Mavzu: Qazib olish komplekslarining elektr ta’minoti. Reja


GPKS kombayni elektrli sxemasini 1 rasmda ko’rib chiqamiz. Sxema ta’minlab beradi


Download 18.59 Kb.
bet3/3
Sana02.04.2023
Hajmi18.59 Kb.
#1321029
1   2   3
Bog'liq
Qazib olish komplekslarining elektr ta\'minoti t

GPKS kombayni elektrli sxemasini 1 rasmda ko’rib chiqamiz. Sxema ta’minlab beradi: PM1 va PM2 masofadan turib boshqariladigan ishga tushirgichlar, boshqaruv stantsiyasiga bevosita kombayndan turib kuchlanish uzatuvchi va chang so’ruvchi elektr yuritgichlar; mahalliy yoritishni qo’shish; har qanday elektr yuritgichini tovushli signalni uzatmasdan turib ishga tushirishning imkoni yo’qligi; kombaynning ishlash jarayonida ogohlantiruvchi tovushli signalni uzatish; ijrochi organ elektroyuritgichini sug’orish tizimida suvning bosimi bo’lmaganda uzish; boshqaruv stantsiyadan turib kombayn elektroyuritgichlarini boshqarish; vaqt bo’yicha kombayn ishlari hisobi; magnit kuchaytirgichli masofadan turib boshqarish zanjirida uchqun chiqishi xavfsizligi; tokdan himoya; konveyer va ag’darilishidan himoyada yoki elektr yuritgichining ijro organini ishga tushirib bo’lmaganida;nol himoyada, boshqarishda yo’qotishdan himoya; quvvatlanuvchi kabelni simlarini zaminlashning butunligini nazorat qilish; signal berishda (N katushkali sirenadan tashqari)zanjirlarning butunligini nazorati.
Kombaynga kuchlanishni uzatish va chang so’ruvchi elektr yuritgichi shtrekka o’rnatilgan PM1 va PM2 magnit kuchaytirgichli ulash bilan masofadan turib boshqarish stantsiyasi pultidan boshqariladi. Nasos uskunasida PMZ kuchlanish PM2 tutashtiruvchi blok-kontakt ishga tushirgich ulangandan keyin magnitli ishga tushirgich orqali uzatiladi,
PM1 va PM2 ishga tushirgichlarni ulash imkoniyatini ta’minlash uchun ishga tushirgichlarning ichki tomonida almashlab ulagichlar qo’yilishi zarur va ularni ajratgichga ulash lozim.
SHu bilan boshqaruv stantsiyasidan 18V kuchlanish uzatiladi va boshqaruv stantsiyasidan PM1, PM2 va PM3 ishga tushirgichlarni boshqarish imkoniyati ta’minlanadi.
PM1 ishga tushirgichini ulash uchun ijrochi organda blokirovkalash S13 (PU1) tugmachasida qayd qilish lozim S14 (PU2) yuk tushirgich-yuk ortgichda va boshqarish stantsiyasida S9 «Tarmoq o’chir.» tugmachasi va S10 knopkasini bosish, “Tarmoq” degan tutqichni “Ulangan” degan holatda burilma.
S10 tugmasini bosayotganda ishga tushirish kontaktori boshqarish relesi zanjirida 3-10 kontaktlar tutashib ketadi, oxirida ulanadi va boshqarish stantsiyasiga kuchlanish uzatadi. 3-10 ishga tushirish kontaktlari ulanganda S10 tugmasi rezistor R1 bilan shuntlanadi va S10 tugmasini ishga tushirgandan keyin ishga tushirgich ulangan holda qoladi. Mahalliy yoritishda NL1 va NL2 faralarini o’t olishi komaynda kuchlanish borligidan dalolat bo’ladi.
PM2 ishga tushirgich ulanganida S11 tugmasini bosish kerak, “Chang so’rgich” dastasini “Ishga tushirish” holatiga buraladi, shu bilan PM2 ishga tushirgich ulanadi, 45-46 kontaktlari S11 tugmasiga R2 rezistori bilan shuntlanadi va ishga tushirgich tugmacha ishga tushirlganidan keyin ulangan holda qoladi.
Download 18.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling