Mavzu: Qaytar va qaytmas jarayonlar


Download 1.16 Mb.
bet2/3
Sana15.11.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1776306
1   2   3
Bog'liq
Ismailova

Kimyoviy muvozanat 

    • Toʻgʻri va teskari reaksiyalar tezligi tenglashgan holat.
    • Masalan: N2+3H2 ±2NH3 reaksiyasida azotning vodorod bilan birikish (toʻgʻri reaksiya) tezligi ammiakning azot va vodorodga parchalanish (teskari reaksiya) tezligiga teng . K.m. sodir boʻlganda reaksiya goʻyoki toʻxtab qolgandek koʻrinadi, aslida ikkala reaksiya ham davom etadi, biroq bu reaksiyalarning biri ikkinchisining natijasini yoʻqqa chiqaradi. Mohiyatiga koʻra, K.m. dinamik muvozanatdir. Oʻzgarmas muhit (kislotali yoki asosli) va sharoitda (temperatura, bosim) reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyasining oʻzgarmasligi K.m.ning muhim belgisidir. K.m.ni oʻrganish nazariy tadqiqotlar va turli amaliy masalalarni hal qilishda katta ahamiyatga ega.

Le Shatelye prinsipi

  • Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi, temperatura va bosim (gazlardagi reaksiyalarda) o'zgarganda kimyoviy muvozanatning siljish yo'nalishi umumiy qoida bilan aniqlanadi, bu qoida siljuvchan muvozanat prinsipi yoki Le Shatelye prinsipi deyiladi:
  • Agar muvozanatdagi sistemaga biror tashqi ta’sir o‘tkaziIsa(konsentrasiya, temperatura, bosim o‘zgartirilsa) u ikki qarama-qarshi reaksiyadan shu ta’sirni kamaytiradigan reaksiyaning borishiga yordam beradi.
  • Agar tashqi ta’sir azot yoki vodorod konsentratsiyasini ortti-rishdan iborat bo'lsa, u holda bu ta’sir shu moddalarning konsentratsiyasini kamaytiradigan reaksiyaga yordam beradi va, binobarin, muvozanat ammiak hosil bo'lish tomoniga siljiydi. Ammiak konsentratsiyasining ko'payishi muvozanatni boshlang'ich moddalar tomoniga siljitadi.

Tenglamadan ko'rinib turganidek, to'g'ri reaksiya issiqlik chiqishi bilan borgani uchun temperaturaning ko'tarilishi issiqlikyutiladigan reaksiyaning borishiga yordam beradi va muvozanat boshlang'ich moddalar tomoniga siljiydi; temperaturaning pasayishi muvozanatni reaksiya mahsulotlari tomoniga siljitadi.

  • Tenglamadan ko'rinib turganidek, to'g'ri reaksiya issiqlik chiqishi bilan borgani uchun temperaturaning ko'tarilishi issiqlikyutiladigan reaksiyaning borishiga yordam beradi va muvozanat boshlang'ich moddalar tomoniga siljiydi; temperaturaning pasayishi muvozanatni reaksiya mahsulotlari tomoniga siljitadi.
  • Muvozanatning siljishiga bosimning ta’sirini aniqlash uchun tenglamaning chap va o'ng qismlaridagi molekulalar sonini hisoblab chiqish kerak. Keltirilgan misolda tenglamaning chap qismida ikkita, o'ng qismida — bitta molekula bor. Bosimning oshirilishi molekulalar soni kamayadigan jarayonga yordam berganligi uchun ushbu holda muvozanat reaksiya mahsuloti tomoniga siljiydi. Ravshanki, bosimning kamayishi muvozanatni boshlang'ich moddalar tomoniga siljitadi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling