvchan va barcha tuzilgan sug‘urta shartnomalari portfeliga aloqador bo‘lgan doimiy kabi guruhlarga ham bo‘lish mumkin1.

Хalqaro amaliyotda sug‘urta tashkilotining xarajatlari akvizitsiya (ommaviy-tashkiliy kompleks tadbirlar), inkassatsiya (sug‘urtaning ayrim turlari bo‘yicha mukofotlarning naqd pullarda qabul qilinishi), likvidatsiya (sug‘urta hodisasi yuz berganligi yuzasidan sug‘urtalanuvchi arizasida bayon qilingan talablarning qondirilishi) va boshqaruvga oid kabi turlardan iboratdir1.


Sug‘urta tashkiloti daromad va xarajatlarini sug‘urta faoliyatini amalga oshirish jarayonidagi o‘rni va roliga qarab tasniflash ko‘proq maqsadga muvofiqdir. Ular quyidagichadir:


- sug‘urta himoyasini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan (sug‘urta operatsiyalari hamda investitsiya joylashtiriluvi bo‘yicha) daromad va xarajatlar;


- sug‘urta himoyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan boshqa daromad va xarajatlar.


Sug‘urta tashkilotining daromad va xarajatlari tarkibi hamda ularni hisoblash ko‘p jihatdan milliy sug‘urta qonunchiligi me’yorlariga ham bog‘liqdir. Shuningdek, sug‘urta tashkilotining daromad va xarajatlariga amaldagi soliq qonunchiligiga binoan to‘lanadigan daromad(foyda) solig‘ining soliq bazasini aniqlash uslubiyati hamda stavkalari darajasi ham ta’sir etadi.


O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2005 yil 20 iyuldagi 65-son buyrug’i bilan “Sug’urta tashkilotlari tomonidan xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risidagi NIZOM” tasdiqlangan (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005 yil 18 oktabrda 1517-son bilan ro’yxatga olingan) bo‘lib, mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi "Sug’urta faoliyati to’g’risida"gi Qonunining 10-moddasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 8 iyuldagi 286-sonli "Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibsha solish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qaroriga muvofiq:


sug’urta xizmatlarining ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibini;




sug’urta faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda sg’urtalovchilar faoliyatini moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibini aniqlaydi.
Download 22.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling