Mavzu: Qazib olish uchastkasining parametrlarini hisoblash Ishdan


Download 152.95 Kb.
bet1/3
Sana21.09.2023
Hajmi152.95 Kb.
#1683232
  1   2   3
Bog'liq
1-Amaliy ish


Mavzu:Qazib olish uchastkasining parametrlarini hisoblash


Ishdan maqsad: talabalarga foydali qazilma konlarida rudani qazib olishdan hosil bo’lgan bo’shliqni tabiiy va suniy boshqarishni o’rgatish va tushuntirish

Yer qobig‘ining qazib olinishi rejalashtirilgan lekin qazib olinmagan qismida gravitatsiya kuchlanishlari va deformatsiyalanishi tenglik holatda bo‘ladi. Kon lahimlarini o‘tkazish va foydali qazilmani qazib olish natijasida bu kuchlanishlar uning atrofida qayta taqsimlanib kuchlanish (zo‘riqish) maydoni - kon bosimi hosil bo‘ladi. Bu kuchlanishlar qazish bo‘shlig‘ida qoldirilgan seliklarga, kon lahimlarida o‘rnatilgan mustahkamlagichlarga yuklama sifatida ta’sir ko‘rsatadi.


Kon bosimining miqdori va uning xarakteri ko‘pgina omillarga bog‘liq, shulardan biri tabiiy sharoitga (qazib olinadigan foydali qazilmaning joylashish chuqurligiga, konning o‘lchamlariga, shakliga va uning og‘ish burchagiga, ularning fizik-mexanik xususiyatlariga) bog‘liq holda aniqlanadi va boshqa omillar konni qazib olish jarayonida namoyon bo‘ladi. Keyingi omillar qatoriga qazib olishdan hosil bo‘lgan bo‘shliq turg‘unligini ta’minlash usullari, lahimlarning o‘lchami, shakli, ilgarilab siljish tezligi, rudani qulatish usullari, blokni qazib olish ishlarining davomiyligi va boshqalar.
Birinchi darajada ahamiyatga ega bo‘lgan omillar, ruda va atrof jinslarining turg‘unligi va qazib olish chuqurligidir.
Konchilik ishlari chuqurligining ortib borishi bilan qazib olish usullarini va o‘lchamlarini ham o‘zgartirish kerak: osilgan yon jinslar maydonini qisqartirish, qazib olishdan hosil bo‘lgan bo‘shliqni ochiq qoldirib, qazib olish tizimini qo‘llashni cheklash, seliklar o‘lchamini orttirish. Katta chuqurlikdagi kon lahimlari atrofidagi jinslarning kuchlanishi (zo‘riqishi) katta o‘lchamga ega bo‘ladi. U ma’lum o‘lchamga yetganida shunday hodisalarni chiqarishi mumkinki, natijada tog‘ zarbasi, jinslarning otilishi yoki ularni plastik deformatsiyalanishi, jinslarning ko‘chishi, seliklarning buzilishi va boshqalar ro‘yobga kelishi mumkin.
Qazib olish ishlarini xavfsiz va mo‘tadil olib borish uchun yondosh tog‘ jinslarda hamda ruda tanasining ayrim uchastkalarida yuzaga kelgan kuchlanganlik holatini yumshatish yoki kamaytirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus tadbirlar majmui – kon bosimini boshqarish deyiladi. Bu tadbirlarni qazib olish bo’shlig’iga tadbiq etilsa qazilgan bo‘shliqni saqlab turish (ushlab turish) deyiladi. Qazilgan bo‘shliqni saqlab turish yon va ship jinslarining turg‘unligini sun’iy ravishda tirgak ustunlar o‘rnatib, sun’iy seliklar qurib, tabiiy seliklar qoldirib, bo‘shliqni materiallar, qo‘porilgan ruda bilan to‘ldirib yoki mustahkamlagichlar o‘rnatib, taminlashdan iborat.
Ruda konlarini yer osti usulida qazib olishda, qazib olishdan hosil bo‘lgan bo‘shliqni saqlab turish asosiy jarayonlardan biri bo‘lib, ma’lum vaqtgacha qazishdan hosil bo‘lgan
bo‘shliq atrofidagi jinslarning yoppasiga siljish xavfini oldini oladi va kishilarning mehnat qilishidagi xavfsizligi taminlanadi.
Qazib olishdan hosil bo‘lgan bo‘shliqni saqlab (ushlab) turish usulini to‘g‘ri tanlash, rudani qazib olishda muhim ahamiyatga ega. Birinchi navbatda xavfsizlikni taminlash, qazib olinayotgan rudaning tannarxi, rudaning miqdor yo‘qotilishi va sifatsizlanish darajasi, qazib olish ishini jadallashtirish va konning qazib chiqarish quvvatini oshirish ishlarining yig‘indisi ship jinslarini to‘g‘ri boshqarishga bog‘liq.
Hozirgi vaqtda ruda konlarini qazib olish tizimining tasniflashning asosi qazishdan hosil bo‘lgan bo‘shliqni turg‘unligini saqlab turish usulini to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq.
Ship va yondosh jinslarni me’yoridan ortiq ochish ham ko‘ngilsiz hodisalarga olib kelishi mumkin: ship va yondosh jinslarni qisman yoki katta maydonda o‘pirilishiga, tog‘ bosimining katta o‘lchamda tez ortishiga, mustahkamlagichlarning buzilishiga va ularni qayta tiklash zarurligi, qazib olinayotgan rudaning bir qismini yo‘qotilishiga va uning sifatsizlanishiga, halokatli holat yuzaga kelib, ishning to‘xtab qolishiga olib keladi. Xuddi shu vaqtda shu jinslarning o‘zidan tashkil topgan ship va yondosh jinslarini ochiladigan o‘lchamlarini to‘g‘ri tanlash, ularning turg‘unligini sun’iy tarzda saqlab turmasdan o‘z- o‘zini uzoq muddat turg‘unligini saqlab turishi mumkin.
Shuning uchun ochiladigan maydon, ya’ni uning kenglik o‘lchamlarini to‘g‘ri tanlash atrof jinslar turg‘unlik holatini saqlashda birdan-bir muhim vositadir. Ship jinslarni ochilgan maydonini yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan o‘lchamini qazib (ajratib) olish ishlarini ilgarilab siljishi bilan, ship jinslarini qulatish yo‘li bilan erishiladi. Eniga deyarli katta bo‘lmagan o‘lchamda ochilgan shipning turg‘unligini ta`minlash uchun ustunlar o‘rnatib, mustahkamlash mumkin, lekin kengligining ortib borishi tog‘ bosimining ortib borishiga olib keladi va u shunday kuchga ega bo‘ladiki, o‘rnatilgan mustahkamlagichlar nafaqat kov joydan uzoq bo‘lgan joyda, hatto kov joyning ishlayotgan maydonida ham buziladi.
Kon bosimini boshqarish usulini tanlash ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib ularning asosiylari quyidagilar: ruda va yondosh tog‘ jinslarining turg‘unligi; ruda tanasining yotish elementlari (qalinligi, yotish burchagi, shakli); qazish ishlari chuqurligi; konning gidro-geologik sharoiti; yer usti bino va inshoatlari; ruda tanasida rudasiz jinslar uchastkasi mavjudligi; tarkibida foydali komponentlar kam bo‘lgan (kambag‘al) rudalar, konchilik korxonasida to‘ldiruvchi va mustahkamlovchi materiallar mavjudligi.
Tog‘ bosimini boshqarish usullari ikki guruhga bo‘linadi:
Qazilgan bo‘shliqni tabiiy saqlab turish bilan kon bosimini boshqarish.
Ruda va osiq jinslarni yoki osiq jinslarning o‘zini qulatish bilan kon bosimini boshqarish.

Download 152.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling